Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 211006 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 35 B


shoir  26 Iyun 2006, 05:39:08

* * *

Bir qari mushuk o‘lar oldidan go‘yo insofga kirganday bo‘libdi-yu, rozi-rizolik tilash maqsadida sichqonlarga maktub bitib, tavbalarini izhor etibdi va yana debdiki: «sizlarni bir ziyofat qilib rozi etsamda so‘ng jon bersam...» Sichqonlar bu tavba maktubiga ishonishni ham ishonmaslikni ham bilmay, donishmandlariga yuzlanibdilar. Donishmand debdiki: «Mushukning tavbasiga zinhor ishona ko‘rmangiz. O’lib, ko‘mib qo‘yilganidan so‘ng go‘ridan bir dona mo‘ylavi chiqib turganiga ko‘zingiz tushsa ham qo‘rqingu, narigi mahalladan aylanib o‘tavering». Sichqonlarning yoshlari bu keksa donishmandning nasihatlarini quloqqa ilmay mushukka ro‘para bo‘lmoqlikni ixtiyor etishibdi-da, borishibdi.
— Dunyoda hali hech bir mushuk shu onga qadarli tavba qilmagan edi, sen nechuk istig‘for aytmoqni istading? — deb so‘rashibdi.
Do‘mboq-do‘mboq sichqonchalarni ko‘rgan mushukning fe’li aynibdi, tavbasini unutibdi, niyati buzilibdi.
— qani, aytlaring-chi, bu dunyoda senlar insofsizmi yoinki menmi? qopning og‘zi ochiq bo‘lgani holda nima uchun tagini teshasanlar, a? Men shu savolga javob topmoq uchun senlarni chaqirtirgan edim, — debdi mushuk.
Nodon sichqonchalar o‘sha tong keksa mushukning mazali nonushtasiga aylanishgan ekan...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:39:19

Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan. Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shunda Abdumalik: «Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun bashorat bordir», dedi».

"Gunohi kabiralar" kitobidan

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:53:24

Oisha roziyallohu anho dedilar: Kunlarning birida o‘n bir nafar xotin bir yerga jam bo‘ldilar va hammalari o‘z erlarining ahvolini to‘laligicha bayon qilishni va hech bir so‘zni yashirmaslikka ahd qildilar. Bu xotinlar hammalari Yaman xotinlari yo Hijoz xotinlari edilar. Nomlari aniq ma’lum emasdir.

Birinchilari dedi: Mening erim ishdan chiqqan, oriq tuyaning go‘shtidir. Yana o‘zi chiqishi qiyin bir tog‘ning ustidadir. Tog‘ yo‘li oson emaski, unga chiqilsa. Go‘sht ham semiz mol go‘shti emasdirki, uni ixtiyor qilinsa, va olib tushilsa, ya’ni, butun foydasiz bekor bir narsadur.

Ikkinchilari dedi: Men erim rozilarini bayon qilmasman. Qo‘rqurmanki, agar uning ayblarini berkitmay so‘zlab qolsam, "zohiriy" va "botiniy" ayblarining hech birini qo‘ymay so‘zlab tashlarman, ya’ni mening erimda bor ayblarni sanab bo‘lmas, qaysi birini ham so‘zlab o‘tiray.

Uchinchilari dedi: Mening erim badxulq, bedavo uzundki, undan shikoyat qilsam, yo o‘ziga bir so‘z qilib qolsam, taloq qilinurman. Agar so‘z qilmay ketaversam, butun umrim muallaqa holda keturman, ya’ni, erliklar qatorlarida ham emasman, bevalar qatorida ham emasman.

To‘rtinchilari dedi: Mening erim Tahoma iqlimining kechquruniga o‘xshaydi. Na issiq va na sovuq. Na undan qurqilur va na undin zerikilur. Ya’ni, nihoyatda mijozi mo‘‘tadildir. Issiqda salqindir va sovuqda issiqdir. Afv marhamati ko‘pdir. Hech bir holda odamga malol kelmas.

I z o h. Tahoma deb, Makkai mukarramani va atroflarini aytiladi.

Beshinchilari dedi: Mening erim uyga kirsa, qoplon bo‘lib kirur, uydan chiqsa sher bo‘lib chiqur. Uydagi o‘ziga ma’lum narsalar xasida taftish qilib o‘tirmas, ya’ni ko‘chadan kelsa, qoplon kabi o‘z ahlini sog‘inib keladi va ko‘chaga chiqsa yo‘lbarsdek olijanob yuradi. O’zi u qadar himmatlik, karim insondirki, bo‘lar-bo‘lmas narsalar ustida oilasi bilan janjal qilib, pastlik qilib o‘tirmaydi.

Oltinchilari dedi: Mening erim taom yesa, dasturxonda bor narsani hammasin yeb tugatadi va suv ichsa, idish ostida qolgan suvni ham ichib xalos qilur, va yotsa, o‘zi tanho bir ko‘rpaga o‘ralib yotadi. Yonida yotgan odamni qo‘yniga qo‘lini uzatib ham ko‘rmaski, dardini bilsin, yo sog‘, yo bemor ekanligini faxmlasin, ya’ni, taomga to‘ymas va suvga qonmas va hamxonasi holini sezmas, bir bemuruvvat insondir.

Yettinchilari dedi: Mening erim o‘zi nomard, so‘zdan ojiz. Hamisha bemor bir insonki, dunyoda bor bemorlikdan namuna unda bor. U qadar beaxloqki, suz qilsang, boshingni yoradi, yo badaningni zaxm qiladi, yo xoxlasa har ikkisini birga qilur.

Sakkizinchilari dedi: Mening erim badani quyon kabi muloyim va isi za’faron kabi hammani xushbo‘y qilib turadi, ya’ni uning vujudi nihoyatda mahbubdir. Nozik badan va xushbo‘yligidan jismoniy va ruxoniy lazzat har ikkisi unda mavjuddir.

To‘qqizinchilari dedi: Mening erim, uyi baland, mexmoni ko‘p, qomati raso va davlat xonasi jamoat xonaga yaqin bir zotdir, ya’ni sharaflik, saholatlik va shijoatlik bir dodxodirki, hamma insonga maxbub va marji’dir.

O’ninchilari dedi: Mening erim, molikdir. Bilasizlarmi, molik kim? Ta’rif qilingan zotlarning hammalaridan ziyoda, yaxshidir. Chunki har-har yerga cho‘kib yotadigan tuyalari ko‘pdir. Tuyalari o‘tlagani kam borishadi. Qachon surnayning ovozini eshitsalar bilurlarki, ularni so‘yilur, ya’ni molik davlatmand va karamlik bir insondir. Hamisha mollarini o‘z oldida boqadi, yaylovga kam yuboradi. Mollari ham uning mijozini yaxshi biladilar. Qachon surnay chalinsa, bilurlarki, shu soatda mehmon taomi uchun zabx etilurlar.

O’n birinchilari dedi: Mening erim Abu Zar’dur. Bilasizlarmi, Abu Zar’ kim? U shunday mexribon erki, ikki kulog‘imni qimmati yuqori taqinchoqlardan ham qilgandir, va ikki bilagimni ko‘p yedirib, charvidan to‘ldirgandir. Meni shunday xush va xurram saqlaganki, undan men kibr va g‘ururga berilib, o‘zimni unuta boshladim. Bu er meni olganda, men bir nechta echki bilan kun o‘tkazadigan nihoyatda bir g‘arib xonadonda edim Meni shunday bir davlatmand xonadonga olib keldiki, ularda otlar, tuyalar, qo‘sh ho‘kizlar va dehqonlar bor edi. Otlari kishnar, tuyalari bo‘kirar, ho‘kiz, sigirlari xirmon xaydar, xodimlari donlarni somonlardan alohida qilib tozalar edilar. Men bo‘lsam u er qoshida erka edim, har qanday so‘z aytsam ham, so‘zing yomon demas edi. Yotsam tong otguncha yotar edim, hech kim meni uyg‘ota olmas edi. Yemak va ichmakda shunday mo‘l-ko‘lchilik ediki, men yeb-ichib turib ketardim, taom va sharob shunday qolar edi. Bu sifat erimning sifati edi.

Uning bir onasi ham bor edi. Bilasizlarmi, u qanday xotun edi. U nihoyatda olijanob xotin ediki, idishlari hammasi katta-katta va narsalari to‘la-to‘la turar edi. Uyi nihoyatda keng va unda hamisha mehmonlar bo‘lar edi. Abu Zar’ning o‘g‘li ham bor edi. Bilasizlarmi, o‘g‘li kim? Shunday yigitki, badani nozik va ozg‘in, yonboshi go‘yo po‘stlog‘i archilgan xurmo novdasiga yoki g‘ilofidan chiqarilgan qilichga o‘xshar va yosh echkining qo‘li uni to‘yg‘izadi (ya’ni, nihoyatda betakalluf, bahodirmijoz yigitdir).

Abu Zar’ning qizi ham bor. U qizni nima desam bo‘ladi. Otasiga itoatli va onasiga farmonbardor, sixat va jamoli, aqlu-kamoli shunday ediki, xotinlik kishiga tushib qolsa, kundoshi kuyib o‘tadi. Abu Zar’ning cho‘risi ham bor. Uni qanday ta’rif qilay? U cho‘ri dindorligidan uydagi so‘zlarni boshqa yerlarga tarqatmaydi va aminligidan uyidagi taomni ham beijozat harj qilmaydi, va tozaligidan uyni nihoyatda sof va pokiza saqlaydi. Axlatxona qilib qo‘ymaydi. Ummu Zar’ dedi: bizning Abu Zar’ bilan muhabbatimiz va o‘rtadagi aloqamiz men yuqorida aytgandek edi. Ittifoqo, bir kun Abu Zar’ ko‘chaga chiqdi. Bahor fasli edi. Sut, yog‘ meshkachalarda olinib turgan vaqt edi. Ketib turib, oldida ikki o‘g‘li ham bor bir xotinni ko‘rib koldi. Qoplondek irg‘ishib, onalarining beli atrofida ikki anor bilan uynashib turibdilar. Bu holni ko‘rgach, meni taloq qilib o‘z nikohiga o‘sha xotinni oldi. Uni devona qilgan xotinning xusnlik sho‘x o‘g‘illarini ko‘rib, shoyad menga ham shunday o‘g‘illarni tug‘ib bersa, deb umid qilgan edi. Men ham keyin bir olijanob, saxiy erga tegdimki, uning uchqur zotdor bir oti bor edi. Uni minar edi. Xat degan bir maqomda ishlangan nayza taqardi. O’sha er meni olgach, kech kirmay turib, kelib mollarini haydatib, mening xuzurimga keltirdi, va har qaytgan namunadan bir juftdan menga berib, dedi: Ey, Ummu Zar’, ol, yegin va axllaringga ham bergin. Lekin men bu ikkinchi erning menga bergan narsalarin hammasini to‘plasam, qimmati va bahosi Abu Zar’ning menga bergan bir kichkina idishining qimmatiga ham barobar kelmaydi.

Oisha roziyallohu anho dedilar: Bu xikoyani tamom eshitib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga dedilar: Ey, Oisha, men ham senga Abu Zar’ Ummu Zar’ga mehribon bo‘lgan kabi mexribondirman. Lekin biz ajralmasmiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyul 2006, 10:28:04

Bir kishi Hazrati Umar r.a.ning huzurlariga ayolidan shikoyat qilib kelgan ekan. Shu payt Hazrati Umarning r.a. honadonlaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirgani eshitilibdi. Arzchining hayolidan:" Hazrati Umardek obro'li kishining oilasida shunday holat bo'lsa, men nolimasam ham bo'lar ekan",degan hayol bilan ortiga qaytibdi.Shunda Hazrati Umar r.a. uydan chiqib uni ko'rib chaqiribdilar.
- Nima gaping bor edi,- deb so'rabdilar.
-Yo amrul mo'minin ayolimdan sizga shikoyat qilib kelgan edim.Lekin bildimki sizning ayolingiz ham menikidan qolishmas ekan.Shuning uchun arz qilishga hojat qolmadi,- debdi. Shunda Hazrati Umar r.a:
- Ey birodar, hotinimni menda haqqi ko'p,chunki u menga ovqat pishirib beradigan oshpaz,non yopadigan nonvoy,kiyimlarimni yuvguvchi hizmatkor,farzandlarimni tarbiyachisi,honadonimning qo'riqchisi,meni harom ishlardan saqlovchi... Shuncha hizmatlarni qilgan ayolimning ozgina ozoriga sabr qilmog'im zarur emasmi? - degan ekanlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyul 2006, 10:34:54

Bir kuni Hazrati Umar r.a. Madina ko'chalarining birida chopqillab yurgan yosh bolani ko'rib qoldilar. Shu ondayoq unga o'girilib:
- Ey bola! Bizning haqqimizga duo qilgin, Alloh bizga rahm qilsin,- dedilar.Buni eshitgan sahobalar:
- Ey mo'minlar amiri, Alloh rahm qilsin deb boladsan duo so'rayapsizmi? Ahir siz jannat bashorat qilingan o'z kishidan birisizku!- deya ajablanishibdi.Shunda Hazrati Umar:
Ha, men undan duo qilishini so'radim,chunki u balog'at yoshiga yetmagan. Hali uning a'mol kitobiga qalam yurgizilmagan. Shuning uchun duosi mustajob.Ammo biz mukallaf yoshdamiz, bizning ustimizdan qalm yurgizilgan,- deb javob qildilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyul 2006, 10:47:39

Hazrati Umar r.a.ning yosh o'g'illari ko'chada bolalar bilan o'ynar edi. Uning ko'ylagiga bir necha yamoq solingan bo'lib,tengqurlari uni ustidan kulishdi:" Otang amirul mo'minin bo'lsa-yu, sen shunday yirtiq-yamoq kiyimda yursang",deb kamsitishdi. Hazrati Umarning r.a. o'g'illari bundan juda hafa bo'ldi. Otasining huzuriga borib:
- Bolalar kiyimimdagi yamoqlarni ko'rib ustimdan kulishyapti,- deb bo'lgan voqeani so'zlab berdi. Shunda hazrati Umar r.a. o'g'illariga:
-Hazinachiga borib, hazinadan bir kiyimlik mato berar ekansiz, otam maoshlaridan o'rniga qo'yar ekanlar,degin,- deb tayinladilar. O'g'il hazinachining oldiga borib amirul mo'mininning so'zlariniaytdi. Hazinachi unga:
- Agar otangiz maosh olgunlaricha yashab turishga kafolat bersalar, siz aytgan narsani beraman,- dedi. O'g'il hazinachining hech narsa bermasligini tushundi. Otalari Hazrati Umar r.a. huzurlariga borib, hazinachi nima deb javob berganini aytdi. Shunda Umari Odil:
- Agar hazinachi sen aytgan matoni berganida edi, men o'sha zahotiyoq uni ishdan bo'shatgan bo'lar edim,- dedilar, so'ngra o'g'illariga taskin berdilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyul 2006, 10:59:28

Hazrati Umar r.a. yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushib yo'ldan chetlashishdi. Lekin bir bolakay joyida sobit turaberdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri unga yaqin keldilar-da, tabassum bilan:
- Nimaga sen qochmading?-deb so'radilar. Bolakay Hazrati Umarga r.a:
Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob berdi.Bolaning shijoatidan Hazrati Umar r.a. hursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bog'ladilar. Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri - sarkarda Abdulloh ibn Zubayr r.a. bo'lib yetishdi.
Abdulloh ibn Zubayr - Hijratdan keyin Madinada birinchi tug'ilgan, Rasululloh SAV og'zilaridan birinchi taomlangan, Oisha r.a.ning jiyanlari, Abu Bakr Siddiqning r.a. nabiralari, Asmo binti Abu Bakr va Asharayi Mubashshradan bo'lgan Zubayr ibn Avvom r.a.ning o'g'illari edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 09:00:34

Misr qishloqlaridan biri Jizada Fartuna ismli qoratanl ayol yashardi.Uninh yoshi yetmishdan o'tgan bo'lsa ham na bola chaqasi, na qarindosh urug'i bor edi. Bir kuni amirul mo'minin Umar ibn Abdulazizga maktu yozdi:"Hovlimning devori nurab, yiqilib tushmoqda. Bir necha tovug'im bor edi. Bolalar kirib o'g'irlab ketishyapti. Devorni ko'tarib urishga kuchim, pulim yo'q. Hovlimga devor urdirib berishingni talab qilb senga hat yozdim". Halifa hamqo'liga qalam va qog'oz oldi:" Amirul mo'minin Umar ibn Abdulazizdan Misr voliysi Ayyub ibn Shurhbilga:Qoratanli Fartunaning Jizadagi uyiga borib unga mendan salom ayt va uyining devorini ko'tarib urib ber". Hatni Misr voliyiga yetkazishdi. Voliy qoratanli Fartuna kim, deb surishtira boshladiNihoyat Jizaga kelib bir ayolning tashlandiq uyiga ko'zi tushdi. Hovliga kirib, ayoldan so'radi:
- Sen Umar ibn Abdulazizga hat yozganmiding?
- Ha, uyim devorini ko'tarib berishini hohlayman.
- U senga salomyo'llab, devorlaringni yangilab berishimni buyurdi.
- Sen loygarmisan?
- Men voliyman.
- Yo'q menga ldevor uradigan loygar kerak.
- Bu ishni men o'zim bajaraman,- dedida, voliy kiyimini almashtirib Fartunaning deviorini urish uchun g'ayrat bilan loyqorihga kirishib ketdi.
"Saodat quchganlar ibrati" kitobidan.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Iyul 2006, 10:11:25

Hazrati Ali r.a. bir kuni erta bilan Hazrati Umar r.a.ning vodiy tomon kateyotganini ko'rib qoldilar. "Yo'l bo'lsin ey, amirul mo'minun?"deb so'radilar. "Bir ruya yo'qoldi, zakot moli edi, shuni izlab yuribman", dedilar Hazrati Umar r.a. "O'zingizdan keyingi halifalarni hor qildingiz", dedilar Ali r.a. Shunda Umar r.a:" Meni ayblama Ey, Ali, Muhammadni rasul qilib yuborgan Zotga qasamki, Furot daryosiga bir uloq tushib ketsa, qiyomat kuni Umardan so'raladi. Chunki musulmonlarni haqqini himoya qilmagan amir va mo'minlarni qo'rquvga soluvchi fosiq hurmat qilinmaydi",dedilar.
"Saodat quchganlar ibrati" kitobidan.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Iyul 2006, 12:43:04

Bir kuni Robiyatul Adaviya hazratlari qo'yning kabob qilinayotganini ko'ri qoldilar. Bir oz tikilib turdilar-da so'ng yig'lab yubordilar. u yerdagilar qorni ochganidan yig'layapti deb o'ylab:"Ochqagan bo'lsangiz mana buni yeb turing", deb taom uzatishdi. Shunda hazrati Robiya:" Yo'q men ochqaganim yo'q. Hayvonlar o'lganidan keyin olovda kuyganlarini bilishmaydi. Ammo odamzot tirilganidan keyinbu olovga qanday chidash berar ekan, deb yig'layapman" degan ekanlar.
Biz gunohkor bandalar ham har bir narsadan shunday tafakkur qilib hulosa chiqarishimiz kerak.

Qayd etilgan