Yurtdosh > Xorijdagi o'zbeklarim

Musofir uchun faydali maslahatlar...

(1/3) > >>

Ziyo:
Bismillahir rohmanir rohiym

Allohga hamdlar, Allohning e`lchisiga, uning oilasi, ashoblari va uni yaxshi ko`rgan kimsalarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

Hoy jomadonlarini safar uchun hozirlagan do`stim, bir oz to`xtang. Aytingchi, bu safaringizdan nimani maqsad qildingiz?

Agar niyyatingiz yaxshi bo`lsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so`zlaridan xursand bo`ling: "Yaxshilikni maqsad qilgan, biroq, uni amalga oshira olmagan odamga Alloh o`z huzurida (shu narsa uchun) to`la bir yaxshilik yozadi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Agar niyyatingiz boshqacha bo`lsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlaridan e`htiyot bo`ling: "Dunyo to`rt nafar uchundir:

1. Alloh molu dunyo va ilm bergan banda. U bu narsalarda robbisidan taqvo qiladi, qarindoshlik aloqalarini uzmaydi va bu narsalarda Allohning haqqi bor e`kanini biladi. Bu banda e`ng yuqori martabadadir.

2. Alloh ilm bergan, biroq, molu dunyo bermagan banda. U sadoqatli niyyat bilan: "Agar mening molu dunyom bo`lsa e`di, falonchi kishilarning ishlarini qilgan bo`lar e`dim"- deydi. U o`z niyyati bilan birga va u bilan falonchining savoblari barobardir.

3. Alloh molu dunyo ato e`tgan, biroq, ilm bermagan banda. U molu dunyosida bilimsiz va robbisidan taqvo qilmay harakat qiladi. yaqinlari bilan aloqada bo`lmaydi va molu dunyosida ular uchun haq bor e`kanini bilmaydi. Bu e`ng yomon martabadir.

4. Alloh molu dunyo va ilm ato e`tmagan banda. U: "Agar molu dunyom bo`lsa e`di, (yomon ishlarni qilib yurgan) falonchi kabi amallar qilar e`dim"- deydi. U o`z niyyati bilan birgadir. U ikkisining gunohlari barobardir" (Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyati. Imom Termiziy bu hadisni "sahih" dedi).

Agar siz o`z safaringiz bilan gunoh ishlarni qilish niyyatida bo`lsangiz, gunoh qilishingiz uchun o`zingizning yashab turgan yeringiz qulayroq e`masmi?!

Agar gunoh ishlarni Alloh uchun tark qilsangiz, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Yomonlikni niyyat qilgan va uni amalga oshirmagan odamga Alloh ta`olo o`z huzurida to`la bir yaxshilikni yozadi"- deb aytgan so`zlaridan xushxabar oling (Imom Buxoriy rivoyati).

Ziyo:
* Aziz do`srim va muhtarama singlim, Shayton karvonida yurgan falonchi va falonchilardek bo`lishni orzu qilmang va "niyyat amal etib bormagan yerlarga yetib borishidan" xabardor bo`ling.

Siz qaysi safarni tanladingiz?

Safarlar uch turlidir:

1. Maqtovga sazovor yoki farz bo`lgan haj, ilm izlash va kufr o`lkasidan Islom o`lkasiga hijrat qilish kabi safarlar.

Yoki yaqin qarindoshlar va ulamolarni ziyorat qilish kabi mustahab safarlar.

Yoki birovlarga muhtoj bo`lishdan qutilish uchun molu dunyo orttirish uchun chiqish kabi muboh safarlar.

2. Vabo taqalgan o`lkalardan (bunda har qanday niyyat inobatga olinmaydi) kabi makruh safarlar.

3. Fasodni maqsad qilish yoki ota-onasiga oq bo`lgan kimsalarning safar qilishlari kabi mazammatli safarlar.

Ba`zi ulamolardan: "Eng afzal safar qanday bo`ladi?"- deb so`ralganida: "Dinga yordam bergani"- deb javob berganlari rivoyat qilingan.

Siz o`zingizni muhojirlar chodirlariga dindor do`stlariga yordam berish, harakatlari va vaqtlarini Allohning roziligi va musulmonlar manfaati uchun sarf e`tayotgan kishilarga taqqoslab ko`ring.

Siz o`zingizni Afrikadagi och va yo`qsillarga molu dunyosini Alloh uchun sarf e`tishga otlangan kishilar bilan taqqoslab ko`ring.

Siz o`zingizni Alloh yo`liga da`vat, Islomni yoyish, jaholat, shirk va zalolat kishanlarini parchalash uchun otlangan kishilarga taqqoslab ko`ring. Siz u solih kishilar bilan birga yutuqlarga e`rishsangiz koshki e`di!!

Ziyo:
Safardagi hamrohlaringiz kim?

Hoy musofir, safarlarga yolg`iz chiqish yaxshi e`mas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar odamlar yolg`izlik haqida men bilgan narsalarni bilsalar e`di, otliq kechasi yolg`iz yurmagan bo`lur e`di"- dedilar. Chunki, yolg`izlikning din va dunyoda ko`p zararlari bor. Masalan: jamoat namozlaridan mahrum bo`lish, qo`rquv ostida qolish, xatarlarga ro`baro` bo`lish, qarindoshlar va do`stlarning yo`qligi va h.k.

Hamrohlarni tanlash uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlari etarlidir: "Solih va yomon do`stlarning misoli mushk anbarni tashuvchi va bosqonga dam uruvchi kishilarga o`xshaydi. Mushkni tashigan odam yo sizni jalb qiladi yoki siz undan mushkni sotib olasiz va yoki (hech bo`lmasa) undan shirin hidni topasiz. Bosqonchi (e`sa) yo kiyimingizni yoqib yuboradi yoki undan sassiq hidni topasiz" (Muttafaqun alayh, ya`ni, hadisning sahih e`kaniga Imom Buxoriy va Imom Muslim qaror qildilar).

Siz qiyomat kuni: "Koshki falonchi bilan do`stlashmasam! U meni etib kelgan zikrdan adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab qo`yadi" (Furqon: 28)- deb aytib qolishingizdan saqlaning.

Siz rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kishi do`stining dinida bo`ladi. har biringiz do`stlashgan kishisini bilsin"- dedilar (Imom termiziy rivoyati. U bu hadisni "hasan" dedi).

Siz soxta qiymat va yolg`onchi maqtovlardan e`htiyot bo`ling. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bir odam haqida: "Uning aqliga, go`zalligiga va zarofatiga qarang!" deyiladi. Biroq, uning qalbida zarracha ham iymon yo`qdir"- dedilar (Muttafaqun alayh).

Kofirlar yashayotgan o`lkalar yoki fisqu fujur va ayollarning ochiq-sochiq yurishlari hukmron bo`lgan musulmon o`lkalarga sayohat yoki kezish uchun safarlarga chiqishning Islom dinidagi hukmi

Shayx Abdulloh ibn Jubrin hafizahulloh shunday deydi: "Agar safardan maqsad, faqatgina, aylanib, yozilib kelish bo`lsa, bu safar makruhdir va fitna va xatarlarning ko`pligi sababli bu safarga chiqmaslik kerak. Agar maqsad da`vat, ta`lim, Islom dinini yoyish, nasihat yo`llash bo`lsa, bizningcha bu safar mustahabdir. Va Islom an`analarai va go`zallilarini k`orsatish, Islomdan chiqqan va Islomga muxolif bo`lgan kishilarga raddiya berish uchun chiqilgan safar savoblidir.

Agar safar tijorat va sarmoyani o`stirish uchun bo`lsa, dinni izhor qilish va Islom ta`limotlariga mala qilish sharti bilan karohiyatsiz joizdir. Biroq, safaringizda Islom ta`limotlariga amal qila olmasangiz, masalan: soqollarni qirish, namozlarni jamoat bilan o`qimaslik, jamoat bo`la turib ozon va takbirni aytmaslik, ba`zi shar`iyishlardan voz kechish yoki mushriklar qilayotganidek qabrlarga ibodat qilish kabi ishlarni qilsangiz yoki qabrlarga atab hayvon so`ysangiz, bu safaringiz, garchi tijorat uchun bo`lsada, haromdir" (al-Mufiyd fiy taqribi ahkamil-musafir": 119).

Ziyo:
Kofirlar yashayotgan o`lkalarga safar qilishning oqibatlari

Shayx Abdulaziz ibn Boz (rahimahulloh) shunday dedi: "Alloh ta`olo: "(Kofirlar) sizlarni, agar qodir bo`lsalar, iningizdan qaytargunlariga qadar sizlarga qarshi urush qiladilar"- dedi. Kofirlarning musulmonlarga qarshi dushmanliklarini baton qilgan oyatlar juda ham ko`p. Bu oyatlardan maqsad, kofirlar musulmonlarga qarshi bo`lgan maqsadlariga e`rishish uchun imkonlarida bo`lgan barcha yo`llarga kirib ko`radilar. Ularning bu to`g`rida xilma-xil uslublari, oshkor va yashirin metodlari bor. Bulardan biri, ba`zi sayohat va turizm muassasalari ta`til kunlari musulmnolarning farzandlari ta`tillarini Evropa va Amerika qit`alarida til o`rganish ma`qsadi bilan o`tkazishlariga da`vat qiladigan nomalar tarqatib, sayyohlarning barcha vaqtlari uchun dasturlar tuzmoqdalar. Bu nomalar bir necha xatarli maqsadlarni ro`yobga chiqarishni maqsad qilmoqda. Shulardan:

1. Musulmno yoshlarni adashtirish.

2. Axloqni buzish va fasodning barcha turlari uchun qulaylik yaratish bilan razolat botqog`iga botirish.

3. Musulmonni o`z e`tiqodi haqida shubhalantirish.

4. Kofirlar madaniyatiga bo`lgan muhabbat va hayratni tug`dirish.

5. Musulmonni kofirlarning an`analari va yomon odatlari bilan xulqlanishga odatlantirish.

6. Islom dini hamda Islom odobi va buyruqlariga e`tiborsiz bo`lishga odatlantirish.

7. Ushbu safarlaridan qaytganlari va kofirlarning an`analari va turmush tarzlariga qonganlaridan so`ng, kofir o`lkalarga sayohat qilish uchun musulmon yoshlarni safarbar qilish.

Men o`quvchilarning yaqinlariga o`z farzandlarini himoya qilishlari, yuqorida eytib o`tganimdek, dinlari, axloqlari va vatanlariga zararli bo`lgan fasodlar va zararlar bo`lgani uchun kofir o`lkalarga safar qilishlariga ruxsat bermasliklariga nasihat qilaman" (Dalilul-musafir": 52, 53).

Ziyo:
Har kim e`kkanini o`radi

Jigarpora o`g`illari va qizlarini gunohlar o`lkasiga safar qilishga o`rgatgan kimsaning holiga voylar bo`lsin! Ularning farzandlarining asosiy vazifalari safar qilish bo`lib qoldi. Ta`til kunlari kelmaydi hamki, ular ota-onalarini savollarga ko`mib, kofir o`lkalarga safar qilishga ishtiyoqlari ortmoqda.

Hoy siz farzandlarining qalbini gunohlar o`lkasiga safar qilishga o`rgatgan kimsa, yoshingiz qarib, farzandlaringizdan ajratib qo`yadigan kasallikka mubtalo bo`lsangiz va ular sizni tashlab ketsalar, bu dunyo e`kkan narsalaringizni o`zingiz o`rib olasiz! Oxiratda e`sa Allohning huzurida sizni: "Har biringiz etakchi qo`li ostidagi kimsalardan javobgar e`di"- deb so`roqqa tutilgan paytda, javobingiz farzandlaringizni chiroyli tarbiya qilishda sustlik qilganingizdan boshqasi bo`lmaydi. Oxiratda o`radigan narsangiz rasululloh sollallohu alayhi sallamning: "Kishining martabasi qiyomat kunida yuksaladi va u: "Bu menga qanday berildi"- deb so`raydi. Unga: "Farzandingning senga qilgan istig`fori sababli"- deb javob beriladi"- deb aytgan so`zlaridan ziyon ko`rgan kishi bo`lishingizdir.

Zimmasiga omonat qo`yilgan narsasiga rioya qilgan kishining qilgan narsalarining hosilini naqd ko`rgan paytlarida tabriklar bo`lsin!

Bu so`zlar faqaygina xotin-qizlar uchun

Ayollardan biri tayyuoraga chiqib, hijobini chiqardi. Unga bir do`stimiz hijobini chiqarmaslik haqida nasihat qilganida: "Tayyorada ham otin oyi bo`laymi?!"- dedi.

Singlim, bu ayol nega hijob liyganini bilibdimi? U hijobni odat va o`zi mansub bo`lgan jamiyatning odatlariga bo`yinsunish hamda bu jamiyatdan ajraganim zamon hijobni echa olaman, deb o`ylamoqda.

U rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Ummatimning ikki toifasi jahannamdaddir va men ularni k`ormadim.... va yarim yalang`och, boshqalarni o`ziga jalb qiladigan, e`shilib yuradigan, boshlari tuyaning e`gilgan o`rkachlari kabi ayollar. Ular jannatga kirmaydilar va jannatning hidini ham bilmaydilar. Holbuki, jannatning hidi falon, falon masofadan kelib turadi" (Imom Muslim rivoyati)- deb aytgan hadislarida nazarda tutgan ayollardan e`kanini biladi. Biroq, uning barqarorligi bo`lmaydi.

Singlim, siz hijoblanishingiz kerak. Chunki, sizni yaratgan va sizga rizq bergan Alloh ta`olo: "Hoy payg`ambar, rafiqalaringiz, qizlaringiz va mo`minlarning rafiqalariga ayting, julboblarini ustlariga tashlasinlar" (Ahzob:59)- deb amr qilmoqda. (Julbob - ayollarning boshlari, kuraklari va elkalarini o`rab turadigan katta ro`mol).

Siz har erda hijoblanishga buyurilgansiz. Chunki, siz qaerga ketmang Allohning mulkidasiz. Modomiki, Allohning mulkida e`kansiz, uning amrlariga itoat e`tishingiz kerak.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version