Assalomu alaykum! Do'tlar, aynan bu masalani chindan ham chuqurroq o'ylab ko'rish vaqti kelgan, chamamda.
Tarixga nazar tashlasak, Amir Temur qo'shini bilan Rossiyaning yuragi Moskvaga qadar kirib borgan. U yerdan o'sha qo'shin askarlaridan birortasi rus xalqi qiziga uylanganmikin? Bu haqda men, masalan, bilmayman, ammo bilguvchilar bordir.
Ammo Zohiriddin Muhammad Bobur va uning izdoshlari hind yeri go'zallariga uylanganlar. Bu haqda bilganim bor.
Endi shariat nuqtai nazaridan ish ko'rmoq bizlar uchun farz. Ya'niki, ahli kitob vakilasiga uylanish mumkin, ammo ma'jusiyga uylanib bo'lmas ekan, chunki butparastlar borib-borib, jinlar qavmiga kirib ketadi, degan gap bor ekan. Demakki, bunga e'tibor bergan ma'qul!
Menimcha, o'zbek yigit-qizlari qancha boshqa xalq vakillariga (albatta, turmush o'rtog'ini dinga da'vat qilib) uylansalar, buning yomon tomoni yo'q. Chunki bari bir ham bora-bora Qur'oni Karim kirib har bir boradigan vaqtlar yaqinlashmoqda. Shunday ekan, yana buning ustiga, bir insonni dini islomga kirgizishning savobi bor! Bu mani fikrim.