Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210753 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 35 B


Laylo  21 Avgust 2006, 07:52:27

Imkon va istig’for

— Halok  bo‘lmaslik uchun qo‘lida imkoni bo‘laturib, halok bo‘lgan kishiga hayronman, — dedilar Hazrati Ali, roziyallohu anhu.
So‘rashdi:
— U qanday imkon?
— IstiHfordir. — deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2006, 21:07:13

ASSALOMU ALAYKUM!
LAYLO SIZDAN OLLOH TAOLO ROZI BO'LSIN!!!

Qayd etilgan


Laylo  22 Avgust 2006, 23:56:48

Tahlika nima?

Bir odam Baro’ ibn Molikdan so‘radi:
— Ey Abu Amora! Alloh taolo Qur’oni karimda: "œO‘z qo‘llaringiz ila (baxillik qilish) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz" (Baqara, 1—3, mazmuni), dedilar. Bu tahlika kishining dushman bilan to‘qnashib, shahid bo‘lgunicha jang qilishimi?
— Yo‘q, bu tahlika emas. Tahlika  kishining bir gunoh ish qilgach: "œEndi Alloh meni kechirmaydi", deb noumid bo‘lmog’idir", —dedi Baro’ ibn Molik, roziyallohu anhu.

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:24:23

Qaytar dunyo

Ko’pni ko’rgan bir nuroniy otahon hikoya qilib bergan edi:
"œBog’ hovlimiz Bo’rijar atrofida edi. Yon-atrof notekis, past-baland bo’lib, qo’shni bog’ biznikidan ancha baland, o’rtadagi devor o’rniga shox-shabba tashlab qo’yilgan edi. O’n olti yoshlarda bo’lsam kerak, bog’da bir o’zim mayday-chuyda ishlar bilan andarmon edim. Baqiriq ovoz kelganday bo’ldi. O’rnimdan turib atrofga razm soldim. Yana haligi ovoz tepa bog’ tarafidan aniq keldi. Yaqinroq borib quloq soldim: "œVoy musulmonlar, bu oqpadar meni o’ldirib qo’yadi", degan ovoz eshitildi. Shoxlarning ustidan sakrab qo’shni boqqa tushib, narigi tarafiga yugurib bordim. Qo’shnimizning 23-24 yoshlardagi o’g’li qari otasini ikki yoqasidan ushlab, qari tutga tirab, beayov urardi. Men o’g’lining qo’liga yopishdim.
-Ey aka, nima qilyapsiz?
U bir qo’li bilan meni turtib, ikkinchi qo’li bilan otasini sudiragancha, ora-sira tepa boshladi. U baquvvat edi, har qanaqasiga harakat qilsam-da kuchim yetmasdi.
- Qoch bizning ishimizga aralashma men bu yaramasni o’ldiraman, - deb o’kirardi oqpadar.
Bor kuchimni yig’dim-da, uning ikkala oyog’ini mahkam quchoqlab yiqitib oldim. Dimog’imga gupillab aroqning achimsiq hidi urildi. Orada aft-basharamga bir-ikki musht tushdi. Qariya fursatdan foydalanib qo’ldan chiqdi-da surgala-surgala qarg’aganicha qochib qoldi. Men ham turib, bog’imiz tomon juftakni rosladim. Allamahalgacha qoshnikidan baqiriq-chaqiriq, mening nomimga haqoratlar eshitilib turdi. Keyin u meni ko’cha-kuyda yolg’iz ko’rsa "œadabingni berib qo’yaman" deb tishini g’ijillatib do’q qiladigan bo’lib qoldi. Men ahamiyat bermaslikka harakat qilardim.
Oradan yillar o’tdi,ancha suvlar oqib ketdi. Bog’ hovlimizda ukam, men esa shahar hovlimizda turar edim. Lekin ora-sira, ayniqsa dam olish kunlari bog’ ishlariga qarashib, hordiq chiqarib qaytardim.
Kunlardan bir kun xomtok qilayotsam, qo’shni bog’dan qachonlardagidek dod-voy eshitilib qoldi. Tokqaychini qo’ydimu, shaxdam qadam bilan ovoz kelgan tomonga yurdim. Devor ustidan o’tib olishim biroz qiyin bo’ldi. Tavba, xuddi bir kinofilmni takroran ko’rayotgandek edim. Otasini bolasi o’sha qari tutga suyab urardi, beayov tepardi. Faqat kaltaklanayotgan men bir vaqtlar ko’rgan o’sha oqpadar edi. U meni ko’rdi-yu:
-Meni bu oqpadarning dastidan qutqar, bo’lmasa o’ldirib qo’yadi, - deb rahmatlik otasi kabi yolvora boshladi.
Qattiq hayratga tushgan edim. Ularga yaqinroq keldim-da:
-Xuddi shu yerning o’zida otang otasini rosa tepkilagan edi. Qani, o’g’il bola, navbating kepti, sen ham tep-chi, och biqiniga tep, - dedim.
-Voy-dod, nima deyapsan, o’ldirib qo’yadi-ku, insofing bormi o’zi, dod, - deb baqirdi.
-Kallasiga musht tushir, shunday qilgan edi otang otasini, - dedim qo’lim bilan ko’rsatib"¦
Kinoyali so’zlarimga tushundimi yoki charchoqdanmi, oqpadar o’g’il, oqpadar otasini urishdan to’xtadi.
Kaltakdan horigan otaning ko’zlariga qaradim. "œQaytar dunyo, qaytar dunyo", deb ho’ng-ho’ng yig’lar edi."

Omonulloh Mutal (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:25:33

Ikki niyat
(Murod akaning aytganlari)


Ikkita niyatim bor edi. Biri — masjid qurish, biri — hajga boorish"¦O’shanda aeroportda ishlar edim. Yurtimizdan hajga Moskva orqali ketilardi.
1990 yili bor-yo’g’I ikki kishiga o’rin ajratildi. Shuning bittasini qo’lga kiritdim. Ketishga sanoqli kunlar qolganida bu ishga ma’sul bo’lgan kishining yoniga chaqirishdi. Borsam, uning oldida munkillab qolgan keksa kishi xomush o’tiribdi. Nima gap desam, ho’ng-ho’ng yig’lab berdi.
U kishi hajga borishni yoshligidan orzu qilib, niyatiga yetolmay yurgan ekan. Haj ziyoratiga har yili urinar, biroq nasib qilmas ekan. Bor-budini sotib, bu yil boraman deb astoydil otlanibdi.
- Manda shuni oling-da, menga o’rinni bering, - dedi u kishi qo’limga bir o’ram pulni tutqazib.
- Amaki, men ham sizday niyat qilib yuribman, - dedim o’zimni zo’rg’a bosib, - pulingiz o’zingizga buyursin. Bu yil bo’lmasa yanagi yil borarsiz.
- Yoq, yanagi yilgacha yashashga ko’zim yetmaydi.
Qariyaning holiga qarab, rozilik berganimni o’zim ham bilmay qoldim. Amaki hursand bo’lganidan meni quchoqlay ketdi. Tashqariga chiqib ichimdan zil ketdim. Endi qo’lga kiritgan eding, shuni ham chiqarib yubording-a, deb shayton g’ul-g’ula soldi. Allohga shukr, so’zimda turdim.
Oradan bir yil o’tib, yurtimiz mustaqil bo’ldi. Shu tufayli hajga boruvchilar qatoriga men ham yozildim. Eng asosiysi, hukumatimiz tomonidan shu yil haj ziyorati tekin bo’ldi.
Haj safaridan eson-omon qaytib keldim. Alloh duoimni qabul qildi. Haj pullarimni ham masjid uchun yig’ilganlariga qo’shib qurilishni boshladim. Yetmay qolganiga, qo’ni-qo’shni, qarindoshlar yordam berishdi. Ikki yilda masjid qurildi. Astoydil so’rasang, bir necha barobar qilib berar ekan.

Rustam Zoir (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:26:37

Dilozor

Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay,biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
-Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? — dedim.
-Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
-Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar "œhujum" ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
-Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. — Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
-Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bus afar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi "œprobka" da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
-Mendan oldingi ketgan taksi "œKamaz" ga urilib ketibdi!
Men "œyalt" etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
-Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? — dedi kimdur achinib.
-Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.

M.Hamroyev. (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:29:54

Go’rkov "œhaqi"
(Hamqishlog’imning aytganlari)


Yarim kechasi yetmish yashar qariya jon taslim qildi. Qo’shnim meni birga go’r kavlashga borishga taklif qildi: "œOz-moz haq ham berishadi, qolaversa, savob tomoni ham bor". Qishloqda go’r kavlagani asosan 3-4 kishi boradi. Hayotimda ilk bor bu ishga rozilik berdim. Bahor oylari emasmi, kechalari salqin. Buning ustiga ayni go’rni kavlay boshlaganimizda yomg’ir ham quyib berdi. Yomg’ir yog’ib turganida ishlash tugul yurishni tasavvur qilib ko’ring. Xullas, ishimiz unamayotgan bir mahalda marhum cholning farzandlaridan biri kelib qoldi. Ahvolimizga qarab, qo’ynidan bir shisha aroqni chiqarib, go’rkovga uzatdi: "œIchlaringiz qizishadi, dadillashasizlar", deya gazagi bilan tashlab ketdi. Haqiqatdan ham "œyurishdi". Lahadni belgilangan vaqtga tayyorlab ulgurdik. Qorong’u tun qo’ynida go’r kavlshdan ham ko’proq go’rkov "œhaqi" dan dahshatga tushdim"¦

Sherali Muhammadrahim o’g’li (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)


Qayd etilgan


Laylo  26 Avgust 2006, 23:15:34

ASSALOMU ALAYKUM!
LAYLO SIZDAN OLLOH TAOLO ROZI BO'LSIN!!!


Va alaykum assalom!
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin!
Mana shunday ibratli hikoyatlardan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Laylo  28 Avgust 2006, 12:15:24

Mushrikdan olingan mukofot

Ibn Abu Hotamdan: "œJuda yaqin yerda Rum mag’lub bo‘ldi.  (Lekin) ular (ya’ni, rumliklar) bu mag’lubiyatlaridan so‘ng, bir necha yil ichida albatta G'alaba qilurlar, Avvalu oxir, barcha ish Allohning (izmida) dir. O‘sha kunda Alloh madad bergani sababli, mo‘minlar shodlanurlar. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir" (Rum, 2—5) mazmunidagi oyatlar nozil bo‘lganida, mushriklar Abu Bakrga, roziyallohu anhu:
— Eshityapsanmi, bu birodaring nimalar deyapti? Rumliklar eronliklarni yengar emish-a, — deyishdi.
— To‘g‘ri aytyapti, — dedilar Abu Bakr, roziyallohu anhu.
— Biz bilan bu borada bahslashasanmi? — so‘rashdi mushriklar.
— Ha, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu. Bu Halaba falon paytda bo‘ladi, — deya ma’lum bir muddatni  aytdilar.
Bu haqda eshitgan Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Abu Bakrdan:
— Nega bunday qilding?— deya so‘radilar.
— Men Alloh va uning Payg‘ambari bergan xabarga aniq ishonganim uchun ular bilan bahs boylashdim, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qo‘lingdan kelsa, borib ular bilan bu borada kattaroq mukofot qo‘yib qayta garov bog‘la va muddatni yana  biroz cho‘zdir, — dedilar.
 Abu Bakr ularning yoniga borib:
— Yana bir marta bahslashamizmi? — dedi.
Ular bu taklifni qabul qilishdi. Aytilgan muddat to‘lmay,  rumliklar  eronliklarni yengib, otlarini Madoin shahriga bog‘ladilar va Eronda Rumiya nomli bir shahar bunyod qildilar. Abu Bakr, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga kelib:
— Yo Rasulalloh! Mushriklardan olgan mukofotim mashru bo‘lmagan bir daromad-ku. Endi uni nima qilay? — deb so‘radi.
— Kambag'allarga ulash, — deya marhamat qildilar Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam.

Qayd etilgan


Laylo  28 Avgust 2006, 12:15:38

Naqd savob

Omir ibn Sa’d ibn Abi Vaqqosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"œBir kuni Abdulloh ibn Umarning uyida edim. Ittifoqo, Habbob kirib keldi va:
— Ey Abdulloh, Abu Hurayrani ko‘rmaysanmi? Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "œMarhumning uyidan chiqib (janoza) namozini o‘qigach, dafn etilguniga qadar birga bo‘lgan kishi har biri Uhud tog'icha keladigan ikki ajr oladi va janoza namozini o‘qiganidan so‘ng qaytgan kishi ham Uhud tog'idek ajrga ega bo‘ladi", deya marhamat qilganlarini gapiryapti, — dedi.
Ibn Umar unga:
— Borib Oyishadan so‘ra-chi, Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, haqiqatan ham shunday deb aytganmikanlar? — dedi.
Habbob ketgach, Ibn Umar yerdan toshchalarni olib qo‘lida aylantirib turdi. Habbob qaytib:
— Ha, Abu Hurayra to‘g‘ri gapirgan ekan, — degach, qo‘lidagi toshchalarni otib:
— Vallohi, biz tog'day-tog'day ajr xirmonlaridan quruq qolibmiz, — dedi.

Qayd etilgan