Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210768 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 35 B


Munira xonim  28 Avgust 2006, 15:31:53

Assalamu alaykum,Laylo!
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bunday ibratli va go'zal hikoyatlaringiz
birodarlarimizga juda ko'p foyda beradi,Inshaalloh.

Qayd etilgan


Laylo  30 Avgust 2006, 06:58:13

Shahidlar havas qilgan martaba

Abu Dardodan, roziyallohu anhu:
«Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
—Alloh subhanahu va taolo qiyomat kuni bir necha kishilarni yuzlari nurli va olmosdan yasalgan minbarlar ustida turgan holatda qabrlaridan turHizadi. Hamma  ularga havas bilan qaraydi. Holbuki, ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas.
Shunda bir badaviy arab tiz cho‘kib:
— Yo Rasulalloh, ularni bizga ta’riflang, tanib olaylik, — dedi.
— Bular turli qabilalardan va har xil  uzoq joylardan bo‘lganlari holda bir yerda to‘planishib, Allohni zikr qilganlardir, — deya marhamat etdilar Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam».

Qayd etilgan


Laylo  30 Avgust 2006, 06:58:48

Assalamu alaykum,Laylo!
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bunday ibratli va go'zal hikoyatlaringiz
birodarlarimizga juda ko'p foyda beradi,Inshaalloh.

Va alaykum assalam!
Tashakkur, Nargiza opa!
Sizdan ham shunaqa ibratli hikoyalar kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:04:20

Abu Ayyubning mehmonlari

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu: "œBir kuni Abu Bakr kunning eng issiq paytida uyidan chiqib masjidga keldi. Buni eshitgan Umar ham masjidga keldi va Abu Bakrdan:
— Bu issiqda uydan chiqishing boisi nedir? — deb so‘radi.
— Vallohi, dahshatli ochlikdan boshqa sababi yo‘q, — dedi Abu Bakr.
Shu payt Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, keldilar va ulardan:
— Bu soatda tashqarida nima ishingiz bor? — deya so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, bizni bu paytda  uydan chiqargan faqat ochlikdir, — dedilar.
Nabiy, sollallohu alayhi va sallam:
 — Hayotim izmida bo‘lgan Allohga qasamki, mening ham  uydan chiqishimning sababi shundan boshqa narsa emas. Yuringlar, Abu Ayyub Ansoriyning uyiga boraylik, — dedilar.
Abu Ayyub Ansoriy, roziyallohu anhu, har kuni Janobi Payg‘ambarimiznikiga  biror yegulik yoxud sut olib kelardi. O‘sha kuni kech qolgan, biror narsa keltirmay, xurmozorlarida ishlash uchun uyidan chiqqan edi. Payg‘ambarimiz do‘stlari bilan uning eshigi oldiga kelganlarida, ayoli quvonib:
— Allohning Payg‘ambari va u zotning sheriklari, xush kelibsiz, — dedi.
Payg‘ambarimiz:
— Abu Ayyub qaerda?  — deb so‘raganlaridanoq, Abu Ayyub Sarvari olamning ovozlarini eshitib, yugurib keldi va:
— Allohning Payg‘ambari va Ul zot bilan birga kelganlar, marhabo! Yo Rasulalloh, siz bunday paytda hech aylanmas edingiz? — dedi.
— To‘g‘ri aytasan, — deya marhamat qildilar Sarvari olam.
Abu Ayyub bog‘iga qaytib kirdi va qurigan, ho‘l va yetilgan uch xil xurmodan keltirdi.
— Yo Rasulalloh, yeysizlar deya har uch xilidan terib keldim. Endi bir mol ham so‘yaman.
Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, aytdilar:
— So‘ymoqchi bo‘lsang, soHiladiganlaridan so‘yma.
Abu Ayyub bir uloq so‘ydi va xotiniga:
— Bizga tez ovqat tayyorlagin, — dedi.
Uloqning yarmini pishirib, yarmidan kabob qildi. Ovqat mehmonlarning oldiga qo‘yilgach, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir parcha go‘shtni bir nonning ustiga qo‘yib, Abu Ayyubga:
— Buni Fotimaga olib bor. Zero, necha kundan beri ular ham bunday bir taom yeyishmagan, — dedilar.
Abu Ayyub taomni Fotima onamizga olib bordi. O‘rtoqlari bilan ovqatni yeb to‘ygach, Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, ko‘zlari yoshlanib:
— Non, go‘sht va xilma-xil xurmolar... Allohga qasamki, bular qiyomat kuni hisobi beriladigan ne’matlardir, — dedilar. So‘ngra bu so‘zlaridan ashobning andishalanganini ko‘rgach:
— Biroq bunday ne’matlarni yeyishdan oldin: "œBismilloh", deng va to‘ygach: "œBizni to‘ydirgan va biz loyiq bo‘lmagan ne’matlarni bizga ehson etgan Allohga hamd bo‘lsin", deb ayting. Zero, bu ne’matning shukronasi bo‘ladi, — deya marhamat qildilar.
Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, bir odatlari bor edi. Birovdan ko‘rgan yaxshilikni sira javobsiz qoldirmas edilar. Abu Ayyubnnig uyidan chiqarkan, unga:
— Ertaga biznikiga bor, — dedilar.
Biroq Abu Ayyub  bu so‘zni eshitmagani uchun Umar, roziyallohu anhu, unga:
— Janobimiz ertaga uylariga borishingni buyurmoqdalar, — dedi.
Ertasi kuni Abu Ayyubga Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bir joriyani hadya qildilar va joriyaga yaxshi munosabatda bo‘lishini tavsiya etib:
— Biz bu joriyadan faqatgina yaxshilik ko‘rdik, — deya marhamat qildilar.
Abu Ayyub: "œJanobi Payg‘ambarimizning tavsiyalariga faqat bu joriyani ozod etib amal qila olaman", dedi va uni ozod qilib yubordi».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:53:19

Rasululloh o‘rgatgan duo

Abu Umomadan, roziyallohu anhu:
"œXolid ibn Valid Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, kechalari dahshatli tushlar ko‘rayotgani, bu hol uni namozdan chalHitayotganini kuyinib so‘zladi. Shunda Alloh rasuli unga:
Ey Xolid! Bir duo borki, uni uch marta o‘qib tugatmasingdanoq Alloh taolo seni bu holdan qutqaradi, —dedilar.
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh! O‘sha duoni menga o‘rgating, — dedi Xolid ibn Valid.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o‘qidilar:
"œAllohning azobidan, jazosidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning buHzu adovatidan (gij-gijlashidan) va yonimda bo‘lishlaridan Allohning kalimalari panohiga qochaman".
Oyisha, roziyallohu anho, deydilar: Oradan bir necha kun o‘tgach, Xolid ibn Valid yana kelib:
— Yo Rasulalloh! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Sizni haq payg‘ambar etib yuborgan Allohga qasamki, siz menga o‘tgatgan duoni uch bora (uch kecha) o‘qimasimdan Alloh taolo avvalgi mushkul holdan meni xalos ayladi. Bundan buyon kechalari arslonning iniga kirsam-da, parvoyimga kelmas, — dedi".
Amr ibn Shuayb ham bobosidan rivoyat qilib, "œBirortalaringiz uyquda qo‘rqsangiz, ushbu duoni o‘qisin", deb aytganlar. Abdulloh ibn Os, roziyallohu anhu, esa har doim bolalariga bu duoni o‘rgatar edilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:43:50

Odamxo‘r daryo

Qays ibn Hajjojdan, roziyallohu anhu:
«Misr  musulmonlar tomonidan ishHol qilinganida Misr  xalqi  Amr ibn Osning oldiga keldilar. Amr ibn Os o‘shanda Misr voliyi bo‘lib, yaqinda egallangan Bu’na  shahrida turar edi. Unga:
— Ey amir, bizning Nil daryosi bilan bog‘liq bir odatimiz bor. O‘sha odat amalga  oshirilmasa, daryo suvi toshmaydi. Hozirgi oydan o‘n ikki kecha-kunduz o‘tgach, bir bokira qizni ota-onasidan sotib olamiz va qizga chiroyli liboslar kiydirib, javohirlar taqib, uni Nilga otamiz. Shundan keyingina Nilning suvi toshadi.  Bu vodiy tuproqlaridan yaxshi hosil olinishi uchun Nil toshishi kerak, — deyishdi.
Amr ibn Os:
— Islomiyatda bunday qilish mumkin emas. Islom dini oldin  mavjud bo‘lgan barcha yomon va Hayriinsoniy urf-odatlarni bekor qilgan, — dedi.
Amr ibn Os huzuriga kelgan hay’at u yerdan ketmay, Bu’nada qoldi. Nil esa toshish vaqti bo‘lganiga qaramay, hech toshmas edi. Katta qurHoqchilik boshlanay deb qoldi. Shunda Amr ibn Os vaziyatni Hazrati Umarga yozishga majbur bo‘ldi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "œSen to‘g‘ri yo‘l tutibsan, islomiyatda bunday narsa (botil ishonch)larga  yo‘l yo‘q. Senga yuborilayotgan bu xat orasida bir parcha qoHoz bor. Uni Nilga otgin", deb javob yozdi.

***

Bu hikoya to‘la holda "œTayyidati Hoybiyya va daryolarning bo‘ysundirilishi" bahsida keladiki, uning oxiri quyidagicha:
"œAmr ibn Os qoHoz parchasini daryoga otdi. Ertasiga shanba kuni edi. Ertalab turganlarida Nilning suvi o‘n olti ziro’ (uzunlik o‘lchovi) ko‘tarilganini ko‘rdilar va o‘sha kundan boshlab, bu yomon odat Misr xalqi orasida bekor bo‘ldi".

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:22:32

Hazrati Umar o‘pgan bosh

Abu Rofe’dan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, rimliklar ustiga bir qo‘shin yubordi. Qo‘shinda ashoblardan Abdulloh ibn Huzofa ismli bir zot ham bor edi. Rimliklar uni asir olib, qirollari yoniga olib bordilar va:
— Bu odam Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, sahobalaridan ekan, — dedilar. Qirol Abdullohga:
— Hozir seni o‘zimga sherik qilib olsam, nasroniy bo‘lasanmi? — dedi.
— Meni o‘zingga sherik qilishgina emas, butun hukmdorlik va saltanatingni menga o‘tkazsang va bunga qo‘shimcha tarzda arablarga qarashli barcha yerlarni menga bersang ham, Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, dinidan aslo voz kechmayman, — dedi Abdulloh.
— Unday bo‘lsa, seni o‘ldiraman.
— O‘zing bilasan.
Bu savol-javobdan so‘ng qirol uni chor  mixga osib, otishni buyurdi. Biroq otuvchilarga:
— O‘q otayotib, tekkizmang va har safar otishdan oldin unga nasroniylikni taklif qiling, — deya tayinladi.
Kamonchilar shunday qilishdi. Ammo Abdulloh nasroniylikni qabul qilmadi. Nihoyat qirolning amri bilan uni tushirdilar. So‘ng bir ulkan qozonga suv quyib, qaynatdilar.
Boshqa bir musulmon asirni keltirishib:
— Xristian bo‘lmasang, seni shu qaynoq suvga otamiz, — deyishda va qabul qilmagach, qaynoq qozonga tashlab yuborishdi.
Qirol endi qaynoq suvga Abdullohni tashlashni buyurdi. Buyruqni bajarishga kirishar ekan, Abdulloh yig‘ladi. Shunda ahvolni qirolga ma’lum qildilar. Qirol umidlanib:
— Uni huzurimga keltiring, — dedi.
Olib kelishdi. Qirol yana nasroniylikni taklif qildi.  Abdulloh yana rozi bo‘lmadi.
— Unda nega yig‘lading? — so‘radi qirol.
— Men o‘z-o‘zimga dedimki, hozir seni qaynoq suvga tashlaydilar va besh daqiqa ichida o‘lib ketasan... Holbuki, men vujudimdagi tuklar qadar ko‘p jonim bo‘lsa, har kuni ulardan bittasini Alloh yo‘lida fido etishni orzu qilaman.
Shunda qirol:
— Hozir seni qo‘yib yuborsam, mening boshimni o‘pasanmi? — deb so‘radi.
— Bir o‘zimni emas, sheriklarimni ham qo‘yib yuborsang, boshingni o‘paman, — dedi Abdulloh.
Abdulloh ibn Huzofa, roziyallohu anhu, deydilar: "œIchimda bu odam Allohga qanchalar dushman bo‘lsa-da, o‘zimni va o‘rtoqlarimni qutqarish uchun boshini o‘pishimning nima zarari bor?" dedim va borib boshini o‘pdim. U ham asirlarni qo‘yib yubordi".
Abdulloh asirlar bilan Madinaga kelganida Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "œAbdulloh ibn Huzofaning boshini o‘pish har bir musulmonga fazilatdir. Bu vazifani eng avvalo men ado etmoHim kerak", dedilar va turib Abdullohning boshini o‘pdilar».

Qayd etilgan


Laylo  04 Sentyabr 2006, 18:07:44

Payg‘ambarni yig‘latgan oyat

Abdullohdan, roziyalllohu anhu:
Janobi Payg‘ambarimiz:
— Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim.
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot.
Shundan so‘ng "œNiso" surasini o‘qiy boshladim va:
"œHar bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!" oyatiga yetganimda:
— Bas, yetar, — dedilar.
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar.

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:39:13

Ilohiy hikmat

Abdulloh ibn Mug’affaldan, roziyallohu anhu:
Bir ayol johiliyat davrida yomon yo‘lda edi. Bir odam uning yonidan o‘tarkan, shilqimlik qildi. Ayol:
— Meni o‘z holimga qo‘y. Alloh subhanahu va taolo barcha iflosliklar bilan birga butparastlikni  ham bekor qilib, Islom dinini nozil etdi, — dedi u.
Bu gapdan so‘ng haligi odam ayoldan uzoq ketsa hamki, ko‘zlarini undan uzmay borar edi. Nihoyat, yuzi bilan bir devorga urildi. So‘ng voqeani borib Payg‘ambarimizga, sollalllohu alayhi va sallam, aytdi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam unga:
— Sen Alloh taolo yaxshilik istagan banda ekansan. Zero, Alloh taolo bir quliga yaxshilik iroda qilsa, sodir etgan gunohi uchun darhol uni jazolaydi va biror bandasiga yomonlik istasa, unga qiyomat kuni jazo berish maqsadida, gunohlarida davom etish imkonini beradi, — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2006, 22:48:45

Hikoyat

Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan. Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shunda Abdumalik: «Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun bashorat bordir», dedi».

Mazkur hikoyatda zikr qilingan aybu nuqsonlarga yo‘l qo‘yayotganlar darhol tavba qilishlari va itoatga o‘tishlari lozim. Alloh bizlarni ham, sizlarni ham itoatkor bandalaridan qilib, fosiqona ishlardan chetlashtirsin. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.

Qayd etilgan