Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 54000 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:17:20

AbdulAziz:

Man ham Shavkat akani gaplariga qo`shilaman.

Otabek, agar niyat xolis bo`ladigan bo`lsa tushuntiring, tushuntirganda ham go`zal qilib tushuntiring. Zora, tushunsa.

Ikkinchidan, ota-onezi fikrlarini biling. Albatta ular norizo bo`lgan holatlarida sizning baxtli bo`lishingizga ishonch yo`q.

Qisqasi, omad sizga :D

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:17:40

Otabek:

Qimmatli amslaxatlaringiz uchun katta rahmat...
Albatta, mening ham maqsadim shunday...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:18:12

AbdulAziz:

Xitoyda studentlani yashashi qanaqa?
Stipendiya qancha?
Yetadimi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:18:32

Xitoydan:

Hitoyda studentlar yashash sharoiti juda yahshi. Bir honada 2 kishi honada hamma zarur jihozlar bor.
Bundan tashqari Institutimiz tominidan har hil tadbirlar va sayohatlar uyushtiriladi.
Hozir bizada qishki ta'til. Qishki ta'tilda men bir nechta shaharlaga aylangani borib keldim.
Stipendiyaga kelsak Stipendiya 140$ (1100 yuan). Yashash uchun bemalol etadi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:18:58

Vatandoshingiz:

Vatandoshlarga Assalamu alaikum!
Qiziq mavzuni ko'taribsizlar. Hozirgi kunda xorijga chiqqan har 10 ta O'zbek o'g'il qizining 9 tasida adashmasam o'sha mamlakatida yana biroz qolish istagi bor. Buni bir necha yillar faoliyat ko'rsatgan "Umid" jamg'armasining talabalari ham isbot etishdi. Sababi hammamizga ayon.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:19:15

Assalom:

Wa alaykum assalom!
Ha, haqiqatda judayam qiziq mavzu va aktual mavzu!
Hozirgi sharoitni hisobga olib nima deysizlar?

Hozrijda o`qib, ishlab o`sha yerda qolib ketgan yaxshimi?
Horijda o`qib, ishlab, malaka oshirib, yana o`z yurtiga qaytib u yerdagi bilimlarini ishga solish?
Yoki umuman horijga chiqmasdan shu yerda qolib, Vatan uchun xizmat qilish?
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:19:32

Otabek;

Vatanparvarlik degan tuyg'u bor. Buning buyuk tuyg'u ekaniga shubha yo'q. O'zini vatanparvar hisoblaydigan odam xorijda qolmaydi, balki o'z yurtidan uzilmaydi.
Vatanparvarlik oldida har qanday boylik sariq chaqa...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:19:52

Jijo:

Assalomu alayku aiziz yurtdoshlarim, kizikarli mavzuga uchrab koldim. Ijozatingiz bilan bir fikrni aytsam. Menimcha global oylab korsak, agar ikki insonni bir biriga bildirayotgan his-tuygulari kuchli bolsa, ikkalasi hakikatdan ham oila kuraman deb fikr yuratgan holda, bundan, ulardagi farkli kirralar nimaga olib kelilishiniyu, ular nimaga erishishiniyu, hammasini ozi togri anglab, tushunaetgan bolsa, turmush kurush uchun boshka hech narsa kerak emas. Millatni bu savolda orni bolsayam, birinchi orindagi kriteriy bolaolmaydi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:20:05

Muxbir:

To`gri aytasiz, Jijojon!
Muhabbat millat tanlamaydi. Qiz bilan yigit bir-birini tushundimi, ota-onasi rozimi, diniy nomutanosibligi yoqmi? Vperyod. :o

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:20:24

Otabek:

Abdurashid! Xitoydagi yurtdoshlarimizga samimiy salomimizni yetkazib qo'ying... Aytingchi, siz ta'lim olayotgan shaharda vatandoshlarimiz bormi? Ular bilan munosabatlaringiz qanday? Ular orasida Xitoy fuqaroligiga o'tganlar bormi? Javobingiz uchun oldindan rahmat...

Qayd etilgan