Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210437 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 B


Abdumuhaymin  16 May 2010, 22:56:38

  Bir vaqtlar yangi uylangan bir yigit amakis bilan uchrashib, amaki mening xotinim shunday nazokatli, kiborkiy siz bilmaysiz dedi. Keksa amaki: Ko’p maqtanma be davo yigit, bugun oqshomda sen bizning mehmonimiz bo’l keyin ko’ramiz dedi. Yigit amakisining mehmoni bo’ldi. Keksa amaki kampiriga: Honim mehmon keldi tarvuzning yaxshisidan olip kel dedi. Kampir tarvuz keltirdi. Amaki qo’lida bir, ikki aylantirip ko’rib, bo’lmaydi bu yaxshi chiqmaydi boshqasini olib kel dedi. Shunday qilib xotini 10 marta tarvuz olib keldi. Keksa honim har safar, eri boshqasini olib kel deganda hop bo’ladi dedi, biror marta norozi bo’lmay aytganini qildi. Ertasiga oqshomda amaki yigitning uyiga mehmonga bordi. Yigit ham uydagi tarvuzlardan birini olib kelishni buyurdi. Hotini olib keldi, yigit tarvuzni salmoqlab ko’rib, bu bo’lmaydi boshqasini olib kel dedi. Hotin boshqa tarvuz olib keldi. Yigit yana bo’lmaydi dedi. Hotini uchinchi tarvuzni olib keldi. Eri yana bo’lmaydi deb boshqasini olib kelishni buyurdi. Shunda yosh kelinchak: Men sizning yugurdagingizmanmi, olib kel,  olib bor deyaverasiz. Siz aqlliy bo’lganingizda yaxshi bir tarvuz olardingiz, boshqa tarvuz yo’q  faqat 3ta tarvuz olgansiz dedi. Keksa amaki: Ko’rdingmi bolaginam, men senga nima degan edim. Meni uyimda bir dona tarvuz bo’lib, yaxshi felliy xotini 10 marta olib kelgan tarvuz, ayni o’sha bitta tarvuz edi. Lekin bron marta itoatsizlik bilan gap qaytarmadi. Endi tushundingmi deb amaki yigitga o’git berdi.

Qayd etilgan


registan  19 May 2010, 11:00:31

«Маккада — уни Аллоҳ муборак стиб сақласин! — мужовир бслиб турган кунларимнинг бирида ейишга ҳеч нарса топа олмай, оч қолдим. Бу очликдан мени халос стгудек бирор егулик қидириб ксчага чиқдим. Ксчада ипак матодан ишланган, оғзини ҳам ипак билан боғлаб қсйилган бир ҳамён топиб олдим. Уни манзилимга олиб келиб очиб қарасам, ичида бир шода марварид бор скан. Ҳаётимда бундайин чиройли, бундайин тоза марваридни ксрмаганман. Қайтиб ксчага чиқдим. Ксчада қслига беш юз динор пулни ушлаб олиб: ''Ҳамёнимни топиб берган кишига мана шу беш юз динорни мукофот қилиб бераман? — деб турган бир кишини ксрдим. Фикр қилдим: "Мен ҳозир оч қолган, бир муҳтож кишиман ҳамёнини қайтиб берсаму, мана шу беш юз динор тиллони олиб, тирикчилигимга сарф қилсаммикин?''. Кейин, у кишини манзилимга бошлаб келдим. У менга ҳамённи, унинг оғзи боғланган боғични ҳамда унинг ичидаги марваридни тсғри сифатлаб берганидан сснг, омонатни унинг қслига тутқаздим. У менга ваъда қилган беш юз динорни бермоқчи бслган сди, мен унга: ''Йсқ, ушбу омонатни ҳеч қандай мукофотсиз сз сгасига топшириш менинг бурчимдир'' — деб, ҳар қанча илтимос қилса ҳам, уни қабул қилмадим. У киши мен мукофотни қабул қилмаслигимни билгач, хаққимга дуо қилиб, йслига равона бслди.
Ксп стмай мен ҳам Маккадан сз юртимга денгиз орқали, кема билан сафарга чиқдим. Йслда бахтсиз воқеъа содир бслиб, кема ҳалокатга учради. Кемадаги барча кишилар бор-будлари билан бирга денгизга ғарқ бслдилар. Аллоҳнинг марҳамати билан кеманинг бир синиқ бслагига тирмашиб олиб, фақат мен омон қолдим. Денгиз мавжи мен тирмашиб олган кема парчасини мусулмонлар сшайдиган бир оролга олиб бориб ташлади. Денгиздан соғ-саломат қутулиб, сша жойдаги бир масжидга бориб тушдим. Орол аҳли менинг масжидда қуръон сқиб стирганимни ксриб, илм аҳлидан сканимни билишди. Сснгра улар менинг ҳузуримга қуръондан таълим беришим ва ёзувни сргатишим учун тсп-тсп бслиб келишди. Десрли оролдаги ҳамма — ёш болалару катталар келиб, ҳузуримда таълим олишди.
Ксп стмай анча мол-дунё топиб, сзимни снглаб олдим. Шундан кейин, улар мени уйлантириб қсймоқчи бслишди. Менга отасидан анча мол-дунё мерос олган, бир етим қизни таклиф қилишди. Мен уйланишга рағбатим йсқлигини билдиришимга қарамай қаттиқ туриб олишди. Аоилож рози бслдим. Қизни ссантириб, тақинчоқларини тақтириб ҳузуримга олиб келишди. Мен қизга назар ташлар сканман, Маккада мен топиб олиб, сгасига топширганим, бир шода марвариднинг айни сзи, мен аввал ксрган сифатда унинг бсйнида турарди. Мен беихтиёр, у марваридга узоқ тикилиб қараб қолдим. Улар: ''А­й шайх, мунча марваридга тикилиб қарайсиз, бу ишингиз билан бечора қизга озор бермоқдасиз'' — деб, менга итоб қила бошладилар. Шунда мен уларга марварид воқеъасини ссзлаб бердим. Улар: ''Аллоҳу акбар, ла илаҳа иллаллоҳ'' — деб, шу даражада қаттиқ овоз билан такбиру таҳлил айтишдики, ҳатто овозлари жазира аҳлининг барчасига етиб борди. Мен ажабланиб: ''Сизларга нима бслди сзи? — деб, ссрадим. Улар: ''Ўша сиздан марваридни қайтиб олган, марварид соҳиби мана шу етим қизнинг отаси сди. У доимо сизни мақтаб: ?Мен дунёда у кишидан бошқа, бундайин ҳалол, чин мусулмон кишини ксрмаганман, сй Аллоҳ мени у кишига қайта рсбарс қилгин, қизимни унга никоҳлаб берайин?— деб, дуо қилиб юрарди, бироқ у орзусига етолмай ҳаётдан стди. Мана снди унинг дуоси ижобат бслиб орзуси ушалмоқда''— деб, жавоб беришди. Кейин у билан бирга ҳаёт кечира бошладим. Аллоҳ таоло менга ундан икки сғил ато стди. Ксп стмай, аввал аёлим, кейинроқ сса, икки сғлим ҳам вафот топишди. Ҳалиги қийматбаҳо марварид менга мерос бслиб қолди. Мен уни минг динорга сотиб юбордим. Сизлар ксриб турганларинг мана шу бойликларим сша марвариднинг пулидан қолганларидир».

Masha Alloh juda chiroyli hikoya ekan. manba

Qayd etilgan


Saliha  28 Dekabr 2010, 14:49:06

          :bsm:

Sizni yaxshi ko'raman...


Abdulloh ibn Sarjas roziyallohu anhu dan:
«Janobi Payg‘ambarimiz (S.a.v) ga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: "œSizni yaxshi ko‘raman", deyishing savobdir».
                  
Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.

Qayd etilgan


muxlisa  28 Dekabr 2010, 20:05:21

 :as:

Sadoqat

Makka fath bo'ldi. Shu paytgacha Islom nuridan bebahra yashagan juda ko'p odamlarning qalbi ham fath etildi. Ular orasida Hazrati Abu Bakrning r.a. otalari Abu Kuhofa ham bor edi...
Ko'rar ko'zlari emas, balki qalb ko'zlari ham ko'r bo'lgan Abu Kuhofa... Endi iymoni yo'lini yoritadigan Abu Kuhofa...
U juda keksayib qolgan edi. Abu Bakr r.a. otasini Nabiy s.a.v.ning huzurlariga opichlab olib keldi. Shunda ul zot: "Keksa odamni qiynab qo'yibsizlar. Bilganimda, o'zim borib, bay'atini qabul qilgan bo'lardim", deya iltifot ko'rsatdilar.
Abu Kuhofa Posululloh s.a.v.ning oldilarida kamoli odob, shavq va zavq ila shahodat kalimasini aytib, musulmon bo'ldi. Otasining islomiyatdan hayajonlangan Abu Bakr  Siddiq r.a. o'zlarini yig'idan tutolmadilar. Shunda Nabiy s.a.v. "Yig'laganing nimasi, ey Abu Bakr! Otang Islomga kirdi, bundan suyunmog'ing kerak", dedilar. Ulug' sahobiy esa, bunday javob qaytardi: "Meni yi'glatayotgan boshqa narsa. Siz Abu Tolibning musulmon bo'lishini juda istar edingiz. Ammo u Islomni qabul etmasdan, o'lib ketti. Shu sabab dilingizda anduh qolgan. Qani endi bu onda otamning o'rnida Abu Tolib musulmon bo'lsayu ko'nglingizdagi mahzunlik ketsa. Meni yig'latgan narsa shudir."

Bundayin birodarlikni, muhabbat va sadoqatni tarix ko'rmagan. Ulug' Alloh bizga ham ana shunday islomona teran shuur bersin.

"O'qi, o'yla, yig'la" kitobidan
Azim Usmon tarjimasi.

shu voqea manga qattiq ta'sir qildi.. o'ylab qoldim..
bizchi... biz qanchalik yaxshi ko'ramiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni...?
  

Qayd etilgan


siddiqa  15 Yanvar 2011, 08:11:07

Bu maqolani bundan ancha yillar oldin ko'pchilik o'qigan balki forumda ham bor lekin har gal o'qisam o'zimdan o'zim so'rayman "Ismoilim" kim?

             "Ismoil"ingiz kim ?
Ibrohim alayhissalomning hayoti meni ko’p hayratga soladi. Ayniqsa Ismoini qurbon qilish haqidagi hikoyani o’qishga yuragim betlamaydi. Ibrohim qanaqa otaki, o’z farzandini o’z qo’li bilan qurbonlik qilsa, deb ajablanaman. "œHamma narsaga yetgan aqlim shunga kelganda nimagadir oqsaydi", pand beradi.

Biron voqeani tushunishga qiynalsam, bosh qahramonning  o’rniga o’zimni  qo’yib ko’radigan odatim bor. Bu ko’pincha foyda beradi, ammo qurbonlik voqeasida bu uslubni  qo’llaganimga pushaymonlar bo’lib ketdim. O’glimni yonimga o’tirg’izib, Ibrohimni ahvolini tasavvur qilib ko’rmoqchi edim, "œDada, nimaga menga termulib o’tiribsiz" deb bo’yimga osilib, badtar xo’rligimni keltirib yubordi.

Bitta odamni boshiga buncha ko’p  sinov yuborilganini men hazm qilishga qiynalaman. Butun umr Alloh yo’lida xizmat qilsa-da, Ibrohim alayhissalom tinimsiz sinovlar ichida yashadi. Butparastlarga qarshi kurashdi, Namrudga tik gapirdi, olovga uloqtirildi, umrining oxirida notanish o’lkalarga bosh olib ketdi, farzandsizlik bilan sinaldi"¦

Keksayganida Alloh unga kuttirib, sog’intirib farzand berdi. Ammo endi farzand rohatini ko’rish arafasida, u yana sinovga tortildi-tushida Alloh Ibrohimga yolg’iz o’g’lini qurbonlik qilish haqida buyruq berdi. Bunda nima hikmat bor, deb o’ylanib qolaman? Xo’sh, biz uchun mantiqsizdek ko’ringan bu voqeadan qanaqa xulosa chiqarsak bo’larkin?

Balki bu bizga hech qachon xotirjamlikka berilmaslik kerakligini o’rgatar? Balki avvalgi xizmatlarimiz bilan aldanib qolmaslikni tushunishimiz kerakdir bu voqeadan? Balki o’zimizni zaifligimizni  doim yodda tutish uchun eslatmadir bu? Balki shod-xurramlik ko’zimizni ko’r  qilib qo’yishidan ogohlantirayotgandir Ibrohim alayhissalom hikoyasi? Balki darajamiz yuksalgan sari sinovi ham og’irroq bo’lishi, qancha balandga ko’tarilsak, shuncha yomon yiqilishimiz mumkinligi aytilayotgandir bizga?
Ibrohim alayhissalom qanday qilib o’z farzandini, umrining mevasini, qalbining xotirjamligini, hayotining ma’nosi va mazmunini, yakkayu yolg’iz o’gli Ismoini yerga bosib, bo’g’ziga pichoq tortgn ekan?  O’ylasam yuraklarim ezilib ketadi.

Agar bu ish faqat Ismoilni qurbon qilish bilan yakun tospsa qaniydi? Yo’q. Eng yomoni-endigina ulg’ayib kelayotgan Ismoil bu olamni tark etishi, keksayib qolgan Ibrohim esa bu ayriliqni ko’tarib hali yashashi ham kerak edi!

Ibrohim alayhissalomning butlarni parchalab tashlashga kuch topgan metin irodasi ham shu yerda erib ketgan bo’lsa ajablanmayman.
Qaniydi, kimdir bizga Ibrohim os’handa nimalarni o’ylaganini so’zlab bersa? Qanaqa fikrlar o’tgan ekan u zotning xayolidan?

Ibrohim uchun nima afzal-Allohga bo’lgan muhabbatmi yoki o’z-o’ziga hurmat? Payg’ambarlik ma’suliyatimi yoki otalik burchi? Allohga bo’ysunishmi yoki oilaga sodiqlik? Iymonmi yoki ichki tuyg’u? Hikmatmi yoki ayni vaziyat? Aqlmi yoki hissiyot? Ma’suliyatmi yoki rohat? Javobgarlikmi yoki haq-huquq? Eng muhimi, Allohmi yoki Ismoil?

Bilasiz, Ibrohim alayhissalom qaror bersihga shoshilmadi. Shoshilolmadi. Ichidan nima o’tgan bilolmadik, ammo ma’lum bir fursat ikkilanib yurdi. Faqat uchinchi martra buyruq berilganidan keyingina u Allohning  buyrug’ini bajarishga o’zida kuch topa bildi.
Hammamiz yaxshi bilamiz- agar haqiqat hayot yo’limizga teskari turmasa, haqparvar bo’lib olamiz. Ammo haqiqat bizning zararimizga xizmat qilsa, muammoga sabab bo’lsa, boshimizni og’ritsa, o’zimizni olib qochishimiz aniq.

Shayton juda makkor. Qayerdaki qo’rquv, zaiflik, shubha, ikkilanish, g’urur va hatto dunyoviy narsaga muhabbat yuzaga kelsa, o’sha yerda o’zini ko’rsatadi. Xohlang mantiqni ishga tushiradi, xohlang mantiqsizlik sabab qilib ko’rsatiladi. Diniy, dunyoviy, xohlagan mavzuingizda sizga bahona topib bersihga qodir.
Ibrohimda bahona bo’lmagan deysizmi? "œQurbon qilish" lafzini xohlasa "œO’z man-manligini qurbon qilish" deb talqin qila olmasmidi? Bu tush bo’lsa, Ismoilni boshqa narsaga tafsir qiib bo’lmasmidi? Balki Ismoil emas, Ismoilga bo’lgan muhabbatni qalbidan  o’chirib tashlash so’ralgandir? Ibrohim alayhissalom ancha aqlli inson edi, xohlasa tushini bulardan-da ishonchliroq boshqa usullarda tafsir qilib olardi!
Ammo u, Allohning eng yaqin do’sti, nafsi xohlamasa-da, buyruqni to’g’ri ma’noda qabul qildi.
Minoda ro’y bergan ota-o’g’il suhbati meni badtar karaxt ahvolga solib qo’yadi.
Ibrohim Ismoilga dedi: "œEy o’g’ilcham, men  hadeb tushimda seni qurbonlik uchun so’yayotganimni ko’rmoqdaman. Endi sen o’zing nima fikr qilishingni bir o’ylab ko’rgin".
Otaning o’rniga qo’yib, shu so’zni farzandingizga ayting-chi! Yo’q, yaxshisi farzandning o’rnida turib otangiz tarafida shu murojaatni tinglang. Nima deb javob qaytarasiz?

Ismoil sukut saqlasa bo’lardi. Otasini bu ishdan qaytarishi ham mumkin edi. Ammo Ismoil ham balog’atga yetgan, qalbiga iymon o’rnashib ulgurgan ekanki, ajoyib tarzda javob qaytardi. Hatto otasining shubha-gumonlarini ham tarqatib yuboruvchi yupanch so’zlarini aytdi: "œEy otajon, sizga buyurilgan ishni qiling. Inshoolloh, meni sabr qilguvchilardan topursiz".
Tavba, Ibrohim o’g’li bilan uni qurbon qilish haqida maslahatlashdi. Ibrohim qurbonlik qilishni tanladi. Ismoil o’z-o’zini qurbon qilishga rozi berdi.

Shu lahzalarda Ibrohim o’zini qanday tutib turgan ekan-a? Balki istalgan lahza shayton uni yo’ldan ozdirishi mumkinligini, qo’lidagi pichoqni uloqtirib yuborib, o’g’lini bag’riga bosishni o’ylagandir. Ammo u o’zini qo’lga oldi, pichoqni zo’rg’a tutib turgan qo’llari va ikkilanish bilan olishayotgan qalbiga madad bo’lsin deya Ismoilni peshonasi bilan yerga yotqizdi. Va"¦ bo’g’ziga pichoq tortdi!

Keyin pichoq Ismoilni so’ymagani, uning evaziga Jannatdan katta bir qo’chqor tushirilgani va "œEy Ibrohim, darhaqiqat sen tushingni ro’y-rost bajarding" deb nido qilingani hammamizga yaxshi ma’lum.
Ismoil Ibrohim alayhissalom uchun yolg’iz farzand edi va u yolg’iz farzandidan voz kechishga o’ziga kuch topa bildi. Xo’sh, ayting-chi, bizning  "œyolg’iz farzandimiz" kim? Biz uchun hozir nima Ismoil darajasida qadrli? Uni qurbon qilishga o’zimizda kuch topa olamizmi?

Balki bu obro’yimizdir? Diplomimiz? Lavozim? Boylik? Uy? Mashinadir balki? Sevgilimiz? Oilamiz? Kasbimiz? Libosimiz? Ruhimiz?  Go’zalligimiz? Kuchimiz? Yoshligimiz? Karyera? Kim biladi deysiz, bu ro’yxatni xohlagancha davom ettirish mumkin.
Ibrohimning ko’zi bilan qaraylik-chi, biz uchun nima Ismoil bo’lib ko’rinar ekan?  Nima bizning ibodatimizni sustlashtiradi? Nima bizni harakatdan to’xtatib turibdi? Nima bizning ma’suliyatimizni cheklab qo’ygan? Nima bizning quloqlarimizni kar, ko’zlarimizni ko’r qilishi mumkin?  Kerak bo’lsa uni qurbonlik qilishning uddasidan chiqa olamizmi?

Ibrohimga oson bo’lmagan, shayton uni uch marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgani va  hozir o’sha voqea isboti sifatida Haj marosimida shaytonga uch joyda tosh otilishi odatga aylangan. Xo’sh, bizni shayton necha marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lar ekan? Eng muhimi, shayton bu ishning uddasidan chiqarmikan yoki Ibrohim alayhissalom misolida mag’lubiyatga uchraydimi?

Yaxshilab o’ylab ko’ring! Agar qurbonlikka kuchingiz yetsa, unda tasanno! Unutmang, Alloh Ismoilning qoni to’kilishiga rozi bo’lmagan, u ba’zi to’qima ilohlar kabi qonga muhtoj emas. Siz ham o’z "œIsmoilingiz"ni  qurbon qilganingiz bilan, Alloh uni sizga albatta qaytarib beradi. Faqat darajangiz ko’tarildai, bu dunyoga bog’lanib qolishdan qutulasiz. "œIsmoilingiz"ga qo’shib bitta qo’chqorlik ham bo’lib olasiz va keyin o’z "œqurbon hayitingizni" bayram qilishingiz mumkin!

Maqola muallifi : Avaz Berdiqulov

Qayd etilgan


Akbarjоn  15 Yanvar 2011, 12:32:54

Rahmatli Fozil qori Amri ma'rufidan

Bir kuni Muso a.s. ko'chadan o'tib ketayotganida bir chekkada qumga komilib olgan va faqat boshi ko'rinib turgan odamni uchratib qoladi
Muso a.s.:
- Ey birodar sega nima boldi, kim seni qumga ko'mib ketdi, deb so'raydi, shunda haligi qumga ko'milib olgan kishi Muso a.s. ni savoliga javob berib:
- Men yalang'och och bechoraman, kiygani kiyimim, yegani nonim yo'q, ey muso siz Allohga yaqinsiz, meni haqqimga duo qiling menga ham Alloh risq boylik bersin bu balolardan qutilay deydi
Muso a.s. shunda ko'zlariga yosh olib: Yo Rabbim, Bandalaringa risqingi keng berguvchisan, shu bandanga ham xazinangdan mol dunyo bergin deb yuziga fotiha tortib o'tib ketibdi,
Bir qancha yillar o'tib Muso a.s. yana shu hududdan o'tib ketayotganida
Qarsa Bir yigit qilichlarini osvolgan, baland boyli, rosa to'polon qilyabdi ekan, ichvolgan Qo'yvor deb baqirib ketyabdi ekan,  uni qolidan podshining navkarari sudrab olib ketishyabdi ekan
Shunda Muso a.s. bir odamni to'xtatib so'rabdi:
- Bu kishi kim, nimaga olib ketishyabdi, ko'zimga tanish ko'rinyabdi, nima gunoh qilibdiki navkarl;ar sudrab ketyabdi debdi, Xaligi kishi savolga javob berib:
- xa, bir vaqtlar xechkimga qo'shilaolmay yuradigan qashshoq bir yigit bo'lardi, nochor yashradi, qatanam boy boib ketdi, xozir hech kimga kun bermiydi, xozir ham mayhonada ham 4-5 ta odamni o'ldirdi, Pulum bor, zor man deb xoxlagan ishini qiladi, xozir ham qamoqdan qutulib chiqaman deb haqoratli gaplar gapirib ketyabd, novkarlar esa uni jazolash uchun olb ketyabdi debdi.
Muso a.s. qarasa 3 yilar oldin kalasi qumga komilib yotgan bechorahol nochor odam ekan.
Shunda Muso a.s. Ey Robbim, Allohim o'zing go'zalsan sening adolating ham go'zal sening ishlaringa aralashib men hato qilibman, o'zing kishilarning ichini, niyatini o'zing yaxshi bilguvchiroqsan, kimga boylik berish kimga kambag'allik berishni o'zing yaxshi blguvchiroqsan, o'zing hama narsani o'zing o'rniga qo'yib qo'asan, Deb Allohga istig'for aytibdi

Qayd etilgan


Abdul_Malik  20 Yanvar 2011, 15:58:20

Ҳикост

     Дейдиларки, бир куни овда Асширавони одилга кабоб қилиб бермоқчи бслдилар, лекин туз йсқ сди. Қулларидан бирини қишлоқдан туз олиб келгани жснатдилар. Асширавон у қулга деди: «Тузни баҳосини тслаб ол, токи текинга олиш одат қаторига кириб, қишлоқ харобаликка юз тутмасин». Ундан ссрадилар: «Шу зиғирдай нарсадан қишлоққа қандай зарар етади?» Асширавон жавоб берди: «Аввалда оламда зулм оз сди, кейинчалик ҳар бир келган одам бир оз-бир оз қсшди, натижада зулм ҳозирги даражасига келиб етди».

      Фуқаронинг боғчасидан султон узса бир олма,
      Аавкарлари қспоради дарахтларнинг илдизин.
      Зсрлик билан бешта тухум ола қолса подшоҳ,
      Аскарлари сихга тортар товуқлардан беш юзин.

Саъдий "ГУЛИСТОА"

Qayd etilgan


ummugulsumm  01 May 2011, 12:09:44

Iymon nuri ila charogon bulgan qalblar eng olie sharafga va davlatga erishadilar.

M'anosiz suz usti chiroyli,biroq ichi chirigan mevaga uhshaydi.Barcha hastaliklar shundaydir.

Alloh taolo hamma narsani kurib,bilib,eshitayotganini bil. SHunga kura ish tut.

Dunyoda kupgina insonlar adolatsizlikdan qurqishadi-yu, adolat qilishga ham doimo botina olishmaydi.
                                               Hikmatli suzlar.

                          Hikoya.

     Qadim zamonlarda kambagal yigit bulgan ekan.Uning ayoli ogiroyoq bb,vaqti-soati etib kuzi yoribdi.Juda nochor bulganlaridan bolani yurgaklagani toza mato topilmabdi.SHunda bechora ona boshidagi rumolni echib bermoqchi bulibdi.
   Uzi qashshoq bulsa ham,diniga vafodor,nomozhon yigit bunga yul quymabdi;
 -Ayol boshidagi rumolni echsa,boshidan farishtalar uchib ketadi,-deb yigit umid bn uy ichini zir aylanibdi. Bir payt bahtiga burchakdagi tokchaning tepasida osilib turgan lattaga kuzi tushib qolibdi. Matoni olish maqsadida uni ushlab qattiq tortibdi.SHunda tokcha upirilib temir sandiqcha tushibdi.Ichuni ochsa liq tula tilla ekan.
Yigit Allohning himmatli zot ekanligiga yana bir bor hamdu sanolar aytgancha umrining qolgan qismini oilasi bn rohat-farogatda utkazibdi.   
                 

Qayd etilgan


Bonuxon  06 May 2011, 15:38:07


Juda ko'p yurtlarni kezgan sayyoh bir qishloqdan o'tib ketayotganda g'alati manzaraga duch kelibdi. Gap shundaki, qishloq nonvoyi kechagi eski nonlarni issiqqina, yangi yopilganlaridan qimmatroq narxda sotayotgandi. Odamlar xam arzon narhdagi yangi nonlar qolib, kechagisiga talabgor bo'lishardi.
  Hayratlangan sayyoh bu holnin sababini nonvoydan so'raganda, u shunday javob qilibdi:
-- Qishlog'imiz ahli Rosululloh (s.a.v.) ga bo'lgan muhabbatlari tufayli qancha qimmat bo'lmasin kechagi nonlarni afzal ko'rishadi. Chunki kechagi kun va unga tegishli narsalar xam sevikli Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning yashagan davrlariga bugundan ko'ra bir kun bo'lsa xam yaqinqoq. . .

Qayd etilgan


Best friend  06 May 2011, 15:40:49


Juda ko'p yurtlarni kezgan sayyoh bir qishloqdan o'tib ketayotganda g'alati manzaraga duch kelibdi. Gap shundaki, qishloq nonvoyi kechagi eski nonlarni issiqqina, yangi yopilganlaridan qimmatroq narxda sotayotgandi. Odamlar xam arzon narhdagi yangi nonlar qolib, kechagisiga talabgor bo'lishardi.
  Hayratlangan sayyoh bu holnin sababini nonvoydan so'raganda, u shunday javob qilibdi:
-- Qishlog'imiz ahli Rosululloh (s.a.v.) ga bo'lgan muhabbatlari tufayli qancha qimmat bo'lmasin kechagi nonlarni afzal ko'rishadi. Chunki kechagi kun va unga tegishli narsalar xam sevikli Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning yashagan davrlariga bugundan ko'ra bir kun bo'lsa xam yaqinqoq. . .
Mashaalloh  :'(...

Qayd etilgan