Xorijga safar qilayotgan kishilar uchun muhim fatvolar
Savol: Kofirlar diyoriga yoki fasod va gunohlar ochiq yoyilgan musulmonlar o`lkasiga safar qilayotgan ba`zi kimsalar rafiqalarining yuzlarini, ba`zida sochlarining bir qismini: "Bu yerda bizni hech kim tanimaydi" degan mulohaza bilan ochilishiga e`tibor bermaydilar. Agar ularga nasihat qilinsa: "Agar rafiqam to`la o`ranib olsa, odamlarning diqqatini tortadi"- deydi. Buning Islom dinidagi hukmi nima?
Javob: Uning ishi xato va johillikdir. U, garchi begona yurtlarga bo`lsa ham, rafiqasiga yuzi, sochlari, oyoqlari va boldirlarini ochmaslikka, balki, u yerlarni o`rashga buyurishi kerak. Safarga chiqishi uni rafiqasini o`ranishga va imkoni qadar hijoblanishga buyurishdan to`smasligi kerak. Biroq, ba`zi davlatlarda, hatto, islom davlatlarida ham, hijobli xotin-qizlarni ta`lim olishlariga hijobli bo`lganlari uchun mone`lik qilmoqdalar. Hijoblilarni har yerda yomon qilib ko`rsatmoqdalar. bu davlatlardagi hijobli xotin-qizlar yuzlarini yoki yuzlarining ba`zi qismlarini zarurat paytida ochishlari mumkin. Biroq, butunlay hijobni tashlashga haqlari yo`q.
Shayx Abdulloh ibn Abdurrahmon Jubrin.