Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 211098 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 35 B


Laylo  02 Avgust 2006, 08:40:43

Riyodan ogohlantirish

Ibn Abbosdan, roziayllohu anhu:
"œHazrati Umar, roziyallohu anhu, bir kuni yonidagi odamlardan:
— Men bu kecha bir oyatni o‘qidim. Tonggacha uxlayolmadim. Oyatning ma’nosi quyidagicha: "œOstidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo‘l bog‘i bo‘lgan bir odam o‘zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o‘sha bog‘ini olovli to‘fon urib, yonib ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb Alloh o‘z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi" (Baqara, 265, mazmuni). Bu misol savobli ishlarni riyo bilan amalga oshiruvchi kishiga nisbatan aytilgan. YonHin tufayli bog‘bon ne umidlar bilan parvarish qilgan bog‘-roHidan mahrum bo‘lganidek, riyokor odam ham oxiratda ajru savobdan bebahra qolishi to‘g‘risida ogohlantirilmoqda. Alloh bu tamsili bilan nimani nazarda tutgan ekan? — deya so‘radi.
— Alloh biladi, — deb javob qildi o‘sha yerda o‘tirganlardan biri.
— Alloh bilishini men ham bilaman, — dedi Hazrati Umar, — men birortangiz bu borada biror narsa bilsangiz yoxud eshitgan bo‘lsangiz, gapiring, deb so‘radim.
Shunda hamma jim qoldi. Faqat men bir narsalarni pichirladim. Hazrati Umar meni ko‘rishi bilan:
 — Tortinma, jiyan. Bilgan narsang bo‘lsa, gapiraqol, — dedi.
— Alloh taolo bu tamsil bilan kishining amalini nazarda tutgan. Ortiqcha tafsilot qilolmayman, — dedim.
Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, izohlay boshladilar:
— To‘g‘ri aytasan. Alloh taolo bu tamsil orqali kishining amalini eslatmoqda. Kishi qariganida va bir necha kichik va boqimanda bolalari bo‘lganida, shunday daromadli bir boqqa ko‘p muhtoj bo‘ladi. Ha, sen juda to‘g‘risini gapirding».

Qayd etilgan


Laylo  03 Avgust 2006, 16:32:42

Olovda birinchi yonadiganlar

Valid ibn Abu Valid va Abu Usmon al-Madaniydan Uqba ibn Muslim rivoyat qiladi:
"œBir safar Madinaga borganimda xalqning bir odam atrofida to‘planganini ko‘rib:
— Bu  odam kim? — deb so‘radim.
— Abu Hurayra, — deyishdi.
Shundan so‘ng uning yoniga borib o‘tirdim. Abu Hurayra yig‘ilganlarga va’z aytardi. So‘zlarini tugatganidan so‘ng, jamoat tarqalgach, unga:
— Alloh roziligi uchun, agar Janobi Payg‘ambarimizdan eshitib, xotirangda yaxshi saqlangan hadis bo‘lsa, menga aytib ber, — dedim.
Abu Hurayra:
— Mayli, Rasuli akramdan eshitgan va yaxshi eslaydiganim bir hadisni aytaqolay, — dedi-yu, hushidan ketib, yerga yiqildi. Anchadan keyin o‘ziga kelib, yana:
— Janobi Rasulullohdan eshitgan va yaxshi eslaydiganim bir hadisni senga aytib beray, dedi-yu, takror behush holda yiqildi.
TaHin o‘ziga kelgach:
— Ha, ha, senga Payg‘ambarimizning o‘zlari bilan mendan bo‘lak biror kimsa yo‘qligida aytgan hadislarini so‘zlayin, — dedi va bu safar yanada qattiqroq behush bo‘lib, yuzi bilan yerga yiqildi.
Uni yelkalaridan ushlab, ko‘kragim bilan suyadim. Nihoyat hushyor tortib, yuz-ko‘zini ishqalaganidan so‘ng, quyidagilarni aytdi:
— Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, o‘shanda marhamat qildilarki, Alloh taolo qiyomat kuni hammani hisob-kitob qiladi. To‘planganlar tiz cho‘kkan ko‘yi, navbatini kutadilar. Eng avval uch toifa odam chaqiraladi: Qur’onni ko‘kragida jamlagan kishi, mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi va shahid bo‘lgan kishi.
Alloh taolo Qur’onni yod olgan kishidan:
— Payg‘ambarga nozil etilganlarni senga o‘rgatmadimmi? — deb so‘raydi.
— Menga bildirding, yo Rab.
— Senga o‘rgatilgan ilmga muvofiq harakat qildingmi?
— Ha, yo Rabbim! Men kecha-kunduz Senga ibodat qilardim.
Alloh taolo:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deydi.
— Sen yolg‘on gapiryapsan, — deyishadi farishtalar ham.
Alloh taolo:
— Boshqalarning: "œFalonchi o‘qigan odam, ilmli", deb maqtashlari uchun o‘qib-o‘rgangan eding. Seni shunday deyishdi ham, — deydi.
Undan keyin mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi o‘rtaga olib chiqiladi. Alloh taolo undan:
— Men senga yetarlicha mol-dunyo bermadimmi, hatto hech kimga muhtoj bo‘lmaydigan darajada seni boy qilib qo‘ymadimmi? — deb so‘raydi.
— Ha, yo Rabbiy, — deya javob beradi u odam.
Alloh taolo:
— Senga berilgan molni nima qilding, qanday sarflading? — deb so‘raydi.
— Qarindoshlik haqlariga rioya etdim, sadaqa qildim, muhtojlarga yordam berdim.
Alloh taolo:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deydi.
Farishtalar ham:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deyishadi.
Alloh taolo:
— Sen "œOdamlar meni saxiy deb atasin" deya shunday qilarding. Seni shunday atashdi ham.
Shundan so‘ng shahid bo‘lgan kishi olib kelinadi. Janobi Haq undan:
— Sen nima uchun o‘ldirilding? — deb so‘raydi.
— Yo Rabbiy, Sening yo‘lingda qurbon bo‘ldim.
Alloh taolo unga:
— Yolg‘on aytyapsan, — deydi.
— Yolg‘on so‘zlayapsan, — deyishadi farishtalar ham.
Alloh taolo unga deydi:
— Mening amrimni ado etish uchun emas, odamlarning: "œFalonchi jasur ekan" deyishlari uchun kurashding. Odamlar  seni shunday deyishdi-ku".
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, davom etib, aytdiki: "œJanobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shundan keyin, mening tizzamga urib:
— Ey Abu Hurayra, qiyomat kuni Allohning maxluqlaridan jahannam olovida birinchi yonadiganlari ana shu uch odamdir, — dedilar".
***
Abu Usmon al-Madaniy rivoyat qiladi: A’lo ibn Abu Hakim shunday dedilar:
— Men Muoviyaning qilichbardori edim. Bir kun bir kishi kelib, Abu Hurayradan eshitgan bu hadisni unga naql qildi. Shunda Muoviya:
— Bu uch kishining ahvoli shunday bo‘lsa, boshqalarning holi qanday bo‘larkin? — deb yig‘lashga tushdi. Shunchalar kuyib yig‘ladiki, biz uni o‘lib qoladimi deb o‘ylab:
— Bu odam bizga tashvish keltirdi, — deyishgacha bordik.
Shunda Muoviya ko‘zlarini ochib, yuzini silab:
— Allohning Payg‘ambari rost so‘zlabdilar. Chunki Alloh taolo: "œKimki dunyo hayoti va uning ziynatini istasa, ularga amallarining (savobini) shu (dunyoda) mukammal berurmiz va ular (dunyoda) ziyon ko‘rmaydilar. (Ya’ni, savoblari uchun ajrni ham shu dunyoda olib, oxiratda benasib bo‘lurlar). Ana o‘shalar uchun oxiratda do‘zaxdan boshqa (narsa) yo‘qdir. (Ularning) savobli ishlari habata (barbod) va qilib yurgan amallari botil bo‘lur" (Hadid, 15-16, mazmuni) deya marhamat qilgan-ku! — dedi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Avgust 2006, 16:33:19

Oxiratdagi xayru saodat

Kanona al-Adviydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œUmar, roziyallohu anhu, harbiy qo‘mondonlarga: "œQo‘shiningiz ichidagi Qur’onni bilguvchilarning ro‘yxatini menga bering. Maoshlarini orttirib, Qur’oni karimni o‘rgatish uchun xalq orasiga yuboraman", deya xat yozdi. Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhu, Hazrati Umarga: "œMening atrofimda ayni paytda uch yuz kishidan oshiq Qur’on bilimdonlari mavjud" deya javob maktubi yubordi.
Shunda Hazrati Umar quyidagi maktubni yozdi: "œMehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohning quli Umardan, Abdulloh ibn Qaysning atrofidagi Qur’on homiylariga. Sizlarga Allohning salomi bo‘lsin.
Birodarlar, unutmangki, Qur’on siz uchun oxiratda xayru saodat, dunyoda esa, baland qadr-qimmat va hayot (tiriklik) manbaidir. Bas, shunday ekan, uning ortidan ketishingiz kerak. U sizning ortingizdan ketmasin. Zero, Qur’on kimning ortidan ketsa, u kimsa yuztuban yiqiladi, dumalab-dumalab, jahannamga qulaydi. Qur’onning orqasidan ketgan kishini Qur’on Firdavs jannatiga olib boradi. Shunday qilingki, Qur’on sizlarga da’vogar emas, shafoatchi bo‘lsin. Zero, shafoatchisi Qur’on bo‘lgan kishi jannatiy, da’vogari Qur’on bo‘lgan kishi esa do‘zaxiydir.
Shuni ham bilingki, Qur’onning har bir oyati hidoyat manbai, bir ilm chechagidir. Qur’on buyuk marhamat sohibi Allohning uluH Kitobidir. Alloh u bilan ko‘r ko‘zlarni, kar quloqlarni va qulfloHli qalblarni ochadi. Bilingki, banda kechaning bir qismida turib, oHzini misvoklab, tahorat olgach, takbir aytib, Qur’on o‘qiy boshlasa, Alloh subhanahu va taolo unga: "œO‘qi, o‘qi! Shu toza-pokiza va xushbo‘y oHzing-la o‘qi. Senga muborak bo‘lsin", deydi. Bilingki, namoz ichida Qur’on o‘qish fazilatlarning ko‘rinmas xazinasi, xayr va barakot dasturxonidir. Shunday ekan, bu buyuk foydani qo‘lga kiritmoq uchun kuchingiz yetgunicha harakat qiling. Chunki namoz zulmat pardasini yirtuvchi bir nurdir. Zakot yaxshilik yo‘lini ko‘rsatuvchi bir mayoqdir. Ro‘za yomonliklardan asraguvchi bir qalqondir. Sabr rohatbaxsh bir nurdir. Binobarin, Qur’onga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, unga bepisand va past nazarda qaramang. Haq taolo Qur’onni hurmat qilganlarga baland darajotlar beradi. Unga bepisand bo‘lganlarni esa kamsitadi. Qur’onni yodlab, uning amrlariga rioya qilganlarning duosi Alloh dargohida mutlaqo qabul bo‘ladi. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir».

Qayd etilgan


Laylo  04 Avgust 2006, 17:04:00

Zuhd chegarasi

Abu Yazid Bastomiy deydi:
«Meni hech kim balxlik bir yigitdek maHlub qilgan emas. U haj qilib qaytayotganimizda biz bilan uchrashib qoldi va:
— Sizlarda zuhdni qanday tushunishadi? — deb so‘radi.
— Topilsa yeb, topilmasa, sabr etishni zuhd deymiz.
— Balxning kuchuklari shunday qiladi...
— Xo‘sh, unda zuhdning chegarasi bormi? — deb so‘radik undan.
— Topmasa sabr, topilsa, o‘zgalarga tortiq etish, — dedi u».

Qayd etilgan


Laylo  04 Avgust 2006, 17:04:29

Barakotli kun

Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi:
"œHazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan:
— Otang quzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi.
Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi.
— Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.
Fotima ichkari kirdi va:
— Yo Rasulalloh, farishtalarning oziHi: "œAllohdan o‘zga iloh yo‘q" deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning oziHimiz nima? — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar.
Shunda Fotima, roziyallohu anho:
— Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— "œEy ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim", degin, — dedilar.
Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi.
— Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu.
— Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim.
Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan Hoyat ta’sirlanib:
— Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  04 Avgust 2006, 17:05:02

Alloh xohlagan joyda

Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
"œBir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi:
— Qur’onda: "œJannatning kengligi osmonlar va yer barobarida..." (Ol-i-Imron, 133, mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, ayting-chi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Ey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.

Qayd etilgan


Laylo  05 Avgust 2006, 08:49:41

Xaloskor malak

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Ashobdan Abu Malik ismli bir odam bor edi. Bu odam tijorat bilan shuHullanar, o‘zi va boshqalarning puli qisobiga savdo-sotiq qilardi.
Ibodat va taqvo sohibi edi. Tijorat maqsadida chiqqan bir safarida qurollangan bir qaroqchiga duch keldi. Qaroqchi unga:
— Narsalaringni yerga qo‘y, seni o‘ldiraman, — dedi.
 Abu Malik:
— Sening maqsading moldir. Mening hamma narsam senga bo‘lsin, — dedi.
Qaroqchi:
— Yo‘q, mening maqsadim mol emas, sening joningdir, — degach, Abu Malik:
— Unday bo‘lsa ruxsat ber, namoz o‘qiyin. Undan keyin xohlaganingni qil, — dedi.
Qaroqchi bunga rozi bo‘ldi. Abu Malik tahorat olib, namoz o‘qiy boshladi va shunday duo qildi:
"œEy qullarini sevuvchi, ey buyuk Arsh sohibi, ey tilaklarni bajo qilguvchi Allohim! Sendan hech bir kishi xohlab sohibi bo‘lolmagan qudrating, hech bir kishi e’tiroz bildirolmaydigan hukmronliging va Arshning har tarafini to‘ldirgan nuring haqqi-hurmati, meni bu qaroqchining tajovuzidan qutqarishingni so‘rayman".
Abu Malik bu duosini uch bor takrorlaganidan so‘ng qo‘lida nayza tutgan bir otliqning qaroqchi yonida paydo bo‘lganini ko‘rdi. Otliq qaroqchini bir zarba bilan urib, yerga qulatganidan so‘ng Abu Malikka o‘girildi. Abu Malik:
— Sen kimsanki, Aziz va Jalil Alloh menga seni yordamga jo‘natdi?— deya so‘radi.
Otliq:
— Men to‘rtinchi qavat osmoni mo‘minlaridanman. Ilk duo qilgan vaqtingda samo eshiklaridan bir guldirash eshitdim. Yana duo qilding, bu safar samo mo‘minlaridan bir shovqin eshitdim. So‘ng uchinchi marotaba duo qilganingda: "œBu mushkulotda qolgan bir bechoraning duosidir", deyishdi. Shundan so‘ng men ham Allohdan bu qaroqchini o‘ldirish vazifasini menga topshirishini niyoz etdim. Senga xushxabar keltirdim: kim tahorat olib, to‘rt rakat namoz o‘qiganidan so‘ng bu duoni uch marotaba takrorlasa, mushkulotda qolsin-qolmasin, uning duosi albatta qabul qilinadi, — deb ko‘zdan Hoyib bo‘ldi».

Qayd etilgan


Laylo  05 Avgust 2006, 08:50:27

Eridan shikoyat qilgan ayol

Sha’biydan, raqmatulloqi alayh:
«Bir ayol Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, huzuriga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, sizga insonlarning eng yaxshisi ustidan shikoyat qilgani keldim. U shunday odamki, yaxshi amal borasida unga yetadiganlar juda oz. Kechasi tonggacha namoz o‘qiydi va kunduzlari doimo ro‘zador bo‘ladi, — deganidan keyin uyalib, aslida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmadi va:
— Ey amiral mo‘minin, meni kechiring, — dedi.
— Yaxshi, — dedilar Hazrati Umar. — Alloh sendan rozi bo‘lsin. Sen u odamni juda yaxshi sifatlar bilan maqtading. U haqda bundan ortiq biror narsa gapirishingga hojat yo‘q.
Ayol chiqib ketdi. U ketgach, o‘sha yerda turgan Ka’b ibn Sur, roziyallohu anhu:
— Ey amiral mo‘minin, ayol uyalib shikoyatini so‘zlay olmadi, — dedi.
— Ayolning qanday shikoyati bor edi? — so‘radilar Hazrati Umar.
— Ayol eridan "œzavjiyat (er-xotinlik) haq-huquqlariga rioya etmayotir" deb shikoyat qilmoqchi edi.
Shundan so‘ng Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ayolni orqaga qaytarib, uning eriga ham xabar yubordilar va ayolning eri ham kelgach, Ka’bga:
— Oralarida sen hakamlik qil, — dedilar.
— Siz shu yerda ekansiz, men qanday hakamlik qilaman, — dedi Ka’b.
— Men tushunmagan narsaga sening aqling yetdi. Binobarin, ularni eshitib, oralarida hukm etmoq sening haqqingdir, — dedi xalifa.
Shunda, Ka’b haligi odamga:
— Alloh subhanahu va taolo erkaklarga xitoban: "œAgar yetim qizlarga adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar" (Niso, 3, mazmuni) deya marhamat qilganiga ko‘ra, ko‘pi bilan uch kun (nafl) ro‘za tutishing mumkin. To‘rtinchi kun tutmasliging kerak va ko‘pi bilan uch kecha tonggacha ibodat qilishing mumkin. To‘rtinchi kecha ayolingning yonida yotishing lozim, — dedi.
Er xotin ketishgach, Hazrati Umar Ka’bga:
— Sening bu topaHonliging boyagisidan ham go‘zaldir, — dedilar va uni Basraga qozi etib tayinladilar».

(Rohila Ro‘zmanova tayyorladi)

Qayd etilgan


Laylo  05 Avgust 2006, 08:50:52

G’aflatning sababi

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayHusi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni Haflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yangliH oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso».

Qayd etilgan


Laylo  06 Avgust 2006, 23:27:03

 Asiring nima dedi?

Abu Hurayra, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi:
«Payg‘ambar, alayhissalom, menga bir necha kun xurmo bog‘ini qo‘riqlab turishni tayinladilar. Kechalardan birida bir odam kelib, xurmo ola boshladi. Uni darhol tutib oldim va:
— Seni Rasulullohning oldiga olib boraman, — dedim. U esa yolvorib:
— Men bir bechora, muhtoj odamman. Oilamni boqishim kerak, — dedi. Achinganimdan uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, mendan so‘radilar:
— Ey Abu Hurayra, oqshom tutgan asiringga nima bo‘ldi?
— Yo Rasulalloh, u menga bola-chaqasi ko‘p va ular och qolganini aytdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
— U seni aldabdi, yaqinda yana keladi.
Uning yana kelishiga ishonib, poyladim. Darhaqiqat, u yana keldi va xurmo terishga tushdi. Ushlab oldim:
— Seni albatta Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, olib boraman, — dedim. U yana:
— Xudo xayringni bersin, meni qo‘yib yubor. Axir men bir muhtoj odam bo‘lsam, oilam mening qo‘limga qarab turgan bo‘lsa, nima qilay? Endi kelmayman, — deb yolvordi. Rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Kunduzi Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam:
— Ha, Abu Hurayra, bugun oqshom asiring nima dedi? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, bu safar ham o‘ta muhtojligini aytib yolvordi: «Endi kelmayman», deb so‘z berdi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
— Seni yana aldabdi. Mana ko‘rasan, yaqinda u yana keladi.
Yana uni poyladim. U kelib, hech tap tortmay xurmolardan ola boshladi. Yana ushlab oldim va jahl bilan:
— Qanaqa odamsan o‘zi? Uchinchi marta qo‘lga tushyapsan. Har safar «Endi kelmayman», deb ketasan. Endi seni Rasulullohning huzurlariga olib bormasam bo‘lmaydi, — dedim. Bu safar u shunday dedi:
— Meni qo‘yib yuborgin. Senga ba’zi bir kalimalarni o‘rgataman. Ular tufayli Alloh senga xayr va barakot ehson etadi.
— U qanday kalimalar ekan?
— Uxlashdan oldin «Oyatul kursiy»ni oxirigacha o‘qigin. Ertalabgacha ustingda Alloh tarafidan yuborilgan bir qo‘riqlovchi turadi. Senga shayton ham yaqin kelolmaydi, — dedi. Shundan keyin uni qo‘yib yubordim.
Bomdoddan so‘ng Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, mendan yana so‘radilar:
— Bugun kechqurun asiring nimalar dedi?
— Yo Rasulalloq, bu asir menga bir necha kalimalar o‘rgatishini va bu kalimalar qurmatiga Alloq taoloning menga xayr va barakot eqson etishini va’da qildi. Men uni qo‘yib yubordim.
— Xo‘sh, ular qanday kalimalar ekan?
— «Oyatal kursiy»ni (Alloqu la ilaqa illa qu al qayyul qoyyum...) oxirigacha o‘qidi va menga: «Uxlashdan oldin» «Oyatal kursiy»ni o‘qigin, shunda ertalabgacha ustingda Alloq tomonidan yuborilgan bir qo‘riqchi turadi. Senga shayton qam yaqinlashmaydi»,  dedi.
— Bu asir yolg‘onchi bo‘lsa qamki senga bir marta to‘g‘ri gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri sen bilan kim gaplashganini bilasanmi?
— Bilmayman, yo Rasulalloh?
— U inson qiyofasiga kirgan shayton edi.

Qayd etilgan