Mening "repsept"im  ( 4446 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


akmal bax  17 Mart 2012, 12:10:33

Bu mavzuni ochishga undagan narsa bu-meni kelajagim haqidagi o’ylarim edi. Xo’p,  oliy dargohga amallab kirib ham oldim. Maqsadimga erishdim. Lekin hayot davom etar ekan , insonlar orzu qilishdan to’xtamaydilar. Bir cho’qqini zabt etganingdan so’ng , boshqa bir kattarog’ini zabt etging keladi kishi. Bu esa yangi maqsadlarning  tug’ulishiga va o’z navbatida  ma’suliyatlarning  oshishiga olib keladi. Xuddi shu qonuniyatlarga bo’ysungan holda men ham o’z oldimga galdagi maqsadlarimni qo’ydim: oliygohni tugatib, yaxshi bir ish topish. Aslidaku, bularning barchasi bir vosita xolos, oliy maqsadim — farovon hayot. O’ylashimcha, bu barcha o’z kelajagiga befarq bo’lmaganlarning orzusi bo’lsa kerak. Xullas, oliygohni tugatish va  yaxshi bir ish topish. Birinchi vazifa — oliygohni tugatish unchalik ham muammo emas. Xuddiki abuturent oliygohga kirisholdi tayyorgarligi kabi, belgilangan vazifalarni bajarib va qo’shimcha biroz o’z ustida ishlasa, bu vazifa ham muvaffaqqiyat bilan yakunlanadi. Ammo ish topishga kelsak"¦ biroz o’ylab olish kerak. Chunki atrofga qarasangiz bitiruvchilar , ularning ota-onalari va boshqalar ishsizlik muammosidan bong urishadi. O’qisang ham ish yo’q, maoshi juda past"¦ shunga o’xshash gaplar. Bu esa odamni biroz cho’chitadi. O’qisammikan, yoki yaxshisi qanday bo’lmasin pul topish g’amini o’ylasammikan?! Masalaga oydinlik kiritish maqsadida , o’sha odamlarni obdon kuzatdim. Va shuni tushunib yetdimki, ular o’qishga o’qishibdi-yu, ammo jamiyat talabini o’rganishmabdi. Xuddiki, bir dehqon polizda tarvuz yetishtirgan-u, uni bozorga olib chiqqan. Ammo garchi tarvuzlari arzonroq bo’lsada, negadir bozorgir emas. Xaridorlari ham ozchilik- tarvuzni tushunmaydiganlar, puli ozlar va ba’zi bir tanish-bilishlar. Men esa bu bozorga bo’lajak dehqon sifatida nazar tashladim. Nega endi bu dehqonning tarvuzlari ketmayapti?! Javob oddiy. U iste’molchilarga manzur bo’ladigan mahsulot keltirman. Bozorni yana biroz aylandim va shuni ko’rdimki, unda shunaqa dehqonlar ham borki , ularning tarvuzlari uchun iste’molchilar navbatga turishibdi va hatto bir biridan o’zarga pul taklif qilishmoqda. Chunki agar bu tarvuzlar tugab qolsa, sifatsiz tarvuz olishga to’g’ri keladi. Ammo sog’ligini o’ylagan iste’molchilar buni xoxlashmaydi. Men bo’lajak dehqon sifatida bu jarayonni obdon kuzatib, omadli dehqonlardan maslahat so’rab, iste’molchilarga qanday tarvuz  kerakligini bilib oldim. Agar siz birinchi turdagi dehqonlarga quloq tutsangiz, bozorda tarvuzga talab yo’qligini aytib, dehqonchilikni qo’yib , boshqa ish qilishni taklif etishadi. Xulosa esa o’zingizga havola. Menda esa endi o’z "œretsept"im mavjud. Uni siz bilan baham ko’rishni niyat qildim. Mana ular:

1.       mutaxassislik bilimi

2.       Zamonaviy axborot texnologiyalari

3.       Xorijiy til

4.       Muomala

Bu bilimlarsiz bugungi jamiyatda to’liq farovonlikka erishib bo’lmaydi. Xo'sh forumdoshlar bunga sizning fikringiz qanday?

Qayd etilgan


azizbek_mx  17 Mart 2012, 19:27:53

3. Xorijiy til
4. Muomala
meni qiynagan kamchilik shu ikkisi... Sizning mulohazangizga munosabatim esa ijobiy.

Qayd etilgan


gayrat17  17 Mart 2012, 20:50:10

Xo'sh forumdoshlar bunga sizning fikringiz qanday?

1 - ga ibodatni qo'ysangiz xammasiga erishasiz, birodar. ;D

Qayd etilgan


Muxsiya  07 May 2013, 16:28:58

ixlosniyam deng

Qayd etilgan