savol: takbiri tahrima qaysi namozlarda farz bo'lur?
javob: hamma namozda farz bo'lur. xoh farz xoh vojib, xoh sunnat, xoh nafl bo'lsin.
savol: Azon va iqomat kimlar uchun va qaysi namozlar uchundir?
javob: ularni aytmoq erkak kishilarga farz namozi uchun sunnati muakkadadir. Azon va takbirsiz namoz o'qimoq makruhdir.
savol: Azonni nechuk o'qilur?
javob:4 karra "Allohu akbar", so'ngra 2 karra " Ashhadu an la ilaha illalloh", 2 karra " Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh", ikki karra " Hayya alas-solat", ikki karra" hayya alal-falah", ikki karra " Allohu akbar", bir marta " La ilaha illalloh" demak.
savol: Iqomat takbiri na tariqada bo'lur?
javob: Iqomat takbiri ham, azonga o'hshashdir, lekin iqomatda " Hayya alal-falah" dan so'ng ikki marta "Qadqomatis-solat"ni ziyoda oqiladi. Azonning so'zlarini ayirib ,Alohida-alohida aytilur, ammo iqomatda tezlik bilan aytilur.
savol: Azon hamma farz namozlarida bir hil o'qilurmi?
javob: Azon hamma namozda bir hil o'qilur, lekin Bamdod namozining azonida "Hayya alal-falah"dan so'ng " As-solatu xoyrum-minan-navm"ni ikki karra aytiladi.
savol: namozning rukunlari nechtadir?
javob: 5 tadir: Qiyom, qiroat, ruku', sujud, qa'dai ohirdir.