Qanday yashayapsiz?  ( 6507 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muslimа  07 Sentyabr 2007, 11:03:13

Qanday yashayapsiz?

Sahobalar suhbat asnosida o’tgan ajdodlarini eslashdi. Gap o’z-o’zidan ota-bobolar bilan fahrlanishga borib taqaldi. Ular "œmening otam bundoq edi, bobom bundoq bo’lgan", deb ajdodlari bilan maqtana boshladilar. Bir ozdan keyin "œmen falonchini o’g’liman", deyishga o’tishdi. Navbat asli arab bo’lmagan sahobiy Solmon roziyallohu anhuga kelganda, u kishi "œMen Islom o’g’liman", dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu o’rinlaridan turib: "œMen ham Islom o’g’liman", deya yig’lab yubordilar. Majlisdagilar birdaniga o’zlariga kelishib, Umar roziyallohu anhuga qo’shilib yig’ladilar. Chunki ular Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamning: "œEy Bani Abdulmuttalib, o’zingizni do’zahdan qutqaring, ey Fotima o’zingni do’zahdan qutqar! Men Allohdan sizga yetadigan biror narsani qaytarishga molik emasman", deganlarini bilishardi.
Islomda insonning qadr-qiymati nasl-nasabi, boyligi, tanasining rangi, millati bilan emas, taqvosi bilan belgilanadi. Allohning farz qilgan nizomlarini ado etmas, Payg’ambarimiz  sallallohu alayhi vassallamga ergashmas ekanmiz, ota-bobolarimizning olimu-fozil bo’lgani bizga foyda bermas. Shuningdek, inson degan sharafli nomni Yaratganning ko’rsatmasiga binoan himoya qilmasak, ta’mirlamasak, poklamasak va bezamasak insonligimiz qayerda qoldi? Bu holatda insonligimizning aynan o’zi boshimizga tushadigan balolarning sababchisi bo’lishi turgan gap.
O’zaro talashganimiz OLIYLIK, bir-birimizga ulashganimiz OSIYLIK bo’lsa, otganimiz HASAD, tarqatganimiz FASOD, tilimizda DIN, qalbimizda DUNYO, boshimiz SAJDADA-YU hayolimiz GANJDA bo’lsa, biz ham ODAM bo’ldikmi?
"œ(U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o’lim va hayotni yaratgan Zotdir", deyiladi Qur’oni karimda.
Kundalik ibodatlarimizni amallab bajarganimizdan ko’nglimiz hotirjam. Ha, desa, birovga yomonlik qilmayapman-ku, deb o’zimizni oqlaymiz. Ilohiy omonatni yelkasiga ortgan inson shugina ulov bilan manzilga yetib bora olarmikin? Alloh taolo omonatga bergan chiroyli hayotni qay darajada chiroyli yashayapmiz? Ko’zguga tik qaray olamizmi, ROSTAN HAM CHIROYLIMI BIZ QILAYOTGAN AMALLAR? Yoki dinimiz shunchalik zaiflashib qoldimi?..
Ulug’ sahobiy Umar roziyallohu anhu tunlari uhlamasdan ko’cha kezishni yaxshi ko’rardilar. Bu pinhoniy ko’chaguzaronlik, albatta, biror kishini ehtiyojini qondirish bilan yakunlanardi. Ota-bobolarimizning juda ko’plari Alloh roziligi uchun, deb so’rashsa, borini hadya qilib yuborishgan. Ular birovni hojatini chiqarmagan kunni yashalmagan kun deb hisoblashgan. Shunday bo’lsa-da, o’zlarini tuproq bilib, kibrga erk berishmagan. Valiy zotlardan biri Fariddin Attor o’zini bir qop somonga tenglagani bunga bir misol. Ular "œIslomiyat kitoblarida o’qiladigan emas, hayotda yashaladigan haqiqatdir", deyishgan va shunga amal qilishgan. Biz-chi, BIZ NIMALAR QILYAPMIZ O’ZI?
SIZ ISLOMDA QANDAY YASHAYAPSIZ, MENGA HAM O’RGATING, BIRODAR!

Mustafo Nuriddin.
"œHilol taqvimi" 3-son
(1428 yil, rajab/ sha’bon/ ramazon) dan olindi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2007, 12:22:43

Men o'zim uchun Allohga shukur yaxshi yashayapman.
Mening Kelgusida qiladigan rejalarim juda ko'p. Inshaolloh barchasini qo'limdan kelganicha Alloh uchun qilaman. Mening har bir orzuyim o'z yurtimizni gullatish va uning kelajagi uchun qayg'urishdir.  Shu kunlarga etishishimizni Allohim nasib aylasin...Amin.

Qayd etilgan


Iroda  07 Sentyabr 2007, 14:05:36

-Hmmm mana kunlarimizga, Allohimmi taniganimizga, hamma yog'imizni sog'ligiga shukurlar bolsin...Bu murakkab hayotda Oddiy musulmon bolib otish nasib etsin. Doim Iymonim yanada mustahkam bolishini istiman. Insonlarning yaxshilik qilayotganlarini korsam quvonaman.

Qayd etilgan


Mahzunabonu  07 Sentyabr 2007, 16:18:53

Hamma qatori yashavommiza kamtargina bo'liiiib  ::)

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Sentyabr 2007, 19:59:02

Assalamu alaykum,Rohatoy.
Avvalo, hammamiz uchun zarur bo'lgan mavzuni ko'targaningiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Albatta, har bir kishi bu savolni o'ziga har kuni, har soat berishi lozim.
Gunohlarimiz dunyolarga sig'maydi, lekin ularni og'irligini yelkalarimiz his qilmaydi.
Qilgan ibodatlarimiz, bir marta olgan nafasimizni shukrini ado qilolmaydi, lekin o'zimizcha hammadan yahshi ibodat qilyapmiz. Do'stimiz holidan xabar olishga yoki ota-onamiz holini so'rashga vaqtimiz yo'q, lekin teleseriallarni qoldirmay tomosha qilamiz. Go'yoki biz hammadan yahshi bandamiz, shuning uchun bu dunyoda hamma narsaga, hamma yahshilikka haqlimiz go'yo.
Boshimizga bir musibat tushsa, Allohga iltijo qilamiz, lekin Alloh bu musibatlarimizni aritishi bilan hammasini unutamiz.
Bir muslima birodarimiz bolalariga yedirishga narsa topolmay, ko'chaga chiqib ishlashga majbur bo'lsa-yu, biz yangi chiqqan mato haqida va uni sotib olish haqida bosh qotiramiz.
Qo'shnimiz holidan bexabarmiz, yetimlarni ahvolini so'rmaymiz. 
Bizdan yahshi yashayotganlarga hasad qilamiz. Hammadan o'zimizni aqlli hisoblaymiz. Bu dunyoni qulimiz, nafsimizga qullik qilamiz, lekin Alloh taologa haqiqiy qullik qila olmayapmiz. Suhbatlarimiz g'iybatga burilib ketishi juda oson. Insonlarga yahshi ko'rinish uchun ikkiyuzlamachilikdan ham toymaymiz....
Aytaversak gap ko'p...
Xullas, har soniya bizni o'limga yaqinlashtiryapti. Har tun uyquga ketganimizda tonggacha yetmasligimiz mumkin. Tong ottirgan bo'lsak esa kechga yetmasligimiz mumkin. Ko'zimizni kattaroq ochaylik. Har soat bizni qabrga yaqinlashtirmoqda.
Bu dunyoyimizni bezatavermay, abadiy uyimiz haqida ham o'ylaylik. Bu gunohlarimizni ortmoqlab borish osonmikin? Ularga bir-bir javob bermoqlik-chi?
Bu savolni har kuni o'zingizga berib ko'ring. Qalbingiz qanday javob berar ekan.
Alloh barchamizni Haq yo'lga boshlasin. Boshlaganidan keyin adashtirib qo'ymasin.

Qayd etilgan


Maysara  04 Aprel 2012, 19:08:03

 :asl3:

Ota-bobolari bilan maqtanish hamma zamonda bölgan. Lekin bu hol insonga oxiratda qanday manfaat beradi? Undan köra ular qoldirgan meroslarni örganib, amal qilib, inshaalloh qiyomatda ularni közini quvontiradigan ummat bölish tög'riroq emasmi?!

Imom G'azzoliy rahimahulloh etadilar: "Bobolarining dindorligi tufayli najot topishdan umid qilganlar, otasining yegani bilan qorni töyishini kutgan kimsa kabidir!"

Qolaversa hech birimiz kimning farzandi bölishni özimiz tanlab kelmaganmiz bu dunyoga; na qora bölishni, na sariq, boy yo kambag'al, shaharli yo qishloqlik, sog'lom yo nogiron.. Shunday ekan, maqtanolmaymiz. Aksincha, biz shundayin ne'matlarni shukrini risoladagidek keltira olmayotganimizdan afsuslansak arziydi.

Hazrati Bilol roziyallohu anhu qop-qora habash bölganlar. 7 avlodi haqiqiy qul bölib kelayotgan insonning ustidan kulish u paytlar oddiy hol edi. Bir kuni undan piching qilib sörashdi: "Sening bobolaring kimlar?". Shunda Bilol javob beradi: "Mening eng katta bobomga farishtalar sajda qilgan!"

Ha, sahobiylar özlarini kim ekanliklarini va vazifalarini aslo unutishmagan. Biz ham Robbimizga qullik qilishni huddi ulardek aslo unutmaylik, förumdoshlar!

Qayd etilgan


Sayyid90  12 Aprel 2012, 09:33:06

hamma o'zi uchun javobgar ota qilgan gunoh yo farzand qilgan savobni faqat o'zlarigina foydalanadi.Hazrati Ali otamiz aytganlarki"ota bobolaring kimligidan maqtanma,chunki ularni chirigan suyaklari senga hech qanday foyda bermaydi"deganlar.Munabbixat kitobidan.

Qayd etilgan