Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 211078 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 35 B


Laylo  06 Avgust 2006, 23:27:24

Mazlumning haqi

Shayx Ibrohim Haqqiy yoshligida avliyoullohlardan bo‘lgan Ismoil Faqirulloh hazratlarining qo‘llarida tahsil va tarbiya ko‘rgan edi. Bir kuni ustozi uni chaqirtirdi. Ibrohim yugurib keldi:
— Labbay, ustoz?
— Shu ko‘zada buloqdan suv olib kelgin. Ibrohim ko‘zani olib buloqqa bordi. Ko‘zani to‘ldirayotganida bir otliq keldi va:
— Qani, nari tur, — deb Ibrohimni itarib yubordi. Ibrohimning ko‘zasi yerga tushib, sindi. U yig‘lab ustozining huzuriga keldi.
— Nima bo‘ldi, o‘Hlim? — deb so‘radi ustozi.
— Buloqdan suv olayotuvdim, bir otliq kelib, itarib yuborganida, ko‘za qo‘limdan tushib, sindi.
— Ko‘zani sindirgan odamga biron nima dedingmi?
— Yo‘q, hech nima demadim.
— Bir oHiz ham gapirmadingmi?
— Yo‘q.
— Tezda u yerga borib, otliqqa biror narsa degin. Yana tezda ortga qayt.
Ismoil Faqirullohning bunday buyruq berishlaridan hamma hayron qoldi. Ibrohim yugurib buloq boshiga keldi. Haligi kishi otini yuvar edi. Ibrohim anchagacha talmovsirandi, lekin hech narsa deyolmay, qaytib keldi.
Ustozi:
— Gapirdingmi? — deb so‘radi.
— Yo‘q.
— Vaqt o‘tkazmay yugur. Unga biror yomon gap aytib kel!
Ibrohim yana yugurib buloq boshiga keldi. Qarasa, uni itargan otliq yerda yotibdi. Unga yaqin keldi. Otliq boshi yorilgan holda behush yotardi.
Bu holatdan yuragi yorilayozgan Ibrohim ustozining yoniga keldi. Ustozi yana so‘radi:
— Biror narsa dedingmi, Ibrohim?
— Yo‘q, ustoz. Bu safar borganimda uning boshi yorilgan, qonga belanib yotgan ekan. Peshonasida ot tuyoHining izi ko‘rindi.
Ismoil hazratlari:
— Ey o‘Hlim, birgina ko‘za uchun bir odamni o‘ldirtirding! Bu endi qandoq bo‘ldi?! Unga bir oHiz so‘z, bir oHiz yomon so‘z aytganingda, bu hodisa ro‘y bermasmidi... — dedilar.
Ismoil Faqirulloh hazratlarining atrofidagilar:
— Ustoz, aytgan gapingizga uncha yaxshi tushunmadik, — deyishdi.
Ha, — dedi Ismoil Faqirulloh hazratlari, — bir zolim biror kishini xafa qilsa, yig‘latsa-yu, mazlum u zolimga qarshi hech narsa qilolmasa, mazlumning ko‘ngli ozor topgani uchun Haq taolo zolimdan uning haqini oladi. Ibrohim ham ko‘zasi singach,  u otliqqa hech bo‘lmasa:
— Nima qilib qo‘yding? — deganida otining tepkisidan omon qolarmidi...

Qayd etilgan


Laylo  08 Avgust 2006, 06:07:31

Yaxshi bir dalil

Kunlardan bir kun Xalifa Ma’mun vaziri Hasan Soldan so‘radi:
— Bizdan oldin o‘tganlarning so‘zlari bizga hujjat — yo‘llanma bo‘lyapti. Biz unga ko‘ra amal qilyapmiz. Buning siri nimada ekan?
Vazir shunday deb javob berdi:
— Agar ular chiroyli so‘z va ishonarli dalil bo‘lmaganida, bizgacha yetib kelmasdi. Yaxshi bo‘lgani uchun ham bizdan oldingilar ko‘rib, ishonib qabul qilishgan... Bu shuni ko‘rsatyaptiki, ajdodlarimiz yaxshi, rost va mustahkam so‘zlashar ekan. Xalifa Ma’munning bu javobdan ko‘ngli to‘ldi va shunday dedi:
Yaxshi so‘z aytilgan joyida qolmas, asrlardan oshar, hech qachon tolmas.

Qayd etilgan


Laylo  08 Avgust 2006, 06:07:46

Yo axmoqsan yoki munofiq

Bir kun Iskandar Zulqarnayn maslahatchisiga dedi:
— Shu paytgacha senga qanchadan-qancha in’om-ehsonlar berdim. Ammo menga chin dildan, sadoqat bilan xizmat qilganingni ko‘rmadim. Dovdirab qolgan maslahatchi:
— Avf etasiz, hukmdorim, aybim nimada? — deb so‘radi.
— Bir marta bo‘lsa hamki, kamchiligimni yuzimga aytmading. Bu qanday sadoqat, bu qanday yaqinlik?
— Hukmdorim, sizda hech bir kamchilik yo‘q...
— Yo‘q, yanglishasan! Menda kamchilik borligi aniq. Chunki inson aybsiz-nuqsonsiz bo‘lmaydi. Agar sen menda qandaydir xato-kamchilik ko‘rmayotgan bo‘lsang, Hirt axmoqsan. Mabodo ko‘ra turib, aytmayotgan bo‘lsang — munofiqsan.

Qayd etilgan


Laylo  09 Avgust 2006, 20:44:15

Yetmish qamchidan keyin...

Allohning valiy qullaridan Abu Turob Taxsabiy shunday hikoya qiladilar:
— Nafsim juda tansiq va lazzatli taomlar talab qilmas edi. Lekin bir kuni go‘sht, tuxum va asal yeyishni xohlab qoldi. Nafsimga:
— Bulardan voz kecha qol, — dedim. Biroq uni qaytarolmadim. Nafsim ushbu taomlarni zo‘r ishtaha bilan yeyishga orzumand edi. Yurib-yurib bir notanish qishloqqa borib qoldim.
Shu payt bir odam yoqamga yopishib, baqira ketdi:
— O‘g’rilarning ichida sen ham bor eding...
Yelkamni yalanHoch qilib yetmish qamchi urishdi, yetmishinchi qamchi tushar-tushmas, shu qishloqli bir odam meni tanib qoldi:
— Axir bu odam Abu Turob-ku!
Mendan kechirim so‘rashdi. Qishloqdagilardan birib meni uyiga olib bordi. Dasturxon yozib, oldimga go‘sht, tuxum va asal qo‘ydi. Men esa nafsimga xitob qilib dedim:
— Yetmish qamchidan so‘ng, yeyaqol endi!

Qayd etilgan


Laylo  09 Avgust 2006, 20:44:27

Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda

Abdulloh ibn Avndan, roziyallohu anhu, Anas ibn Molik, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: "œRasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida, Suffada edik. Rasuli akramning huzurlariga hijrat qilgan bir ayol keldi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, uni ayollar yoniga, o‘Hlini esa bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko‘p o‘tmay ayolning o‘Hli Madinada tarqalgan vabo xastaligiga chalinib, vafot etdi. Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, yigitning ko‘zlarini yumganlaridan so‘ng, jasadni ko‘tarishimizni buyurdilar. Uni yuvish uchun tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, menga:
— Ey Anas! Bor, onasiga ayt, — dedilar.
Onasiga xabar berdim. Onasi kelib o‘lgan o‘Hlining oyoq uchi tomoniga o‘tirdi va oyoqlarini ushlab:
— Allohim! Men o‘z xohishim bilan musulmon bo‘ldim. Sening diningga kirdim. Butlarga siHinishni tark etdim. O‘z xohishim bilan Senga yukindim va Payg‘ambaringni sevdim.
Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama... — deb duo qildi.
Allohga qasamki, ayol duo qilib bo‘lar-bo‘lmas, o‘lik oyoqlarini qimirlatib, ko‘zini ochdi va o‘rnidan turib ketdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etgunlariga qadar o‘sha yigit ham tirik edi...».

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:04:10

Xushxabar

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œEy imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilHisi odamlar va toshlardan bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo‘l, Allohning buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan farishtalar (turur)" (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo‘lgach, Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o‘qib eshittirgan edilar, o‘sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo‘llarini yigitning ko‘kragiga qo‘ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: "œLa ilaha illalloh", degin, dedilar. Yigit kalimani qaytargach, Payg‘ambarimiz, alayhissalom, unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so‘rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: "œBu mujda (va’da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun) turishdan  qo‘rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi kishilar uchundir" deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  12 Avgust 2006, 11:21:07

Bir ansoriyning tushi

Salim ibn Abdullohdan, roziyallohu anhu:
«Ansordan bir kishining shunday deganini eshitdim: "œAziz va Jalil Allohdan Hazrati Umarni, roziyallohu anhu, tushimda  ko‘rsatishini iltijo etdim. Nihoyat, o‘n yildan so‘ng uni tushimda ko‘rdim.
— Yo amiral mo‘minin, qandaysiz? — deya so‘radim.
— Hisob-kitobim endigina tugadi. Agar Rabbimdan marhamat ko‘rmaganimda edi, mahv bo‘lardim, — dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  12 Avgust 2006, 11:21:29

Amalim qabul bo‘lsin desangiz...

Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: "œBir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œOdam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi", deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim".

Qayd etilgan


Laylo  15 Avgust 2006, 21:21:59

Sadaqa raddi balo

Muhammad ibn Usmon otasidan rivoyat qiladi:
«Horisa ibn No‘’monning ko‘zlari ko‘rmas edi. Shuning uchun namoz o‘qiydigan hujrasida eshik oldigacha bir ip tortib qo‘ygan edi. Biror tilanchi kelsa, shu ipdan tutib eshikkacha borar va sadaqa berardi. Bolalari:
— Otajon, nega o‘zingizni buncha ovora qilasiz? Sizning o‘rningizga bu ishni biz ham qilamiz-ku, — deyishdi.
Shunda Horisa ibn No‘’mon:
— Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam: "œKishining o‘z qo‘li bilan kambaHalga (sadaqa) berishi, uni yomon hollarga tushib qolishdan saqlaydi", deya marhamat qilganlarini eshitganman, — dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Avgust 2006, 07:52:06

To‘rt turli qalb

Abu Nuaymdan rivoyat qilinadi:
«Huzayfa ibn Yamon, roziyallohu anhu, va’z qila turib:
— Bir xil qalb bordirki, bo‘m-bo‘shdir. Bu kofirning qalbidir. Bir  xili borki, goh unday, goh bunday. Bu esa munofiqning qalbidir. Yana bir qalb borki, unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu mo‘minning qalbidir. Yana bir qalbda esa, ham imon, ham nifoq bor. Imon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to‘yinib, shishib ketgan yaraga o‘xshaydi. Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko‘p bo‘lsa, o‘sha Holib keladi, — dedilar».

Qayd etilgan