Oqilona javob
Bir kuni bir yahudiy kelib Janobi Payg‘ambarimizdan, sollallohu alayhi va sallam, mashiat (iroda) haqida so‘radi.
— Mashiat yolg‘iz Allohnikidir, — dedilar. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam.
— Sen shunday deyapsan, ammo agar men turishni xohlasamgina turaman, — dedi yahudiy.
— Sen o‘rningdan turasan, biroq Uning iroda va xohishi bilan turasan.
— Xohlasam, o‘tiraman ham.
— Alloh xohlagan bo‘ladiki, o‘tirasan, — dedilar.
— Men istasam, shu xurmo daraxtini kesaman.
— Alloh xohlagan bo‘lsa, kesasan.
— Xohlamasam, kesmayman, — dedi yahudiy.
— Alloh kesmasligingni xohlagan bo‘ladiki, kesmaysan.
Shu asno Jabroil, alayhissalom, tushib Janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam:
— Siz ham Ibrohim, alayhissalom, kabi raqibingizni Allohning yordami bilan mot qildingiz, — dedilar. Shunda: "œSizning biron-bir xurmo daraxtini kesishingiz yoxud uni kesmay o‘z poyasida qoldirishingiz, Allohning izni-irodasi bilandir. Alloh yo‘ldan adashgan (fosiq-itoatsiz) kimsalarni ana shunday uyaltirib, rasvo etar" (Hijr, 5) mazmunli oyati karima nozil bo‘ldi.