Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 81205 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Aisha  14 May 2008, 17:04:48

Assalomu alaykum dindoshlarim!Man ham shu o'rinda o'z fikrimni aytib o'tmoqchiman.Boshqa millat qizini sevib qolgan ukamizga yahshilab o'ylab ko'rishni  maslahat bergan bo'lar edim (uzr, agar malol kelsa).Chunki man boshqa millat vakilalari bilan turmush qurgan yigitlarning afsusda ekanliklarini eshitganman.Turk qizlariga uylangan yigitlar.Ularning ikkisi ham musulmon bo'lsada,urf odatlari boshqa boshqa ekanligining  ham ahamiyati bor ekan.Tashqaridan qaraganda ibratli oilaga o'hshaydi,ammo qalblari to'la armon.O'zbekona muhitni sog'inaman hatto o'zbek taomlarini sog'inaman,deyishgandi

Qayd etilgan


Furqat_Hasanovich  25 May 2008, 14:47:29

Salom hamma Hammaga man forumni o`qib chiqib ulgiromiyabman m,avzulari xilma silakan   Otabek  sizga maslaxatim o`sha qizga uylaning  agar rostan sevsez  sevgini Olloh suygan bandalariga beradi

Qayd etilgan


RANAENES  06 Iyun 2008, 01:58:04

hammaga salom man bu forumda bıtta söz okudum  otabek tan mınta özbeklardan bıtta karees yahshı depsiz lakın siznı ham bir özbek ayolu dunyoyaa keltırgan emasmı unandaka bizim kizlarimizni PASGA URMANGLAR.karees ayolga uylangız kelyatsa osha ayolnı musulmon kılıb olıng unda judayam savob ish kılasız

Qayd etilgan


Abdul-aziz  08 Avgust 2008, 06:27:14

Otabekka gapim bor edi...
Avvalo Assalomu alaykum.
Otabek man ham mana 2 yildan beri Koreadaman. 20 kishilik talabalar kollektivi orasidaman. O'qish, o'qishdan keyin laboratoriyada o'tirish. Hullas, men koreyslarni harakterini ozmi ko'pmi anglab yettim dep o'ylayman.
"Men koreys qizlarining nomaqbul ishlarini xali ko'rmadim. Ular juda sodda va yolg'on nimaligini bilmaydi. Birovning ko'nglini og'ritib qo'ysa o'zini qo'yarga joy topolmaydi. Beg'uborlikda ular o'zbek qizlariga o'zshaydi..." - debsiz. Men koreyslarda bularning aksini ko'rdim. To'g'ri ular o'zbeklardan ancha ayyorroq. Ustida ko'rsatmaydi. Ustida kulip turadi. Siz ko'proq sinasangiz mani gaplarimga amin bo'lasiz. Siz u qizda faqat yaxshi tomonlarni ko'rgansiz. Butun dunyoda malumki koreyslar, badjahl, tajang, qaysar va urushqoq harakterli xalq. Siz bo'lsangiz o'zbek qizladan ularni ustun qo'yipsiz. Siz vatandan uzoqda ko'zingiz usha qizni ko'rip yaxshi ko'rinip qolgan bo'lsa kerak.
Lekin maslahatim, tinchgina o'z yurtingizga borip qadimdan ajdodlari muslim bo'lgan qizga uylaning. Koreyslar dinning ma'nosini chunmidi, dinni qabul qilsayam, uning qonlari, qonidigi genlari, organizmi qabul qilmaydi, chunip yetguncha 2-3 avlod o'tishi kerek. Bizni o'zbeklar bo'lsa 10-15 avlod musulmon bo'lip yashagan, yoki undan ham ko'p.
Man bilan gaplashsez sizga ko'p isbot va dalillar keltirardim, o'zim ko'rsatib gaplashtirishimam mumkin. Lekin Alloh sizni ko'zingizni ochisin. Nafsiz yo'liga yurmang.
Alloh sizdan rozi bo'lgur, bir mo'mina va go'zal qora ko'z o'zbek qizga juft bo'lip ketgur, aqlizzi yig'ing.

Qayd etilgan


Abdul-aziz  08 Avgust 2008, 06:53:28

Misol qilib, to'g'risini etsam, to'g'rimda o'tiruvchi qiz har bayramda uyo buyoqqa boraylik, aylanaylik, obed bohona deydi. Man har safar unga baxona qilaman. Vaqtim yo'q edi, boshqa joyga borishim kerak edi. (hafa bo'lmasinde, nima bo'lgandayam qiz bola...) Lekin unda din yo'q, u sigaret chakadi, u o'zbek qizlaridek chiroylimas, jismi chiroyli bo'lsayam mani ko'zim uni chiroyli ko'rmidi.
Koreyslar ayyor, aldashni yaxshi ko'radi, yaxshi narsaga o'ch bo'ladi, ko'pincha horijlik yigitlarni boshini aylantirip tegip olishadi. ko'pini ko'rganman. zo'r yigitlar. Chunki horijlikni aldash onson, tilni chunmidi, chunsayam madaniyatlardagi farqni to'liq chunmaydi. Ayniqsa o'zbeklar ancha sodda. Seoulliklar judayam ayyor. Din yo'q odamlarda lafzi halollik qattan bo'lsin???!!! O'z foydasi uchun aldov kop ishlatishadi. Man buni sezip turaman. Seouldagi o'zbeklar bo'lsa gapimni tasdiqlashadi.
Ishlaydigan yoki koreyslarni kam ko'radigan o'zbeklar koreyslarda bu ichki tomonlarni ko'rmaydilar, yoki kam ko'radilar. Man har kuni bular bilan 10 -12 soat birgaman. 2 yildan beri.
Shuning uchun, yurtdoshlarimga etaman, iltimos qilaman, aqllarini yig'ib ish qilsinlar. O'z yurtlarida onalari otalari kutib o'tirishgandir, kelsa uylantiramiz deb, qizlar ham ko'p, bir koreys qizni to'g'ri yo'lga boshlaguncha, o'z yurtidagi ochilip ketayotgan, buzilib ketayotgan qizni imonini saqlab qolish kerak birinchi navbatda, menimcha.
Wallohu A'lam
Hurmat ila Abdulaziz

Qayd etilgan


Abdul-aziz  08 Avgust 2008, 07:04:54

Alloh ulardan roziy bo'lsin, dinni o'rgatish maqsadida o'zga yurtlarga borgan sahobalarga kelsak. Ular o'zga yurtga borip bir kofir, yoki ahli kitobga uylanmaganlar. yoki uni sevib qolmaganlar. O'z ahllari, oilalari bilan, juftlari bilan borip. Yashab Xaq yo'lni ko'rsatganlar. (Alloh ulardan rozi bosin). Siz ham go'zal bir odatni taqlid qilib, ko'p savob qilaman degan umidda bo'lsangiz, ana o'z yurtingizdan juft toping, go'zal oila bo'ling, keyin yana kelip ko'rsatarsiz koreyslarga bu yaxshi ibrat bo'lar. InshaOlloh
Dinsiz qizga uylandi degan nomdan ko'ra, dinsiz o'lkada go'zal dinini, go'zal oila madaniyatini ko'rsatib yuribdi degan nom yaxshiroq bo'lsa kerek.
Wallohu a'lam

Qayd etilgan


Munavvara  21 Avgust 2008, 12:27:42

Abdul-aziz aka fikrlarizga qo'shilaman man ham hop Otabek o'sha kareys qizga uylandilar deylik ularni bir amallab Islom diniga kirgizdilar deylik keyinchalik o'sha qiz shariat qonunlariga chidab sabr qilib yasharmikan buni ham bir o'ylab ko'rin Otabek aka yana kelajakda shu qiz man qayodan ham Islom dinini qabul qildim deb afsuslar chekib yurmasin. Alloh hammamizga iymon va insof bersin amin!

Qayd etilgan


shmuslima  31 Mart 2009, 02:06:53

Assalomu alaykum.Otabekni koreys qizga uylanish yoki uylanmasligi haqida men ham fikr bildirmoqchi edim.Shu o'rinda "Daniyalik kelin"filmini eslab o'tmoqchiman.Men shu filmni har ko'rganimda yig'lamasdan tura olmayman.Qalbimda ham havas,ham o'kinish,ham orzu uyg'onadi.O'zga dinda bo'lgan qiz, islomga kirgach uni ahkomlarini sozsiz bajarishi o'rnak bo'larli darajada. Din millat tanlamaydi.Agar Alloh bandasining qulfi dilini ochsa har qanday makondayu,har qanday zamonda ham imonli insonga aylanadi.Aslida musulmonmiz deb, Bismillohni bilmaydigan vatandoshlarimiz ham yo'q emas.
"Daniyalik kelin"filmida aynan bugungi kundagi bizni hayotimiz tasvirlangan desam qarshi bo'lmasangiz kerak.
Agar Otabek  haqiqatdan sevsalar va niyatlari jiddiy bo'lsa u qizni nikohlariga olib(albatta ota-ona roziligi ila),islom dinini asta-sekinlik bilan qalbiga singdirib borsalar,ham uylanganlik savobini,ham bir insonni islomga olib kirganlik savobini olgan bo'lardilar.(Albatta majburlab emas)
Aslida,islomiy qizga uylanish nasihat etilgan bo'lsada,lekin agar o'zga din vakiliga uylanish hohishi bo'lganda faqat samoviy dinga sig'inuvchi qizga uylanish mumkin deyilgan,ya'ni hristian yoki yahudiy.
U qizdan islom dinini qabul qila olish yoki olmasligini so'rab qo'ysalar ham durust bo'lardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Mart 2009, 06:24:54

Va alaykum assalom!
Otabek, adashmasam 2 yil avval o'zbek qiziga uylanib, hozirda bir farzandning baxtli otasi.
Koreyada o'qib yurgan paytlari yoshlik qilib, koreys qiziga oshiq bo'lib qolgan-da.
O'zimizi o'zbegimdan qo'ymasin!  : )

Qayd etilgan


shmuslima  01 Aprel 2009, 02:17:40

Assalomu alaykum.Men avvalo Otabek haqidagi fikrlarim uchun uzr so'rayman.Men forumga yaqinda a'zo bulib,va unda ishtirok eta boshladim.Forumda mavzular juda ko'pligidan Otabek haqidagi fikr va voqealarni hammasini o'qishga ulgurmagan edim.
O'zbek qizi bilan bahtli bo'lsalar bu juda yaxshi.
Men ham hozirda horijdaman.O'zbek yigitlarini o'zga millat vakillariga oshiq bo'lishayotgani va ba'zilari uylanganini ham kuryapman.Nima bo'lganda ham bahtli bo'lishsin barchalari.

Qayd etilgan