Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 81135 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 11 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:23:55

AbdulAziz:

Assalomu alaykum Bonu!
Bormisiz? Omonmisiz? Nega forumlarda kamnamosiz!
Fikrlaringizni o`qidim. Qo`shilaman,
lekin...
Inson har doim ham hamma narsaga imkon topa oladi. Zero, imkonsiz narsaning o`zi yoq. vaqt hammayoqda bir xil ot`adi, agar siz bir narsani kutsangiz, sizga vaqt sekin o`tganday tuyuladi. va aksincha. Inson esa siz aytganingizday doimo harakatda. Ba'zida inson arzimagan mayda ishlarga vaqt topadi-da, ulkan ishlar qoshida vaqt yo`q deb abhona qiladi (bu gaplarni o`zizga olmang.)
Man bitta bolani bilaman. U ham horijda. U ham o`qiydi. Balki ishlar ham. Man shu bolaga qoil qolaman. hammasiga imkon topadi. Har kuni kamida 10 marta shu forumga kiradi. Yangiliklar tarjima qiladi. Joylaydi. Shu bilan birgalikda maqola yozadi, dars qiladi, ovqatlanadi, u ham mehmonga boradi, yaxshi ko`rgani bilan uchrashadi, do`stlari bilan suhbatlashadi, o`qishga boradi, yana o`qiydi, uxlaydi ham, LEKIN HAMMASIGA IMKON topadi, balki o`sha bola uchun ham vaqt tez o`tar, lekin u hamma narsaga ulgiydi. Agar sizi gaplariz haqiqat bo`lsa, shu bolaga HAYKAL qo`yganim bo`lsin!
Hamma narsa insonning o`ziga bog`liq. Inson esa ba'zida taqdirdan, ba'zida vaqtdan noliyveradi... Nima uchun?...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:24:23

Bonu:

Voybu!!!!!Sizlar ikki yoqdan talamanglarde endi! Abdulaziz aka, ozingiz ham hamma tomondan har bir insonni shart sharoitidan kelib chiqib bilgandan keyin bu gaplarni aytsangiz yarashardimi sizdek aqlli odamga.
Bir tomondan juda togri bogan gaplarizga man ham qoshilaman, lekin masalan, hammani ham Internetda otirishga imkoniyati yoqdir, bundan ham zarurroq narsalar bordir, shu ketadigan 30 minutlik yozgan vaqtizni o'rniga qancha savobli ishlarni bitirish mumkindir, man ozi chet el haqida aytgandim bu gaplarni, Otabekdan sorang ishonmasangiz! Va qiz bolani ogil boladan farqi bor, ularni oilada ham oz burchlari bor, shu bilan birga qiladigan yumushlari. Bo'tta musofirchilikda hammasi boshqachaligini ozingiz ham bilsangiz kere, har holda kuniga vatanimizadan kamida 10 tacha hat olamiza, internetga kirsak shularga javob yozishga ulguramiza halos, bizada oqishda imtihon degan narsalar bor, bu oqish toshkentdagi o'yinchoq oqish emas albatta. juda ham qiyin. dars qilish koproq kerakroq internetdan kora. Sizni gapizni albatta ozimga olganim yoq, lekin osha misol qilib keltirgan odamizning sharoitini oli solishtiring, uni maqasadi nima ekan Bu ishlar uni faqat bosh vaqtida qilinmaydiku, malum bir vaqt ajratadi ataylab, uni shu rejasida borde! Bu birinchi masala.
Ikkinchidan....man ham siz etgandek, har kuni forumingizda korinishim mumkin, ozimning luqmalarim bilan, har bir ketayotgan mavzuga kirib"Ha, barakalla, Bormisiz? Ozizdan bosin"kabi luqmalarni tashlab qoyib har kuni kozga korinish boshqayu, kimgadir foyda keltiradigan malumot yoki fikrni yozish boshqa. Siz bir nima olaman deb kirasde forumga, lekin bir manosi yoq, bekorchi gaplarga duch kelasiz, yoki siz intizor bop kutvotgan temalarga javoblar umuman boshqacha luqmalardan iborat bolsa unda nima qilas, qanday keyingi gal hafsala bilan kirasiz? Man bu forumni juuda ham ham yahshi koraman, lekin www.forum.uz ni korganmisiz hech ??? ularda umuman boshqacha intizor bolib kutadi odamlar u yerdagi narsalarni, nega bizani forumda odamlar kam kiradi, va ayhiqsa katta yoshlilar yoq.? ??? ( bu gaplarim forum ishtirokchilariga taalluqli emas, uzr sorayman hammadan). Shunaqa gaplar...bilamdim yana siz nima fikrdasiz. Lekin man aniq bilamanki, vaqt oldingidan tezroq otyapti, hohlagan odamizdan sorang, balki har doim band bolganimiza bolsa kere. Man ham shu gapizga ham shu bugundan boshlab sal pal aktivlikka otmasam bolmadi! ;) Lekin fikrlar uchun rahmat! Assalamu alaykum

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:24:45

Abdulaziz:

Assalamu alaykum Bonu!
Insonning ikkita qo`li, ikkita oyog`i bor. Lekin shunga qaramay inson, 10 ta qo`l, 20 ta oyoqning ishini bajaradi shu juft qo`l-oyoqlari bilan. yana bir bor aytaman, hamma narsa niyatda, rejada, inson niyat qildimi, unga erishishga harakat qiladi, harakat esa orzu-istak bilan emas, jiddu-jahd bilan bo`ladi. Inson umri qisqa. Shu qisqa umrda u ko`p narsalarga ulgib qolishni istaydi. Ba'zida esa siz aytganingizdek asosiy ishlar qolib, keraksiz ishlarga vaqtimizni sarflaymiz. Bosh oxiri borib devorga "taq" etib urilganda esa "eh, estikina,
Nahot shuncha o`tdi guldek umringning,
Ming yilga tatirlik oltin damlari..."
deb nadomat chekamiz. Lekin bu nadomatning kimga va nimaga foydasi bor? Musofirchilikda esa vazifalar borasida erkak va ayol bir. Bunda erkak, masalan men ham uyda (agar shunday atash mumkin bo`lsa) ayol kishining ishi deb ataladigan yumushlarni bajaraman va bundan hech qachon nolimaganman.
Ikkinchidan o`qiydigan inson uchun u Moskvada o`qiydimi, Oksfordda o`qiydimi, ozini qishlog`ida o`qiydimi agar intilish bo`lsa, hech qachon o`qishdan to`xtab qolmaydi va uchinchidan, zachet topshirish uchun ham o`qilmaydi. Inson o`zi uchun o`qiydi. Kelajakda odam bo`lish uchun o`qiydi.
Yana XULOSA: Islom bo`limida "Vaqt yo`q" degan mavzu bor. O`sha yerda qiziq bir maqola bor. Shu maqolada ham qiziq ibratlar bor. Biz odamlar (ayniqsa, hozirgi zamon odamlari) juda dangasamiz. O`zimizni qiynashni hohlamaymiz. Tarixda bo`lgan hodisalar go`yo biz uchun ertak... Payg`ambarimiz Muhammad SAV ning sahobalari bo`lardi... Kuniga ikki martadan Qur'onni xatm qiladigan... Ajabo, ular ham vaqt kamligidan nolishganmikin-a?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:24:58

Bonu:
Assalamu alaykum! GAplaringizni 2-3 marta oqib chiqdim, man ham JUrnalist bolganimda siz kabi "chiroyli"qilib javoblarimni ijod qilib tashlagan bolarmidim! Ha endi inson haqida ikkinchi bir inson har doim ham toliq bila olmaydi, siz hozir gapirayapsizu, man haqimda hech narsa bilmaysiz, bilaman, kop gaplarizni manga qarata "otgansiz"! Lekin man albatta sizni gaplarizga qoshilaman, lekin kopiga etibor ham bermayman, chunki gap egasini ozi topadi, Vaqt haqida bolsa gapiray desam gap yoq, osha siz etgan maqolani oqiganimga bir necha oylar boldi, dostlarimga ham hammasiga uni jonatib boldim, vaqtlarini qadriga yetishsin degan maqsadda. Kunimizni 24 soatidan 6 soati uyquga ketsa, 6 soati darsga ekan, 12 qolgan soati esa bosh ekan agar bunday oylab qaralsa! Shun vaqtni ovqatlanish, transport, uchrashuv, va hokazolarga ketgani 4-6 soat bolsa, shunda ham 6 soat bekorchilik! Lekin shu vaqt qanday qilib juda tez otib ketarkina? Bundoq oylasak, har kuni nimadir qilishimiz kere, har kun bitta problem chiqib turadi.
Man otgan javobimda hech narsadan noliganim yoq edi albatta, lekin siz mani tushunmabsiz. Farzand ota- onasi qaramogida osgandan keyin, kop ishlarni uning ota-onasi qiladi, lekin independent bolsa, ayniqsa musofir bolsa unda qiyinchilik 2 barobar oshadi....qarabsizki vaqtingiz 1/3 qismi kamayadi.
Sizni gaplaringiz togri, sizni albatta manda 2 yillik koproq tajribangiz bor, lekin bu yoshga qaramaydi...har bir insonni ozida bolishi kerak degan gap haq gap deb oylayman. siz kimdir haqida fikr bildirishdan oldin oziz yahshilab oylab oling, aka! Chunki bu gaplar umuman u odam haqida bolmasligi, bekorga yozishga vaqtingizni ketkazgan gaplar bolib qolmasin. har bir odam ozicha...hamma ham aytilgandek bololmaydi, beayb Ollohning ozidir, nima dedingiz?
Assalamu alaykum!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:25:10

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Rosayam to`lib-toishib, maza qilib yozibsiz.
Bu bir usul edi xolos, odamga ta'sir o`tkazadigan. mana, shu gaplardan keyin, ancha uyg`ondiz, fikringizni bir joyga jamlab, nimadir yozishni mashq qildingiz. Buning hammasi ijobiy tomonga, albatta.
Manda esa, hech qanday sizni kamsitish yoki hayotingizga aralashish, uni bundoq qil, bundoq qil deb "ponyatka" berish niyati yo`q edi.
Yuqoridagi fikrlaringizni o`qib judayam xursand bo`ldim. Tasahakkur sizga! :) :) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:25:21

Bonu:

Haaaaa, shunday deng-a!!!! ;) Ohiri gapni boshqa yoqqa buribsizde! Mayli, yahshi...Lekin bu bilan psiholigyadan habarim bor demoqchimisiz? Sal adashdiz, mani yozishlarimga sababchi shu sizni yozganlariz emas, bu umuman boshqa sabablardir, man ham baribir sizni fikrlarizni juda maqullayman, iloyim Ollohning ozi ishlarimizdan rozi bolsin. Sizga ham tashakkur bilan,
Bonu

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:25:36

AbdulAziz:

Assalomu alaykum Bonu!
Bizga bildirgan iliq mulohazalaringiz va samimiy tilaklaringiz uchun tashakkur!
Bizning maqsadimiz forumdan ziyo istagan qalblarga yana-da ziyo tarqatish, shu bilan birgalikda olis-olisdagi vatandoshlarimiz shu forum orqali hasratlashsinlar, diydorlasdhsinlar.
Sizga ham omad yor bo`lsin!
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:25:51

AbdulAziz:

Koreya, Angliya, AQSHda o`zbeklarga munosabat qanday?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:26:04

Otabek;

Koreyslar O'zbekiston haqida yaxshigina tasavvurga ega. Ular xalqimiz haqida juda ko'p so'rashadi va qiziqishadi. Masalan, bir kuni bir oshxonada ovqatlanayotganimda oshxona egasi - 40 yoshlardagi ayol o'zbekistonlik sportchilar Artur Grigoryan, Muxammadqodir Abdullaev va Mirjalol Qosimovlar haqida so'radi.
Yana bir koreys talaba Amir Temur haqida gapirib berishimni so'radi.
Oddiy odamlarning O'zbekistonga shunchalik qiziqishlarini ko'rib, ko'nglingiz tog'dek ko'tariladi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:26:20

Bonu:

Assalomu alaykum, Otabek aka, man ham shunga kop qiziqqandim, lekin bo'tta manimcha yoq, fuqarolik qabul qilganlarni korganman lekin ular 90-yillarda kelganlar, bazilarni kelganiga 60-70 yillar bolgan ekan yani oilaviy kochib kelib huddi inglizlardek bolib ketishgan, shunaqasi ham bor, lekin kopchilik ona vatanimizaga qaytib ketishadi nima keragi bor botni fuqarosi bolib?!
Anfliyada fuqarolik olish boshqa davlatlarga ayniqsa USA ga qaraganda osonroq va tezroq lekin shunda ham kop narsa talab qiladi, lekin bizani uzbeklar umuman bu talablarga javob bermaydi, kop yashasholmaydi bu yerda, shunisi borde! :P

Qayd etilgan