Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz  ( 57178 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Ansora  18 Mart 2012, 13:17:32

Turkiyaning "Babam ve o'glum" filmi hamma kinolarga dam beradi deb eshitgandim, bir diydasi qattiq amakini ham yig'latgan ekan. O'shani eshitganimdan beri bozorlar va dokonlardan izlayman, qani topila qolsa.
Birorta baraka topgur birodarimiz tas-ixga joylab bersa yaxshi bo'lardi.

Uka, eski kunlarni eslatdingiz...bu kinoni yuragi yomonlar, yoki uyidan uzoqdagilar tosmosha qilmasin, yomon bolasiz, menday...

Uyni sogingan paytlarim, 6 yil avval adashmasam, xonadosh qizlar kinoga boraylik, dahshat kino chiqibdi, hamma yiglayabdi ekan, deb qolishdi, men ahmoq ham hop, dedim bordik. Kinoni koryabmiz, tomog'imga yig'ilar to'plandi-da to'plandi...bizdan oldingi qatorda litsey oquvchilari otirishgandi, hali salonga kirmasdan kulishib, xazillashib otirgan yosh bolalar piq piq yig'lay boshlashdi...qarasam dugonalarim ham yiglayabdi, men ham yigladim, lekin ozimni rosa siqdim...
uyga qaytar ekanmiz, yolda mazam qochdi, boshimga bir ogriq kirdi, uyga zorga yurib bordim, qizlarni yordami bilan...biroz vaqt otgach ichimdan bir yigi keldi, ozimni yoqotib qoydim...qizlar tanish doktor opam bor edi, shunga telefon qilishdi, kasalxonaga olib borishdi taksi bilan...sokinlashtiruvchi ukolni olib, ozimga kelgandim....

u kinodan shunday yomon xotira qoldi, qayta kora olmadim:( judayam alam tola...

Adashmasam bu yerda toliq holida berilgan:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=obHzQCkkPVU" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=obHzQCkkPVU</a>

Qayd etilgan


Sayyid90  18 Mart 2012, 13:59:47

bu film nima haqida o'zi?

Qayd etilgan


Donishmand  18 Mart 2012, 15:03:08

Turkiy xalqlarning film va seriallari...
Mustaqil bo'lganimizdan beri haligacha millatimizni, milliyligimizni, tariximizni ko'rsatib bera oladigan, boshqalarga ko'z-ko'z qiladigan birorta film yoki serial chiqmadi. Chunki bizning kinochilar hali bu darajada emas ekan... Qo'shnilarimiz ham shu ahvolda.
Shunday ekan hozircha bu mavzu Turkiya seriali yoki kinolaridan boshqa narsaga yaramayapti. Mavzu sal ertaroq ochilibdi...

Qayd etilgan


Sayyid90  18 Mart 2012, 15:43:20

ozarbayjonni eski filmlari zör chiqqan

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  18 Mart 2012, 17:20:17

Kapalak opa, qiziqish oloviga moy sepib yubordingizku:-)
Youtubeda video umuman horij saytlaridan video ko'rish bizda juda qimmatga tushib ketadi, shunga disk izlab yurgandim. Afsus, bozorlarimizda turkiyaning keraksiz oldi-qochdi kinolari ko'pu, lekin shu Babam ve o'glum, Beyaz Melek, Eskiye kabi xit kinolari yo'q.

Sayyid90. Kino nomi "otam va o'g'lim", nomiga qaraganda bobo va nabira haqida. Russ saytlarida ruschaga tarjimaga qilingani ham borakan. Agar internetingiz vip bo'lsa, shuni download qilib, keyin tas ixdagi biror saytga joylab yuboring, biz ham korib sizni duo qilib qolardik.

Qayd etilgan


Sayyid90  18 Mart 2012, 18:04:08

höp urinib köraman siz kichik farmatda mp4 farmatda yuklab olmaysizmi?sizga arzonga tushardi

Qayd etilgan


Sayyid90  18 Mart 2012, 18:15:52

menda ham internet vipmasda

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 Mart 2012, 09:30:06

VIP bolmasa qo'yavering, yo'qsa15$ga tushamiz.
1000 somga Skachat qilib beradigan odamlar borakan, o'shalarga zakaz qilsak bolarkan

Qayd etilgan


Sayyid90  19 Mart 2012, 10:59:02

bir saytda filmning 3gp farmatda 95mb,mp4 250mb,avi 350mb ekan.

Qayd etilgan


registan  19 Mart 2012, 11:57:52

MyTube.uzga qo'ygandim, yuklash xatosi ko'rsatayapti. Katta hajmdagi videolarni qabul qilmaydi shekilli-a?

Qayd etilgan