Umumiy bo'lim > Islom

Maʻrifiy maqolalar

<< < (3/52) > >>

ЖАМШИДЖОН:
Sadaqa va Exson

Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassallam sahobalariga sadaqaning fazilati haqida shunday deganlar: "œAlloh taboroka va taolo yerni suv ustida yaratdi. Yer harakatlanib keyin qaror topdi. Alloh subhonahu va taolo tog‘larni yer ustida yaratdi. Yer harakatlanishdan to‘xtadi. Farishtalar taajjubga tushib, munojot qildilar:

— Iloho, tog‘dan ham quvvatliroq narsa yaratganmisan?

Alloh taolo:

— Temir tog‘dan ham zo‘rroqdir, — dedi.

Farishtalar:

— Temirdan nima kuchli? — deb so‘radilar.

— Olov temirdan kuchlidir, — degan nido keldi.

Farishtalar yana so‘radilar:

— Olovdan nima kuchli?

— Olovdan suv kuchlidir.

— Iloho, suvdan ham kuchliroq narsa bormi?

— Shamol suvdan ham kuchli.

— Shamoldan kuchlirog‘i-chi?

— Odam bolasining sadaqasi shamoldan ham kuchliroqdir. Sadaqani shunday berishsinki, o‘ng qo‘l bilan berilgan xayrdan chap qo‘l xabardor bo‘lmasin. Hamma aytgan narsalarimdan sadaqa kuchliroqdir, — degan javob keldi Arshi A’lodan».

Sadaqa berish haqida har birimizda tushuncha mavjud. Kimdir ishi yurishmasa, ba’zilar qo‘rqinchli tush ko‘rsa, yana boshqalar esa Alloh yo‘lida chin dildan xayr-ehson qiladilar. Biroq avliyolarning so‘zlariga ko‘ra, sadaqa berishda besh amalga rioya etmoq lozimdir.

Birinchidan, sadaqani pinhona berish lozim. Sadaqa berayotgan oqil kishilar o‘zlarini tanitmaslik ilinjida bo‘lganlar. Ba’zilar esa beva-bechoralarning yo‘llariga tashlab ketishgan.

Ikkinchidan, sadaqani minnat qilib va namoyishkorona berishdan hazar qilingan. Alloh taolo: "œEy, imon keltirganlar, o‘z sadaqangizni minnat va ta’na bilan puchga chiqarmanglar", deya amr etadi.

Uchinchidan, sadaqani halol moldan berish lozim. Alloh subhonohu va taolo pokdir va pokdan boshqasini qabul qilmaydi. Sufyoni Savriy (r.a.)dan shunday naql qilinur, kimki harom moldan sadaqa qilsa, xuddi iflos kiyimni najosat bilan tozalagandek bo‘lur. Iflos narsani suvdan o‘zga narsa tozalamaydi. Gunohni halol sadaqadan boshqa hech nima yuvmaydi.

To‘rtinchidan, nimaiki sadaqa qilinsa, ochiq yuz va xursandchilik bilan qilinsin. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) marhamat qilganlarki, bir halol dirhamni ochiq yuz bilan sadaqa qilishlik, noxushlik bilan berilgan yuz dirhamdan ortiqdir.

Beshinchidan, o‘z halol molidan taqvodor olimga sadaqa bersa, go‘yoki Alloh subhonohu va taolo toatini o‘sha olim bilan birga ado etgandek bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilar: "œKimki Alloh yo‘lida sadaqa qilsa, sadaqa egasining qo‘lidan chiqishi bilan beshta gapni aytar ekan. Birinchi gapida: "œEy, Xudoning bandasi, men kichik edim, sen meni kattalashtirding", deb aytadi. Ikkinchi gapida: "œSen mening posbonim eding, endi men senga posbonlik qilaman", desa, uchinchi gapida: "œMen sening dushmaning edim, meni o‘z do‘stingga aylantirding", deydi. To‘rtinchi so‘zida esa: "œMen foniy edim, meni boqiyga aylantirding", va nihoyat beshinchisida: "œMen ozgina edim, meni ko‘paytirding", deb aytadi. Alloh taolo: "œHar bir yaxshilik o‘n barobar qilib qaytariladi", deya amr etgandir.

Demak, men falonchiga yaxshilik qildim, deb aytish ta’nadan bo‘lak gap emas. Yaratganning yo‘lida berilgan bir tishlam non bir tandir nonning o‘rnini bosadi. Uyingizga tilanib kelgan tilanchini haydamang, zero, darvozangizni qoqqan gadoy Xudoning sizga jo‘natgan sinovi bo‘lishi mumkin.

Janobi Payg‘ambarimiz aytadilar: "œQiyomat kuni Tangri taolo bandasiga "œMen sendan suv so‘radim, sen menga bermading", deydi. Banda hayron bo‘lib: "œEy, Yaratgan Egam, qachon mendan suv so‘ragan eding, men bilmayman", deya javob qiladi. Janobi Haq: "œFalon kuni bir bandam sendan suv so‘rab bordi, sen bermading", deydi, so‘ng: "œSendan non so‘ragandim, non ham bermading", deydi, yana odam bolasi hayron bo‘lib: "œQachon mendan non so‘rading?" deb so‘raydi. "œFalon kuni bir bandam uyingga non tilanib kirdi, sen esa unga bermading", deydi. So‘ng: "œEy, bandam, men seni chaqirdim, sen meni ko‘rgani kelmading", deydi. Banda yana lol bo‘lib qoladi: "œAllohim, qay vaqt meni chaqirding, men bilmadim, bilganimda borar edim", deydi. Alloh taolo esa: "œFalonchi bandam kasal bo‘lib yotganda, uni ko‘rgani bormading, agar borganingda meni o‘sha yerdan topgan bo‘larding", deb javob beradi".

Qilingan ezgu amal ham sadaqa kabi bo‘lishligi hadislarda bayon etiladi

Secret:

- Sahiylikni kimdan o'rganding, - deb so'radilar Hotam Toyidan.
- G'ishttan o'rgandim, - deya javob qildi.
- Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?
- Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganimisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzartishdi. Uzatmay, qo'lda tutib tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.
 Xayol qildim deydi Hotam Toyi: Demak, mol-dunyo, ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, Baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi.

Abdumuhaymin:
Ibratli hikoya ekan.

Ман ёш бола смасман!

Ойим телефон килдила. Хар галгидей насихат килишни бошладила.
Аима килишим кераклигини, кандай килишим кераклигини.
Уже бу сафар гапларини кутара олмадим:
-Ойи, ман уже 20 ёшдаман. Аш боламасманку!
Хадиб насихат кивурмен!

 

Шунчалар кизишиб кетганимдан, онамга бакириб берганимни билмай колдим.
Шунчалар удагайлаб бердимки, хатто онам индамай колдилар.
Анимга окам келдида, бир тарсаки туширди юзимга.
Мен телефонни улоктириб юбордимда, телевизор ёнидаги диванга бориб жойлашдим.
Вакт утди ва мен жахлимдан тушдим.
Шу вакт дустм телефон килди ва Онам оламдан утганлигини айтди.

 

Мен унинг гапларини охиригача сшитмадим хам.
-Ойим! Онажоним!Кузларимга шашкатор ёш келиб, телефон трубкасини куйганимча карахт булиб
котиб колдим.

 

Кулогимда сса онамга бакириб жеркиб бераётганим жарангларди.
Кузим олдида сса онагинамни табассумли юзи сди.
Мен шу туришимда котиб колдим, томогим бугилиб колган, калбим сзилиб,
хаёлимда сса онажоним сди.

 

Ерга тизза чукдимда, фаред кила бошладим:
- Аллохим, уни кайтариб бер! Жон Аллохим онажонимни кайтариб бер.
Мени жонимни олаколгин!
Илтимос Аллохим онамни кайтариб бер.
Майли мени азобла, истасанг ногирон килиб куй.
Аллохим онамни кайтиб бер!

 

Шунчалар бакириб йигладимки хонага окам кириб келди. Кулида телефон трубкасини ушлаб
олганича:
-Овозингни учир! — деб бакирди менга.
-Аега ахмок каби бакирасан, онамни гапларини сшита олмаспман!

 

Онамни? Котиб колдим.
Тезда телефон трубкасини окамни кулидан тортиб олдимда:
-Ойижон??? Ойижоним!
Онам сса хар галгидек хотиржам ва ёкимли овози билан:
-Ха болажоним-дедилар.
Мен бошка хеч нарса деёлмай колдим. Кузларимдан шашкатор ёшлар окиб кетти.

 

Дустим менга телефон килиб айтганида, унинг онаси улган скан.
Мен сса чала сштиб нотугри тушунганаканман.

 

Мен хеч нарса деёлмай колдим. Факатгина шивирлай олардим холос:
-Ойижоним,мени кечиринг, кадирдоним, мехрибоним.
Онам сузларимни сшитиб йиглаб юбордилар:
-Болагинам, хар нарса булсасм факат сен йигламагин, жоним болам. Сени йиглашингни
сштолмайман.

 

Мен йиглашда давом стардим. Узр сураб тавба килардим.

 

Окам кулимдан телефон трубкасини олиб хонасига кириб кетти.
Мен сса хонамга кириб Аллохга ёлворишни бошладим.
-А­й А оббим"¦
Мени кечир ва менга ухшаб онасига озор етказадиганларнисм кечир"¦
Онасига озор бериб онасидан айрилиб колганларнисм кечир"¦
Онасини бир бора дийдорини куришга зор булганларнисм кечир"¦
Онани кайтиб топа олмаймиз.

 

А­й йигитлар!
Фарзандларингизни тарбис килаётганда, уз аёлингизни, онангизни съзозлашга, хурмат килишга
ургатинг.
Ахир бу утар дунёку.
Аллох хаммамизни тугри йулга бошласин.
Амин.

                                                                                                                                                   http://miraziz.uz/2012/09/15/man-yosh-bola-e-masman/

Ummu Muslima:
 :asl3:
Onangiz hayotmi?sizga havasim kelyapti...

bir paytlar shunaqa sarlavhali maqola o'qigan edim,
u davrda Onam hayot edilar
mana endi man ham Onasi hayot bo'lgan odamlarga havas bilan boqyapman...
Ularni dunyodagi eng bahtlik insonlar deb bilyapman

inson shunaqangi hotirjam yasharkanki huddi uni Ota-Onasi o'lmaydigandek,yo'q buni biladi faqat bu haqida o'ylashni hohlamaydi...
(alhamdulillah Dadam hayotlar umrilari uzoq bo'lsin.)
Qayerdadir bir hadisni o'qigan edim ma'nosi shunaqa edi:

Kimniki Onasi olamdan o'tsa endi u banda qo'rqsin,chunki uni haqqiga duo qiladigan va duosi qabul bo'ladigan Onasi yo'q. :'(

man ham shunday deyman:Onangiz hayotmi? sizga havasim kelyapti... :'(
hayot yurgan Ota-Onalarni  umrilari uzoq bo'lsin.

Bobur Sharipov:
Kunlarning birida ota o'g'lini oldiga kelib
 yelkasidan tutib:- o'g'lim sen kuchlimisan yo men
,debdi. O'g'li hech uyalmasdan men deb javob
 beribdi. Ota xayron bo'libdi va yana o'sha savolni
 bergan ekan,o'g'li yana men deb javob beribdi. Ota
 hafa bölib o'g'ilni yelkasini qo'yvorib 2qadam yurib to'htab, yana bir marta so'ray deb, o'g'lim sen
kuchlimi menmi degan ekan. O'g'il hech öylanmay
 siz deb javob beribdi ,ota xayron bo'lib: boyagina
 oldingda turib 2marta so'radim, men deb javob
 berding, 2qadam buyoqqa ötib sörasam siz
 deding. E ota, boyagina oldimda tog'day suyanchig'im, siz bor edingiz. U payt men özimni
 kuchli bilaman, hozir esa siz yöqsiz, demak, men
 hechkimman, bu paytda siz kuchli bölasiz ,deb javob
 bergan ekan .Baxtimizga tog'dek suyanchig'larimiz
 dadajonlarimiz sog' bo'lsin. Oq yuvib oq taragan
, duo qilib turuvchi onajonlarimiz baxtimizga sog'-salomat bo'lishsin

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version