Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 212276 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 35 B


Robiya  15 Mart 2008, 14:33:24

Басралик одам айтади: Сснгра мудроқ босиб уйқуга кетиб қолибман. Бир маҳал уйғониб қарасам, Омир ҳали ҳам турган жойида намоз ва муножот билан машғул скан. Бу ёқда сса тонг отиб қолибди.

Бомдод вақти киргандан кейин намозни адо стди ва дуога юзланди:

- А­й Аллоҳим, мана тонг отди. Одамлар Сенинг фазлингни талаб қилиб, кезиб юришни бошладилар. Албатта уларнинг ҳаммаларининг ҳожатлари бордир"¦

Омирнинг Сендаги ҳожати сса уни мағфират қилишингдир.

А­й Аллоҳим, менинг ҳожатим ва уларнинг ҳожатларини бергин, сй сахийларнинг сахийи!
А­й Аллоҳим, мен Сендан уч нарсани тилагандим. Иккитасини бердинг-у биттасини бермадинг.

А­й Аллоҳим, шу тилагимни менга бергин, токи Сенга сзим схши ксрганимдек ва хоҳлаганимдек ибодат қила олай"¦"

Кейин стирган жойидан турди-ю тссатдан ксзи менга тушди. Дарҳол менинг ушбу кечадаги ишимни тушунди ва қаттиқ беҳаловатлик билан афсус оҳангида мендан ссради:

- Ўйлашимча, кечаси мени кузатиб стирганга схшайсан-а, басралик биродар?

- Ҳа, - дедим мен.

- Мендан нимани ксрган бслсанг, уни сширгин, Аллоҳ сенинг айбларингни сширсин.

Мен бслсам:

- Худо хаққи, сен А оббингдан ссраган бу уч нарсани менга айтиб берасан ёки сендан нимани ксрган бслсам уни одамларга гапириб, ссзлаб бераман - дедим.

- Ўтинаман, асло бундай қилма, - деди Омир.

- Йсқ шундай қиламан, - деб туриб олдим. Менинг ссзимда қатъий сканимни ксрганидан кейин у айтди:

- Ксрганларинг ҳақида ҳеч кимга хабар бермаслигингни айтиб, Аллоҳ номи билан ваъда берсанг, сен ссраган нарсани айтиб бераман.

- Токи сен ҳаёт скансан, сирингни очмайман, деб Аллоҳ номи билан ваъда бераман!
Шунда у деди:

- Мен учун динимга аёллардан қсрқинчлироқ нарса йсқ сди. Мен А оббимдан уларга бслган муҳаббатни қалбимдан олиб ташлашини ссрадим ва А оббим истагимни ижобат қилди. Ҳатто мен аёлни ксрдимми ёки деворними - бунинг менга фарқи қолмади.

- Хсп бу биринчиси скан. Иккинчиси нима? - деб ссрадим. У айтди:

- Иккинчиси шуки, мен А оббимдан ундан сзга ҳеч кимдан қсрқмасликни ссрагандим. А оббим бу истагимни ҳам ижобат стди. Ҳатто ҳозир, Аллоҳга қасамки, осмонлару ердаги Ундан сзга ҳеч бир нарсадан қсрқмайман.

- Учинчиси-чи? - дедим. У айтди:

- Мен А оббимдан кечаю кундуз сзим хоҳлаганимдек ибодат қила олишим учун Ундан мендаги уйқуни олиб қсйишини тилагандим. Бироқ А оббим учинчи тилагимни бермади"¦
Унинг бу ссзларини сшитиб бслгач, дедим:

- Ўзингга раҳм қилсанг-чи. Сен тунни ибодатда қоим бслиб, кунни рсзадор бслиб стказасан. Ахир сен қилаётганингдан камроғи билан ҳам жаннатга етиш, қилаётган меҳнатингдан озроғи билан ҳам дсзахдан сақланса бслади-ку! У айтди:

- Мен надомат фойда бермайдиган кунда надомат қилиб қолишдан қсрқаман. Худо ҳаққи, астойдил ибодат қилишга қачон имкон топилди, дегунимча жон - дилим билан ибодатга киришаман.

Агар нажот топсам Аллоҳнинг раҳматидандир. Борди-ю дсзахга кирсам сзимнинг камчилигимдандир.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Aprel 2008, 16:31:51

OTAJON MEN BILAN O’YNAYSIZMI?

Oysha ishdan kelgan adasining quchog'iga otildi. Lekin ota ishdan charchab kelgan va qizining erkaliklarini ko'targani sabri yetmasdi. Qizi esa otasining e'tiborini tortishga harakat qilib atrofida girdikapalak bo'lardi. Shuncha harakatlari zoye ketgandan so'ng Oyshaning aqliga porloq bir fikr keldi. 
-        Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?
Otasi Oyshaning kattalarning ishiga aralashganiga jahli chiqsada, o'z holiga qo'yishini istagani uchun javob berdi:
-        20 ming, qizim boshim juda og'riyapti, iltimos bunday keraksiz savollar berma.         
Oysha esa otasining bu gaplariga hech e'tibor bermasdan chug'urlashda davom etardi:
-        Otajon, menga 5 ming so'm berib turing. -       
-        Bo'ldi, ketgin mening oldimdan, boshqa payt beraman, - deya jahl bilan javob berdi ota. Otasining bunday qo'polligidan hafa bo'lgan Oysha o'z honasiga kirib ketdi. Birozdan so'ng o'z ishidan pushaymon ota qizining honasiga kirdi.
-        Qizim, senga qo'pol gapirganim uchun kechir. Juda charchaganman, mana senga so'ragan puling, dedi.
Pullarni olarkan Oyshaning ko'zlari yoshlandi. Yostig'ining tagidan yana 15 ming chiqarib otasiga uzatarkan, sekingina so'radi:
-        Otajon, mana menda 20 ming so'm bor. Endi men bilan bir soatgina o'ynaysizmi?" 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Aprel 2008, 16:32:29

MEHR

"œQahrni daraht yaproqlariga yozmoq istardim, kuz kelib qurisin deya.Nafratni qorlarga yozmoq istardim, yomg'ir yog'sin yo'q bo'lsin deya. Janjalni bulutlarga yozmoq istardim, quyosh chiqib oydinlatsin deya. Va sevgi-do'stlikni bolalarning ko'zlariga yozmoq istardim, ular o'sib, butun dunyoni burkasin deya".  Mehrni his etmoq insondagi zaruriy ehtiyojdir. Bolalarga bu o'rinda ayricha e'tibor berilmog'i kerak. Ota-onaning farzandiga o'z muhabbatlarini ko'rsatishlari lozim. Uni ichdan sevmoq etarli emas. Bolaning moddiy o'sishi uchun sut qanday muhim bo'lsa, maanaviy o'sishi uchun sevgi huddi shunday muhimdir. Afsuski, hozirda ko'p farzandlarimizning me'dasi to'q, ammo ruhi ochdir.

 Zhunayd Suaviyning "œSevgi" nomli bu maqolasi mavzumizga go'zal bir o'rnakdir:           
Kichik qiz onasi bilan yurib borar ekan, birdan to'htadi. Yomg'ir tomchilaridan ho'l bo'lgan ko'zoynagini yechib qaragan narsa otasi bilan velosipedda ketayotgan boshqa bir qizcha edi. Velosipedning orqasida o'tirgan qiz, yiqilib tushmaslik uchun otasini quchoqlab olgan va sovuqdan muzlagan yonoqlarini uning orqasiga tayagandi. Otasi ora sira yoniga qarab qizga bir narsalar so'zlar, kichik qiz esa qiqir-qiqir kulardi.           
Yo'lakdagi qiz ularning ortidan boqar ekan, onasi uning turib qolganini ko'rib:
  - Huddiki, uyda velosiped yo'qdek, ko'zingni uzmaysan, - deya tanbeh berdi, - agar shunaqasi senga yoqqan bo'lsa, adang bunisidan ham olib beradi.           
  Kichik qiz yumshoq ovoz bilan:
  - Vilosepedga emas, qizga qaragandim, - dedi, - otasi u bilan gaplashib ketayapti-da...
Buning zamirida nima yotganini anglamagan ona, qizining muynali shapkasini tug'irlab:
  - Do'stlaring bu havoda piyoda maktabga keladilar. Lekin adang sen uchun bir necha daqiqa vaqtini ayirib mersedesida maktabga olib keladi.
Ammo qiz ko'zini velosipeddan uzmasdi.
   - Istasang, adang ham seni velosipedda olib keladilar. Shunaka qilsak bo'ladimi?
Kichik qiz inju donalari kabi sizib chiqayatgan ko'z yoshlarini onasidan yashirishga harakat qilarkan:
   -Juda istardim, - deya javob berdi, - balki, shunda otamni quchoqlarman. 
   


Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Aprel 2008, 16:33:03

Farzandim tug'ildi.

U dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi.
Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon..." deya boshladi. "œMen katta bo'lsam sizga o'xshayman".
Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: "œAdajon, uyga qachon kelasiz?", deb so'rardi.
"œQachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz..."
Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim.
"œRahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang", dedi.
"œShu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?"
"œHo'p", dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman..."     
Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: "œO'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor".
U esa sekin kulimsirab: "œDo'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...", dedi.
Yana yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: "œDam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!", dedim.
"œHo'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman".
"œHo'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?"
"œBilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz".Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim.
O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini...   

 


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Aprel 2008, 16:57:40

    Men ham ro'za tutaman.

Yetti yashar Bilol nonushta qilishdan bosh tortardi:
- Lekin, oyijon,  ovqat yeyishni xohlamayman.
Men endi katta bo’ldim,ro’za tuta olaman,
- dedi Bilol oyisiga.
- Sen ro’za tutayapsanku, Bilol. Yetti yoshli bolalar
ertalab ovqat yeyishadi, kichkinalar esa tushlikda
ham yeyishadi, keyin kechgacha hech narsa
yeyishmaydi.
- Lekin siz unday ro’za tutmaysizku,oyijon,-
bolakay tixirlik qildi.
- Men kattaman, kattalar shunday tutishadi.

Bolakay chuqur o’yga tolib:
- Oyijon, biz nima uchun ro’za tutamiz?

- Yaxshi savol,- deb oyisi o’rnidan turdi va oshxona
tomon yo’l oldi.

Shkafdan bir nima olib so’radi:
- Bolajonim, buning nimaligini bilasanmi?
- Bu blender( sharbatsiqqich).
- Nima uchun qo’llanilishini ham bilasanmi?
- U mevalarni sharbatini siqib chiqaradi.

Oyisi jilmayib:
- Barakalla. Bizning tanamiz ham xuddi shunday.
Biz yegan ovqatni maydalab, keragini olib qoladi, 
qolganini esa chiqarib yuboradi. U buni har kuni
to’xtamasdan qiladi.
- Tanamiz charchamaydimi, oyijon?
- Charchaydi. Blender ham xuddi shunday. Agar
biz uzoq vaqt sharbat siqsak, u buziladi, keyin esa
tuzatishga to’g’ri keladi. Shunday ekan, biz ham
tanamizga bizga yaxshi xizmat qilishi uchun dam
berishimiz kerak.
Shuning uchun biz Ramazon oyi va yilning ayrim
kunlarida ro’za tutamiz.
- Hamma ham ro’za tutadimi, oyijon?
- Hamma emas. Bemorlar, farzand kutayotganlar
va 7 yoshdan kichik bo’lganlar, shuningdek Solihning
buvasi kabi ro’za tutishga kuchi etmaydiganlar
tutmaydilar.

Bolakay o’ylanib qoldi.Oyisi biroz avval keltirgan
ovqatni ortiqcha xarxashasiz yedi.
- Agar ro’za tutishni xohlamasak-chi?
- Opang Sumayyaning sevimli rangi qaysi?
- Pushti.
- Uning maktab formasining rangi qanaqa?
- Ko’k. Lekin ular maktabga pushti hijobini o’rab
borishni xohlaydilar.
- Unda nega unday qilmaydi?
- O’qituvchilari jazolashidan qo’rqadilar.
- Ko’rdingmi, u o’qituvchisining jazolashidan
qo’rqadi. Ustozi esa pushti kiyib maktab qoidasini
buzgani uchun uni jazolaydi. Shunday ekan, Alloh
biz uchun nima yaxshiyu nima yomonligini biladi.
Shuning uchun biz Uni sevamiz, Undan qo’rqamiz
va U bizdan rozi bo’lishini istaymiz. Biz Allohning
buyruqlariga bo'ysunishimiz kerak, aks holda biz
ham jazolanishimiz mumkin.
- Ammo, oyijon, qorningiz ochib qolmaydimi
- Albatta ochadi.Lekin biz ovqatni o’ylamaslik
uchun oshqa zarur ishlar bilan mashg’ul bo’lamiz.
Qur’on o’qiymiz, bemorlarni ziyorat qilamiz,
masjidga boramiz. Ko’ryapsanmi, qilinadigan
qancha ishlar bor.
- Musulmonlar ro’za tutishlari uchun yana boshqa
sabab bormi?
- Ha. Sen baxtlisan, Bilol, chunki seni har kuni
yeyishga ovqating bor. Hammada ham unday emas.
- Televizorda ko’rsatishadiku, ba’zi davlatlardagi
nochor kishilardakmi?
- Ha,shunday. Agar biz ular kabi och qolsak, ular
yordamga qanchalik muxtoj ekanliklarini tushunib
yetamiz.

Bolakay oyisi bergan javoblardan qoniqqanday
ko’rinardi.
- Oyijon, men ham siz va dadam bilan kambag’al-
larga yordam berishga borsam maylimi?
- Albatta, bolajonim. Alloh sendan rozi bo’lsin.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Aprel 2008, 16:58:32

Eng zo'r Ramazon


  Nilufar  bilan ukasi Ahmad yaqinlashib kelayotgan Ramazonni hayajon bilan kutayotgan edilar. Chunki Ramazon — bu ularda bor narsalar uchun shukr qilish va bunday narsalari yo’q bolalar haqida o’ylash oyi.

  Ular bir yil davomida pullarini yig’ishdi. 7 yoshli Nilufar barcha yiqqan pullarini yotog’inig ustiga to’kdi. Tangalar ko’rpasinig ustiga yoyilib ketdi.
"œBu juda ham ko’p pul. Oyim biz kimgadur yordam berishimiz kerak deydilar. Ular bizda bor bo’lib, lekin boshqa bolalarda bo’lmagan narsalar haqida o’ylashimiz, hamda shunday bolalarga yordam berishimiz kerak deb o’ylaydilar", dedi Nilufar pullarini bir joyga to’plar ekan.
"œSen ham o’z pul yig’adigan idishingni bo’shatgin, Ahmad", dedi u ukasiga. Idishdagi pullar yotoqqa sochilib ketdi.

"œVoybu, biz bu pullar bilan kim uchundir ko’p narsa qilishimiz mumkin", dedi Ahmad jilmayib.
"œBu yilning juda muhim oyidir va biz boshqalarga yordam bera olishimiz mumkinligidan xursandaman. Lekin Ahmad esda tut, biz bu ishni yashirincha qilishimiz kerak. Kimnidur tanlashimiz va unga o’zimizni bildirmasdan yaxshilik qilishimiz kerak. Kimni tanlasak bo’ladi", so’radi Nilufar.
"œKeling qo’shnilarimiz Fotima va Rashidni tanlaymiz. Ularni eski oyoq kiyimlarda yurganini ko’rgan edim", dedi Ahmad.
"œJuda ham yaxshi fikr. Biz ular uchun oyoq kiyim sotib olsak bo’ladi. Ularda bizchalik ko’p oyoq kiyim yo’q, shunday emasmi?", so’radi ukasidan Nilufar.
"œMenda uch juft bor, sizda esa undan ham ko’proq. Keling ularga bu Ramazon uchun yangi oyoq kiyim sotib olamiz", dedi Ahmad jilmayib.

 

Nilufar bilan Ahmad xurmo yuvish bilan band bo’lgan onalarining oldiga borishdi.
Ularni ko’rgan onasi:"œBugun sizlarga chak-chak pishirib beraman", dedi. Chunki Ramazon oyida ular bu shirinlikni yeyishni juda yaxshi ko’rar edilar.
"œDadangiz hozir masjidda, namoz o’qishga ketgan. Quyosh botgach, uyga kelganlaridan keyin birgalashib yeymiz. Siz ikkingiz nimalar bilan bandsiz?"
"œBiz kambag’allarga yordam bermoqchimiz. Ahmad va men pullarimizni yil davomida yig’ib kelayotgan edik. Endi esa Rashid bilan Fotimaga yordam bermoqchimiz" deya gapni boshladi Nilufar.
"œBiz ularga yangi oyoq kiyim sovg’a qilmoqchimiz" deya opasinig gapini hayajon bilan bo’ldi Ahmad.
Ularning onasi farzandlariga qarab faxr bilan jilmaydi. "œQorniz ochmasmi, oyi", deb so’radi Ahmad. Chunki u onasining ro’za tufayli ertalabdan beri hech narsa yemaganligini bilardi.
"œBiroz, lekin bu men uchun foydali. Mendan xavotirlanma. Sen ham kattaroq bo’lsang ko’p narsani tushunasan va ro’za ham tuta olasan", dedi onasi.

"œSizlarni oyoq kiyim sotib olishga olib boraymi?", so’radi onasi ulardan. "œOlib borasizmi, oyi? Maylimi?", so’radi Nilufar. "œAlbatta, qani ketdik", dedi u. Hammalari birgalashib oyoq kiyimlar sotiladigan do’konga borishdi.
Nilufar Fotima uchun, Ahmad esa Rashid uchun oyoq kiyim tanladilar. Ular yiqqan pullarini yordam uchun ishlatayotganlaridan faxrlanib xursand bo’ldilar. Uyga kelgach, ular oyoq kiyimlarni jigar rang qog’ozga o’radilar. Ular kech kirishini sabrsizlik bilan kutdilar. Chunki ular sovg’alarni bo’lishi bilan o’z egalariga bera olardilar.Quyosh botgach, bolalar va onalari o’ralgan qutilarni olib, ustlariga kamzullarini kiyib Fotima va Rashidlarning uyi tomon yura boshladilar. Onalari: "œBolalarim, biz jim va tez harakat qilishimiz kerak. Ahmad, sen eshikni taqillatib, Nilufar bilan men berkinib turgan butaning orqasiga yugurib kel. Biz ularning uydan chiqib’ o’z sovg’alarini olishlarini kuzatib turamiz."Nilufar va Ahmad xursand bo’lib kuldilar.
Nilufar va onasi berkindilar, Ahmad eshikning oldiga borib, sovg’alarni qo’ydida, butaning orqasiga yugurib keldi.
"œShshsh", pichirladi onalari, "œKimdir eshikni ochdi." Ular Rashid va Fotimaning ostonaga chiqqanini ko’rdilar.
"œQarang, biz uchun sovg’alar. Kimdur ularni bu yerda qoldiribdi", deya baqirdi hayajon bilan Rashid. U va Fotima yon-atrofga qaradilar. Qorong’uligi uchun hech kimni ko’ra olmadilar. Ular sovg’alarini olib, uylariga kirib ketdilar. Ularni hech kim ko’rib qolmasligi uchun bir necha daqiqa kutib, so’ng uylariga qaytib ketdilar.
"œDada, dada, biz ularga ko’rinmasdan sovg’alarini tashlab keldik", deya baqirdi Ahmad.
"œUlar bizni ko’rmadilar. Sovg’alarni tashlab ketgan bizligimizni ham bilmadilar", qo’shib qo’ydi Nilufar kulib.
Ularning onasi bilan otasi farzandlariga qarab, ular bilan faxrlandilar. Ular farzandlarinig ehson qilishning haqiqiy ma’nosini tushunishini bilardilar. Ertasi kun ertalab hammalari shaharni aylanishga bordilar. Yo’lda Rashid bilan Fotimaning o’ynayotganini ko’rdilar. Ular yangi oyoq kiyimlaini kiyib olgan edilar. Hech kim hech narsa demadi. Nilufar bilan Ahmad faqatgina jilmaydilar, chunki bu ular uchun eng zo’r Ramazonlardan biri edi.
 
 

Qayd etilgan


Robiya  17 May 2008, 15:58:13

Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.
-Yur, jome’ga — dedim. — Bugun jum’a!
-Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi.
-Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!
-Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman... arzimaydi...
Kulgim qistadi.
-Hazillashyapsanmi?
-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!
Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi...
Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:
-Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? — deb so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi.


Qayd etilgan


Robiya  29 May 2008, 14:51:35

HIKMATLI KALIMALAR

Soib ibn al-Musayyabdan: «Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».

Qayd etilgan


Robiya  29 May 2008, 14:52:53

ENG ULUG' INSON
Yoshligining o‘n yilini payg‘ambar xuzurida o‘tkazgan Anas bin Molik hayotiga e’tibor bering. U bolalik qilib xato qilganida, aytilgan ishni bajarmay esidan chiqarib qo‘yganida bo‘lsin, o‘ynab qolib ketganida yoki boshqa nojo‘ya hatti—harakatlari natijasida bo‘lsin o‘n yillik uzun muddat davomida Rasulullohdan (S.A.V) biror marta «Attang!» so‘zini eshitmagan edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v) Anas ibn Molik (r.a.) ga shunday nasihat qildilar: «Qalbingda hech kimsaga nisbatan yomon fikrda bo‘lmasdan yashashga kuching yetsa shunday yasha. Bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni hayotga tatbiq qilsa meni sevgan bo‘ladi. Meni sevgan men bilan jannatda birga bo‘ladi».
Uning risolat panohida voyaga yetgan Hazrat Ali ta’rif etadigan Payg‘ambar esa quyidagicha: «Har doim yuzlari kulib turar, tabiati o‘ta muloyim edi. Juda kechirimli, qahri ham qattiq emasdi. Hech kim bilan tortishmas, kimsaga bakirib-chakirmas, yomon biror so‘z so‘ylamasdi. Birovni ayblamas va qurumsoq yoki qizg‘anchiq ham emasdi. Yoqtirmagan narsalariga e’tibor bermas va hech kimni umidsizlikka tushirib ko‘ymasdi. O‘zini behalovat qilgan narsalarni sezdirmas edi va hech kimning yuziga aybini aytmasdi, orqasidan ham gapirmasdi. Birovning aybini izlash bilan mashg‘ul bo‘lmasdi, hech kimga uning uchun xayrli hamda savobli bo‘lmagan so‘zni aytmasdi. Yumshoqlik va sabrni o‘zida jo etolgan bo‘lib, hech narsa uning jaxlini chikarmas edi.»
Hazrat Ali bu so‘zlarini Rasululloh (S.A.V) bilan birga kechirgan o‘ttiz yildan oshiq vaqt davomida ko‘rganlari asosida aytgan bo‘lsa, Payg‘ambar(S.A.V) bilan o‘n yil oila hayoti kechirgan Hazrat Oysha esa uni shunday ta’rif etadi: «Insonlarning eng go‘zal axloqlisi edi. Hech yomon so‘z aytmas, bo‘lmag‘ur ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmasdi. Bozorda baqirib—chaqirmas va yomonlikka yomonlik bilan javob berishga urinmas edi. Faqat kechirimlilik qilardi. Insonlarning eng nozik tabiati, go‘zal xulqlisi va xushmuomalasi edi ul zot. Olloh yo‘lida jihod qilishning tashqarisida biror xizmatkor yoki joriya, umuman hech kimga qo‘l ko‘targan emaslar.»

Qayd etilgan


Robiya  30 May 2008, 17:47:20


А ивост қилурларки, бир йили Бани Исроилда қаҳатчилик бслган сди. Бир камбағал бахил бойнинг сшигига келиб, Худо йслига бир бурда нон садақа қилгин, деди. Бахил тиланчига ҳеч нарса бермади ва уйидан ҳайдаб чиқарди. Бахилнинг қизи тиланчига битта нон  берди ва буни ксрган бахил ота қизининг снг қслини кесиб ташлади. Бир қанча вақтдан кейин Аллоҳ таолонинг қудрати билан бахилнинг мол-мулки қслидан кетиб, муҳтожликка дучор бслди. Унинг қизи бирор егулик топиш учун ксчаларда юрган сди. Бир саховатли одам уйига олиб бориб, никоҳлаб олди. Овқатланаётганда хотини чап қсли билан овқат ес бошлади. А­ри деди: «Ўнг қсл билан овқатланиш одобдандир». Аёл нима қилишни билмай, ҳайрон бслди. Хона бурчагидан овоз келдики, «Сен снг қслинг билан Худойи таоло йслида сҳсон қилган сдинг, отанг қслингни кесиб ташлади. Аллоҳ субҳонаҳу таоло хайр-сҳсон сгасини ташлаб қсймайди. Ўнг қслингни енгингдан чиқар». Аёл қслини узатиб, Аллоҳ таборак ва таолонинг қудрати билан қслининг илгаригидек соппа-соғ сканлигини ксрди.

****
Анас ибн Молик (р.а) А асулуллоҳ  (с.а.в.)дан шундай деб ривост қиладилар «Аллоҳ таоло садақа берган одамдан етмиш балони узоқлаштиради ва берган садақаси охиратда дсзахдан уни ҳимос қилувчи ҳижобга айланади», деган сканлар.

«Дурратул-ваъизин»дан



Qayd etilgan