Musofir uchun faydali maslahatlar...  ( 19097 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:46:30

Musofirlar uchun muhim yo`llanmalar

1. Istixora qiling (Alloh ta`olodan yaxshilikni so`rang).

Chunki, Alloh ta`olo o`zidan yaxshilkini so`ralgan paytda tinchlik va omonlikni beradi.

2. Safarga chiqish niyyatingiz aniq bo`lsa, tavbadan boshlang.

Odamlardan qilgan zulmingiz uchun kechirim so`rang. Zimmangizdagi qarzlarni bering. Bera olmasangiz, qarz bergan odamdan safarga chiqisg uchun izn oling.

3. Ota-onangizning roziliklari va safarga chiqishingizga bo`lgan iznlarini so`rang.

4. Hamrohlaringiz uchtadan kam bo`lmasin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning safarlaridagi odatlari va yo`llanmalari

Risolamizning so`nggida rasululloh sollallohu alayhi va sallamning safardagi odatlaridan ba`zi iqtiboslarni ketirmoqchimiz.

Rasululloh sollallhou alayhi va sallamning safarlari to`rt turli e`di: hijrat, jihod (ko`proq safarlari), umra va haj safarlari;

- safarga payshanba kuni e`ratalab chiqish;

- safar uchun hozirlangan ulov (yoki transport( ga minilganidan so`ng duo qilish, balandliklarga ko`tarilar e`kan takbir, balandlikdan pastga tushar e`kan tasbih aytish;

- safardan k`ozlangan maqsadlarga e`rishilganidan so`ng orqaga tezda qaytish va uyga tunda kirmaslik;

- safarga chiqilgan to`rt rakaatli namozlarni qasr qilib o`qish, ramazon oyida og`izning ochiq bo`lishi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:48:03

Xorijga safar qilayotgan kishilar uchun muhim fatvolar

Savol: Kofirlar diyoriga yoki fasod va gunohlar ochiq yoyilgan musulmonlar o`lkasiga safar qilayotgan ba`zi kimsalar rafiqalarining yuzlarini, ba`zida sochlarining bir qismini: "Bu yerda bizni hech kim tanimaydi" degan mulohaza bilan ochilishiga e`tibor bermaydilar. Agar ularga nasihat qilinsa: "Agar rafiqam to`la o`ranib olsa, odamlarning diqqatini tortadi"- deydi. Buning Islom dinidagi hukmi nima?

Javob: Uning ishi xato va johillikdir. U, garchi begona yurtlarga bo`lsa ham, rafiqasiga yuzi, sochlari, oyoqlari va boldirlarini ochmaslikka, balki, u yerlarni o`rashga buyurishi kerak. Safarga chiqishi uni rafiqasini o`ranishga va imkoni qadar hijoblanishga buyurishdan to`smasligi kerak. Biroq, ba`zi davlatlarda, hatto, islom davlatlarida ham, hijobli xotin-qizlarni ta`lim olishlariga hijobli bo`lganlari uchun mone`lik qilmoqdalar. Hijoblilarni har yerda yomon qilib ko`rsatmoqdalar. bu davlatlardagi hijobli xotin-qizlar yuzlarini yoki yuzlarining ba`zi qismlarini zarurat paytida ochishlari mumkin. Biroq, butunlay hijobni tashlashga haqlari yo`q.

Shayx Abdulloh ibn Abdurrahmon Jubrin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:48:49

Savol: Ba`zi oilalalr madaniyat va taraqqiyotni da`vo qilib, qizlarini xorijga tanho yuboradilar. Buning Islom dinidagi hukmi nima?

Javob: Bu hech ham joiz e`mas. bu gunohlar oldidagi g`ayrat va rashklar qaerda? Ular qizlarini hamiyati bo`lmagan kofir e`rkaklar tarbiya qilib berishi uchun jo`natayaptilarmi? Unday otalar qizlaridan mas`ul e`kanlarini unutmasinlar! Agar qiz yolg`iz o`zi ketmoqchi bo`lsa, uning bu ketishi haromdir. Chunki, u mahramsiz ketmoqda. U ajnabiy e`rkaklar qo`lida hayosizlik, undan yoki u bilan fitnalanish kabi fitnalar bilan yuzlashishi mumkin. Bundan tashqari qizning o`zi ham shubhalar fitnasidan o`zini himoya qila olmaydi.

Shayx Abdulloh ibn Abdurrahmon Jubrin

Qayd etilgan