Namozdan salom lafzi ila chiqish vojibdir. Eng ozi 2 marta "As-salomu" deyishlik. Mukammali - "As-salomu alaykum va rohmatullohi" deb
o'ng va chap taraflarga qarashlik. Imom salom berganda ortidagi namozxonlarni, hafaza (saqlovchi) farishtalarni va ahli solih jinlarni niyat qiladi.
Muqtadiy o'z salomi ila imomga alikni va qavm hamda hafaza (qo'riqchi) farishtalarni va ahli solih jinlarni niyat qiladi.
Yakka namozxon salomida farishtalarni niyat qiladi.
Ikkinchi salomida ovozini birinchisidan bir oz pasaytiradi.
Muqtadiyning salomi imomning salomidan bevosita keyin bo'ladi.
Manba: "Kifoya - 1"