Maʻrifiy maqolalar  ( 118218 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 26 B


okahon.8800  05 Avgust 2015, 16:44:08

Odob axloq
Xalqimiz qadimdan axloq va odobda butun olamga o'rnak va namuna bo'lib kelgan. Odob axloq va buyuk manaviyatning asrlar davomida musaffo holda bizlargacha yetib kelishligida ota bobolarimizning, ulug’ allomalarimizning xizmatlari beqiyosdir.  Bunday go’zal xulqlarni muslmon millatlardan boshqada topa olmaysiz. Zero islom dini odob-axloq dinidir.
Insonlarni boshqa hayvonlardan ajratib turguvchi xislatlaridan biri odobdir. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi “Adabul mufrad” kitoblarida odobning ta'rifida shunday deganlar: “Odob barcha yaxshi va ezgu xislatlarni o'z ichiga oladi”. Vatandoshimiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayh bu kitobda Payg’ambarimiz (sollollohu alayhi vasallam) dan rivoyat qilindan odob axloqga doir eng sahih hadislarni jamlaganliklari ham musulmon ummatini odobga qanchalik etiborli ekanligini ko’rsatadi.
Hikmatlarda “odob buyuk tojdir, uni kiyib qayerga borsang boraver” deyiladi. Darhaqiqat odob tojini kiygan hech qayerda hor bo’lmaydi. Qayerga borsa insonlar uni xurmat bilan kutib oladilar. Beodob inson hamma yerda xordir. 
Bog’dod shaxrida bir necha bollar ko’chada o’yin bilan mashg’ul edilar. O’sha shaxarning podishoxi ot minib ko’chadan o’tib borardi. Bolalardan biri podishoxni bu yerdan o’tayotganini bilib o’rnidan turdi va xurmat yuzasidan chetga chiqib, devor yoniga turib oldi. Boshqa bolalar esa hech narsani sezmaganday turaverdilar. Qizg’in o’yindan esa to’xtamadilar. Buni kuzatib turgan podishoxga bu bolani harakati yoqdi. U otini bola tomonga bir oz yurgizib, uni diqqatini o’ziga qaratdi. Uni imtihon qilish maqsadida qo’lidan uzugini chiqarib, bollarni o’rtasiga otdi va “kimki uzukni oldinroq olib kelib bersa mukofotlayman” –dedi. Bolalar uzukni oldinroq topib olib kelib berishga harakat qila boshladilar. Nogoh bittasi topib, uni podishoxga olib kelib berdi. Haligi bola esa oyog’ini odob chegarasidan chiqarmay joyidan jilmay turardi.
Har kim odob surmasidan tortsa hayo ko’ziga
Maqsad kelinin ko’rar qarshisida behijob.
Podshoh ko’z qiri bilan uni kuzatib turar, bu safar uzukni uni oldiga tashladi. Bola esa uzukni yerdan olib, changini artib, bir o’pib odob va hayo yuzasidan sekin yurib kelib, ikki qo’llab podishoxga uzatdi. Podishoxga uni odobi yoqib, xodimlarining biriga qarab dedi. Manabu bolani ota-onasini topib, rozi qil, bolani bizni tarbiyamizga bersin, tarbiyalashga arziydigan bola ekan-deya tarbiyasiga olibdi. Shoir aytganidek
Pokiza aqilli xushyor har bola, hayfdir ko’rmasa agar tarbiyat.
Imning partavi nurin sochmagay, kishida bo’lmasa agar marifat
Yoqutning yuziga bermasa pardoz,  hech qachon bo’lolmas toju saltanat.

SANATBEK


Qayd etilgan


okahon.8800  06 Avgust 2015, 15:07:46

SIZ  TALABA BO’LDINGIZ.
Mana imtihonlar yakunlandi, imtihon javoblari ham chiqdi. Siz bir necha yillik orzuingiz bo’lgan oliygohda talaba bo’lishlik baxtiga erishdingiz . Alloh taolo sizning va oila a’zolaringizni qalbini quvonchga to’ldirdi. Bir necha yillab kechalari tinmay mutoala qilgan kitoblaringiz, olgan bilimlaringiz va bedor o’tkazgan tunlaringiz mukofotini ko’rib turibsiz. Ha albatta siz talaba bo’ldingiz oliygoh talabasi, Alloh muborakli qilsin. Shu o’rinda o’tgan buyuk ajdodlarimizni talabalarga nasihatlariga quloq solaylik.
Talabalik yani ilm talab qilishlik Alloh va rosulining buyrug’idir. Birinchi nozil bo’lgan oyat اقْرَأْ o’qing deya ilm olishga targ’ib bilan boshlangan, Payg’ambarimiz (sollohu alayhi va sallam)hadisi sharifalarida
اطلبوا العلم ولو بالصين فإن طلب العلم فريضة على كل مسلم
“ Ilmni agar Sin (Hitoy) dan bo’lsa ham talab qilinglar chunki ilm talab qilishlik har bir muslmonga farzdir ” –deganlar. Demak siz bir farzni bajarayapsiz. Siz birinchi navbatda niyyatingizni chiroyli qiling ,Janob Rasululloh (s.a.v.)ning: 
إنما الأعمال بالنيات
ya’ni, “amallarning ajru savobi niyyatga qarab bo’ladi”- degan muborak  hadislariga muvofiq siz avvalo ilm olishda niyyatingizni chiroyli qiling, ilm olib Alloh taoloni roziligini topaman, hayotda yurtimga, vatanimga, insonlarga foydasi tegadigan manfaatli insonlardan bo’lishlikni niyyat qiling
Mashoyixlarimiz   -Ilm hosil qilish go’yo igna bilan quduq qazib, suv chiqarishga o’xshaydi deb aytadilar. Demak bunday mashaqqatli ishda  uning yonida turadigan sheriklari ham ilmga rag’batli, muhabbatli insonlar bo’lishligi kerak. Dangasa vaqtlarini behuda sarf qiladigan sheriklardan uzoqroq bo’lsin chunkki “qovun qovundan rang oladi”-degan hikmatli gap bor.
Yetuk ilmli inson bo’lishlikna  sabablaridan biri talaba ustoz va murabbiylarga izzat va xurmatda bo’lishligi lozim.
Shayxul islom «Hidoya» kitobiningsohiblari, ustoz  Burhoniddin Marg’inoniy  hazratlari hikoya qiladilar:
-Buxoroi sharifning katta allomai kiromlaridan biri dars halqasida edilar. Dars asnosida goho o’rinlaridan turib qo’yardilar.  Ziyrak toliblari buning sababini so’radilar. U zot kamoli ehtirom bilan:
- Mehribon ustozimning farzandlari ko’chada bolalar bilan o’ynab yuribdilar. Goh o’ynab eshik oldiga kelsalar, darhol ustozimni hurmatlari uchun o’rnimdan turyapman, - deb javob berdilar.
Shubhasiz, talaba ilmga jiddiylik bilan yondoshishi va ta’lim olish hamda riyozatga berilishi, unda  bardavom bo’lishi, himmat-g’ayratlik, chaqqon va harakatchan bo’lishi kerak. Chunki ilmga maqshaqqat bilan erishiladi.
Bemashaqqat topilsa har nimarsa,  aning qadrin bilmas hech kimarsa.
Talabalarimiz ilmga muhabbat qilsalar, vaqtlarini g’animat bilib o’tayotgan har daqiqalarida ilmdan istefoda olsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi. Zero hikmatlarida:  “Yoshlikda o’rganilgan ilm, go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir”, - deyilgan.

SALMON FORISIY JOME MASJIDI IMOM XATIBI RAHIMOV ILHOMJON.
VAHM MASJIDI IMOM XATIBI SAIDUMAROV UMARXON.

Qayd etilgan


okahon.8800  07 Avgust 2015, 16:07:51

Odob axloq
Xalqimiz qadimdan axloq va odobda butun olamga o'rnak va namuna bo'lib kelgan. Odob axloq va buyuk manaviyatning asrlar davomida musaffo holda bizlargacha yetib kelishligida ota bobolarimizning, ulug’ allomalarimizning xizmatlari beqiyosdir.  Bunday go’zal xulqlarni muslmon millatlardan boshqada topa olmaysiz. Zero islom dini odob-axloq dinidir.
Insonlarni boshqa hayvonlardan ajratib turguvchi xislatlaridan biri odobdir. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi “Adabul mufrad” kitoblarida odobning ta'rifida shunday deganlar: “Odob barcha yaxshi va ezgu xislatlarni o'z ichiga oladi”. Vatandoshimiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayh bu kitobda Payg’ambarimiz (sollollohu alayhi vasallam) dan rivoyat qilindan odob axloqga doir eng sahih hadislarni jamlaganliklari ham musulmon ummatini odobga qanchalik etiborli ekanligini ko’rsatadi.
Hikmatlarda “odob buyuk tojdir, uni kiyib qayerga borsang boraver” deyiladi. Darhaqiqat odob tojini kiygan hech qayerda hor bo’lmaydi. Qayerga borsa insonlar uni xurmat bilan kutib oladilar. Beodob inson hamma yerda xordir.
Bog’dod shaxrida bir necha bollar ko’chada o’yin bilan mashg’ul edilar. O’sha shaxarning podishoxi ot minib ko’chadan o’tib borardi. Bolalardan biri podishoxni bu yerdan o’tayotganini bilib o’rnidan turdi va xurmat yuzasidan chetga chiqib, devor yoniga turib oldi. Boshqa bolalar esa hech narsani sezmaganday turaverdilar. Qizg’in o’yindan esa to’xtamadilar. Buni kuzatib turgan podishoxga bu bolani harakati yoqdi. U otini bola tomonga bir oz yurgizib, uni diqqatini o’ziga qaratdi. Uni imtihon qilish maqsadida qo’lidan uzugini chiqarib, bollarni o’rtasiga otdi va “kimki uzukni oldinroq olib kelib bersa mukofotlayman” –dedi. Bolalar uzukni oldinroq topib olib kelib berishga harakat qila boshladilar. Nogoh bittasi topib, uni podishoxga olib kelib berdi. Haligi bola esa oyog’ini odob chegarasidan chiqarmay joyidan jilmay turardi.
Har kim odob surmasidan tortsa hayo ko’ziga
Maqsad kelinin ko’rar qarshisida behijob.
Podshoh ko’z qiri bilan uni kuzatib turar, bu safar uzukni uni oldiga tashladi. Bola esa uzukni yerdan olib, changini artib, bir o’pib odob va hayo yuzasidan sekin yurib kelib, ikki qo’llab podishoxga uzatdi. Podishoxga uni odobi yoqib, xodimlarining biriga qarab dedi. Manabu bolani ota-onasini topib, rozi qil, bolani bizni tarbiyamizga bersin, tarbiyalashga arziydigan bola ekan-deya tarbiyasiga olibdi. Shoir aytganidek
Pokiza aqilli xushyor har bola, hayfdir ko’rmasa agar tarbiyat.
Imning partavi nurin sochmagay, kishida bo’lmasa agar marifat
Yoqutning yuziga bermasa pardoz,  hech qachon bo’lolmas toju saltanat.
"UYSHIN" JOME MASJIDI IMOM XATIBI TURSUNOV SANATBEK.

Qayd etilgan


okahon.8800  12 Avgust 2015, 13:29:33

HALOL LUQMA
Duolar ijobat bolishligini asosiy sababaridan biri topayotgan mablag’imizni va yeyayotgan taomlarimizni haloldan bo’lishligidir. Halollik har bir ishda maqtalgan sifatlardan. Luqmani halolligi deganda nafaqat yegulikni toza, pokiza bo’lishligi hamda o’sha yegulikni kelishligiga sabab bo’ladigan mablag’ning ham halol yo’l bilan halol kasb orqali topilishiga bog’liqdir.  Alloh taolo Quroni Karimda
يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا
“Ey insonlar yer yuzidagi halol- pok narsalardan yenglar”… ushbu oyati karimada Alloh taolo barcha insoniyatni halol pokiza narsalarni yeyishga chaqirmoqda. Bunda juda ko’p buyuk hikmatlar bor. Bulardan insinoyat hayotini davomiyligi, umrlarini uzoq bo’lishligi, hamda barcha rohatlik va manfaatlik lazzatlar halol pokiza narsalarda mujassamdir. Alloh taolo boshqa bir oyatda
يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ
“ Ey payg’ambarlar, halol-pokiza taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar” (baqara surasi 172)
Malum bo’ladiki musulmon kishi uchun halol narsalarni talab qilish, halol kasb qilishlik, shariatda halol qilingan yo’llar bilan molu mulk topish farzdir.
Harom mol-u mulk evaziga kelgan taomlar bilan oziqlanib , harom mablag’ga kelgan kiyimlarni kiyib qilngan ibodat va duo qabul bo’lmaydi. Bunga dalil
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم أيها الناس إن الله طيبٌ لا يقبل إلا طيباً وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين قال يا أيها الرسل كلوا من الطيبات واعملوا صالحاً إني بما تعملون عليم  وقال  يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب له
Abu hurayra   (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilinadi: aytdilar. “allh pokdir va faqat pokiza narsalarni qabul qiladi. Albatta Alloh taolo paygambarlariga nimani buyurgan bo’lsa mo’minlarga ham o’shani buyurdi. “ Ey payg’ambarlar, halol-pokiza taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar” va yana  “Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar” so’ngra paygambarimiz ( sollollohu alayhi va sallam )uzoq safar qilgan bir kishini zikr qildilar sochlari to’zigan, kir  bo’lib ketgan. Qo’lini osmonga ko’tarib ey robbim ey robbim deya duo qiladi.  Lekin uning yeyotgan taomi haromdir va ichayotgan ichimligi haromdir, bas uning duosi qanday ijobat bo’lsin”.
Ha albatta u inson uzoq safar mashaqqatida musofir bo’lsa ham, qo’lini ko’klarga ko’tarib zorlanib duo qailsa ham, unig yeyayotgan taomi ichayotgan ichimligi haromdan, kiyimi va badani najosatdir. Demak uning duosi qabul bo’lmaydi.
Hikoya:
Kunlarning birida donishmandning oldiga ayronforush donishmandning og’lidan shikoyat qilib kelibdi.
Sizdek  zotning farzandi bunday nomaqulchilikka qo’l urishi nimasi? Ko’rmaysizmi farzandingiz ,meshlarimni teshib, ayronimni ichib ketayapti.
Donishmandv hijolat bolib ayronfurushni ayroni  va meshini pulini to’lagach uzoq o’ylanib qolibdi. So’ngra ayolini chaqirib bo’lgan voqeani tushuntirib debdiki men umrim davomida biror marotaba harom luqma yemaganman va uyga ham olib kirmaganman. Farzandimizni tarbiyasida hatoga yo’l qo’ymaganman. Siz o’ylab ko’ring  biror bir xato qilmaganmizmi?. 
Ayol ham uzoq o’ylab bo’lgach, hijolat bo’lib hojam meni kechirsinlar shu farzandimizda homilador bo’lib yurgan vaqtimda qoshnimizni uyiga kirgandim. Uning uyidagi limonnni ko’rib yegim keldi. Lekin qo’shnimdan so’rashdan uyaldim. Qoshni ayol ishi bilan band bo’lgan vaqtda, men to’g’nog’ichimni limonga sanchib undan bir necha marotaba shimib olgandim dedi.
Shunda donishmand ayoliga ko’rdingizmi vaqtlar kelib, siz beruxsat istemol qilgan limon meshga  qo’lingizdagi tog’nogich esa  o’g’limizni qo’lidagi bigiz bo’libdi. Xoziroq chiqib, qo’shni ayolni rozi qiling degan ekan.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.

Qayd etilgan


okahon.8800  19 Avgust 2015, 10:58:22

ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
Islom dinida oila mustahkamligiga  juda katta ahamiyat beriladi. Oila hayoti nikoh bilan boshlanadi. Uylanguncha nikohsiz yashash dinimizda haromdir. Nikohsiz er va ayolning yaqinligiga zino qilish deyiladi. Zino barcha jamiyatlarda axloqiy jihatdan razilat, diniy jihatdan gunoh, ijtimoiy jihatdan nomussizlik sanalib kelgan.
Zino qilish gunohi kabiralardan sanalib, barcha dinlarda harom qilingan. Chunki zino odam uchun, millat  va jamiyat uchun zararlidir. Qur'onda Alloh taolo "Zinoga yaqinlashmanglar.  Chunki(bu) buzuqliqdir- eng yomon yo'ldir", - deb buyuradi. ("Isro" surasi, 32-oyat).
Payg'ambarimiz ham odamlarni zino qilishdan qat'iy ravishda qaytarganlar va bir hadislarida" Agar kishi zino qilsa, iymon undan  chiqadi va unga soyabon kabi bo‘ladi. Agar (zinodan) bosh tortsa, iymon unga qaytadi»  — deb marhamat qiladilar. (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati)",
Demak, zino qilgan kishining imoni, zino holida, u kishidan ayriladi. Bu hol tugagach, imon yana o'ziga qaytadi.
Bironta ham millat oilasiz davom etmaydi. Shuning uchun dinimiz zinoni eng katta gunohlar qatoriga kiritgan. Zinoning juda ko'p zararlari bor:

- Zino odamlarning va oilalarning obro'si, sharafiga dog' tushiradi,y erga uradi, oila hayotini buzadi, yo'qqa chiqaradi.
 
- Tug'iladigan bolaning nasli noma'lum bo'lib qoladi yoki bola nikohsiz ota-onadantug'iladi. Islom ulamolari nikohsiz ota-onadan tug'ilgan bolaning shafqatsiz, marhamatsiz va qattiq ko'ngilli bo'lishini aytadilar.

- Zino tufayli juda ko'p kasalliklar odamdan odamga yuqadi. Hozirgi kunda kishilarni halokatga eltayotgan (oits-spid) singari davosi yo’q  kasalliklar zino orqasida kelib chiqmokda.
- Zino odamlar o'rtasidagi urishishlar, tortishuvlar, hatto o'ldirishlarga sabab bo'ladi.  Odamlar tinchligini buzadi.
-Zinokorlar ilojini boricha ushbu harom aloqa tufayli o'rtada bola paydo bo'lmaslikka harakat qiladi. Mobodo bola bo'lib qolsa, uni tug'ishdan oldin abort qilishlik yo’li bilan yoki uni dunyoga keltirgandan keyin biror tashlandiq joyga tashlab yuborishlik bilan o'ldiradi. Bunday ishlar inson nomiga noloyiq kimsalardangina sodir bo’ladi.
- Zino qalbning qorayishiga, imonning zaiflashishiga sabab bo'ladi. Zinokor o'zi sezmasa ham, ma'naviy jihatdan juda ko'p narsalardan mahrum bo'ladi. Imoni zaiflangan odamning ibodatlari ham ozayib, axloqi buzila boradi.

Islom dini zinoga olib boruvchi botiniy yo'llarni bekitgan. Erkaklar va ayollar orasidagi munosabatlar, tanishlar, qarindoshlar, yaqinlar va begona  kishilar o'rtasidagi munosabatlar qanday bo'lishi kerak? Dinimiz bularning hammasini aniq ravshan bayon qilingan. Islom dinida zino qilgan odamga og'ir jazolar belgilangan. Lekin zinoning oxiratdagi jazosi bu dunyodagisidan og'irroqdir. Alloh taolo Quroni karimda:
"Ular("Allohning mo'min bandalari) Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o'ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar.
Kim mana shu(gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo'lur. qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur" ("Furqon" surasi, 68-69-oyatlar).
Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda.
Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan  mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi.
Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan.
Kishining eng ko'p gunohlariga sabab bo'luvchi hamda jahannamga eltuvchi ikki a'zosi bor.
Bular tili bilan jinsiy a'zosi. Bu a'zolarga hokim bo'luvchi odamlar ma'naviy jihatdan yuksak martabalarga erishadilar. Payg'ambarimiz bir hadislarida: "Kimki ikki labi va ikki oyog'i orasidagi a'zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman" deya marhamat qiladilar.  Alloh taolo barchalarimizni va farzandu zurriyotlarimizni zinoga tushib qolishlikdan saqlasin.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.

Qayd etilgan


okahon.8800  20 Avgust 2015, 23:43:41

ZINONING TURLARI
Zino-dunyoda insoniyatni boshiga turli kulfatlar-u musibatlarni, baxtsizliklar-u kongilsizliklarni keltirishligi va oxiratda esa  alamli azoblarni sabab bo’ladigan og’ir gunoxi  ekanliga barchamizga malum.
Bugunlik kunda zino sababli qanchadan qancha oilalar parokanda, farzandlar esa  yetim bo’lib qolmoqda. Bazan falonchining oilasi buzilib ketibdi. Sababi “ayoli bashqa erkak bilan telefon orqali gaplashar ekan, yoki internetda boshqa birov bilan har hil gaplarni yozishayotgan ekan”  yoki  eri o’zini jufti haloli bo’la turib o’zga ayollar bilan yurar ekan -degan daplarni eshitib qolyapmiz.  Oilali inson Allohni bergan ne’matlariga shukr qilmas ekan uning oilasida xotirjamlik bo’lmaydi.
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم : لكل بن آدم حظه من الزنا فالعينان تزنيان وزناهما النظر واليدان تزنيان وزناهما البطش والرجلان تزنيان وزناهما المشي والفم يزني وزناه القبل والقلب يهم أو يتمنى ويصدق ذلك الفرج أو يكذبه

Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallam aytadilar har bir odam bolasini zinodan nasibasi bordir bas ikki ko’z zino qiladi ularning zinosi qarashlik. Ikki qo’l zino qiladi ularning zinosi ushlashlik. Ikki oyoq zino qiladi ularning zinosi yurib borishlik. Lab zino qiladi uning zinosi o’pishlik. Qalb zinoni o’ylaydi yoki orzu qiladi, farj esa yo uni tasdiq qiladi (ro’yobga chiqaradi) yoki yolg’onga chiqaradi.

Hadisi sharifdan malum bo’ladiki zinoning bar necha turi Uning bir necha turlari mavjud bo’lib, ulardan quyida tanishib chiqamiz.
1) Ko’z zinosi- Alloh taolo mo’min musulmonlarni o’zlariga nomaxram bo’lganlarga shaxvat nazari bilan qarashdan qaytargan. Quroni karimda
قُلْ لِلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ذَلِكَ أَزْكَى لَهُمْ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ (30) وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ
Ey Muhammad (sav) mo'minlarga ayting, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir. Mo'minalarga ayting: «Ko'zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar ….
Hadisi sharifda “ikki ko’z zino qiladi ularning zinosi qarashlikdir” -deyilgan.
Nomahram ayollarga shaxvat nazari bilan qarashlik bu ko’z zinosi hisoblanadi. Haqiyqiy er kishi boshqa insonni ayoliga  shaxvat hissi bilan qarashligi beodob insonlarning xunuk ishlaridandir. Bugunlik kunda juda ko’p inernetnet saytlarida faxsh ishlarni targ’ib qilayotgan bir paytda insonlarni bunday faxsh narsalarni tomosha qilishga mukkasidan ketishliklari achinarli holatni keltirib chiqaradi.
2) Quloq zinosi – behayo suhbatlarga quloq tutishlikda yaqqol ifodalaniladi. Hadislarda
و الأذن زناها السماع “quloqning zinosi eshitishlikdir” deyilgan. Astag'firulloh, hozir ibrat qilib ko'rsatilayotgan g'arb mamlakatlarida “telefon orqali jinsiy muloqot”  hizmatlari keng qo'lamda faoliyat ko'rsatayotganligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Demak, balog'at yoshidagi farzandlarimizni telefon go'shagiga bog'lab qo'yuvchi zararli omillar ham borligidan ogoh bo'lishimiz joiz.
3) Qo’l va oyoq zinosi- hadisi sharifda “Ikki qo’l zino qiladi ularning zinosi ushlashlik. Ikki oyoq zino qiladi ularning zinosi yurib borishlik”. Bu narsa begona qiz, juvonlar bilan qo’l ushlashib yurishlik va ularga teginishlikni o’z ichiga oladi.
4) Og’iz zinosi- hadisi sharifda “Lab zino qiladi uning zinosi o’pishlikdir” deyilgan. Yani begona nomaxram bo’lganlar bilan o’pishishlik, og’iz zinosi hisoblanadi. Ba shu og’izdagi til yordamida behayo so’zlarni so’zlash, gap otishlik qochiriqlar qilish,  Nomahram ayolning “boshini aylantirish” ham og’iz -yani til zinosiga kiradi. 
5) Qalb zinosi- aytish mumkinki qalb hamzino qiladimi? Ha qalb ham zino qiladi. Yuqoridagi hadisning davomida  “Qalb zinoni o’ylaydi yoki orzu qiladi”,deyilgan. Agar insonni qalbiga shayton zinoni vasvasasini solmaganda edi. Inson hayotida har hil nomaqul ishlar bo’lmas edi.
6) Farj zinosi-bu haqiyqiy had vojib qiladigan zinodir. Hadisning so’ngida “Farj uni tasdiq qiladi (ro’yobga chiqaradi) yoki yolg’onga chiqaradi”- deyilgan. Albatta farjning zinosi ulkan bo’lib, qizlarni nomusi poymol bolishi, benikoh zurriyotlarni dunyoga kelishligi, yoki hali dunyoga kelishidan oldin homilani abort qildirishlik hamda bundan boshqa qanchadan-qanchcha jirkanch oqibatlarga olib kelayotganligi hech kimga sir emas. Shuning uchun habibimiz rosulimiz Muhammad (sav) hadislarida "Kimki ikki labi va ikki oyog'i orasidagi a'zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman" deya marhamat qiladilar. Demak har bir musulmon inson Alloh taoloning
وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا
“Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir” (Isro, 32)degan buyrug’iga boysungan holatda umrguzaronlik qilmog’i darkor.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.


Qayd etilgan


okahon.8800  21 Avgust 2015, 13:33:54

ENG YOMON YO’L.
Tarix moboynida insoniyatni boshiga tushgan balolarni aksariyati noshariy haron yo’llar orqali hayot kechirishlik oqibatida sodir bolgan. O’tgan ummatlarni hayotiga etibor bilan qaraydigan bo’lsak ularni halokati aynan manashunday faxsh yo’llarga berillganliklari sababidan voqe bolganligini bilib olami.
Alloh taolo zinoni samoviy kitoblarning barchasi: Tavrot, Zabur, Injil va Furqonning ko'p oyatlarida harom qilgan. Quroni karimda:
وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا
“Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir” (Isro, 32)
Boshqa bir oyatda:
وَلاَ تَقْرَبُواْ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ
"Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang" (An'om, 151).
Oyati karimaga etibor bersak fohisha ish bo’lgan zinoni qilmanglar emas, balki zinoga va fohisha ishlarga yaqinlashmaylar degan ilohiy buyruq ko’ramiz. Bu esa zino va faxsh ishlarni naqadar jirkanch ish ekanligini ko’rstib beradi.
 Insoniyatning boqiy qolishi, kamol topishi uchun erkak bilan ayolning o’rtasidagi aloqa doimiy va mustahkam ahdu vafo, - jamiyat tomonidan kafolatlangan ahdu paymon asosida bo’lishi kerak. Shunday bo’lmasa, naslu-nasab pokligi ham, ota-bolalik tuyg’usi ham oila ham, jamiyat ham qolmaydi. Insoniyat  tanazullga yo’l tutadi. Zino poklik va oliymaqomlikni yo’qqa  chiqaradigan amaldir. Shuning uchun ham  hamma xalqlar, hamma dinlar, hamma jamiyatlar zinoni qoralaganlar.
Uning sababidan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo'ladi, nasablar aralashib ketadi. Inson o’zini kimni bolasi ekanligini bilmay qoladi. Ovropa davlatlarida dunyoga kelayotgan chaqoloqlarni 40% dan ko’prog’i  tayini yo’q  ekanligi ularni jidiiy muammoga solayotganligi hech kimga sir emas. Bu esa ularda nikohga etiborsizliklaridan, oilani muqaddasligini unutganliklaridan va hamda turli hil faxsh ishlarni odat qilib olishliklari oqibatidir.
Zinoda inson hurmatini toptalishligi bor. O’tgan ulug’lardan Ja'far ibn Abu Tolib raziyallohu anhu: "Hurmatimni toptashlari menga yoqmaydi, mening o'zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar.  O'zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar.
 Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir yosh yigit payg'ambar sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: “Ey rasululloh, menga zino qilishga ruxsat bering”. Odamlar unga yuzlanishdi va: “Hoy, nima deyapsan?!” – deb uni jerkib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Yaqinroq kel", dedilar. U yaqinlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "O'tir", dedilar. U o'tirdi. “Sen buni (zinoni) onangga bo'lishini xohlaysanmi?” U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham onalariga buni xohlamaydilar", dedilar. "Qizingga xohlaysanmi?" dedilar. “Yo'q, albatta ey rasululloh Alloh meni sizga fido qilsin”. "Odamlar ham qizlariga buni xohlamaydilar" dedilar. "Sen buni singling uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni singillari uchun xohlamaydilar". "Sen buni ammang uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni ammalari uchun xohlamaydilar". "Sen buni xolang uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni xolalari uchun xohlamaydilar". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo'llarini uning ustiga qo'ydilar va "Ey Alloh, buning gunohini kech, qalbini pokla va avratini saqla", dedilar. Hadisni rivoyat qiluvchi aytadi, ana shundan keyin bu yigit biror narsaga qiyo boqmaydigan bo'ldi. (Imom Ahmad rivoyati.)
Hadislarda الْحَيَاءُ مِنَ الإِيمَانِ “hayo iymondandir” deyilgan. Musulmon inson hayolik bo’lishligi lozim. Hayo o’tgan barcha payg’ambarlarning xulqlari va ta’limotlaridandir.
عَنْ أَبِى مَسْعُودٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- :« إِنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلاَمِ النُّبُوَّةِ إِذَا لَمْ تَسْتَحِى فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ ». رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ فِى الصَّحِيحِ
Vatandoshimiz muhaddislar sultoni Imom Al Buxoriy (r h) o’zlarinig odoblar xazinasi nomli hadis kitobida Abu Masud (ra) dan rivoyat qilingan hadisda: Payg’ambarimiz (sav) “payg’ambarlarning  insonlar idrok qilgan gaplari, agar hayo qilmasang hoxlaganingni qilaver” – deganlar.
Alloh taolo barchalarimizni gunoh masiyatdan saqlasin. Hayo va iffatda bo’lishlini barchalarimizga nasib qilsin.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.


Qayd etilgan


Orifjon Hanafiy  14 Sentyabr 2015, 11:35:57

ИЛМ ЎРГАНУВЧИНИНГ НИЯТИ ҲАҚИДА
Буюк юртдошимиз Абу Лайс Самарқандий ўзининг машҳур “Бўстонул орифийн” асарида илм ўрганувчининг ниятлари ҳақида ушбу гўзал насиҳатларни баён қилганки, уни ҳар бир толиби илм билиб, ёдда тутмоғи ва унга амал қилмоғи лозим.
Фақиҳ Абу Лайс Самарқандий раҳимаҳуллоҳ айтади:
Таълим олувчи муҳтож бўладиган нарсанинг аввалгиси – олган илми билан фойдаланиши ва ўзидан ўрганаётган кишига фойда бериши учун ниятини тўғирлаб олишдир. Бас, қачонки ниятини тўғрилашни ирода қилган бўлса, яна тўрт нарсани қасд қилишига тўғри келади:
1. Илм олишлиги билан жоҳилликдан чиқишга қарор қилиш. Чунки Аллоҳ таоло: "Айтинг: "Биладиганлар билан билмайдиганлар тенг бўлурми?!" деган маънода марҳамат айлаган. (Зумар, 9)
2. Илми билан халққа фойда келтиришни ният қилиш. Чунки Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Инсонларнинг яхшиси инсонларга фойдаси тегадиганидир", деганлар.
3.  Илм ўрганиш билан илмни тирилтиришни ният қилиш. Чунки инсонлар таълим олишни ташлаб қўйсалар, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Илм кўтарилишидан олдин илмни ўрганиб олинглар", деб айтганларидек, илм кўтарилиб қолади. Илмнинг кўтарилиши олимларнинг кетиб қолишидир.
4. Илм олиш билан унга амал қилишни ният қилиш, аксини эмас. Чунки илм амал учун асбобдир. Илмсиз амал беҳуда бўлгани каби каби амалсиз асбобни талаб қилиш ҳам беҳуда ишдир. Айтибдиларки, амалсиз илм уволдир, илмсиз амал залолатдир.
Таълим олувчи илм ўрганиш ила Аллоҳ таолонинг розилигини, охират диёрини талаб қилиши лозим. Илм билан дунё талаб қилишни қасд қилмаслик керак. Ҳолбуки, илм ўрганиш билан Аллоҳ таолонинг розилиги ва охират манзилини талаб қилинса, унисига ҳам, бунисига ҳам эришгай. Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло марҳамат қилганидек:
“Ким охират ҳосилини истаса, Биз унга ҳосилини зиёда қилиб берурмиз. Ким дунё ҳосилини истаса, Биз унга ўшандан берурмиз ва унга охиратда бирон насиба бўлмас”. (Шўро. 20)
Зайд ибн Собит Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилади: "Кимнинг нияти дунё бўлса, Аллоҳ таоло унинг ишини тарқатиб юборади ва фақирлигини иккала кўзининг орасига қўйиб қўяди, дунёдан унга Аллоҳ таоло битиб қўйганидан бошқаси келмайди. Кимнинг нияти охират бўлса, Аллоҳ таоло унинг барча юмушларини жамлаб қўяди, бойлигини қалбига жойлаб қўяди. Унга  дунё жирканчли ва хор бўлиб келади".
Мабодо ниятини тўғирлашга қодир бўла олмаса ҳам, илм ўрганишни тарк қилгандан кўра ўрганавергани афзал, чунки таълим олаверса, илм унинг ниятини тўғирлаб қўйишига умид бор. Хабарларда ривоят қилинишича Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Ким илмни Аллоҳ таолонинг розилигидан бошқа нарса учун талаб қилса ҳам, илм унга илм етиб келиб, нияти Аллоҳ таоло учун ва охират манзили учун бўлмагунча дунёдан ўтмайди", деганлар.
Мужоҳид айтган: "Биз бу илмни талаб қилганимизда ниятимиз кам эди. Сўнг Аллоҳ таоло бизга ниятни ризқ қилиб берди".

Улуғнор тумани бош имом хатиби Сайдалиев Бахтиёржон

Qayd etilgan


okahon.8800  14 Oktyabr 2015, 09:06:14

DILOZORLIK.
Inson qalbi juda ham nozik. Ulamolarimiz inson qalbini oynaga o’xshatadilar, agar oynak sinadigan bo’lsa qanchalik mashaqqat qilib bo’lsa ham uni ta’mirlab bo’lmaydi. Ta’mirlansa ham avvalgi holatiga qaytmaydi. Shubhasiz inson qalbi oynasini sindirishlik tildan chiqgan achchiq so’zlar sabablik sodir bo’ladi.
Og’izdan chiqgan har bir so’z otilgan o’q misoli, otilgan o’q nishonga tegmay qolishi mumkin, lekin aytilgan so’z nishonga tegmay qolmaydi.
Inson qalbiga ozor berib-dilozorlik qilishlik Ka’bani vayron qilishlikdan ham ulkan gunohdir.
 Abdulloh ibn Amr (ra) aytadilar: Payg’ambarimiz (sav)ni Ka’bani tavof qilayotib ( Baytullohga qarata):
عبد الله بن عمرو قال رأيت رسول الله صلى الله عليه و سلم يطوف بالكعبة ويقول ما أطيبك وأطيب ريحك . ما أعظمك وأعظم حرمتك . والذي نفس محمد بيده لحرمة المؤمن أعظم عند الله حرمة منك
“Qanday ham xushbo’ysan va qanday ham  hiding xushbo’ydir. Qanday ham ulug’san va qanday ham ulug’dir sening xurmating. Muhammad (sav) ning joni qo’lida bo’lgan zotga qasamki Alloh taoloning nazdida bir mo’min insonning xurmati sening xurmatingdan ko’ra ulug’roqdir” deganliklarini ko’rdim

Dilozorlik mo’min insonga munosib bo’lmagan sifatlardan biridir sanaladi. Payg’ambarimiz (sav)
"المسلم من سلم المسلمون من لسانه ويده". رواه البخاري .
“ musulmon insonlar uni tilidan va  qo’lidan salomat bo’lgan insondir”- deganlar. Imom Buxori rivoyati.
Sadiy (rh) aytadilar:
Ka’ba bunyodi Halili Ozar ast
Dil nazargohi Jalili Akbar ast.
Mazmuni Ka’ba Ozarni o’gli Ibrohim Halilullohni bunyod qilgan binosidir. Dil (qalb) esa Jalili Akbar bo’lgan Alloh toloni nazar soladigan joyidir. Bu bilan Sadiy (rh) Ey inson sen Olloh taoloni nazari tushiib turadigan joyni vayron qilmagin. Bu ishing Ka’batullohni vayron qilishlikdan og’irroq gunohdir demoqchi bo’ladilar.
Bir inson aytib bergandi: Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay, biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
- Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? – dedim.
- Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
- Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar “hujum” ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
- Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. – Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
- Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bu safar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi “probka” da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
- Mendan oldingi ketgan taksi “Kamaz” ga urilib ketibdi!
Men “yalt” etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
- Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? – dedi kimdur achinib.
- Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.
Bazan ko’cha ko’yda insonlar bilan muloqot qilayotib dilozorlik qilib qo’yamiz, “dilozordan xudo bezor”- degan gapni yodimizdan chiqaramizda Olloh taloning nazargohi bo’lgan inson ko’nglini ranjitamiz. Bu esa ko’ngildan qolishlikka  olib keladi. Olloh taolobarchalarimizni dilozorlikdan saqlasin

SALMON FORISIY JOME MASJIDI IMOM XATIBI RAHIMOV ILHOMJON.
VAHM MASJIDI IMOM XATIBI SAIDUMAROV UMARXON.

Qayd etilgan


Orifjon Hanafiy  21 Oktyabr 2015, 15:16:59

Саълаба ибн Абдураҳмон
Ривоят қиладиларки, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг соқчиси ва ходими эди Саълаба ибн Абдураҳмон ансорлардан бирининг уйидан ўтаётиб ногаҳон ансория аёлнинг ғусл қилаётганига кўзи тушиб қолди. Уўзини олиб қочди, лекин яна бир бор қаради. Бирдан: “Қилган гуноҳим ҳақида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга ваҳий келиб қолса-я!?” деб қўрққанидан Макка ва Мадина орасидаги тоққа қочиб кетди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам уни қирқ кунгача суриштирдилар, хабари бўлмади. Охири Жаброил алайҳис Аллоҳ таоло томонидан салом олиб келди ва унинг қаердалигининг хабарии берди
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Умар ибн Хаттоб ва Салмон Форсийларни Саълаба ибн Абдураҳмонни олиб келишга юбордилар. Улар йўлда Зуфофа исмли чўпонга рўпара келишди. Умар разияллоҳу анҳу ундан тоққа чиқиб кетан йигит ҳақида сўради. Чўпон:
-   Жаҳаннамдан қочган йигитни сўраяпсизларми? – деди.
-   Унинг жаҳаннамдан қочганини қаёқдан биласан?
-   Ярим кечада манави қояларнинг орасидан чиқиб келади. Қўлларини бошига қўйиб йиғлайди ва: “Эй кошки, жонимни олсанг эди! Менга Ўз марҳаматингни дариғ тутмагин!” деб нола қилади.
-   Ҳа, ўша, – деди Умар разияллоҳу анҳу.
Зуфофа уларни етаклаб кетди. Тун ярим бўлганда Саълаба чиқиб одатича нола қила бошлади:
-   Ал-омон! Ал-омон! Қачон дўзахдан омонлик бўлур?!
-   Мен Умарман!
-   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам гуноҳимдан хабардор бўлдиларми? – сўради у.
-   Мен у сўздан бехабарман. Менинг билганим шуки, кеча мулойимлик билан сени сўрадилар, – жавоб берди Умар разияллоҳу анҳу.
Улар Мадинага бориб, масжидга кирганларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам намоз ўқиётган эдилар. У зотнинг қироатларини эшитиб Саълаба ҳушидан кетди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам намоздан сўнг Умар ва Салмон разияллоҳу анҳумодан Саълабани сўрадилар.
-   Ана у, эй Аллоҳнинг расули! – дейишди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам чиқиб уни ўзига келтирдилар ва сўрадилар:
-   Нима нарса сени мендан узоқ қилди?
-   Гуноҳим! – деди у.
-   Сенга гуноҳ ва хатоларни ўчиргувчи оятни ўргатайми?
-   Ҳа, эй Аллоҳнинг расули!
-   “Роббана атина фид дуня ҳасанатан ва фил ахироти ҳасанатан ва қина ъазабан нар” (Эй Роббимиз, бизга бу дунёда ҳам яхшиликни, охиратда ҳам яхшиликни бергин ва бизни дўзах азобидан сақлагин) деб айт, – дедилар жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Менинг гуноҳим ундан ҳам катта! – деди Саълаба. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
-   Йўқ! Аллоҳнинг Каломи буюкроқдур! – деб уни уйга қайтишга буюрдилар. У уйига бориб касал бўлиб ётиб қолди. Салмон разияллоҳу анҳу Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келиб унинг бемор бўлиб қолганини айтди. Жанобимиз:
-   Юринглар! – деб унинг уйига бордилар. Кириб муборак тиззаларига унинг бошини қўйган эди, бошини тортиб олди.
-   Нега бошингни тиззамдан тортиб олдинг? – сўрадилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Чунки менинг бу бошим гуноҳларга тўла.
-   Нимани сезяпсан?
-   Этим билан суякларим орасида чумоли ўрмалагандек бўляпти.
-   Нимани хоҳлаяпсан?
-   Раббимнинг мағфиратини.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳ уни мағфират қилганининг хабарини етказган эдилар, бир ҳайқирди-ю, жон таслим қилди...
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам уни ўзи ювиб, кафанлаб, жанозасини ўқидилар ва қабристонга олиб бордилар. У жойда эҳтиёткорлик билан оёқларнинг учларида юрган эдилар асҳоблари бунинг сабабини сўрадилар.
-   Уни зиёрат қилгани келган фаришталарнинг кўплигидан оёғимни қўйгани жой топа олмаяпман, – дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.

Парпиев Жамолиддин.
Иминов Суҳаммадсобир
Асака

Qayd etilgan