Alloh-Haq,haq hamisha g'olib  ( 15297 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muslima_subh  14 Sentyabr 2006, 00:16:07

                                  Shayx... diskotekada
   

Bu voqeani menga bir do‘stim hikoya qilib bergan edi. Hikoya mana bunday boshlanadi.
Mahallamizda kichikkina bir masjid bor. U yerda butun umrini ibodatu ta’lim bilan o‘tkazgan ulug‘ yoshli nuroniy bir shayx namozxonlarga imomlik qilardi. U masjid ahliga juda ham jonkuyar bo‘lib, ularga mehr bilan tavajjuh qilardi. Namozxonlar uning uchun xuddi o‘z bolalaridek qadrdon bo‘lib qolgan edilar. Biroq shayx oxirgi paytlarda masjidga qadam bosuvchi namozxonlar soni kamayib borayotganini payqay boshladi.
Kunlardan bir kuni shayx namozxonlarga o‘girilib shunday dedi:
- Odamlarga nima bo‘ldi o‘zi? Ayniqsa yoshlarga hayronman. Ular juda ham kamnamo bo‘lib qolishdi-ya? Yo masjid borligini esdan chiqarib qo‘ydilarmi?!
- Ular hozir diskotekayu barlarda yurishibdi, taqsir, - degan javob bo‘ldi masjid qavmidan.
- Diskoteka?.. Nima u diskoteka? — dedi shayx taajjub bilan.
Namozxonlardan biri bunga javoban:
- Diskoteka bu katta bir zal bo‘lib, uning ichida baland sahna bo‘ladi. Sahna ustiga raqqosa qizlar chiqib, musiqa navolari ostida o‘yinga tushishadi. Odamlar sahna atrofiga kelib ularni tomosha qiladilar va o‘zlari ham raqsga tushadilar, - dedi.
- Na’uvzu billah! - dedi shayx, - ularni tomosha qilayotganlar musulmonlarmi?
- Ha, - degan javob bo‘ldi masjid ahlidan.
Dahshatga tushgan shayx:
- Lo havla valo quvvata illo billoh! — deya kalima keltirar ekan, - Odamlarga pand-nasihat qilishimiz kerak, - dedi.
("œLo havla valo quvvata illo billoh" - "œYomonlikdan qutulish va yaxshilikka erishish faqat Allohning madadi va U bergan quvvat bilangina nasib bo‘lur!.." Biron narsadan dahshatga tushganda aytiladigan kalima.)
- Taqsir, odamlarga diskotekada nasihat qilmoqchimisiz? - deya unga e’tiroz bildirishdi odamlar.
- Ha! - dedi shayx. So‘ngra o‘rnidan turib masjiddan chiqishga chog‘lanar ekan, qo‘shimcha qildi:
- Qani, ketdik o‘sha diskotekaga.

Qayd etilgan


Muslima_subh  14 Sentyabr 2006, 00:17:07

Uni shashtidan qaytarmoqchi bo‘ldilar. Odamlar agarda shayxning aytganini qilsalar, masxaraga qolishlarini, balki ularga aziyat yetishi mumkinligini aytib ogohlantirdilar.
Biroq, bunga javoban mo‘ysafidning og‘zidan chiqqan so‘z shu bo‘ldi:
- Hali biz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan ham afzal bo‘libmizmi?!
Shundan so‘ng mo‘ysafid namozxonlardan birining qo‘lidan tutib:
- Menga diskotekani ko‘rsat! - dedi.
Shayx ishonch va sabot bilan yo‘lga tushdi.
Mana diskotekaning qorasi ham ko‘rina boshladi. Ularga uzoqdan ko‘zi tushib qolgan diskoteka sohibi avvaliga ularni bironta marosimga yoki ma’ruza qilishga ketayotgan bo‘lishsa kerak deb o‘yladi.

Ammo ular to‘ppa-to‘g‘ri u tomonga qarab bostirib kelishardi. U bundan bir oz taajjubga tushdi. Shayx va u kishining hamrohi diskoteka eshigiga burilishganda esa boshliq:
- Sizlarga nima kerak? - deya ularni to‘xtatdi.
- Diskotekadagilarga nasihat qilmoqchimiz, - dedi shayx lo‘nda qilib.
Hayrati oshgan diskoteka xo‘jayini shayx bilan uning hamrohiga boshdan-oyoq razm solar ekan, ularni qabul qila olmasligini aytib, uzr so‘radi.
Shayx u bilan gaplashib, ko‘ndirmoqchi bo‘ldi. Agarda bu ishda ko‘mak bersa, Alloh tomonidan berilajak buyuk ajr-mukofot haqida eslatdi. Biroq, natija bo‘lmadi.
Shundan so‘ng mo‘ysafid u bilan moddiy savdolashishga o‘tdi. Oxiri, chaqirilmagan "œmehmonlar" diskotekaga kiritishi evaziga boshliqning bir kunlik daromadiga teng keladigan mablag‘ taklif qilishdi. Ana shundan keyingina diskoteka sohibi taklifga ko‘ndi. Biroq ulardan ertasi kuni kundalik namoyish boshlanadigan paytda hozir bo‘lishlarini so‘radi.
Ertasi kuni ham bo‘ldi. Diskoteka o‘yin-kulgi shaydolarining g‘ovur-g‘uvuri bilan qaynamoqda. Sahnada qabohat va razolat g‘ujg‘on o‘ynayapti. Shaytonlar odamlarni vasvasa qilib haddilaridan oshirmoqda va ularga chapak chalmoqda...
Shu damda banogoh darparda tushiriladi va ochiladi. Sahnada ulug‘vor bir shayx savlat to‘kib o‘tirardi...
Odamlar hayronu lol bo‘lishdi. Ba’zilar bu bir hajviy sahna bo‘lsa kerak deb ham o‘ylashdi.
Shayx Alloh nomi bilan so‘zini boshladi. Allohga hamdu-sano, payg‘ambarga duoyu salomlar yo‘lladi. So‘ngra odamlarga pand-nasihat qilishni boshladi.
Odamlar bir-birlariga qaradilar. Kimdir kular, kimdir qoralar, yana kim mazax qilardi. Shayx esa pinagini buzmasdan mav’izasida davom etar, ularga e’tibor qilmasdi.
Oxiri, yig‘ilganlardan biri o‘rnidan turib, odamlarni tinchlantirdi. Ulardan shayxning so‘ziga quloq berishlarini so‘radi.
Kishilarni sekin-asta osoyishtalik chulg‘ay boshladi. Atrofga sukunat cho‘mdi. Qalblarga sakinat indi. Hatto tovushlar tindi. Faqat shayxning tovushigina eshitilardi. U shunday so‘zlarni aytar ediki, zaldagilar bu so‘zlarni avval eshitmagan edilar. Tog‘larni larzaga soluvchi oyatlar, hadislar, masallar. Shayton yo‘lidan Allohga qaytgan ayrim gunohkorlar qissasi shayxning ovozi orqali yangrar edi.
Bir mahal mo‘ysafid ko‘zlarida yosh bilan shunday dedi:
- Hoy insonlar, sizlar uzoq yashadingiz va Allohga ko‘p isyon qildingiz. Qani ma’siyatlar lazzati? U qaerga ketdi? Lazzatlar ketdi, biroq sahifalar qora bo‘lib qoldi! Hali Qiyomat kunida ular haqida so‘ralasizlar. Shunday kun keladiki, u kunda Vohidu Qahhor bo‘lmish Allohdan o‘zga barcha narsa halokatga yuz tutgay.

Qayd etilgan


Muslima_subh  14 Sentyabr 2006, 00:17:43

Hoy odamlar, qilayotgan ishlaringizga bir nazar soldingizmi? Qilmishlaringiz sizlarni qaerlarga olib ketayotgani haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
Sizlar bu dunyo oloviga sabr qilolmaysiz, holbuki, u jahannam olovining yetmishdan bir ulushi, xolos. Bas, qanday qilib, jahannam azobiga sabr qila olasiz?! Bas, fursat borida tavbaga shoshiling!!!
Uning so‘zlari qalbdan chiqar edi, qalblarga yetib bordi. Qalblarda tosh qotgan ma’siyat qoyalarini eritdi. Eriyotgan toshlar ostidan chiqa boshlagan ixlos bulog‘i kipriklar oralab oqa boshladi. Ko‘pgina odamlar yig‘ladilar. Shayx mav’izani yanada ziyoda qildi. So‘zining oxirida ularga Allohning rahmati va mag‘firatini tilab duo qildi. Ular: "œOmiyn! Omiyn!" - deb duoga jo‘r bo‘ldilar.

Shayx o‘rnidan turdi. Mahobat va viqor unda mujassam edi. Barcha odamlar uning ketidan diskotekadan chiqib ketdilar. Ha, barcha.
Kunlar ketidan kunlar o‘tdi. Diskotekadagi da’vatda bo‘lgan odamlar birin-ketin shayxning muxlislariga aylandilar va uning qo‘lida Allohga tavba qildilar. Bu hayotdagi borliq mavjudotlar ortida yashiringan sirlarni anglay boshladilar. Ulkan gunohlar so‘nggidan hali musibatlar zamoni kelib qolganda bugungi dunyoning raqsu lazzatlari, ayshu ishratlari foyda bermasligini tushunib yetdilar.
Darvoqe, diskoteka sohibi xam avvaliga bir oz muddat hayrat daryosida g‘arq bo‘lib yurdi. So‘ng u ham odamlarni ma’siyat botqog‘iga botirish orqali qilayotgan tirikchiligini yig‘ishtirib, o‘tgan ishlariga nadomatlar chekdi va gunohlariga tavba qildi.


Qayd etilgan


Munira xonim  14 Sentyabr 2006, 08:53:18

Assalamu alaykum,Muslima_subh!
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bu hikoyangiz juda ham yoqdi menga.
Ko'zlarimni yoshladi.
Alloh taolo shu Shayhga o'hshagan
kishilarni bizning oramizdan ham chiqarsin.
Amiyn!!!

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Sentyabr 2006, 01:40:05

Assalamu alaykum,Muslima_subh!
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bu hikoyangiz juda ham yoqdi menga.
Ko'zlarimni yoshladi.
Alloh taolo shu Shayhga o'hshagan
kishilarni bizning oramizdan ham chiqarsin.
Amiyn!!!
Va Alaykum as-Salam va Rahmatulloh!
Ajmaa'in! Omin, Alloh niyatingizga yetkazsin ilohim!

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Sentyabr 2006, 04:26:52

                             Qovog‘arilar Daniya bosh vaziridan o‘ch olishdi! 


 Daniya bosh vaziri Andres Rasmussen o‘z saroyidagi maxsus bog‘da dam olib, daraxtlar orasida gullar terib yurgan paytda birdaniga bir gala qovog‘arilar unga hujum qildi hamda yuzi va bo‘ynini chaqib momataloq qilib tashladi.

"Al-Vatan" arab jaridasining xabar qilishiga qaraganda, bosh vazir dodvoy solgancha hushidan ketayotganida, qo‘riqchi askarlar darhol uning oldiga yetib kelib, tezda uni maxsus kasalxonaga olib borganlar. Prezident devonining bildirishicha, yaqin kunlarda Rasmussen Frantsiyaga borib, yozgi ta’tilini o‘sha yerdagi sanatoriylardan birida o‘tkazib kelmoqchi.

Ma’lumki, Daniyadagi eng mashhur jaridalardan biri o‘tgan yilning sentyabr oyida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamni haqoratlovchi 12 ta karikaturani nashr qilgan va shundan so‘ng butun dunyo musulmonlari g‘azabga to‘lib, jahon bo‘ylab beto‘xtov namoyishlar o‘tkazishgandi. O’shanda karikaturalardan haqoratlangan musulmonlar jarida tahririyati va Daniya hukumatidan rasman kechirim so‘rashni talab qilishgan. Ammo Daniya rahbariyati ham, jarida tahririyati ham musulmonlardan kechirim so‘ramadi va ularning bu mutakabbirliklari o‘zlari uchun juda qimmatga tushdi. Musulmon olamining boykotiga giriftor bo‘lgan Daniya shirkatlari haligacha har oy millionlab dollar zarar ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, biz musulmonlar e’tiqod qilamizki, Alloh taolo O’zining rasuli Muhammad alayhissalomni haqoratlagan kimsalarni albatta tez kunlarda sharmanda qiladi va agar ular o‘z vaqtida tavba qilmasalar, oxiratda ular uchun juda ham achchiq azob tayyorlab qo‘ygan.



Qayd etilgan


Laylo  15 Sentyabr 2006, 12:12:06

Assalamu alaykum!
Allah rozi bo'lsin!
Judayam ta'sirli hikoyalar ekan.

Qayd etilgan