Safardagi hamrohlaringiz kim?
Hoy musofir, safarlarga yolg`iz chiqish yaxshi e`mas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar odamlar yolg`izlik haqida men bilgan narsalarni bilsalar e`di, otliq kechasi yolg`iz yurmagan bo`lur e`di"- dedilar. Chunki, yolg`izlikning din va dunyoda ko`p zararlari bor. Masalan: jamoat namozlaridan mahrum bo`lish, qo`rquv ostida qolish, xatarlarga ro`baro` bo`lish, qarindoshlar va do`stlarning yo`qligi va h.k.
Hamrohlarni tanlash uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlari etarlidir: "Solih va yomon do`stlarning misoli mushk anbarni tashuvchi va bosqonga dam uruvchi kishilarga o`xshaydi. Mushkni tashigan odam yo sizni jalb qiladi yoki siz undan mushkni sotib olasiz va yoki (hech bo`lmasa) undan shirin hidni topasiz. Bosqonchi (e`sa) yo kiyimingizni yoqib yuboradi yoki undan sassiq hidni topasiz" (Muttafaqun alayh, ya`ni, hadisning sahih e`kaniga Imom Buxoriy va Imom Muslim qaror qildilar).
Siz qiyomat kuni: "Koshki falonchi bilan do`stlashmasam! U meni etib kelgan zikrdan adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab qo`yadi" (Furqon: 28)- deb aytib qolishingizdan saqlaning.
Siz rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kishi do`stining dinida bo`ladi. har biringiz do`stlashgan kishisini bilsin"- dedilar (Imom termiziy rivoyati. U bu hadisni "hasan" dedi).
Siz soxta qiymat va yolg`onchi maqtovlardan e`htiyot bo`ling. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bir odam haqida: "Uning aqliga, go`zalligiga va zarofatiga qarang!" deyiladi. Biroq, uning qalbida zarracha ham iymon yo`qdir"- dedilar (Muttafaqun alayh).
Kofirlar yashayotgan o`lkalar yoki fisqu fujur va ayollarning ochiq-sochiq yurishlari hukmron bo`lgan musulmon o`lkalarga sayohat yoki kezish uchun safarlarga chiqishning Islom dinidagi hukmi
Shayx Abdulloh ibn Jubrin hafizahulloh shunday deydi: "Agar safardan maqsad, faqatgina, aylanib, yozilib kelish bo`lsa, bu safar makruhdir va fitna va xatarlarning ko`pligi sababli bu safarga chiqmaslik kerak. Agar maqsad da`vat, ta`lim, Islom dinini yoyish, nasihat yo`llash bo`lsa, bizningcha bu safar mustahabdir. Va Islom an`analarai va go`zallilarini k`orsatish, Islomdan chiqqan va Islomga muxolif bo`lgan kishilarga raddiya berish uchun chiqilgan safar savoblidir.
Agar safar tijorat va sarmoyani o`stirish uchun bo`lsa, dinni izhor qilish va Islom ta`limotlariga mala qilish sharti bilan karohiyatsiz joizdir. Biroq, safaringizda Islom ta`limotlariga amal qila olmasangiz, masalan: soqollarni qirish, namozlarni jamoat bilan o`qimaslik, jamoat bo`la turib ozon va takbirni aytmaslik, ba`zi shar`iyishlardan voz kechish yoki mushriklar qilayotganidek qabrlarga ibodat qilish kabi ishlarni qilsangiz yoki qabrlarga atab hayvon so`ysangiz, bu safaringiz, garchi tijorat uchun bo`lsada, haromdir" (al-Mufiyd fiy taqribi ahkamil-musafir": 119).