Uyda saryog' qanday tayyorlanadi?  ( 4061 marta o'qilgan) Chop etish

1 B



Ansora  08 Mart 2012, 20:06:56

Uy sharoitida saryog’ tayyorlaymiz.

Qatiqning ustiga chiqqan qaymog’ini olib, bir shisha idish (banka)ga qatiqni soling. Ustiga iliq suv qo’shing ammo yuqori qismidan to’rt barmoq joy qoldiringki, bemalol chayqay oling. Qopqog’ini mahkam yoping va chayqashga boshlang. Tahminan 10 daqiqada yog’lar suvdan ajraladi va suvning ustiga to’planadi. Bu yog’larning qotishi uchun bankaga 3-4 dona muz soling va yana 1 daqiqa chayqang.

So’ng chuqur bir idishni ichiga mayda teshikchali suzgich joylashtiring (yoki setkali tyul') va bankadagi qorishmani bu suzgichga to’king. Suzilgan suvni to’kmang! Bu suvni non va bulochkalarda ishlatishingiz mumkin. Suzgichni ikki tarafidan tutib, yuqori ko’taring, sovuq suvning tagiga tutib, ustidan mo’l suv oqizing. Xatto sovuq suvning ichida yog’ni biroz yo’g’iriB, ichidagi suvni tamoman suzilishingiz mumkin. Saryog’ingiz uzun muddat turadigan bo’lsa, tuz solib yo’g’iring. Vayo nonushta uchun bir idishga bosib, shunday saqlang.

Bir qozon qatiqning qaymog’idan uncha ko’p saryog’ chiqmaydi. Faqat qatig’ingiz juda yog’li bir sutdan tayyorlangan bo’lsa ko’proq saryog’ olishingiz mumkin.
Shu shaklda sutning qaymog’idan ham saryog’ qilishingiz mumkin.

Eslatma: "chayqamoq fe'li"- qopqoqli bankani havoda aralashtirish- chayqalash, degan fe'l bor edi shekilli:)

Qayd etilgan