Vatanni sevmoq iymondandir!  ( 64658 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:57:04

salom aziz birodarlar.
ushbu kunda barchangizga hayot yollarida omad tilayman. Yurtda bolganlarga yurtni qadriga yetmoqlik, va solih inson bolmoqlikni, xorujda yurgan musofir qardoshlarimzga esa yurtga sog'-omon qaytmoqlik nasib aylashligini Ollohdan sorab qolaman. Shu Vatanda Kindik qonimiz tokildi, Ilohim shu Vatanda Jon bermoqlik nasib aylasin. Paygambarimiz Muxammad (SAV) Makkani tark etib Madinaga hijrat qilib ketayotib yolda togni tepasiga chiqqanida ortiga qayrilib qarabdi va "Ey Ibrohim Paygambar Duo qilgan yurt,yo Kabatulloh, yo ahli Quraysh, sizlarni yana qayta kormoqlik nasib etarmikin.Ey Yaratgan Egam, shu yurtga yana qaytmoqlikni menga nasib aylagin". degan ekanlar.

jamshid, from india

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:57:22

AbdulAziz:

Alloh rozi bo`lsin!
Juda ta'sirli gaplar! Man Vatanda bo`lib turib ham ta'sirlanib ketdim .

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:57:55

Kamol:

Vatan ona qornidaligimizda uning taftidan boshlanadi. Tug`ilib, o`z uyimizni ko`ramiz. O`sha harobgina kulbamiz bizga Vatan bo`ladi. Asta-sekin tashqariga chiqa boshlaymiz. Hovlimiz Vatanga aylanadi. Keyinroq mahallaga chiqamiz. Mahalla Vatanimiz bo`ladi. Kattarib shahar bo`ylab kezamiz. O`z shahrimiz Vatana bo`ladi....

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 01:58:06

VATAN

Hali biror ishni uddalamadim,
hali hech kimsani qilmadim rozi,
behuda o`tibdi go`zal umrimning
qanchalab chiroyli bahori, yozi.
Farog`at borligin unutib qo`ydim,
bag`rimga chaqinlar tegdi daf'atan,
Sendan-da ulug`roq narsa yo`qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!
Buncha kech angladim,
nega muncha kech...
anglasam loaqal o`ttiz yil avval,
loaqal tug`ilmay turib anglasam...
Ko`rgan bo`larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo`lmog`ing uchun
ovozi toshlarni yorar kuychilar,
qanchalab sehrgar shoirlar kerak,
qancha bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko`chkilarday jimjit, shiddatli,
butkul tinmoq uchun bir kun bemalol
faqat yaxshi bo`lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo`q qilsa meni daf'atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo`rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!

(SHAVKAT RAHMON)

Qayd etilgan


Munavvara  29 Noyabr 2009, 19:50:12

salom

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Noyabr 2009, 02:46:59


Qayd etilgan


Munavvar Bonu  01 Mart 2010, 06:41:57

Yuragimga ishq solmadi hilqatlaring,
Aqli hushim lol qilmadi hislatlaring,
Allohimdek yor bo'lmadi Xazratlaring,
Ey Hindiston, men sog'indim O'zbegimni.

Tog'laring bor, bas kelolmas tog'larimga,
Bog'laring bor, o'hshamaydi bo'glarimga,
Bulbullaring alishmasman zog'larimga,
Ey Hindiston, Men sog'indim o'zligimni.

Oshkoriga yetolmaydi pinhon siring,
Bir kuniga arzimaydi minglab asring,
Kulbasiday bo'lolmaydi Oltin qasring,
O'zbegimning. Men sog'indim tuprog'ini.

Toj mahalga alishmasman sevgan yorim,
Har faslingdan topolmasman bir Bahorim,
Bor hulqingdan ustun turar bitta orim,
Ey Hindiston, men sog'indim sog'inchlarim.

Qayd etilgan


shirin_a  24 Iyun 2010, 21:38:12

 :as:
Alloh Alloh, o`zbellarning ayrimlari ruslashgan bo`lsada o`zbek hech qachon Bekligini yo`qtmidi birodarla. Beklar esa vatan un kurashadi... : )

Qayd etilgan


Robiya  25 Iyun 2010, 01:01:19

Umarova, o'ylabroq post qiling. Xayolga kelganini yozmasdan! O'zbekiston imkoniyatlar koni, bir-ikki noshukr,dangasalarning kasriga butun xalqni ayblash to'g'ri emas! Siz ham o'zbeksiz,adashmasam. Ehtimol hozir sharoiti O'zbekistondan yuqoriroq darajadagi biror davlatdadirsiz, lekin shuni unutmangki, o'sha va boshqa manaman degan davlatlar 20 yil (!) ichida O'zbekiston qo'lga kiritganlarini tushida ham ko'rmagan. Biz endi mustaqil bo'ldik. Prezidentimizning oqilona siyosatlari sabab o'tish davridan ijtimoiy larzalarsiz, siyosiy zarbalarsiz o'tib oldik. Alhamdulillah, yurtimizda Islomga keng yo'l ochib berilgan.. Yana nima kerak?! O'zbekistondan nima talab qila olamiz?! Talab qilishga haqqimiz bormi?! Bizga oq sut berib, ulg'aytirgan ota-onamizga biror xusumatimiz bo'lishi mumkinmi? Mana siz, go'daklikdan hozirgacha non, tuz berib kelayotgan onangiz, otangizga la'nat aytganmisiz? Yo'q albatta! O'zbekiston bizning VATANIMIZ! Uning har qarich tuprog'i oltinga teng, balki undanda ziyoda, bahosi yo'q!
O'zbeklarda iymon yo'q debsiz.. Yuqorida yozganlarizdan bizni O'zbekiston(VATANINGIZ!)imizni xushlamasligingizni sezish mumkin! Endi mavzuga e'tibor berin: VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR!

Xulosa o'zingizdan...

Boshqa bu ma'noda post qilmang, bundan-da qattiqroq zarbaga uchraysiz!

Qayd etilgan


shirin_a  25 Iyun 2010, 01:41:20

Alloh Alloh,  Umarova siz tug`ilgan joyizni millatingizni unutmang. Ota onangiz yashagan joylarda siz ham yashagansiz agar hozir boshqa davlatda bo`lsangiz ham. Sizga savol Umarova: o`z yurtizni sog`inmaysizmi? Vatanizni qumsamaysizmi? (Alloh Alloh, shunaqa bo`lsa demak siz o`zbek emassiz) Alloh asrasin. Iltimosim postni yozayotganizda o`ylabb yozin opajon. :3

Qayd etilgan