Uzr, esimdan chiqibdi:)
Asalli tort
recepti:
1,5 stakan shakar
200 gr asal
1 choy qoshiq soda
100 gr sariyog'
6 ta tuxum
4 stakan un.
Tayyorlanishi:Asal va shakarni qozonchada solib aralashtiriladi. Aralashmaga issiq o'tgach, 1choy qoshiq iste'mol sodasi solib aralashrirtiladi. U ko'pirganda aralashtirib turiladi. Rangi to'q jigarrang bo'lguncha. O'rta olov bo'lishi kerak. Sariyog'ni solib olovdan olinadi. Vzivalkada(vzibalka nima deb tarjima qilingan edi? eimdan chiqib qoldi) aralashtirgan holda 1tadan tuxum solib borilaveradi. Tuxumni bir idishga hammasini chaqib tayyorlab qo'yilgan qulay. Keyin ketidan 4-4,5 stakan unni ham solib to quyuq bir-hil massa bo'lgunicha aralashtiraverasiiiz-aralashtiraverasiz
Endi
listga yoyish protsessi:(eng yomon ko'rgan ishim)
Listlar yog'lanadi, keyin ozgina un sepiladi. Hamirni chamalab uchdan bir qismini listga qu'yiladi. Qo'lni unlab-unlab kashasimon xamirni asta-asta butun listaga yoyib chiqiladi. (yoyib chiqquncha esa odam xasta-xasta bo'ladi)
Demak, xamir uchga bo'lib pishiriladi. Xar bir korji taxminan 7-10 minutda qizib turgan duxovkada (o'rta olovda) pishadi.
Oxirgi etapi:
Pishib chiqqan korjlarni issiqligida ehtiyotkorlik bilan lapatkada ko'chirib olinadi. Sovigan korjlarni zavarnoy krem bilan yopishtiriladi.
Qo'shimcha ma'lumot:
Korjlarni chetini tekislab kesiladi. Ushoq qilib usiga sepish mumkin. (Yoki krem bilan yasatish mumkin.)
Asalli tortni ham bir muddatga o'rab qo'yilsa, yumshoq, kremlari korjlarga singib ketadi.