Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 81092 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:05:50

Otabek:

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!!!
Ushbu saytning forumiga kirganligimdan xursandman. Men ham ayni paytda yurtimizdan tashqaridaman, Janubiy Koreyadaman. Men bu yerda bilim olayapman. Koreys diyorida ham yurtdoshlarimiz juda ko'p. Ular orasida talabalar ham, ishlayotganlar ham bor. O'zga yurtda vatandoshlaring bilan uchrashishning gashti boshqacha. Koreya fuqaroligini qabul qilib, shu yerda muqim bo'lib qolganlar xaqida xam eshitdim. Lekin xozircha uchratganimcha yo'q.
Siz o'zga yurt fuqaroligini qabul qilgan yurtdoshlarimizga qanday munosabat bildirasiz?!
Sizningcha bu salbiy xolatmi?!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:06:02

AbdulAziz:

Wa alaykum assalom Otabek!
Juda ham aktual bo`lgan mavzuni tashladingiz. Avvalo bu holatning kelib chiqish sabalarini o`rganishimiz kerak. Siz mana, chet-eldasiz, bilsangiz kerak.
Qanday sabablarga ko`ra ular boshqa yurt fuqaroligini olishyapti?
Qanday yo`llar bilan olishyapti? Chunki hozirgi kunda boshqa davlat fuqaroligini olish anchayin mushkul vazifa.
Shu savollarga javob bo`lgandan keyin asta-sekin munosabat kelib chiqadi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:07:22

Otabek;
Bunga o'sha yurt fuqarosi bilan rasmiy nikohdan o'tib erishayotganlar talaygina.

Mahmud:
Karisla bilan-a?

Otabek:
Buni nimasi ajablanarli?!

AbdulAziz:
O`sha uylangan koreys ayollari musulmonmi?

Otabek;
Yo'q. Boshqa din vakillari.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:07:50

AbdulAziz:

Xo`sh, Otabek!
Sizning niyatingiz qanaqa?
Vatanga qaytishmi yoki o`sha yerda bironta karisni bolasi bilan hatotni davom ettirishmi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:08:04

Otabek:

Meni qiynab yurgan savolni berdingiz...
Albatta, Toshkentlik Otabekning Seullik Kumush bilan diydorlashib turishi biroz qiyinroq. Bunga diniy mansublik ham biroz to'sqinlik qiladi...
Lekin bir koreys qizni sevib qolganimni yashirmayman. Buyog'ini xudo biladi... Olloh menga Koreyaga kelish bahtini nasib etdi, shukur. Buyog'iga ham to'g'ri yo'l ko'rsatar...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:08:19

Shahina:

...O`z yurtimning gozallari ortda qoliiib,
pista qovoq karis qizga uylanaman.... (hazil)
:P :-[ :D ;) :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:08:30

Otabek:

Men koreys qizlarining nomaqbul ishlarini xali ko'rmadim. Ular juda sodda va yolg'on nimaligini bilmaydi. Birovning ko'nglini og'ritib qo'ysa o'zini qo'yarga joy topolmaydi. Beg'uborlikda ular o'zbek qizlariga o'zshaydi...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:08:45

Akmal:

Lekin hammasidan o`tadigani o`zimizning o`zbek qizlari!!!!! :) :) :) :) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:09:21

Xitoydan:

Men ham Horijda ya'ni hitoydaman. yuqoridagi fikrlarni o'qib chiqdim.
Meni shahsiy fikrim Koreys qizi o'zbe qiz bo'la olarmikan???

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:09:34

Shavkat Mirzo:

 Agar siz sevganingizni Allohni yoliga boshlay olsangiz menimcha hech muammo yoq, Agar da islomni qabul qilmaydigan bo'lsa unda bu sevishni maslahat bermasdim , bu meni fikrim.

Qayd etilgan