Quyultirilgan sutni ham o'zim tayyorlagandim:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6913.0Men Tvorogli tortda quyidagi o'zgartirishlarni qildim:
1. Tort nonini (biskvit)ni tuxumning oq sarig'ini ajratib olib, oqiga-bir chimdim tuz va 3 qoshiq suv solib ko'pirtirdim qorday. Narigi tarafda sarig'ini shakar bilan ko'pirtirdim, oq ko'pik bilan asta sekin tahta qoshiq yordamida aralashtirdim, pastdan tepaga qarab, orasidagi havosi qochib ketmasin, deb, (shishmay qolishi mumkin, dedim) qolgan un vhk-larni ham asta sekin yana tahta qoshiq yordamida qo'shib bordim, mikser ishlatmadim ya'ni. Qorishma tayyor bo'lganda qo'yiqqina edi, uni ham listga yoydim qoshiq yordamida, o'zi to'kilmadi, judayam zo'r shishdi-birinchi marta:) bundan keyin inshalloh biskvitni shu uslubda qilaman.
2. Kremiga- 500 gr- Krem peynir-plavlennıy sır bilan o'zim tayyorlagan quyultirilgan sutdan 100 grni mikserda aralashtirdim, biroz muzlatgichda turdi, keyin surdim.
3. Eng ustidagi shokoladli kremini shunday tayyorladim: 125 gr xona haroratida erigan saryog'ni avvalo mikser bilan yaxshilab mayinlashtirib oldim, 250 gr shakar pudrasini solib, yaxshilab yana aralashtirdim mikserda. 1.5 qoshiq kakao soldim, aralashtirdim, ohirida 2 qoshiq qaynagan suv solib, yaxshilab aralashtirdim. Aslida shakllar bilan bezamoqchi edim, lekin vaqtim yo'q edi...
Men tortni qolipga solmaganim uchun dum-dumaloq bo'lmadi, qolipdan kichkinaroq bo'ldi, undan kichkina qolibim yo'q edi. Lekin yeganimdan keyin mazasini judayam yoqtirdim:)