Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Eh, Yurtdoshim! Shunday oqila, iymonli, e'tiqodli o'zbek qizini qo'ldan chiqaribsizlar. Bittaga soliha qizlarimiz kamayibdi. Kapalak opamiz (Turmushga chiqqaningizni inobatga olib opa dedim ) o'rniga "Tannoz" qizlarimiz bo'ladi-yu, o'shanaqasi tegib ketsa bo'lmasmidi o'sha turk og'amizga. Buni biru-bir qilish kerak, bir turkiy oqila qizni kelin yoki kelinoyi qilishimiz kerak. Bo'sh joyni to'ldirishimiz kerakku, axir! Uylanmaganlar bormi? Kapalak opamizga iltimos qilamiz endi, ayrim postlarda o'qigandim, ba'zi yigitlar turk tilini o'rganmoqchi ekan. O'shalar uchun qulay bir shansda, nima dedingiz? Yuragida o'ti bor yigitlar bormi, hisobni tenglashtirmasak bo'lmaydi. Shunday oqila qizni tarbiyalab, shundaygina berib qo'yaveramizmi? Qarshi quda bo'lamiz, InshoOlloh! (Buning bari hazil!!!)
Ilohim, qo'shganingiz bilan qo'sha qaring, baxtli saodatli bo'ling, borgan joyingizda toshday qoting. Hech kim birovni rizqini yeya olmaganidek, har bir mo'min musulmon jufti bilan yaratilgan. Juftingizga chiroyli, sadoqatli yor bo'ling! Ko'p farzandlik bo'ling, Xudo hohlasa jiyanchalarga O'zbek tilini ham o'rgating! Salomat bo'ling!
PS: Hamma horijdagi yurtdoshlarimga, hamisha o'zbekligingizcha qoling! Horijga turmushga chiqishni yaqinlarimga ravo ko'rmasdim, ruxsat ham bermasdim.(Yurak shunaqa deyapti, yana ham Ollohning hohishi!!!!) O'zi bir necha yildan beri horijda, yaqinlarimdan o'zoqda yurib, bilyapman. Musofirchilik nima ekanini. Bizlar qizlarimizni hattoki qo'shni mahallaga ham bermaymiz. O'zbeklardagi hususiyatlar boshqa halqlarda yo'q, Bolam deb yashaydi o'zbek!
Olloh oilalangizni o'z panohiga olsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!