Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210800 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 35 B


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:44:25

Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik, «Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim. Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop-qora bo‘lib ketgan edi. So‘zida davom etib aytdi: «Uni qaytadan ko‘mib, qaytib keldim. Uning bu holiga qanday qilib yig‘lamaslik va xafa bo‘lmaslik mumkin?!» «Akangiz tirikligida nima amal qilar edi?» so‘radik biz. «Mol-mulkining zakotini bermas edi», dedi. «Bu Alloh taoloning:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Oli imron surasi, 180) degan kalomining tasdig‘idir. Azob akangizga qiyomat kunigacha qabrida beriladigan bo‘libdi-da», dedik».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:44:45

Alaviylardan biri Balxda istiqomat qilar edi. Uning xotini ham alaviy bo‘lib, qizlari bilan rohat-farog‘atda yashar edi. Kunlardan bir kuni u vafot etdi va xotini-yu qizlari qiyinchilik, faqirlikka mubtalo bo‘lishdi. Dushmanlarning ichiqoraligidan qo‘rqib, ayol qizlarini olib, boshqa shaharga ravona bo‘ldi. Uning safari qattiq sovuqqa to‘g‘ri keldi. Shaharga kirgach, qizlarini eski, kishilardan xoli masjidlardan biriga joylashtirib, ularga yegulik istab yo‘lga tushdi va ikkita jamoat oldidan o‘tdi. Biri musulmon kishi jamoati bo‘lib, u shahar oqsoqoli edi. Ikkinchisi majusiy kishi bo‘lib, u shahar noziri edi. Ayol dastlab musulmon kishiga o‘z holini bayon qilib: «Men alaviy ayolman. Yetim qizlarim bor. Ularni eski masjidlardan biriga joylashtirib, shu kechaga yegulik istab keluvdim», dedi. U kishi: «Oliyjanob alaviy ekaningga hujjat keltir», dedi. Ayol: «Men g‘arib ayolman, bu shaharda hech kim meni tanimaydi», degan edi, haligi kishi undan yuz o‘girdi. Uning huzuridan ayol qalbi o‘ksib uzoqlashdi va majusiy kishi huzuriga borib holini bayon qildi. Yetim qizlari borligini, o‘zi oliynasab, g‘arib ayolligini va musulmon kishi bilan o‘rtalarida kechgan suhbatni so‘zlab berdi. Majusiy borib, ayol bilan qizlarini hovlisiga olib kelishga xotinini jo‘natdi. Kelishgach, ularga mazali taomlar va yaxshi-yaxshi liboslar tortiq qildi. Ayol va qizlari majusiy xonadonida mo‘l-ko‘lchilik va ehtirom ichra tunab qoldilar.

Tun yarim bo‘lgach, haligi musulmon kishi tushida qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tepalariga alvon qadalgan edi. Shunda yashil zumraddan bino qilingan, ayvonlari la’l va yoqutdan ishlangan, la’l va marjon qubbali qasrga ko‘zi tushdi. «Yo Rasululloh, bu qasr kimga?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiga», deya javob berdilar. «Yo Rasululloh, men Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiman», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javoban: «Alaviy ayol senga murojaat qilganda, unga: «Alaviy ekaningga hujjat keltir», degan eding. Xuddi shunday, sen ham menga musulmon bo‘lganing haqida hujjat keltir», dedilar. Kishi beva ayolni noumid qaytarganidan mahzun bo‘lib uyg‘ondi va shaharni aylanib, uni surishtira boshladi. Ayol majusiynikida ekani ma’lum bo‘lgach, majusiyni chaqirtirib keldi-da, unga: «Sendan oliynasab alaviy ayol va qizlarini menikiga jo‘natishingni xohlayman», dedi. U: «Buning sira iloji yo‘q, chunki ularning barakotidan men ko‘p narsalarga erishdim», dedi. «Ularni menga topshir, evaziga ming dinor beraman», degan edi, «Topshirmayman», dedi. «Ularni menga bermasang bo‘lmaydi», degan edi, u: «Sen xohlayotgan narsaga men haqdorroqman. Tushingda ko‘rgan qasr men uchun yaratilgan. Meni Islomga da’vat qilasanmi? Allohga qasamki, men va xonadon ahlim — barchamiz kecha kechqurun alaviy ayol qo‘lida musulmon bo‘ldik. Uxlab, sen tushingda ko‘rgan narsani men ham ko‘rdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Alaviy ayol va qizlari senkidami?» deb so‘ragan edilar, «Ha, yo Rasululloh», dedim. «Qasr senga va xonadoning ahliga. Sen va xonadoning ahli jannat ahlidandirsiz. Alloh seni o‘zi azalda mo‘min qilib yaratgan edi», dedilar», dedi. Musulmon kishi uyiga qaytdi. U qanchalar afsus-nadomat chekkani va qayg‘uga botgani Allohga ayon.

Birodar, tul va yetimlarga qilingan yaxshilikning sharofati va barakotini ko‘rib qo‘ying. Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bejizga: «Beva va yetimga yaxshilik qilish yo‘lida harakat qiluvchi Alloh yo‘lida jihod qiluvchi kabidir», demaganlar (Muttafaqun alayh).

Mazkur hadis roviyi shunday deydi: «Tolmaydigan qoim (namoz o‘quvchi) va iftor qilmaydigan soim (ro‘zador) kabidir» ham dedilar, deb hisoblayman».

Beva va yetim yo‘lida harakat qiluvchi Alloh taolo roziligini istab, ularning og‘irini yengil qiladigan, tashvishlarini hal etadigan, ular foydasini ko‘zlab, yaxshilik qiladigan kishidir.

Alloh lutf va marhamati ila bizni shunday xayrli ishlarga muvaffaq aylasin. Albatta, U saxovatli, rahmli, mehribon va mag‘firatli zotdir.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:45:06

Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim, hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da, Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat ko‘rsatishga sarfladim».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytganlarki: «Uylarning yaxshisi unda yetim bo‘lib, unga yaxshilik qilinadigan uydir. Uylarning yomoni unda yetim bo‘lib, unga yomonlik qilinadigan uydir. Alloh taologa bandalarining eng suyuklisi yetim yoki bevaga yaxshilik qilgan kishidir».

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga: «Ey Dovud, yetimga mehribon otadek, bevaga shafqatli erdek bo‘l. Bilginki, nima eksang shuni o‘rasan», deb vahiy qilgan.

Ya’ni, boshqaga qanday munosabatda bo‘lsang, senga ham shunday munosabatda bo‘lishadi. Bir kun kelib sen ham vafot etasan va yetim farzanding yoki beva ayoling qoladi.

Dovud (a.s.) o‘z munojotlarida: «Ey Ilohim, roziligingni istab yetim va bevani qo‘llab-quvvatlagan kishining mukofoti nima?» deb so‘ragan edilar, «Mukofoti — soyamdan o‘zga soya yo‘q kunda soyamga olishimdir», deya javob berdi.

Ma’nosi, qiyomat kunida arshim soyasida bo‘ladi, deganidir.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:45:31

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko‘rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo‘q», deb jar solar edi. Kishi g‘ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo‘jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o‘ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko‘rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o‘ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo‘ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo‘p», dedi va eri uxlagach, quli o‘rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g‘ulom xo‘jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o‘ziga o‘ynash tutib, unga juda o‘rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo‘lmoqchi, bu kecha sizni so‘yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o‘zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so‘yish uchun qo‘lida biron narsa ko‘tarib kelayotganini ko‘rasiz», dedi. Xo‘jayini unga ishondi. Qorong‘u tushgach, o‘zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko‘tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo‘lib, engashgan kuyi qo‘lini erining tomog‘iga cho‘zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so‘yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o‘ldirdi va ikki urug‘ orasida qirg‘in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg‘onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro‘y berdi.

Shu bois Alloh taolo chaqimchini «fosiq» deb nomlagan:
«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!» (Hujurot surasi, 6). 

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:45:47

Hikoya qilishlaricha, bir solih kishining Alloh yo‘lida solih do‘sti bo‘lib, uni har yili bir marta ziyorat qilar edi. Bir kuni birodarini ziyorat qilish uchun kelib, eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» deb so‘radi. U: «Eringning Alloh yo‘lidagi birodariman. Uni ziyorat qilish uchun keldim», dedi. Shunda xotini: «O‘tin terishga ketgandi. Alloh uni sog‘ qaytarmasin, salomat qilmasin, undoq qilsin, bundoq qilsin», deya qarg‘ay ketdi. U kishi eshik oldida turgan vaqtda tog‘ tarafdan birodari sherga bir quchoq o‘tin ortib kelib qoldi. Birodari bilan salomlashib, xush kelibsiz deb, o‘tinni ichkariga kirgizdi-da, sherga: «Barakalloh, endi boraqol», dedi So‘ng birodarini ichkariga taklif qildi. Xotini hanuz qarg‘anar, tili bilan ozor berar, eri esa bir so‘z qaytarmay, sukut saqlar edi. Solih kishi birodari bilan bir oz tamaddi qilgan bo‘ldi. So‘ng uyiga qaytdi. U birodarining shunday bema’ni xotiniga sabr qilib yashayotganiga ajablangan edi.

Oradan bir yil o‘tgach, u kishi odatiga binoan, birodarini ziyorat qilish uchun kelib eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» dedi. U: «Eringizning Alloh yo‘lidagi birodari, falonchiman», degan edi, xotini: «Marhabo, xush kelibsiz. O‘tira turing, u kishi, inshaalloh, sog‘-salomat kelib qoladilar», dedi. Kishi xotinining shirinsuxan va odobliligidan ajablandi. Shu payt birodari o‘tin orqalab kelib qoldi. Kishi bundan ham hayratga tushdi. Birodari kelib u bilan salomlashib, ichkariga taklif qildi. Xotini ularga taom hozirladi va ularni shirinsuxanlik bilan taomga taklif qildi. Kishi ketishi oldidan birodariga: «Sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim», dedi. Birodari: «Nima?» degan edi, u kishi: «O‘tgan yili kelganimda xotiningiz beodob, ko‘p qarg‘anar edi, siz esa o‘tinni sherga ortib keldingiz. Vahshiy hayvon amringizga muntazir edi. Bu yil esa, xotiningiz shirinsuxan, qarg‘anmaydi. Biroq o‘tinni o‘zingiz orqalab keldingiz. Buning boisi nima?» deb so‘radi. Shunda birodari javoban: «Ey birodar, o‘sha bema’ni xotinim vafot etdi. Uning axloqsizligi va qiliqlariga sabr qilar edim. U bilan yashash behuzurlik bersa-da, chidaganim bois shekilli, Alloh taolo menga o‘sha sherni bo‘ysundirib qo‘ygan, u og‘irimni yengil qilar edi. Xotinim vafot etgach, mana shu soliha ayolga uylandim. Bu muborak, mute’ ayol bilan rohat-farog‘atda yashayapman. Shu bois, sher kelmay qo‘ydi va o‘zim o‘tinni orqalab kelishga majbur bo‘ldim», dedi.

Alloh taolodan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan narsalarga sabr-bardoshli etmog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:46:10

Bir kishi hikoya qiladi: «Qo‘li yelkasidan kesilgan bir kishini ko‘rdim. U: «Meni ko‘rgan har bir inson biron kishiga zulm qilmasin», deb nido qilardi. Unga yaqinlashib: «Ey birodar, nima bo‘ldi?» deb so‘radim. U: «Faroyib hodisa, — deb boshidan o‘tganini so‘zlab berdi. — Men zolimlarning yordamchilaridan edim. Bir kuni kattakon baliq tutgan baliqchini ko‘rib qoldim va uning oldiga kelib balig‘ini berishini so‘radim. U esa bu baliq puliga oilasiga u-bu narsa olib borishini aytib, bepulga bermasligini tushuntirdi. Men esa unga nisbatan kuch ishlatib, baliqni tortib oldim. Baliqni ko‘tarib uyga kelayotganimda, hali joni uzilmagan jonivor qo‘limni tishlab oldi. Uyimga kelib, baliqni tashlaganimdan so‘ng barmog‘im zirqirab og‘riy boshladi. Og‘riqning qattiqligidan uxlay olmadim. Qo‘lim shishib ketdi. Tong otgach, tabibga borib, og‘riqdan shikoyat qildim. U barmog‘imni ko‘rib: «Bu qorason (suyak chirishi) kasalining boshlanishi. Barmog‘ingni kesib tashlash kerak. Aks holda qo‘lingdan ayrilasan», dedi. Barmog‘imni kesib tashladim. So‘ngra qo‘lim og‘riy boshladi. Og‘riqning zo‘rligidan ko‘zimga uyqu kelmadi. «Kaftingni kesib tashla», deyishdi. Kaftimni ham kesib tashlashga majbur bo‘ldim. Keyin bu dard tirsakka o‘tdi, ko‘rib turibsizki, tirsakdan ham mahrum bo‘ldim. Butunlay qo‘limni kesib tashlaganlaridan so‘ng ba’zilar buning sababini so‘ray boshlashdi. Men baliq voqeasini hikoya qilib berganimdan so‘ng, ular: «Oldinroq borib, baliqchiga uzringni aytganingda, ehtimol biron-bir a’zoing kesilmasdi, haliyam kech emas, borib kechirim so‘ra, aks holda badaningga o‘tib ketmasin!» deb maslahat solishdi. Men baliqchini izlab topdim. Oyoqlariga yiqilib, yig‘lab o‘pa ketdim. «Sayyidim, Alloh haqqi, meni kechiring», deb yolvora boshladim. U: «Siz kimsiz?» deb so‘radi. «Men balig‘ingizni tortib olgan kishiman», deb bo‘lgan voqeani aytib berdim. Qo‘limni ko‘rib yig‘lab yubordi. «Ey birodar, boshingizga shunday balolar tushibdi. Mingdan ming roziman», dedi. «Sayyidim, Alloh haqqi ayting-chi, balig‘ingizni olib qo‘yganimda meni duoibad qilganmidingiz?» deb so‘ragan edim: «Ha, «Ey Allohim, bu bandang kuchliligi sababli menga rizq qilib bergan narsangni zo‘ravonlik qilib tortib oldi. Bas, menga shu bandang ustida O‘z qudratingni ko‘rsat», deb duoibad qilgan edim», dedi. «Sayyidim, mana Alloh mening ustimda O‘z qudratini ko‘rsatdi. Men endi zolimlarga xizmatchi bo‘lganimdan Alloh azza va jallaga tavba qildim. Inshaalloh, tirik ekanman, zolimlarning eshigiga qadam bosmayman va ularning yordamchilaridan bo‘lmayman. Tafviq Allohdandir», dedim».

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 09:48:09

Yer "yemagan" jasad.

Yunus Emro Islom olamining buyuk shoirlaridan biridir. U yozgan satrlar insonlarni haqiqtga, iymon - e'tiqodga chorlaydi, iymoniy tafakkurni shakllantiradi, Yaratganni hikmatidan ogoh etadi.Shuning uchun uning she'rlari hali - hanuz sevib o'qiladi. 1948 yili u zoti sharif dafn qilingan shahar bilan Anqarani bog'lovchi temir yolni kengaytirishga kirishildi. Yo'l kelib - kelib Yunus Emroning qabri ustidan o'tadigan bo'ldi. Loyihachilar eski qabr buzamiz deb reja qilishdi. Harakatlar boshlandi. Ammo bu ishning uddasidan chiqishning imkoni bo'lmadi. Qandaydir sirli holatlar yuzaga kelaverdi. Hatto, tekis qo'yilib kelayotgan relslar joyiga o'rnashmay qoldi. So'ngra Yunus Emroning qabrini shu yaqin oradagi tepalikka ko'chirishga qaror qilishdi va kunini tayin etishdi. Belgilangan kuni ertalab qabristonga kelishganida 30.000 ga yaqin odam qabr atrofini o'rab turardi. Mutasaddilar bu holdan batamom hayron qolishdi. Chunki qabrni ko'chirish butunlay sir tutilgan edi.Qabr juda ehtiyotkorlik bilan ochildi.O'sha yerda bo'lganlar Allohning yana bir mo'jizasini ko'rishdi.Tana ko'milganiga 700 yildan oshiq vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay, biror joyi chirimagan edi.Buyuk shoirning bir qo'liyuzini yopgan, ikkinchisi esa ko'kragi ustida edi, go'yo ohista uhlardi.Tan ehtiyotkorlik bilan qabrdan chiqarilib tobutga solindi. So'ng yuz qadamlar naridagi yangi qabrga olib ketildi...

" Turkiye gazeti taqvimi"dan olindi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:37:28

Yosin — mening hujjatim.
(sement sotuvchi yigitning aytganlari)

"œ"¦to’g’risini aytsam, men ilgari o’g’ri bir bola edim. O’rganib qolgan ekanman, ov ilinjida bosh tiqmagan teshigim qolmagan. Birovning hamyonini kovlash, do’kondan nimanidur so’ramasdan olish, qo’shning moliga ko’z olaytirish — bular men uchun mayda chuyda ishlar edi. Bu jahiliyat zamonlarimni hech eslagim kelmaydi. Ammo o’n yillar muqaddam najib bir ibrat sodir bo’ldikim, o’g’rilikni tashlattirib qalbimga imon cho’g’ini solgan u voqeani har doim eslab turaman.
Mirshab (milisa) xalqi o’g’rilarni yahshi taniydi. Ularda qandaydir ichki sezgi, ichki tuyg’u bo’ladi, shekilli. Tajribali mirshablar yurish-turishidan qo’l va ko’z harakatlaridan bolaning kimligini farqlab oladi.
Bir kuni mening yo’limni to’sgan mirshablar ham tajribalilardan edi.
-O'g'riga o'xshaydi, - dedi biri ikkinchisiga.
Ko'p to'qnash kelgan emasmanmi, o'zimni erkin, beparvo tutaman. Biron narsani isbotlashga urinish befoyda baribir.
- Bo’limga olib borib, yaxshilab tekshirish kerak, - dedi ikkinchisi.
Xudo ko’rsatmasin.
- Oka ?! — deya bir og’iz so’z bilan e’tiroz va hayrat bildiraman.
Meni boshdan-oyoq ko’zdan kechirar ekanlar:
- Hov anavi cho’ntagingdagi nima? — deydi.
- Hujjatim! — deyman va beixtiyor ko’ylak cho’ntagimdan "œhujjatimni" chiqarib beraman. Bu "œhujjat"ni cho’ntagimga qachon, qaerda va nima uchun solib qo’yganimni o’ylab, hali bugungacha o’yimning oxiriga yeta olmayman.
- Iye, bu Yosin surasi-ku?! — deya ulardan biri yo’l bo’yida tik turganicha, bismilloh deb o’qiy boshladi: - Yosin. Val Qur’anil hakimi innaka laminal mursalina ‘ala sirotim-mustaqim. Tanzilal-‘azizir-rohim"¦
Men dovdiradim, dong qottim. Chunki, avvalo yonimda hujjatim yoq, ikkinchidan, yolg’onchi bo’ldim"¦Xudo haqqi, Alloh ularga insof berdi. Qo’limga Yosinni — Allohning kalomi bitilgan mo’jaz kitobchani tutqazarkan, biri ikkinchisiga:
- Yur, kettik, bu bola o’g’ri emas, - dedi.
Ular o’z yo’liga, men uyga qaytdim.
Shu-shu o’g’rilikni tashlaganman. Qalbimda Allohning kalomiga ixlosu muhabbat ham o’sha voqeadan keyin paydo bo’ldi"¦
To’g’ri gap, kitobni harflab qiynalib o’qirdim. Allohga oson ekan: uyda yotib olib, juda ko’p kitob o’qib tashladim arabiy imloni tuzuk-quruq bilmayman-u, ammo namozni kanda qilmayman.
Mana, ko’rib turganingizdek tinchlik uchun shu bozozrga chiqib sement sotaman. Bir kun unday, bir kun munday. Alloh bergan halol rizqni olib borib bola-chaqaga yediraman, ota onamning duosini olaman".
Qalbida ichki bir hayajon gupurib turgan bu yigitning aytadigan gapi ko’p edi. Holbuki, vaqtim ziq. Gap-gapga ulanib boshlanib ketgan suhbatni to’xtatish niyatida sementning narxini yana bir bor so’rab, nari ketdim.

"Musulmonlar TAQVIM kitobi" dan
2000 yil II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:38:09

Istirjo’ xosiyati
(Bo’lgan boqea)

Ish bilan ketayotgan edik. Bir kishi mashinaga qo’l ko’tardi. Aftidan shoshilayotganga o’xshardi. Yo’lim bo’lsa, ola ketarman, degan hayolda toxtadi. Yo’lovchi mashinaga xiqa solib, o’zi melisada ishlashini, bir qariyani kimdiro’ldirib ketgani va shu ishni qizig’ida hal qilishi lozimligini aytib, tezroq yurishga qistadi. Yo’l-yo’lakay formada yurishni yoqtirmasligini, shuni deb boshliqlardan gap eshitayotganini ham so’zlab berdi.
Bir magazin oldiga kelganda to’xtatib: "œQancha pulingiz bor, hamamsini berib turing, boyagi ishga aloqali bir sabab bilan hali shu erdan pul olib turuvdim, uyga borib olib beraman", dedi. Anchagina pulni olib, magazinga kirib chiqdi. "œQarz bo’lib yurishni yoqtirmayman, mashinani uyga haydang", deya ortga qaytishga buyurdi. Bir uy oldida toxtatib, ichkariga kirib ketdi.
U ko’chada ancha kutib qoldi. Orada shomni ham o’qib oldi. Haligi odamdan darak bo’lavermadi. Oxiri u kirib ketgan uy yo’lagiga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, yo’lakning u tomonidan ham eshik bor edi.
Nahot aldangan bo’lsa? Bozor-o’charga deb ajratgan pulini allaqanday notanish yo’lovchining qo’liga tutqazib qo’ysa-ya?
Afsuslanib o’tirib, birdan Rasulullohning (s.a.v.): "œPoyafzalingizning bog’ichini yo’qotsangiz ham, istirjo’ (Inna lillahi va inna ilayhi roji’un) ayting", degan muborak so’zlarini esladi. Esladi-yu chin dildan "œistirjo’" ni takrorladi. Qalbida qandaydir taskin va halovat paydo bo’ldi.
Shu halovat og’ushida ishini bitkazib qaytayotgan edi, kimdir qo’l kotardi. Beixtiyor mashinasini toxtatdi. U kishi mashinaga chiqa solib: "œMelisada ishlayman, bir qariyani"¦", deya gap boshladiyu birdan baqrayib qoldi"¦

Mubashshir Ahmad

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:38:26

Qaltis savollaga buyuk javoblar

Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi:
-Alloh qachon tug’ilgan?
-Qur’onda "œU tug’magan va tug’ilmagan" deyiladi.
- Xo’p, qachondan bor?
- U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo’lmagan.
- Misol bilan tushuntir?
- Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir.
- Alloh qayoqqa qarab turadi?
- Qorong’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi"¦
Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: "œBizga Allohni ko’rsat", dedi. Ikkinchisi: "œJahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?" deb so’radi. Uchinchisi: "œHamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi?" dedi.
Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi.
Qozining so’roviga Imomi A’zam:
- Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. "œOdamlar ishlarini majburan qiladi", derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, "œtuproqni majburan otdi", demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, - dedilar.

Turkchadan Ulug’bek Sulaymon tarjimasi

Qayd etilgan