Umumiy bo'lim > Namoz

Namoz haqida savol beramiz.

<< < (11/12) > >>

Ҳанафий:

--- Iqtibos: umoralibek  13 Aprel 2012, 22:24:22 ---kitoblarda yozilgan lekin keng qilib yozilmagan.internetda faqat shayx xazratlariga savol bersa bo'ladi boshqa xech kim yo'q savol berishga menimcha.shayx xazratlarining vaqdini olmay deyapman.undan boshqa savollar.islom.uz dan ro'yxatdan o'tib bo'lmayabdi.agar xech kim bilmasa shayx xazratlariga beraman.axir bu narsalar juda muxum emasmi xar kuni 5 marta yo'liqamiz shu xolatga.aniq bilish kerak.

--- End quote ---

 :asl3:

Do'stim bu bilmaydigan, qiyin masala emas. Muammo sizga tushuntira olmayayotganimizda. Bunday oddiy savollar bilan Hazratni bezovta qilmaganingiz ma'qul.

Oddiy narsa, nega tushunmayapsiz hayronman...

Ikki tomonga salom bergandan keyin, 3 marta "astag'firulloh"ni aytasiz.

Keyin "Allohumma antas salam..."ni aytasiz.

Qo'lingizni yuzingizga surasiz.

"A'uzu billahi"ni aytasiz

"Bismillahi"ni aytasiz

"Oyatul kursiy" (Baqara 255-oyat)ni o'qiysiz.

Keyin 33 marta "Subhanalloh", 33 marta "Alhamdulillah", 33 marta "Allohu akbar"ni aytasiz. 99ta bo'ladi.

100-siga "Ashhadu allaa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah. Lahul mulku va lahul hamd. Va huva a'la kulli shayin qodir" deysiz.

Keyin qo'l ko'tarib duo qilasiz, so'ng qo'lizni yuzizga surtasiz.

O'ylaymanki tushunarli bo'ldi...

Ansora:

--- Iqtibos: Best friend  13 Aprel 2012, 21:50:17 ---O'zi bu mavzu ochilgandayoq, tortishuv mavzusi ochildi degandim. Fiqh ilmi nozik, bu ilmni Alloh o'zi sevgan bandalarigagina beradi. Fiqhiy masalalarda tortishish ham katta xatodir. Bunday masalalar  hususida ahli ilmlarning o'zidan so'rash kerak, forumda emas. Allohga hamdlar bo'lsinki, kitoblarni ham topish muammo emas, xatto elektron kitoblarni ham internetdan topish oson, va internetda ham ko'p ahli ilmlarga savol berish imkoniyatlari bor. Bir qori aka aytgandi, bugungi kunda ko'pchilik har narsa haqida savol beraveradi, holbuki o'zi kitob o'qishga, ilm oilishga imkoniyati bor.

--- End quote ---

 :asl3:

Uka, meni niyyatim bilmaganlarimni bilish, e'tibor bermagan masalalarimga yana ham jiddiy e'tibor berish edi. Menda kopincha O'zbekistondagi saytlar ochilmaydi va forumdoshlarday diniy masalalarda qaysi saytlarga murojaat qilishni bilmayman. Masalan Chustiyni saytlariga 1 oydan beri kira olmayabman:(

Menimcha tortishuv bolmayabdi, hamma eng togri ilimni topib, javob berishga harakat qilyabdi. Avvalo namoz bilan bogliq ilmimizni mustahkamlayabmiz.
Shaxsan men uchun shunday. Diniy masalalarda belgilab qoyilgan qonun-qoidalar bor, tortishishdan Alloh saqlasin.

Hech bilib bo'lmas, balki bu mavzu bahona hech namoz o'qimaganlar ham "namoz shunday jiddiy masala ekanki, insonlar savol-javob qilyabdi, men hali Musulmonman, deb namoz o'qimayman, deyishi mumkin.
Xayrlisi bo'lsin inshalloh...

umoralibek:
bir birodar.siz aytgan eregacha aniq tushundim.endi shu bilan tamom bo'lmaydiku quron tilovat qilasiz salovat aytish kerak shularni xam ayting. xayr qilsangiz butun qiling oxirigacha o'rgating.tartibini aytsangiz bo'ldi.uzur ko'p savol beryabman.menda xali savollar ko'p madrasaga kirmoqchiman shu yerda xammasiga javob topilar.xozircha shularni bilishim kerak.

umoralibek:
javob berayotganlarga raxmat OLLOX rozi bo'lsin.sezlardek jon kuyar mulla akalar borligidan juda xursandman.

Ҳанафий:

--- Iqtibos: umoralibek  14 Aprel 2012, 13:21:53 ---bir birodar.siz aytgan eregacha aniq tushundim.endi shu bilan tamom bo'lmaydiku quron tilovat qilasiz salovat aytish kerak shularni xam ayting. xayr qilsangiz butun qiling oxirigacha o'rgating.tartibini aytsangiz bo'ldi.uzur ko'p savol beryabman.menda xali savollar ko'p madrasaga kirmoqchiman shu yerda xammasiga javob topilar.xozircha shularni bilishim kerak.

--- End quote ---

Assalomu alaykum.

Oldingi javobga ko'ra Qur'on qiroat qilishlik har joyda xar hil bo'lsa kerak vallohu a'lam.

Men sizga o'z bilganimni aytaman:

Tasbehlar va duodan so'ng, "A'uzu billahi" va "Bismillahi" ni aytib keyin istagan sura yoki oyatni o'qiysiz. Asrdan so'ng " Naba' ", shomdan so'ng "Voqea", xuftondan so'ng "Mulk" surasini o'qish maqsadga muvofiqdir.

Xatolarimizni Alloh mag'firat etsin. Bilib bilmay qo'pollik qilgan bo'lsak siz ham avf eting.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version