Uyda kolbasa tayyorlaymiz:)  ( 8256 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Mart 2012, 14:05:56

 :asl3:

Quritilgan kolbasa masalliqlari:

"¢   2.5 kg.oz yog’li mol go’shti
"¢   200 yoki 300 gr. Dumba yog’i ( Topa olmasangiz, qo’shmasangiz ham bo’ladi)
"¢   2 dona yirik sarimsoq
"¢   2.5 qoshiq tuz (ta’rifda qoya tuzi, deyilgan)
"¢   1 qosiq zira
"¢   1 qoshiq "œYenibahar" ismli ziravor, Ruschasi-Лимента кистевиднас ekan, O’zbekchasini bilmadim.
"¢   1 qoshiq tim’yan
"¢   1 qoshiq murch
"¢   1 qoshiq garmdori (istakka qarab solishingiz mumkin)

Uy sharoitida kolbasa tayyorlash:

"¢   Go’shti, dumba yog’ini, sarimsoqlarni qiyma mashinkasida maydalang.
"¢   Ziravorlarni qo’shib, yo’g’iring va ikkinchia marta maydalang.
"¢   Takror yana yaxshilab yo’g’iring. Ikkiga bo’ling va ikki dona alohida paxtali materildan tikilgan to’rvaning ichiga soling.
"¢   To’rvaning ichida qo’lingiz bilan yoyib, ustidan jo’va bilan tekkislang.
"¢   Balkonning quyosh tushmaydigan joyiga paxtali bir bez yoying.
"¢   Kolbasa xaltalarini bu bezning ustiga qo’ying.
"¢   Xaltalarning ustini tekis bir tahta yoki idish qo’yib, ustiga og’ir bir narsa joylang. Idishlarga suv to’ldirib qo’ysangiz ham bo’ladi.
"¢   Bir kecha shu tahlit turgan kolbasalarni ertasi kuni ipga osing.
"¢   Bir hafta osilgan holda qolsin. Orada bir qo’lingiz bilan tekshirib ko’ring.
"¢   Bostirgan paytingiz qo’lingiz osonlikcha botmaydigan, lekin biroz yumshoq shaklda bo’lsa ipdan oling va kolbalasalarni xaltalaridan chiqaring.
"¢   Shapaloqday kattalikda bo’laklarga bo’lib, muzlatchich tselofan paketlariga joylang. Muzlatgichning muzlatadigan yuqori qismida saqlang.
"¢   Namli joylarda kolbasani quritish oson bo’lmasa kerak. Kolbasani sovuqda quritish, quyoshdan quritishdan yaxshidir. Sizga maslahatim, sovuq kunlarda hech bo’lmasa ikki kun kolbasani tashqarida quriting. Faqat ularni osmasdan oldin presslash ishini bajar ekansiz, ichida havo qolmasligiga e’tibor bering.

Qayd etilgan



Ansora  12 Mart 2012, 14:08:09

Quritilgan kolbasa bilan bog'liq fikrlar:

Ko'rib turganingizday kolbasa masalliqlari oddiy:) faqat uning quritilishi muhim ekan. Ota-bobolarimiz ko'chmanchi bo'lishgani uchun go'shtni aynimasligi uchun quritish usullaridan keng foydalanishgan. Turkiyada "pastırma" degan narsa bor, go'shtning quritilgani, buning ham asl Vatani O'rta Osiyo...

Johida opaning kolbasa qiladigan mashinkalari bo'lmagani uchun bu usuldan foydalanibdilar.

Kolbasa mashinkasi borlar, molning ichagini agar o'zlari bajar olsalar tozalab, quritsinlar, kolbasa qiladigan kundan bir kecha oldin ichaklarni suvga solib qoysinlar. Ertasi kuni qiymasini yuqorida yozilgandek tayyorlab, ichaklarga joylab, ipga 1 hafta osishingiz mumkin ekan...



Bu Johida opani kolbasalari va tuxumli kolbasalari:) menimcha judayam mazali...

Qayd etilgan