"Atirgul" bulochkasi:)  ( 4511 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Mart 2012, 12:36:40

 :asl3:












Qayd etilgan


Ansora  15 Mart 2012, 12:37:06

Masalliqlar:

2 stakan iliq sut 400 ml
2 dona tuxum (birining sarig'ini ustiga ajrating)
1 qoshiq shakar
1 qoshiq tuz
1 qoshiq droja
5-6 stakan un
100 ml kungaboqar yoki zaytun yog'i

Tayyorlanishi:

Iliq sutga undan tashqari butun xamir masalliqlarini solib, aralashtiring. Keyin asta sekin elangan unni solib, yumshoq xamir qoring. Yaxshilab mushtlab, iliq joyga ustini yopib qoying. 30 daqiqalardan keyin yuqorida rasmda ko'rganingizday dumaloqlar yasab, atirgulday o'rang.
Duxovkangizni biroz ilitib, tayyor atirgul bulochkalarini u yerda yana 30 daqiqa kuttiring.

Vaqt o'tgandan keyin ustiga tuxum surtib, sedana seping. 200 darajada usti qizarguncha pishiring...

Maslahatlar:

Birma bir atirgullarni yasash vaqt oladi, tashqarida kutgan bulochkalar shishmay qolishi mumkin, shuning uchun men duxovkamni biroz ilitib, o'chirdim. Yasab bo'lgan bulochkalarimni birma bir duxovkani ichidagi listga terdim.

Tuxumni faqat o'zini surtmang, keyin tuxum doimo iliq bo'lsin, bu ham shishishiga to'siq bo'ladi, men tuxumga 1 qoshiq qatiqni suvini qo'shib surtaman.

Men avval duxovkani pastiga qo'yaman, birdan yuzi qizarib, ichi pishmay qolmasin, deb. 20 daqiqalardan keyin yuqoriga olaman.

Xamir ishi sabr bilan bo'larkan:) men ilgari rosa shoshardim:) shoshmang.

Xamirni qattiq esmang, gul yasayotganda, bu ham shishmay qolishiga sabab bo'ladi.

Birinchi marta bunchalik yaxshi shishdi bulochkalarim. Umid qilamanki sizlarniki menikidan ham chiroyli boladi azizlarim:)


Qayd etilgan