Vanga qanday davolagan?  ( 19976 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:18:49

Bolgariyaning Petrich shaharchasi yaqinidagi Rupi qishlog‘ida 12 yoshidan boshlab xalq tabobati bilan shug‘ullangan Vanganing nomi butun dunyoga mashhur. Uning qabulida bo‘lish uchun dunyoning turli burchaklaridan odamlar borishadi. Garchand bemorlarni davolash uchun umrini baxshida etsa-da, Vanga xonimga tadqiqotchilar avliyo deb ham ta’rif berishgan.
Nega?

Vanga kimningdir yaqin kishisi yo‘qolganda yoki noto‘g‘ri qadam tashlash oqibatida odamni kelajakda nima kutayotgani haqida ham aytib bera oladi. «Bizga sirli bo‘lib tuyuluvchi fazo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatganim tufayli ham mening bashoratlarim anchayin haqqoniy», degan edi Vanga o‘z xislati haqida.

Vanganing huzuriga borganlarning aksariyati, qandaydir darddan aziyat chekayotganlar bo‘lib, tabib ularni bajonidil qarshi olardi. Oliy toifali ekstrasens bemorning kasalligini aniqlar, og‘riqni bartaraf etish usullari haqida yo‘l-yo‘riq berar, dori-darmonlar yozar, ba’zan zamonaviy tibbiyotga murojaat qilish xususida ko‘rsatma berardi. Vanga hech qachon rivojlangan va zamonaviy texnologiyaga asoslangan tibbiyotni rad etmasdi.

Qayd etilgan


Nodi  04 Noyabr 2006, 06:19:01

Buyuk tabibning jiyani Krasimira Stoyanova uning izidan ketmoqda. Yillar mobaynida Krasimira Vanganing ko‘rsatmalarini qog‘ozlarga qayd etib borgan. Shunisi diqqatga sazovorki, tabibning retseptlari kasallik turiga ko‘ra, oddiy va murakkab ko‘rinishga egadir, shu bois ham jiyani ularni tizimlashtirib chiqqan. Ushbu kitobchalardan foydalanish juda oson. Bir xil kasallik bilan og‘rigan bemorlarga, ba’zan Vanga turlicha retseptlarni tavsiya qilgan. Ehtimol, buning sababini bizning vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino kashf qilgan bemor mijozi bilan bog‘lash o‘rinli bo‘lsa kerak. Alfavit tartibida joylashtirilgan retsept-kitobcha dunyoning barcha mamlakatlariga tarqatilgan va tarjima ham qilingan.

Vanganing o‘simliklarga asoslangan davolash metodikasi, muhim tarkibiy qismlarga egadir. Birinchidan, qaysidir kasallikda qo‘llaniladigan damlama juda tezlik bilan o‘zining samarasini bera boshlaydi. Ayrim dorilar shunchalik oddiyki, uning tarkibiga kirgan o‘simliklarni yon-atrofimizdan ham topishimiz mumkin. Bundan tashqari, Vanga tayyorlagan darmondorilar qat’iy mutanosiblikka asoslanmagan va bemor uni o‘z fahmicha qabul qilaveradi. Shunday qilib, Vanganing mijozlari passiv emas, balki o‘z sog‘liklarini tiklash uchun qat’iy kurashadigan kishilardir. Kimdir o‘simliklardan tabib aytganidek foydalanmasa ham sog‘likka aks ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki o‘simliklar tarkibidagi tabiiy sharbat insonga eng yaxshi ehson va bezarar hisoblanadi. Quyida Vanganing retseptlaridan berilmoqda.

Qayd etilgan


Bobur Sharipov  11 Noyabr 2012, 23:24:34

Vanga kimningdir yaqin kishisi yo‘qolganda yoki noto‘g‘ri qadam tashlash oqibatida odamni kelajakda nima kutayotgani haqida ham aytib bera oladi.
Ilgari qaysidir gazetada "Vanga bashoratlari" degan sahifani o'qigandim. Unda Vanga falon yili falon voqea bo'ladi,unday bo'ladi,bunday bo'ladi deb bashoratlar qilgan. Bu o'sha Vangami? Tabibchiligi yaxshi ekanu,bashoratlari yoqmadida...

Qayd etilgan