Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 57044 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 11 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:20:37

Abdurashid:

Men o'qiyotgan shahararda men hali vatandoshlarimizzi uchratganim yo'q. Balkim bu shahar unchalik katta bo'lmaganligi sabablidir.
Men o'ylaymanki boshqa shaharlarda vatandoshlarimiz bor. Yaqinda Shanghaiga borib keldim u erda ko'p bo'lmaganligim uchun uchratmadim lekin shanghaida o'zbeklar bo'lishi aniq.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:21:31

Maknuna:

pulni deb Vatanni tark etish ham yaxshi ish emas!
Afsuski, hozir bunqalar juda ko`p!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:21:42

Mirzo:

Otabek Kares qiz uzbek qizga hech qachon teng kelolmaydi .Ularning talim tarbiyasi , madaniyati,dini(but-parast)uf eydigan ovaqlarini aytmaysimi bizning dinimizga umuman to'g'ri kelmaydi...Bunday olib qaraganda o'zimizning yosh uzbek qizlarimiz ham...................

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:22:08

Kumushbibi:

Otabek bu xolatni kim qanday qabul qiladi menga qorong'u,ammo bir shoir aytganidek:

Tarki Vatan-san'atmas,

Yillar umringni yutar.

Tarki Vatan-jannatmas,

Do'zax qarshingda turar.


Tarki vatan-zulmdir,

Tomiringdan qon oqar.

Tarki vatan-o'limdir

Tobutingda jon yotar!

Hechkimni boshiga shunday kunlar tushmasin. :D

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:22:22

Bunyod:

Salom vatandoshlar! Fikrlaringizni u`kib xursand bu`ldim.Ammo ku`ngilni kengrok kilsak foydadan xoli bu`lmaydi.Otabek sevgan kiz boshka millatdan bu`lsa buning nimasi yomon!Kelinglar dunyoga kasmopalit bu`lib karaylik!Karshilar bu`lsa baxsga marhamat! :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:22:42

Mirzo:

Salomlar .Otabek man o'qishda emasman ishlayapman.xa Kyonggido . Pyogtek shaxridaman .Seulga 2 soatlik yol .Keling mehmonim bo'ling hursand bo'laman. uzbek ko'rmaganimga ham 2 oylarcha bo'ldi .uzbekcha gaplashib mazza qilay

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:22:54

Otabek:

Pyongtekdamisiz? :o Pyongtekka ko'p borib turaman. O'rtoqlarim bor. Ish joyingizni yoki telefon nomeringizni mening @adresimga yozib yuboring. Sizni o'zim topib boraman. Pyongtek bizning o'qishimizga juda yaqin. 15 minutlik yo'l.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:23:10

Noza:

Assalomu alaykum!
Bu forumga ilk bor kirishim.
Juda qiziq mavzu ketayabdi....
Manimcha hammasi Odamni o'ziga bog'liq.
Inson nimani amalga oshirmoqchi bo'lsa bu uni hohishi.
Albatta Vatan, Ona yurt ga bo'lgan tuyg'uni ham unitish bu.........................
Nimaki bo'lmasin hammasi hudono hohishi bilan bo'ladi,
biz buni hohlasak ham hohlamasak ham

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:23:24

AbdulAziz:

Va alaykum assalom!Bunyod, boshqa millatdan ekanligini hech kim yomonlagan yo`q. Biz musulmonlarmiz. Musulmonning musulmon (yoxud xristian, yahudiy) bilangina nikohi Alloh huzurida maqbul bo`ladi. Lekin buddist bilan nikoh haqiqiy nikoh hisoblanmaydi. Undan tug`ilgan farzand valadi zino bo`ladi. Tushunyapsizmi?
Shuning uchun uni musulmon qilib keyin turmush quring deyapmiz.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:23:38

Bonu:

Otabek, mani bilishimcha shu forum ga kiradiganlar juuuda ham kop ekan, hatto mani kop chet eldagi dostlarim kirishadi, lekin hech ham hech narsa yozmay faqat oqib chiqib ketishadi, azo ham bolishmaydi, buni sababi vaqt muammosi. Ozingiz bilasiz, ayniqsa chet elda vaqt juda tez otadi, odamlar qatgadir shoshadi, yurgan yolida gazeta oqigan, mashina haydab ovqatlanishadimiye, cafe larda kompyuterlarini ochvolib bir nimalar pechat qilishadimye! Ishqilib, vaqt ular uchun juda ham katta muammo. Hatto ozimga ham shunaqa bolib qogan. Yuliy Cezar aytganidek bir vaqtda 3 ta narsa bajaraman. Televizor korib, ovqat ko'shab, telefonda gaplashaman, yoki metroda otirib muzika eshitib komputerda report yozaman...shunga ohshash. Aytmoqchi bolganim: osha chet eldagi siz taklif qilgan vatandoshlarni nimadir qilib jalb qilish kere , ana oshanda kopchilik boladi va undan ham qiziqarliroq boladi degan fikrdaman. Masalan, mani USA dagi 3 ta ortogim hammalari shu ziyo-uzni muhlislari, lekin biron marta ham hali u-bu nasa yozishmagan, fikr mulohazalarni hisobga olmasa. Shunaqa....

Qayd etilgan