Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210484 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 35 B


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 20:09:01

HIKMATLI KALIMALAR

Soib ibn al-Musayyabdan:
«Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan
qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 20:09:51

SHUKRNI BERKITMOQ UNI INKOR ETMOQDIR

Bir ayol erining olijanob xulqlarini onasi oldida sifatlab, shunday dedi:
— Ey onajon, kim maqtov libosini yozsa, yaxshi ishni ado etibdi. Shukrni berkitgan kishi oshkora qilish vojib bo‘lgan haqiqatni yashirib, kufroni ne’matga kiribdi.
Onasi qiziga:
— Ey qizginam, maqtovni qoyillatibsan, uning mukofotini anglabsan, endi yomonlashga aslo o‘rin berma. Men senda maqtashni ham, yomonlashni ham faqat sinab ko‘rganingdan keyingina aytadigan aqlni ko‘rdim, — dedi.
Qiz:
— Ey onajon, to sinamagunimcha maqtamadim, shuningdek, bilmagunimcha sifatlamadim, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 20:10:42

U ZOTNING BIRODARLARIDAN BO‘LAYLIK

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 20:11:28

* * *

Umar ibn Hattob o‘g‘illari Abdullohga (har ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin) yozgan ekanlar: «Ey o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Zero, kim Allohdan qo‘rqsa, Alloh uni saqlaydi. Unga kim tavakkal qilsa, Alloh kifoya qiladi, kim Unga shukr aytsa, Alloh unga ne’matni ziyoda qiladi. Taqvo sening ko‘z qorachig‘ing, qalbing jilosi bo‘lsin. Shuni yaxshi bilginki, kim Alloh huzuridan savob umid qilmasa, unga ajr ham yo‘qdir. Kimda shafqat bo‘lmasa, unda mol-dunyo bo‘lmas, xulqi yo‘qda tirishqoqlik (yangilik) bo‘lmas.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, aytadilar:
— To kishida zaiflikdan bo‘lmagan muloyimlik, ko‘pollikdan bo‘lmagan kuch-qudrat topilmasa, bu ish (boshliq bo‘lish) o‘z samarasini bermaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 20:12:00

JANNAT AHLLARI

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi.
So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: "œHov, anavilarga, hov anavilarga kara!" Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi.
Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi.
Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar.
Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 20:12:27

SALAFLAR SHUHRATNI YOMON KO‘RISHGAN

Muhammad ibn Munkadir hikoya qiladi: "Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida mening ustunim bor edi. Kechalari uning oldida namoz o‘qirdim, keyin suyanib o‘tirardim. Bir yili Madina ahli yomg‘irsiz qoldi. Shunda ular Allohdan yomg‘ir so‘rab (dalaga) chiqishdi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. O‘sha kechasi men Masjidi Nabaviyda (s.a.v.) oxirgi - xufton namozini o‘qib bo‘lib, ustunimga suyanib o‘tirgan edim. Bir payt egniga ko‘ylak kiygan, yana boshqa bir ko‘ylakni bo‘yniga tashlab olgan qop-qora odam kirib keldi. Mening ustunimning old tomoniga o‘tib ikki rakaat namoz o‘qidi-da, o‘tirdi. So‘ng dedi:
"Ey Rabbim, payg‘ambaring haramidagilar yomg‘ir so‘rashdi, lekin yomg‘ir bermading. Men Sendan o‘tinaman, ularni sug‘or".
Jinni bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ammo u duodan qo‘lini qo‘ymasdan turib, osmonda momaqaldiroq ovozi eshitildi. Yomg‘ir kelayotgan edi. Uyga qaytmoqchi bo‘ldim.
Yomg‘ir ovozi eshitilgach, o‘sha odam Allohga hamdlar aytdi. Shunday aytdiki, umrimda unaqasini eshitmaganman. Keyin:
"Men kimmanki duoyimni ijobat qilding. Lekin men Senga hamd aytish bilan, qudrating bilan panoh so‘radim", dedi. So‘ngra namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Subh yaqinlashganini sezgach, sajda qildi va vitr o‘qidi. So‘ngra bomdodning ikki rakat sunnatini ado qildi. Keyin farziga jamoatga qo‘shildi. Men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, o‘rnidan turdi. Orqasidan men ham turdim. Masjidning eshigiga yetgach, kiyimini yopinib tashqariga chiqdi va yomg‘irga "sho‘ng‘idi".
Ortidan kiyimimni ko‘tarib chiqdim, tezda suv bo‘lib ketdim va uning qayoqqa ketganini bilmay qoldim.
Ikkinchi kechasi yana Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida xuftonni o‘qib bo‘lib, ustunga suyanib o‘tirgan edim, haligi kishi keldi. Namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Tong yaqinlashgach, sajda qildi. Keyin vitr o‘qidi. So‘ng bomdodning sunnatini ado qildi. Farzga iqomat aytilgach, jamoatga qo‘shildi, men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, masjiddan chiqdi. Orqasidan ergashdim. Ketaverdi, boraverdim. Oxiri qaysi hovliga kirganini aniqlab, so‘ng masjidga qaytdim. Quyosh sal ko‘tarilgach, namoz o‘qib, tashqari chiqdim va o‘sha hovliga bordim. U etikdo‘z ekan. Meni ko‘rib, tanidi va:
"Abu Abdulloh, xush kelibsiz. Xizmat bormi? Mahsi tikib beraymi?" deb so‘radi. "O‘tgan kecha yonimda o‘tirgan sen emasmiding?" dedim men. Uning yuzi o‘zgardi. G‘azabi keldi. "Bu bilan sizning nima ishingiz bor?" dedi. Darhol uning oldidan chiqdim.
Uchinchi kechada yana namozni o‘qib ustunga suyangancha uni kutdim. Lekin kelmadi. "Inna lillahi, nima qilib qo‘ydim?!" dedim. Quyosh chiqquncha masjidda o‘tirdim. Keyin chiqib o‘sha hovliga bordim. U turgan uyning eshigi ochiq, ichida hech narsa yo‘q edi. Hovlidagilar mendan: "Kecha oralaringdan nima gap o‘tdi?" deb so‘rashdi. "Unga nima bo‘ldi?" dedim. "Siz ketganiigizdan keyin kiyimini yoyib, teri, andoza-qoliplarini soldi-da, chiqib ketdi. Qayoqqa ketdi, bilmadik?" deyishdi.
Bilganim Madina hovlilarining hammasiga kirib chiqdim, lekin uni topmadim. Alloh rahmat qilsin".

"œSalaflar xulqi" kitobidan

Qayd etilgan


Laylo  17 Iyun 2006, 10:40:51

Birinchi voqea.
Qo‘shni bola hovliqib chiqib, bobosining ahvoli og‘irlashganini, uyda hech kim yo‘qligini aytdi. Ortidan yugurdim. Kirsam, to‘qsonga yaqinlashib qolgan Qurbon ota ko‘zini shiftga qadab, xirillab og‘ir nafas olib yotibdi. U ko‘pdan buyon bemor: bir qo‘l-oyog‘i shol, qon bosimi baland, yuragi xasta edi. "œDo‘xtir chaqiraymi?" deb so‘radim. U sog‘ qo‘lini majolsiz siltadi. Bemorning rangi har qachongidan oqargan, ko‘zlaridan nur ketgan. Ahvolni tushunib, asta imon kalimalarini ayta boshladim. U esa parvo qilmay, yutoqib nafas olar, orada tinmay "œbemehr", "œnoqobil" o‘g‘illarini qarg‘ab so‘kinar edi.

Qurbon otaning badfe’lligi, toshbag‘irligi, og‘zi shaloqligi tufayli farzandlarning kirib-chiqishi kamaygani to‘g‘ri. Umr bo‘yi goh mol bozorida dallol, goh qassobchilik qilgan Qurbon ota qariganida ham o‘nglanmadi. Peshonasi sajda ko‘rmadi. Allohni faqat boshiga mushkulot tushganida esladi. Hozir ham ko‘z o‘ngimda jon taslim qilarkan, og‘zidan chiqqan oxirgi so‘zi "œko‘rnamaklar, ablahlar" bo‘ldi...

Ikkinchi voqea.
Shahar ko‘chalaridan birida avtomobil falokati ro‘y berdi. Yoshgina haydovchi yigit biror narsaga chalg‘ib qolganmi yoki mashinani boshqarolmay qolganmi, yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilibdi. Yo‘lovchilar darrov yordamga shoshilishdi. Qisib qolgan rul orasidan bemajol tanani arang sug‘urib olishdi. Nimalardir deb pichirlayotgan haydovchini yerga yotqizishlari bilan joni uzildi. Uning so‘nggi so‘zi magnitafondan berilayotgan ashulaning "œQaylardasan, sanamginam?" degan jumlalari bo‘ldi...

Bu dunyoda barchamiz mehmonmiz. Hammamiz bir kuni bu olamdan ko‘chamiz. Hech kimga: "œSen falon kuni, falon holatda o‘lasan", deb hujjat berilmagan. Hech kim boshqa olamga qanday ketishini oldindan bilmaydi. Shunday ekan, o‘lim soati yaqinlashganida tillarimiz "œLa ilaha illalloh" kalimasini aytib turmog‘i uchun bu dunyo- da Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lmog‘imiz lozim. Aks holda, umrimiz yuqoridagi voqealar kabi yomon xotimalanib qolishi mumkin, Alloh saqlasin.

Hidoyat jurnalidan

Qayd etilgan


Laylo  17 Iyun 2006, 10:41:11

Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar. Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob berilgan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ular yonidan o’tib ketayotib, ularga sabr-toqatli bo’lishlarini aytib, jannat haqida yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi Yosir (roziallohu anhu) ta’qib qiluvchilar qo’lida, uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya (roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan vahshiyona o’ldirildi. Islomda birinchi masjid Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi.
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga ko’chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu) unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda payg’ambar o’tirishi, kunduzi dam olishi va salovot aytishi (nomoz o’kishi) mumkin edi. U Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda kurashayotib, quvonch bilan dedi:
«Men hademay do’stlarim bilan uchrashaman. Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va uning hamrohlari bilan uchrashaman».
So’ngra u suv so’radi. Unga sut berishdi. U sutni ichdi va dedi:
«Men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda oxirgi nasibang bo’ladi, deganlarini eshitdim».
Ammor o’zi mushtoq bo’lgan paytgacha kurashdi. U o’sha paytda to’qson to’rt yoshda edi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Iyun 2006, 10:41:42

Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim:
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: "œVaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin". U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: "œRabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?" deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: "œRabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi". Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: "œMenga buyurilgan ishni qildim", dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: "œEy Allohning nabiysi! Menga yordam ber!" deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: "œEy Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman". Nabiy o‘zicha o‘yladi: "œMen uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: "œQanday qilsam ekan?" o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: "œEy Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin", deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: "œEy nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin".

"Tanbehul g'ofiliyn"dan

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyun 2006, 13:00:44

Bir kuni Boylik,Ilm va Or-nomus uchrashib qolishibdi. Boylik aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam saroyda bo'laman. Ilm aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar o'sha yerda bo'laman.
-Agar men yo'qolib qolsam,-  debdi Or-nomus,- izlab o'tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.

Qayd etilgan