Haj ibodatini har bir kishi umri davomida bir marta ado etishi farz qilingan. Bu ham qodir bo'lganlar uchun.
Zakot berishlik ham har kimga emas, moli nisobga etgan va boshqa shartlarni ado etganlarga farz bo'ladi.
Ro'za yilda bir marta Ramazon oyida tutishlik farz qilingandir.
Namoz esa har bir kishi uchun har kuni besh marta ado etishlik farz qilingan.
Yuqoridagilarni keltirishdan maqsadim Alloh farz qilgan ibodatlarni birini boshqasidan afzal ko'rsatish emas, balki dastlab qay birini ado etish ilmini o'rganish lozimligini o'ylab ko'rish.
Bizni Alloh bilan kunda kamida besh mahal suhbat qilishimizga imkon beruvchi namoz ibodatini mukammal ado etishni o'rganish barchamizga muhim albatta. Shunday ekan bu ishni birgalikda amalga oshirishga barchangizni taklif qilib sizlarni ushbu mavzuda faol ishtirok etishingizni iltimos qilaman.
Mavzu shartlari: 1. Har safar mavzuga javob yozganda oldingi foydalanuvchining savoliga javob yozib, keyingi foydalanuvchiga savol yozing.
2. Savolga javob yozishda iloji boricha aniq va to'liq javob yozishga harakat qiling. (Javobingiz manbasi aniq bo'lmagan turli taxminlardan iborat bo'lmasin)
3. O'rtacha uzunlikdagi javob bo'ladigan savol berishga harakat qiling (Juda uzun javob beriladigan savol bo'lmagani ma'qul.)
4. Javob yozishda raqam qo'yishni unutmang. Masalan,
1 - savolga javob. 5. Savol berishda tartib bilan raqamlang. Masalan,
2 - savol 6. Savollaringiz faqat namozga va namozga oid amallar (masalan azon, takbir)ga taalluqli bo'lsin. (Ammo tahorat alohida mavzu)