Namoz haqida savol beramiz.  ( 53177 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ҳанафий  14 Aprel 2012, 06:34:09

kitoblarda yozilgan lekin keng qilib yozilmagan.internetda faqat shayx xazratlariga savol bersa bo'ladi boshqa xech kim yo'q savol berishga menimcha.shayx xazratlarining vaqdini olmay deyapman.undan boshqa savollar.islom.uz dan ro'yxatdan o'tib bo'lmayabdi.agar xech kim bilmasa shayx xazratlariga beraman.axir bu narsalar juda muxum emasmi xar kuni 5 marta yo'liqamiz shu xolatga.aniq bilish kerak.

 :asl3:

Do'stim bu bilmaydigan, qiyin masala emas. Muammo sizga tushuntira olmayayotganimizda. Bunday oddiy savollar bilan Hazratni bezovta qilmaganingiz ma'qul.

Oddiy narsa, nega tushunmayapsiz hayronman...

Ikki tomonga salom bergandan keyin, 3 marta "astag'firulloh"ni aytasiz.

Keyin "Allohumma antas salam..."ni aytasiz.

Qo'lingizni yuzingizga surasiz.

"A'uzu billahi"ni aytasiz

"Bismillahi"ni aytasiz

"Oyatul kursiy" (Baqara 255-oyat)ni o'qiysiz.

Keyin 33 marta "Subhanalloh", 33 marta "Alhamdulillah", 33 marta "Allohu akbar"ni aytasiz. 99ta bo'ladi.

100-siga "Ashhadu allaa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah. Lahul mulku va lahul hamd. Va huva a'la kulli shayin qodir" deysiz.

Keyin qo'l ko'tarib duo qilasiz, so'ng qo'lizni yuzizga surtasiz.

O'ylaymanki tushunarli bo'ldi...

Qayd etilgan


Ansora  14 Aprel 2012, 11:34:24

O'zi bu mavzu ochilgandayoq, tortishuv mavzusi ochildi degandim. Fiqh ilmi nozik, bu ilmni Alloh o'zi sevgan bandalarigagina beradi. Fiqhiy masalalarda tortishish ham katta xatodir. Bunday masalalar  hususida ahli ilmlarning o'zidan so'rash kerak, forumda emas. Allohga hamdlar bo'lsinki, kitoblarni ham topish muammo emas, xatto elektron kitoblarni ham internetdan topish oson, va internetda ham ko'p ahli ilmlarga savol berish imkoniyatlari bor. Bir qori aka aytgandi, bugungi kunda ko'pchilik har narsa haqida savol beraveradi, holbuki o'zi kitob o'qishga, ilm oilishga imkoniyati bor.

 :asl3:

Uka, meni niyyatim bilmaganlarimni bilish, e'tibor bermagan masalalarimga yana ham jiddiy e'tibor berish edi. Menda kopincha O'zbekistondagi saytlar ochilmaydi va forumdoshlarday diniy masalalarda qaysi saytlarga murojaat qilishni bilmayman. Masalan Chustiyni saytlariga 1 oydan beri kira olmayabman:(

Menimcha tortishuv bolmayabdi, hamma eng togri ilimni topib, javob berishga harakat qilyabdi. Avvalo namoz bilan bogliq ilmimizni mustahkamlayabmiz.
Shaxsan men uchun shunday. Diniy masalalarda belgilab qoyilgan qonun-qoidalar bor, tortishishdan Alloh saqlasin.

Hech bilib bo'lmas, balki bu mavzu bahona hech namoz o'qimaganlar ham "namoz shunday jiddiy masala ekanki, insonlar savol-javob qilyabdi, men hali Musulmonman, deb namoz o'qimayman, deyishi mumkin.
Xayrlisi bo'lsin inshalloh...

Qayd etilgan


umoralibek  14 Aprel 2012, 13:21:53

bir birodar.siz aytgan eregacha aniq tushundim.endi shu bilan tamom bo'lmaydiku quron tilovat qilasiz salovat aytish kerak shularni xam ayting. xayr qilsangiz butun qiling oxirigacha o'rgating.tartibini aytsangiz bo'ldi.uzur ko'p savol beryabman.menda xali savollar ko'p madrasaga kirmoqchiman shu yerda xammasiga javob topilar.xozircha shularni bilishim kerak.

Qayd etilgan


umoralibek  14 Aprel 2012, 13:28:12

javob berayotganlarga raxmat OLLOX rozi bo'lsin.sezlardek jon kuyar mulla akalar borligidan juda xursandman.

Qayd etilgan


Ҳанафий  14 Aprel 2012, 18:54:30

bir birodar.siz aytgan eregacha aniq tushundim.endi shu bilan tamom bo'lmaydiku quron tilovat qilasiz salovat aytish kerak shularni xam ayting. xayr qilsangiz butun qiling oxirigacha o'rgating.tartibini aytsangiz bo'ldi.uzur ko'p savol beryabman.menda xali savollar ko'p madrasaga kirmoqchiman shu yerda xammasiga javob topilar.xozircha shularni bilishim kerak.

Assalomu alaykum.

Oldingi javobga ko'ra Qur'on qiroat qilishlik har joyda xar hil bo'lsa kerak vallohu a'lam.

Men sizga o'z bilganimni aytaman:

Tasbehlar va duodan so'ng, "A'uzu billahi" va "Bismillahi" ni aytib keyin istagan sura yoki oyatni o'qiysiz. Asrdan so'ng " Naba' ", shomdan so'ng "Voqea", xuftondan so'ng "Mulk" surasini o'qish maqsadga muvofiqdir.

Xatolarimizni Alloh mag'firat etsin. Bilib bilmay qo'pollik qilgan bo'lsak siz ham avf eting.

Qayd etilgan


umoralibek  14 Aprel 2012, 21:51:27

men xam namoz o'qiman degan kitobda aynan shular yo'q.yana malumotlar bo'lsa yana yaxshi.BIR BIRODAR. raxmat bilganlarizni aytganiz uchun.

Qayd etilgan


Anorushka  19 Sentyabr 2014, 20:19:58

Assalomu alaykum!
Emizikli ayol bolani emizganida tahorati buzilmaydimi? yoki namozga yana boshqattan tahorat olishi joizmi?

javob uchun oldindan rahmat!

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2014, 18:59:14

Assalomu alaykum!
Emizikli ayol bolani emizganida tahorati buzilmaydimi? yoki namozga yana boshqattan tahorat olishi joizmi?

javob uchun oldindan rahmat!

Va alaykum assalom.
Emizikli ayol bolasini emizsa, tahorati ketmaydi. Tahoratli harim narsalar ketkazadi. Ona suti esa - halol.

Qayd etilgan


Anorushka  22 Sentyabr 2014, 00:19:21

Katta rahmat! Yana bir savol: qibla taraf kun botish taraf yani g'arb tomon deyishadi. Mening fikrimchA bu fikr O'zbekiston uchun shunday. Rossiyaning Moskva shahridan esa islamicfinder.org saytiga kura qibla' janub tomon hisoblanadi. Lekin bu yerdagi p'zbek tanishlarimning hammasi g'arb tomonga qarab namoz o'qishadi. Balki ular haqdir? Sizlar nima deysiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Sentyabr 2014, 21:25:32

Katta rahmat! Yana bir savol: qibla taraf kun botish taraf yani g'arb tomon deyishadi. Mening fikrimchA bu fikr O'zbekiston uchun shunday. Rossiyaning Moskva shahridan esa islamicfinder.org saytiga kura qibla' janub tomon hisoblanadi. Lekin bu yerdagi p'zbek tanishlarimning hammasi g'arb tomonga qarab namoz o'qishadi. Balki ular haqdir? Sizlar nima deysiz?

To'g'ri aytasiz. O'zbekiston uchun ham qibla aslida to'liq g'arb emas, biroz g'arbi janub.
Ha, islamicfinder.com sayti orqali qiblani aniqlash mumkin. Shuningdek, ba'zi mobil applarda ham qiblani topish imkoniyati mavjud.

Qayd etilgan