Otabek:
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!!!
Ushbu saytning forumiga kirganligimdan xursandman. Men ham ayni paytda yurtimizdan tashqaridaman, Janubiy Koreyadaman. Men bu yerda bilim olayapman. Koreys diyorida ham yurtdoshlarimiz juda ko'p. Ular orasida talabalar ham, ishlayotganlar ham bor. O'zga yurtda vatandoshlaring bilan uchrashishning gashti boshqacha. Koreya fuqaroligini qabul qilib, shu yerda muqim bo'lib qolganlar xaqida xam eshitdim. Lekin xozircha uchratganimcha yo'q.
Siz o'zga yurt fuqaroligini qabul qilgan yurtdoshlarimizga qanday munosabat bildirasiz?!
Sizningcha bu salbiy xolatmi?!