"Takva"- "Taqvo"
Filmi ko'rdim.
Falsafiy film ekan.
Oddiy xizmatchi, xolis musulmon Muharram o'z ishidan mamnun, qo'li ishda, ko'ngli Allohda, tinchgina zikr qilib yuradi. Zikr majlislarida qatnashadi. U diniga yot ko'p narsalardan taqvo qiladi.
Bir kuni zikr majlisi shayxi uni chaqirib, unga vazifa beradi. Vazifa moliyaviy bo'lib, vaqfga tegishli mulklarning ijarasini yig'ish edi. Muharram ushbu ishga kirishi bilan tinchini, sakinatini yo'qotadi. Turli moliyaviy mashmashalar, vaqf ishidagi ko'zbo'yamachiliklar uning halovatini ham olib qo'yadi...