Islom hayotidan ibratli hikoyatlar  ( 210973 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 35 B


mubashshir  15 Iyul 2006, 11:01:52

Salomga alik haq.
Kabkaz halqining qahramoni Shayh Shomil (1797-1870) 25 yil ruslar bilan olishdi. Dushmanning saralangan qo'shinlarini juda ko'p marta tiz cho'ktirdi. Ammo ruslar Shayh Shomilni hiyla bilan tuzoqqa tushirdi. U zot 10 yil tutqunikda yashadilar.Nihoyat, unga Makkaga borib haj qilishga izn berishdi. Istanbulga kelganda butun halq unga peshvoz chiqdi. Shayh ozgina vaqt turib, so'ng Hijozga ketdi... Ko'zi Madinaga tushgan zahoti yig'lay boshladi. Yerga cho'k tushdi. Rasulullohning qabrlarigacha yig'lab emaklab bordi. Yonidagilar titroq va hayratlar ichr unga ergashishdi. Nabiy qabrlarini oldiga kelib:" Assalatu vassalamu alayka ya Rasululloh! Assalatu vassalamu alayka ya sayyidal avvalin val ahirin!"deya salom berdilar. Rasululloh s.a.v. barcha salomlarga alik olganlari kabi Shayh Shomilning salomiga ham alik oldilar, hatto bu javobni o'sha joyda bo'lganlari hammasi eshitdi. U zot muborak qabr yonida bir necha soat ko'z yosh to'kdi, uzoq yillar tanasidagi charchoqni ketkazdi...
Shayh Shomil Madinada yashab qoldi va shu yerda vafot etdi.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 12:23:15

Zuxd.
Hasan Basriy hazratlaridan:"Dunyoda bunchalik zuxd qilishingizga nima sabab bo'ldi?" deya so'rashdi.
"Mening rizqimni o'zga ololmasligini bilganimdan keyin, bu ishdan ko'nglim hotirjam bo'ldi. Menga taqdir qilingan ishni mendan boshqasi qilolmasligini bilganimdan so'ng, o'zimni solih amallar bilan mashg'ul qildim. Allohga yo'liqishimni bilganimdan so'ng, Unga ma'siyat ila ro'baro' bo'lishimdan uyaldim. O'lim meni kutib turganini bilganimdan keyin esa Alloh bilan bo'ladigan ertangi uchrashuvimga yo'l tadorigimni ko'rdim", - deya javob bergan ekanlar.

Qayd etilgan


Laylo  17 Iyul 2006, 17:33:09

Eng sara ozuqa

Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar:
«Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan o‘tayotganimizda, qabristonga qarab:
— Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey qoronHuliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o‘ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so‘radilar.
So‘ngra men tomonga burilib:
— Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: "œOzuqaning eng yaxshisi taqvodir", deb aytishgan bo‘lar edi, — dedilar.
Birozdan keyin esa yig‘lab, bunday dedilar:
— Ey Kumayl, qabr amallar sandiHidir. Buni faqat o‘lganingdan so‘ng bilasan...»

Qayd etilgan


Laylo  17 Iyul 2006, 17:35:22

Noumid shayton

Tabaroniydan rivoyat qilinadi:
"œAbu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 10:01:21

Bir yahshilikka o'n yahshilikka.
Bir kuni Fotima r.a. kasal bo'lib qoldilar. Negadir ko'ngillari anorni tusadi. Bu haqda erlari Hazrati Aliga r.a. aytdilar.Hazrati Ali r.a.bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetar edi, holos.Bozordan qaytayotganlarida yo'lda bir tilamchi uchrab, qo'llaridagi anorni so'radi. Imon va hayolari qo'ymay, Hazrati Ali r.a. anorni ikkiga bo'lib yarmini unga berdilar. Tilanchi hursand bo'ldi. Uyga kelib ayollariga anorni yarmini berib, yarmini kimga berganlarini aytib, uzr aytdilar. Fotima r.a. uzrni qabul qilib:
- Alloh sizdan rozi bo'lsin, sizga ajru mukofat bersin,- dedilar.
Oradan hech qancha fursat  o'tmagan ham ediki, eshik taqqiladi. Hazrati Ali r.a. ochib qarasalar. Solmon Forsiy r.a. turibdilar. Qo'llaridagi idishda to'qqiz dona anor.
- Bu anorlarni Rasululloh s.a.v. berib yubordilar,- dedilar.
- Bo'lishi mumkin emas,- dedilar Hazrati Ali r.a. Agar RAsululloh s.a.v. berib yuborgan bo'lsalar anor o'n dona bo'lishi kerak. Chunki Alloh har bir yahshilikka o'n savob beriladi degan.
Shunda Salmon Forsiy r.a. cho'ntaklaridan o'ninchi anorni chiqarib:
- Barakot uchun olib qolgandim,- dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Iyul 2006, 16:21:24

Qabrdan kelgan nido

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni nihoyatda yaxshi ko‘rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi. Yigit har kuni xufton namozidan so‘ng otasini ziyorat qilgani kelardi.
Yo‘l bo‘yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ayol har kun yigitning yo‘lini poylab, uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilardi. Nihoyat, bir safar yigit o‘zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi. Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: "œTaqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar" (A’rof, 201) mazmunli oyati karimani o‘qidi-yu, hushsiz yiqildi.
Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib, eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o‘g‘lini ko‘rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o‘ziga keldi.
— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? — so‘radi ota.
— Hech narsa, hammasi joyida.
Ota:
 — Xudo haqqi, menga to‘g‘risini ayt, — deb qo‘ymagach, yigit bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
— O‘g‘lim, sen qaysi oyatni o‘qiding? — deya so‘radi otasi.
Yigit o‘sha oyatni takror o‘qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin, o‘ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O‘sha kechadayoq uni yuvib, dafn etishdi.
Ertalab bo‘lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta’ziya izhor qilgach:
— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.
— Ey mo‘minlarning amiri! Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi, sizni bezovta qilgimiz kelmadi, — dedi ota.
— Unday bo‘lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u yerga yetgach:
— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: "œParvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 46) mazmunli oyatni o‘qidi.
Ittifoqo, qabrdan yigitning:
— Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in’om qildi, — degan ovozi eshitildi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Iyul 2006, 16:22:18

Gapiruvchi bo‘ri yoxud qiyomat alomati

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "œBir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:
— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi.
— Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho‘pon.
— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri.
Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:
— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, — dedilar.
Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
— Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha va kishining soni, u ko‘chada yo safarda bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».
(Mazkur hadisni Imom Ahmad Abu Hurayradan, Abu Nu’aym esa, Anasdan va Bayhaqiy Ibn Umardan rivoyat qilishgan).

Qayd etilgan


Laylo  18 Iyul 2006, 16:22:36

Salmoni Forsiy ibrati

Zayd ibn Savhonning ozod etilgan quli Solim hikoya qiladi:
«Xo‘jayinim Zayd ibn Savhon bilan birga bozorda edik. Salmoni Forsiy yonimizdan o‘tdi. Ancha-muncha oziq-ovqat ko‘tarib olibdi. Xo‘jayinim unga:
— Sen Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, sahobasisan. Buncha ko‘p zahira to‘plashga ehtiyoj sezmasliging kerak-ku, — dedi.
— Yanglishyapsan. Kishi o‘zini bunday narsalar bilan ta’minlab qo‘ysa, ham xotirjam bo‘ladi, ham ibodat uchun ko‘p vaqt topadi, shayton ham uni vasvasa qilishdan umidini uzadi, — deb javob berdi Salmoni Forsiy».

Qayd etilgan


Laylo  18 Iyul 2006, 16:23:19

Sen nega yig‘layapsan?

Qays ibn Abi Hozim hikoya qiladi: Bir kuni Abdulloh ibn Ravoha  ayolining tizzasiga bosh qo‘yib yotarkan, yig‘ladi. Buni ko‘rgan ayoli ham o‘zini tutib turolmadi. Abdulloh undan:
— Sen nega yig‘layapsan? — deb so‘radi.
— Yig‘layotganingizni ko‘rib, men ham yig‘ladim, —  javob qildi xotini. Shunda Abdulloh:
— Men Alloh taoloning: "œSizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushguvchidirsiz" (Maryam, 71, mazmuni) degan amri esimga tushib qolib yig‘ladim, — dedi Abdulloq xotiniga.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyul 2006, 07:25:26

Xotirjamlik siri

Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»

Qayd etilgan