Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 211097 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 35 B


Laylo  19 Iyul 2006, 07:25:46

Muomaladagi ehtiyotkorlik

Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar:
«Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi doHdir, — dedilar.
Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi.
— Naqadar yaxshi inson. Oilasi iftixor qilgulik bir farzanddir, — dedilar. Lekin Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, bu kishiga avvalgi odamga ko‘rsatilganchalik iltifot qilmadilar. U kishi chiqqach, Oyisha onamiz:
— Yo Rasulalloh, birinchi kishini yomon deganingiz holda unga yaxshi muomala qildingiz. Ikkinchisini yaxshi deb turib, unchalik iltifot etmadingiz, — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Ey Oyisha, insonlar orasida shundaylari borki, fe’li yomon bo‘lgani uchun ulardan ehtiyot bo‘lish kerak, — deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyul 2006, 07:50:11

Zulmdan qochish.
No'shirovonni odil arkoni davlati bilan ovga chiqdi. Ov qilgan joylarida ov go'shitdan kabob qilishdi.Tuz yo'q ekan,ozroq tuz olish uchun hizmatkorini yubordi. Hizmatchisiga, jo'natayotib:"Tuzni pulga sotib ol!" dedi. U paytlar davlatning qishloqlardan tuz olish odati bor edi. Qishloq harob bo'lmasin, deb podshoh tuzni tekin emas, pulga sotib olishni buyurdi.Yonidagilar:"Ozgina tuz olsa nima qiladi?"deyishdi.
No'shirovon:"Zulm, haqsizlik oldingi zamonlarda juda kam edi. Vaqt o'tishi bilan yangi kelganlar ozgimadan ko'paytiribbugungi darajaga keltirishdi. Agar podshoh aholining bog'idan bir olma uzsa, hizmatchilar olma darxtini ildizi bilan sug'uradilar. Agar podshoh bitta tuxum olsa, hizmatchilar mardumning mingta tovug'ini pishirib yeydilar",- deb javob qildi.
Bu hikoya nihoyatda ibratlidir. Agar boshliqlar shu mezonda ish tutsalar, hech kimning burni qonamsdi, hech kimga zulm qilinmasdi. Chunki hamma yomonliklar kichigidan boshlanadi. Har bir yomonlikni esa oldi olinishi lozim. Oddiy odamlar ham, boshliqlar ham, ma'murlar ham yomonlikning oldi olinishi uchun harakat qilishlari lozim edi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Iyul 2006, 06:33:36

Oqilona javob

Bir kuni bir yahudiy kelib Janobi Payg‘ambarimizdan, sollallohu alayhi va sallam, mashiat (iroda) haqida so‘radi.
 — Mashiat yolg‘iz Allohnikidir, — dedilar. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam.
— Sen shunday deyapsan, ammo agar men turishni xohlasamgina turaman, — dedi yahudiy.
— Sen o‘rningdan turasan, biroq Uning iroda va xohishi bilan turasan.
— Xohlasam, o‘tiraman ham.
— Alloh xohlagan bo‘ladiki, o‘tirasan, — dedilar.
— Men istasam, shu xurmo daraxtini kesaman.
— Alloh xohlagan bo‘lsa, kesasan.
— Xohlamasam, kesmayman, — dedi yahudiy.
— Alloh kesmasligingni xohlagan bo‘ladiki, kesmaysan.
Shu asno Jabroil, alayhissalom, tushib Janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam:
— Siz ham Ibrohim, alayhissalom, kabi raqibingizni Allohning yordami bilan mot qildingiz, — dedilar. Shunda: "œSizning biron-bir xurmo daraxtini kesishingiz yoxud uni kesmay o‘z poyasida qoldirishingiz, Allohning izni-irodasi bilandir. Alloh yo‘ldan adashgan (fosiq-itoatsiz) kimsalarni ana shunday uyaltirib, rasvo etar" (Hijr, 5) mazmunli oyati karima nozil bo‘ldi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Iyul 2006, 06:34:22

Eng shiddatli oyat

Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O‘zingcha qanday "œtadqiqot" o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.
"œKim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi" oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: "œKim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar — ko‘rar" (Niso, 110) mazmunli  oyati karimani nozil qildi, — dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Iyul 2006, 08:45:44

Sizni yaxshi ko‘raman...

Abdulloh ibn Sarjasdan, roziyallohu anhu:
«Janobi Payg‘ambarimizga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: "œSizni yaxshi ko‘raman", deyishing savobdir».

Qayd etilgan


Laylo  21 Iyul 2006, 08:45:59

***

Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.

Qayd etilgan


Laylo  21 Iyul 2006, 08:46:19

Uch harakat tarixi

Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, siz: "œLaa ya’kuluhu alla’l-xootuun" (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: "œqonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi") qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
 Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. "œLaa ya’kuluhu alla’lxootuun" emas "œilla’l-xootiuun". (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi"),  deb to‘g‘ri o‘qigin, —dedilar.
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday  narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o‘tra, asra usulini qo‘llay boshladi".

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2006, 12:07:01

Bunda bir hikmat bor.

Hikmatdan voqif emasdir kishi,
Bo'lmadi bu ish kishining chun ishi.
Alisher Navoiy.

Qadim zamonda bir podshohning donishmand va taqvodor vaziri bo'lgan ekan. U qanday hodisa - voqeaga munosabat bildirsa,albatta:"Bunda bir hikmat bor", degan gapni takrorlab qo'yar ekan.Alhol, bir kuni behosdan podshoh qo'lini kesib olibdi. Va buni ko'rgan vazir odatga ko'ra o'z gapini takrorlabdi. Podshohning joni og'rib, achchig'i chiqib turgan edi. Vazirning bu gapi e'tiborsizlikdek tuyuldi, g'azablanib tepa sochi tikka bo'lib o'sha zahotiyoq uni zindonband qilibdi. O'zi esa qat'iy rejasiga ko'ra shikorga chiqib ketdi. Ov nihoyatda qizg'in kechardi.Bir ohuning ketidan tushgan podshoh ayonlaridan ayrilib qaroqchilar qarorgohiga yaqinlab qolagnini sezmadi.Buni qarangki, qaroqchiboshi aynan o'sha kuni biror joyi lat yemagan, soppa sog' bir kimsani "qurbonlik"uchun tutib kelishni mulozimlariga buyurgan edi. Ov bilan andarmon bo'lib yurgan podshoh kutilmaganda hibsga olinib, boshchi qoshiga keltirilibdi. Qarasa,o'lja "yarador".O'z talabini bajarmagan mulozimlariga tanbeh berib shu zahoti "o'ljani shu zahoti ozod qildi. Podshoh bu mo'jiza oldida lol qolib, omon qolganiga shukronalar aytib, saroyga qaytdi. Darhol zindondagi vazirini huzuriga chorladi. So'ng qo'lini ko'rsatib dedi:"Yaralangan bu qo'lning hikmatiga guvoh bo'ldim. Ammo sening zindonda yotishingni ne hikmati bor?"
Oqil vazir vazmin bir qiyofaa:"Agar meni zindonband qilmaganingizda, siz bilan ovga borar va qaroqchilarga asir ham tushar edim. Tabiiyki, mendek sog'lom bir odamni odamni ular qatl qilardilar",deya javob qaytardi. Hodisotlar hikmatini anglagan podshoh oqil vaziridan mamnun bo'ldi. Allohga shukrona aytib unga sarpo kiygazdi.

Qayd etilgan


Laylo  25 Iyul 2006, 05:25:07

Til o‘rgangin

Zayd ibn Sobitdan, roziyallohu anhu:
"œJanobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, menga:
— Sen suryoniy tilini yaxshi bilasanmi? Chunki menga ushbu tilda yozilgan xatlar keladi, — dedilar.
— Yo‘q, — dedim men.
— O‘rgangin, — deya marhamat qildilar. Shundan so‘ng men suryoniy  tilini o‘rganishga kirishdim va o‘n yetti kun ichida o‘rganib oldim".

Qayd etilgan


Laylo  25 Iyul 2006, 05:26:00

Yomonlikka yaxshilik

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tuHilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba qilsam bo‘ladimi?  — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim — Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir "œUlar Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir" (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».

Qayd etilgan