Umumiy bo'lim > Islom

Maʻrifiy maqolalar

Sahifalar: (1/52) > >>

AbdulAziz:

Uxlashning yetti odobi:

1.Uyqudan oldin uch marta "œBismillaziy la-a yazurru ma’asmihi shay0un fil arzi va la-a fis-sama-i va huvas-sam’iul ‘aliym" (Ismi bilan yeru osmondagi hech narsa zarar bermaydigan va eshituvchi, bilguvchi zot nomi ila), desa, hech narsa, na ilon, na chayon, na boshqa narsalar zarar qiladi.
2.Uxlashdan oldin eshiklar yopiladi, idishlar og’zi berkitiladi, to’shak uch bora silkib qoqiladi, to’shalgan o’rin yeng yoki boshqa mato bilan supuriladi, o’t va chiroqlar o’chiriladi. Bu ishlarning barchasi Rasulullohning (s.a.v.) o’gitlaridir.
3.Ulamolar uyquni kichik o’lim deydilar. Chunki Payg’ambarimizdan (s.a.v.) yotganda: "œBismikallohumma amutu va ahyo" (Alloh nomi bilan o’laman va tirilaman), degan duoni aytish naql qilingan.
4.O’rin ortiqcha yumshoq qilinmaydi. Yuzni qiblaga qarataib, o’ng qo’lga suyangan holda yotiladi.
5.Payg’ambarimiz (s.a.v.) uxlashdan oldin tahorat qilib, kiyimlarini yechar, o’rinlariga o’tirib, Ixlos va ikki "œQul a’uzu" ni o’qib, ikki kaftlariga dam urar edilar, so’ng kaftlarini boshlariga va butun a’zolariga surardilar. Keyin o’ng kaftlarini o’ng yuzlariga qo’yib, o’ng tomonlari bilan qiblaga qarab yotar edilar.
6.Uyqudan turganda Bismilloh va hamd aytiladi.
7.Yaxshi tush ko’rilsa, izhor qilinadi va shukr aytiladi. Yomon va parishon tush ko’rilsa, hech kimga aytilmaydi, chap tarafga uch bora tuflanib, u tushning yomonligidan panoh so’raladi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning "œYaxshi kishilar odobi" kitobidan

AbdulAziz:

Kishining uyiga borganda"¦

Izn so’rash, ya’ni birovning oldiga kirishda, beshta odob bor:
1.Kim birovning eshigiga kirishni istasa, kelganini eshik orqasidan eshikni ohista taqillatish yo yo’talish tariqasida bildiradi.
2.Agar ovoz chiqsa, eshik orqasidan salom berib: "œIchkari kiraymi?" deb izn so’raydi. Bunday izn so’rash uch marotabadir. Har izn so’ragandan keyin to’rt rak’at o’qishga ketadigan vaqt miqdorida kutib turiladi.
3.Uch marta chaqirganda ham uy egasining ovozi chiqmasa va kirishga izn berilmasa, kutib turilmay, tezda ortga qaytiladi.
4.Agar uy egasi: "œSiz kim bo’lasiz?" deb so’rasa, otini aytadi, ammo gumonli qilib: "œMen oshnangizman" yoki "œdo’stingizman", deyilmaydi.
5.Agar uy egasi bilan borilgan bo’lsa, sharoiti bo’yicha ish ko’riladi.

"œYaxshi kishilar odobi" kitobidan

AbdulAziz:

Nafs kasallliklarini davolash

Qalb siqilish va nafs kasallliklariga davoni ulamolarimiz bunday tushuntiradilar:

1.Hidoyat va tavhid, chunki zalolat va shirk qalb torligini keltirib chiqaradi.
2.Alloh bandasining qalbiga solib qo’yadigan haqiqiy nuri imon va amali solih.
3.Foydali ilm, zero, kishining ilmi ko’paygan sayin qalbi ochiladi va kengayadi.
4.Parvardigorga bo’lgan inobat (tavba bilan yuzlanish) va umid, butun qalbi ila Unga muhabbat, yaqinlashuv va Unga ibodat ila rohatlanish.
5.Barcha holat va vaziyatlarda doimiy ravishda Allohni zikr qilish. Qalbning ochilishi, uning mutmain (xotirjam) hamda g’am qaygudan xalos bo’lishida zikrning ahamiyati juda katta.
6.Odamlarga barcha yo’llar bilan yaxshilik qilish. Zero, muhsinlarning ulug’I insonlarning qalbini ochganlar va ko’ngillarga huzur bag’ishlaganlardir.
7.Shijoat. Shijoat dilni oluvchi va qalbni kengaytiruvchi vosita hisoblanadi.
8.siqilish va azobni paydo qiladigan g’azab, nafrat, adovat, yomon ko’rish, nohaqlik kabi illatlarni qalbdan quvish.
9.Noo’rin narsalarga qarash, nojoiz narsalarni eshitish, ko’p gapirish, ko’p yeyish va ko’p uxlashni tark qilish.
10.Foydali ilm va amallar bilan mashg’ul bo’lish. Chunki ular qalbni zararli narsalardan to’sadi.
11.Kundalik amallarga ahamiyat berish, kelgusidagi ishlarga qayg’urmaslik, ba, mo’min bandada dini va dunyosiga foyda beradigan ammallarga tirishadi va Rabbidan maqsadning muvaffaqiyatini so’raydi.
12.Kafforat berish yoki boshqa yo’llar bilan qaytarib bo’lmaydigan amallardan saqlanish.
13.Agara bandaga baxtsizlik kelsa, uni daf etishga harakat qilish. Bu ish bandaga vojibdir.
14.Qalbning quvvatini ketkizuvchi va bezovtalikni, yomon fikrlarni keltirib chiqaruvchi vahima, hayol, hayajon va g’azablarga barham berish.

Musulmonlar TAQVIM kitobidan

AbdulAziz:

Ochlik va to'qlik

Oz yemoq odamiylik ishi. Ko'p yemoqlik uning asl tabiatiga yot. Sihat tilasang, ko'p yema", Asalning ham ozi shirin" degan maqollar bejizga aytilmagan. Mana kam yeyish foydalari va ko'p yeyish zararlaridan ayrimlari:
-kam yeganda, yurak tiniq ishlaydi, ko'p yeyish esa, uni qisib qo'yadi, shuningdek, miya faoliyatiga ham salbiy ta'sir korsatadi;
-och qoringa qilingan ibodatning mazasi xush yoqadi";
-kam yegan odam xotirjam yuradi, ilm va ibodatiga xalal yetmaydi;
-to'q odamning miyasi kamroq, oshqozoni ko'proq ishlaydi, o'ylaganda ham qorni bilan o'ylaydi;
-to'q ochlarni unutadi;
-kam yeyish bilan tana sog'lom bo'ladi;
-kam yeganning sarfi kam.
Tarixdan bir misol. Madinada tabib yo'qligini eshitib, Shomdan bir kishi tabiblik qilgani keldi. Ancha vaqt tursa ham, hech kim sog'lig'idan shikoyat qilmaydi. Qarasa, yurtda kasal yoq. Hayron bo'lib, sahobalarning bittasidan bu holning sirini so'raydi. Sahobiy: Kam yeymiz, kam uxlaymiz", deb javob beradi. Tabib: Agar shunday bo'lsa, bu yerga kasallik kirmaydi", deb yurtiga qaytib ketadi. Albatta, bu o'rinda Payg'ambarimizning (s.a.v.) Madina ahliga salomatlik tilab duo qilganlarini ham unutmaslik kerak.

AbdulAziz:

1.Ko'p yeyish kishini toshbag'ir qilib qo'yadi, qalbning nurini so'ndiradi. Inson vujudida, qalbning ostidagi oshqozon qaynab turgan qozonga o'xshaydi. Uning bug'I qalbga ko'tariladi. Ko'p yeyish shu bug'ni ko'paytiradi va qalbning qorayishiga, kirlanishiga sabab bo'ladi.
2.Ortiqcha yeyish tana a'zolarining ortiqcha ishlashiga va oqibatda faoliyatining buzilishiga sabab bo'ladi.
3.Ko'p yeydigan kishining bilim va tushunchasi oz bo'ladi.
4.Ko'p eydigan kishining ibodati ozayadi. Chunki badani og'irlashadi, uyqu bosadi, sezgi a'zolari bo'shashib, ibodat qila olmay uxlab qoladi.
5.Ko'p yeyish ibodatdan zavq olishga mone'lik qiladi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) shunday deydilar: Allohga bo'lgan ishtiyoqdan ayrilmaslik uchun musulmon bo'lganimdan keyin to'yib ovqat yemadim, qonib suv ichmadim".
6.Ko'p yeyishga odatlanishda haromga kirib qolish tahlikasi bor.
7.Ko'p yeydigan kishilarda o'lim qiyin kechadi.

Sahifalar: (1/52) > >>

Go to full version