Xorijlikka aylangan yurtdoshlarim  ( 56347 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Ansora  19 Yanvar 2010, 23:24:35

Men ham chet elga turmushga chiqdim lekin qayerda bo'lsam ham O'zbekligim aniq bo'lib turadi : )

Qo'shnilarim ham "O'zbek kelin" deyisharkan men haqimda, bir ovqat olib chiqqanimda "Bu bizni O'zbeklarga hos taom", deb albatta ikki og'iz bu ovqat haqida ma'lumot bermasdan ketmayman.

Yani Horijlikka aylanmadim, Vatan sog'inchi dilda bo'lgandan keyin hamma yerda Vatanga hos bir narsalarni qidiraverasiz, solishtiraverasiz.

Turk tilida ko'proq gaplashishimni sababi esa turmush o'rtog'imni Turkiyalik bo'lishlari, agar ular ham O'zbekistonlik bo'lganlarida tabiiy shaklda bunchalik ko'p Turk tilida gaplashmagan bo'lardim.
Ziyouzni yordami bilan O'zbek tilida (hech bo'lmasa yozib turish) nasib bo'ldi.

Alloh bu ishga bosh qo'yganlardan rozi bo'lsin, ishlarini davomini tilayman.



Qayd etilgan


Ansora  20 Yanvar 2010, 15:03:45

O'zimizi o'zbegimdan qo'ymasin!  : )
Darxaqiqat O'zimizni o'zbegimizdan qoymasin


Shunday deysiz-ku, lekin inson faqat millati uchun emas, boshda Diniy ishonchi uchun uylanishi yoki turmush qurishi kerak, deb o'ylayman.

Boshqa Millatdagilarga turmushga chiqish yoki uylanishni men ham yoqlamayman, lekin boshqa millatga mansub kishi İslom dinini qabul qilgan yoki qabul qilishni o'ylab yurgan bo'lsa menimcha jiddiy o'ylab ko'rish kerak. Bu masala asosan chet elda o'qib, ishlaydiganlarga tegishli.

Masalan meni bir Yapon dugonam İslom dinini qabul qildi, oilasidan yashirincha İslomni yashayabdi. Uning uchun Dinimizni tom ma'noda yashayotgan biri nasib bo'lishini juda hoxlardim, chunki oddiy bir Yaponga turmushga chiqisih aslo mumkin emas.

O'zimni Millatimdan bo'lsin, deb bosh sababni faqat millatga bog'lab qo'ymaslik kerak. Har millatda ham har xil inson bor, huddi O'zbeklarni hammasi bir hilda dindor, ahloqli-odobli bo'lmaganidek. Yani besh qo'l barobar emas...

Har kim qanday turmush o'rtog'i qidirsa shunday insonga uylanadi, yoki turmush quradi, xozirgi paytda kamdan kam majburiy nikoh bor.

Qanday turmush o'rtog'i tanlaganligiga qarab asosan u kishining dunyoqarashini o'lchash mumkin....bazi istisnonlar horij...

Masalan İstambulda Vodiylik er-xotinni taniyman bir necha yildan beri. İkkalasi ham o'zimizni Sovet paytidan ta'sirlangan insonlar, ayniqsa eri juda "zamonaviy" o'ylaydiganlardan. İchki ichishi (ayniqsa almisoqdan qolgan bayramlar bahona) yoki ayolining ochiq-sochiq kiyinishi uning uchun oddiy hol. Lekin oilalariga kelsak juda urf-odatga bog'liq O'zbeklardan. Qaynona keladi, unga kelin kecha-kunduz xizmat qilishi shart.

Bunga majburrrr, chunki O'zbek urf-odatlarida shunday!!!

Diniy masalalarga kelganda esa eri O'zbekchilikka ahammiyat berganiday hech muhimga olmaydi afsus....

Shunday misollarni ko'rganim uchun ham yuqoridagi fikrlarimni keltirdim....

Qayd etilgan


registan  20 Yanvar 2010, 15:09:50

Bir narsa, turklar turkiy zabonli millatlarni bir millat vakillari kabi qabul qilishadi, nega biz bunaqa o'ylamaymiz?


Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Yanvar 2010, 03:10:10

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Eh, Yurtdoshim! Shunday oqila, iymonli, e'tiqodli o'zbek qizini qo'ldan chiqaribsizlar. Bittaga soliha qizlarimiz kamayibdi. Kapalak opamiz (Turmushga chiqqaningizni inobatga olib opa dedim ) o'rniga "Tannoz" qizlarimiz bo'ladi-yu, o'shanaqasi tegib ketsa bo'lmasmidi o'sha turk og'amizga. Buni biru-bir qilish kerak, bir turkiy oqila qizni kelin yoki kelinoyi qilishimiz kerak. Bo'sh joyni to'ldirishimiz kerakku, axir!  Uylanmaganlar bormi? Kapalak opamizga iltimos qilamiz endi, ayrim postlarda o'qigandim, ba'zi yigitlar turk tilini o'rganmoqchi ekan. O'shalar uchun qulay bir shansda, nima dedingiz? Yuragida o'ti bor yigitlar bormi, hisobni tenglashtirmasak bo'lmaydi. Shunday oqila qizni tarbiyalab, shundaygina berib qo'yaveramizmi? Qarshi quda bo'lamiz, InshoOlloh! (Buning bari hazil!!!)
Ilohim, qo'shganingiz bilan qo'sha qaring, baxtli saodatli bo'ling, borgan joyingizda toshday qoting. Hech kim birovni rizqini yeya olmaganidek, har bir mo'min musulmon jufti bilan yaratilgan. Juftingizga chiroyli, sadoqatli yor bo'ling! Ko'p farzandlik bo'ling, Xudo hohlasa jiyanchalarga O'zbek tilini ham o'rgating! Salomat bo'ling!

PS: Hamma horijdagi yurtdoshlarimga, hamisha o'zbekligingizcha qoling! Horijga turmushga chiqishni yaqinlarimga ravo ko'rmasdim, ruxsat ham bermasdim.(Yurak shunaqa deyapti, yana ham Ollohning hohishi!!!!) O'zi bir necha yildan beri horijda, yaqinlarimdan o'zoqda yurib, bilyapman. Musofirchilik nima ekanini. Bizlar qizlarimizni hattoki qo'shni mahallaga ham bermaymiz. O'zbeklardagi hususiyatlar boshqa halqlarda yo'q, Bolam deb yashaydi o'zbek!
Olloh oilalangizni o'z panohiga olsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Ansora  21 Yanvar 2010, 21:45:19

V.assalom. Yaxshi tilak, niyyatlaringiz uchun Alloh rozi bo'lsin.
Rabbim qat-qatini sizga va forum a'zolariga nasib etsin inshalloh...

Taqdir yozib qo'ygandan keyin biz inson farzandlari "bunday, shunday" deganimiz bilan bularning hammasi bir bahona holos. Asl sabab esa Allohning taqdiri.

Men sevingan tarafim esa bazi qizlarday faqat qoshi-ko'zi uchun, boyligi, boshqa o'lkaning fuqaroligi uchun emas, meni oilamdan so'ragan insonlar orasida ko'proq Allohga yaqin bir inson bo'lganliklari, bir ayolni tom ma'noda zayifa deb bilib, dinimiz amr etganiday sohib chiqqanliklari uchun rozi bo'lganim.

Alloh adashtirmasin, hech qachon katta gapirmaslik kerak aslida, doimo Allohga sig'inish kerak, hayot bu- har on kutilmagan voqealar bilan to'la...

Alloh yuzlarimizni oq, dilimizni ham pok aylasin inshalloh...

Turk qizlariga kelsak, kamdan-kam bizni yigitlarga turmushga chiqishadi. Bizni qizlardan esa juda ko'p misollarim bor.
Bir-birimizdan orada bo'lsa ham xabar olib turadigan dugonalarim bor, ularnning ham turmush o'rtog'lari Turkiyalik. Qizlardan biri Marg'ilonlik, biri esa Tojikistonnli O'zbeklaridan.

Qayd etilgan


registan  21 Yanvar 2010, 21:53:21


Turk qizlariga kelsak, kamdan-kam bizni yigitlarga turmushga chiqishadi. Bizni qizlardan esa juda ko'p misollarim bor.
Bir-birimizdan orada bo'lsa ham xabar olib turadigan dugonalarim bor, ularnning ham turmush o'rtog'lari Turkiyalik. Qizlardan biri Marg'ilonlik, biri esa Tojikistonnli O'zbeklaridan.

Shu o'rinda ikki mamlakat yigitlari haqida ham aynan shu mavzuga aloqador fikrlarizdan ikki og'iz eshitsak, opa.

O'zbek yigitlarini turk yigitlariga nisbatan ancha vafodor deyishga haqqimiz bormi yoki yo'q?


P.S. Vafodor so'zi umumiy ma'noda emas aynan shu mavzudan kelib chiqib qo'llandi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Yanvar 2010, 21:59:38


Turk qizlariga kelsak, kamdan-kam bizni yigitlarga turmushga chiqishadi. Bizni qizlardan esa juda ko'p misollarim bor.
Bir-birimizdan orada bo'lsa ham xabar olib turadigan dugonalarim bor, ularnning ham turmush o'rtog'lari Turkiyalik. Qizlardan biri Marg'ilonlik, biri esa Tojikistonnli O'zbeklaridan.

Shu o'rinda ikki mamlakat yigitlari haqida ham aynan shu mavzuga aloqador fikrlarizdan ikki og'iz eshitsak, opa.

O'zbek yigitlarini turk yigitlariga nisbatan ancha vafodor deyishga haqqimiz bormi yoki yo'q?


P.S. Vafodor so'zi umumiy ma'noda emas aynan shu mavzudan kelib chiqib qo'llandi.

Men doimo umumiy qilib gapirmaslikka harakat qilaman, yani besh qo'l barobar emas....Hamma millatda ham har xil odam bor, aniq bir narsa desam bunday bo'lgan yoki bo'lmaganlarni haqqini yegan bo'laman...

Alloh hammani o'ziga insof bersin iloyim....

Qayd etilgan


registan  22 Yanvar 2010, 14:40:35



Men doimo umumiy qilib gapirmaslikka harakat qilaman, yani besh qo'l barobar emas....Hamma millatda ham har xil odam bor, aniq bir narsa desam bunday bo'lgan yoki bo'lmaganlarni haqqini yegan bo'laman...

Alloh hammani o'ziga inson bersin iloyim....


Man o'zimni xursand qilmoqchi edim, ha mayli neyse.

Aslida to'g'ri aytdiz bir-ikkita kishidan umumiy xulosa chiqarib bo'lmaydi.


P.S. Insonmi? ??? :P

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Fevral 2010, 06:33:21

Otabekaa ohirida nima boldi? khozir qattala?

Qayd etilgan


Akbarjоn  13 Fevral 2010, 07:43:48

Iqtibos
Otabekaa ohirida nima boldi? khozir qattala?

Muroda maqsadiga yetishdi

PS: ertakni ohiri yashilik bilan tugaydiku doim :)

Qayd etilgan