Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 212990 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 35 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:52:06

Abu Bakr Qurayshdan ko‘p aziyat chekdilar. Islomning ilk davrida musulmonlar Arqam ibn Arqamning uyida maxfiy ibodat qilishar edi. Shunda Abu Bakr: «Ibodatni oshkora qilaylik», dedilar. Keyin hammalari birga chiqishdi. Abu Bakr odamlarga xitob qila boshladilar. Nabiy alayhissalom o‘girgan ko‘yi Allohga duo kilar edilar. Shunda mushriklar ularga tashlanib qolishdi. Abu Bakr Siddiq oyoq ostida qolib ketdilar. Utba ibn Robi’a u zotning yuzlariga bigizli kovushi bilan shu darajada urdiki, burunlari bilinmay ketdi. Taym kabilasidagilar oraga tushib, zo‘rg‘a Abu Bakrni ajratib olishdi. U zot chalajon edilar. Qabiladoshlari: «Agar Abu Bakr o‘lsa, Utbani ham o‘ldiramiz», deb qasam ichishdi. Kechga borib u zot o‘zlariga keldilar. Hushlariga keldilaru birinchi lafzlari Rasulullohning ahvollarini so‘rash bo‘ldi. Onalari:
«Do‘sting haqida hech narsa bilmaymiz», dedi.

So‘ng atrofdagilardan surishtirishni aytdilar. «Rasululloh Arqamning uyidalar, sog‘-salomatlar», degan xabarga ham qanoat qilmay, «Allohga qasamki, Rasulullohning huzurlariga bormagunimcha, suv ham, ovqat ham totmayman», dedi-lar va ahvolari og‘irligiga qaramasdan, yo‘lga tushdilar. Borib, Rasulullohning salomatliklarini ko‘zlari bilan ko‘rganlaridan keyingina ko‘ngillari tinchlandi va u zotga qarata: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli, menta hech narsa bo‘lgani yo‘q. faqat ozgina ozor yetkazishdi», dedilar. So‘ng: «Bu ayol mening mehribon onajonim. Qani endi, Alloh onamni do‘zax olovidan xalos etsa», deya umidlarini so‘yladilar. Shunda Nabiy Abu Bakrning onalari haqqiga duo qildilar va u Islomni qabul etdi.
   

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:14:36

Azroildan qo‘rqqan odam

Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:
—   Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi choHi, — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, undan:
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, quzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? —  deya so‘radi.
Azroil esa:
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim.
Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.

Qayd etilgan


Laylo  20 Sentyabr 2006, 11:13:09

Allohning fazli va rahmati

Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: "œRamazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi.  Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayHurib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat  so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo  qildilar.
Biz "œOmin", dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik.  Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi".

Qayd etilgan


Laylo  22 Sentyabr 2006, 17:08:33

Menga ishonasizmi?

Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o‘g’illari, ey Fihra o‘g’illari, ey Zuhra o‘g’illari, — deya qabila ulug’larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu toHning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi?
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar.
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 13:14:04

Hazrati Musoning jannatdagi qo‘shnisi

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini  so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini  ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— O‘g’lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol  mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o‘g’limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati  Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:35:51

Xurmo pishgan kunlarda

Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg‘ambarimizning  ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib:
— Sening masjidga kelib-ketishingda bir o‘zgarish  ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
Abu Dardo shunday dedi:
— Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to‘kilgan  xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo‘shnimga ham zarar yetmaydi.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Sentyabr 2006, 20:18:28

Hikoyat.

Abdulloh ibn Umar r.a. kunlarning birida kasal bo'lib qolib ko'ngillari baliq yeyishni tusab qoldi. Mulozimlar Madinani kezib nihoyat,baliqni topishdi. Olib kelib qovurishdi. Va non bilan Ibn Umarning r.a. oldilariga olib kirishdi. Ibn Umar r.a. baliqqa uzanar-uzanmas eshik oldiga tilamchi kelib, biror narsa berishlarini so'radi. U zot mulozimga baliqni nonga o'rab gadoga olib chiqib berishni buyurdilar. "Alloh sizga shifo bersin, zo'rg' yetishgan taomingizni berib yuboirasizmi?Yahshisi pyl bera qolaylik",- debdi mulozim. Ibn Umar r.a:"Balqini berib yuboringlar",-dedi yana.Mulozim gadoning oldiga chiqib:"BAliqni olasanmi pulnimi?'deb so'radi. Gado pulni oldi. Mulozim baliqni qaytarib olib kirganini ko'rgan Ibn Umar:"Baliqni unga olib borib ber,pulni ham olma. Men Rasulullohdan s.a.v. ko'ngli tusagan narsasini birodariga bergan kishini gunohlari kechirilishini eshitganman",-dedilar.
Alloh u zotdan rozi bo'lgan bo'lsin.

Qayd etilgan


Muslima_subh  28 Sentyabr 2006, 21:38:49

Hikoyat.

Abdulloh ibn Umar r.a. kunlarning birida kasal bo'lib qolib ko'ngillari baliq yeyishni tusab qoldi. Mulozimlar Madinani kezib nihoyat,baliqni topishdi. Olib kelib qovurishdi. Va non bilan Ibn Umarning r.a. oldilariga olib kirishdi. Ibn Umar r.a. baliqqa uzanar-uzanmas eshik oldiga tilamchi kelib, biror narsa berishlarini so'radi. U zot mulozimga baliqni nonga o'rab gadoga olib chiqib berishni buyurdilar. "Alloh sizga shifo bersin, zo'rg' yetishgan taomingizni berib yuboirasizmi?Yahshisi pyl bera qolaylik",- debdi mulozim. Ibn Umar r.a:"Balqini berib yuboringlar",-dedi yana.Mulozim gadoning oldiga chiqib:"BAliqni olasanmi pulnimi?'deb so'radi. Gado pulni oldi. Mulozim baliqni qaytarib olib kirganini ko'rgan Ibn Umar:"Baliqni unga olib borib ber,pulni ham olma. Men Rasulullohdan s.a.v. ko'ngli tusagan narsasini birodariga bergan kishini gunohlari kechirilishini eshitganman",-dedilar.
Alloh u zotdan rozi bo'lgan bo'lsin.

MashaAllah!!! Alloh hammamizni Rasululloh salallohu alayhi vasallamga ergashadigan aqvodor mo'minlardan qilsin!!! Omin Ya Robbil A'lamin!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 11:03:27

Hikoyat.

"Qissasul-anbiyo"da kelishicha:"Bir kuni Hazrati Iyso a.s. bir ko'zadan suv ichdila. u suv juda achchiq edi. Iyso a.s. zaboni hol birla undan buning sababini so'radilar. ko'za javob berdi:"Men odam erdim, a'zolarim reza-reza bo'lib tufroqqa aralashib ketdi,keyin humdonga tushib ko'za bo'ldim.Hanuz jon achchig'i mendan ketmabdur, uning achchig'i suvga ham o'tibdur,Ey, Rasuli Hudo, Ummatlaringizga habar qiling, banda bo'lsa, g'arib jon g'amini tirikligida qilsin, toki keyin pushaymoin bo'lib yurmasin".
"Maslakul - muttaqiyn" kitobidan.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 11:15:39

Salmon bizdan...

Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Bujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'rin tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. Salmon Forsiy r.a. omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi.Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. Salmondan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida,"Ibnul Islam" (Islom farzandi)dedi. Mol-dunyosi so'ralganida"Muhtojlik",do'koni so'ralganida"masjid", kasbi so'ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze'", bolishini "Bedorlik",-dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa:"Salmon bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.

Qayd etilgan