Yurtdosh > Xorijdagi o'zbeklarim

Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?

(1/13) > >>

Ziyo:
Noza:

Nega horijda o'qib kelgan va hozir ham tahsil olayotgan o'quvchilar u erda qolishni hohlashadi?
Axir O'zbekistonda ham yahshi bilim yurtlari ko'pku?

Ziyo:
Bonu:

Nozadil, siz ozingiz qayerda oqiysiz? Va osha yahshi deb aytgan bilim yurtlari qaysilar ekan??Keyin man oz fikrimni etaman

Ziyo:
Noza:

Salom Bonu! Yahshimisiz? Man o'zim hozircha kollej talabasiman. Hudo hohlasa shu yili institutga kirmoqchiman.
Savolizga kelsak West Minister Un. ti, O'zMU, TJahon tillari inst. lari kabi bilim yurtlari borku?

Ziyo:
Bonu:

Nozadil, sizni bu harakatlarizga omad tiliman va ruhizni hech ham tushurmoqchi emasman. Bizadagi oqishlarga kelsak, Uzbekistonda oqish sistemasi juda eski usullarda orgatiladi shunga ham hech qaysi studentta qiziqish uygotmaydi, man ham oqishga kriishdan oldin dahshat fikrlarda kirgandim, lekin tesarisi bolib chiqdi, domlalardan kereli bilimni ololmaganizdan keyin chet elda oqigiz keladide! Botda umuman boshqacha! Lekin shu Uzb. dagi bu holatga oquvchilarni ozi ham sababchi, ozlari orgatib oyishgan bunga, va domlalarni yurakdan talim beradigani 3% bolsa kere. Man kop oqishlarni kordim, lekin baribir hamma yerda BIR HIL!!!!
Man ham Westminister Universoty ga kirganman, bu maqtanish emas albatta chet elga ketadigan vaqtimda 2 ta narsadan bittasini tanlashim kere boganda, shu Westministerni tanlamaganman, Mani 2 ta shunaqa dostim bor chet elda, bittasi Westminister ga grandga kirgan yani byudjet, Umid jamgarmasi taminlardi 1 yil oqidi osha odam ham hatto hohlagandek bilim ololmadi hozir USA da Universitetda oqidi. Oqishga kirganlardan 70% yigitlar faqat shu harbiy hizmat uchun, quruq diplom uchun va yoki shunga ohshash maqsadlarda kiradi. Qizlar esa 1 yil oqishadi keyin turmushga chiqishadi va kallada hech narsasiz bitirishadi. Hatto shunaqa domlalar borki eng ikkichi student undan aqlli. BU nimasi? NIma uchun unday orqaga ketyapmiza? Bizani oldingi ilg'or studentlarga nima boldi? Chet elda majbur bolib darsni hech kim oqimaydi, ozimga shu ertaga kere deb, juda ham qiziqib oqiydi har bir student. Va hohlagan istagan kerakli deb hisoblagan fanlarini oqish mumkin. Asosan vaqt mustaqil shugullanish bilan otadi 12 largacha oqib tugatilsa darsni keyin kun boyi kutubhonada otirishadi, har hil togaraklar bor, darsdan orqada qolganlar uchun alohida oqituchilar bor, yahshi qabul qilmaydiganlar, tushunmaganlarga ham alohida vaqtlar ajratilagan. Hamma tomondan ham chet eldagi oqish sistemasi boshqacha, kutubhona, zamonaviy labarotoriyalar qaysi bir universitetda bor? Borlari ham juda nomiga quruq gap uchungina.. Bizada domlalarni oyliklari ham bottagi kabi kop boganda albatta bizada domlalar jon kuydirishardi,
sizga maslahatim esa, agar kirmoqchi bosez haqiqat hech qachon bukilmaydi, hech kimni gapiga qaramasdan shartta ozizni bilimizag ishonib yahshilab oqib harakat qisez hammasi OK boladi, chunki mani ham rosa qorqitishgandi, hamma aqllilar chet elda oqib keganlar kiradi u joyga san kiromisan deb, man ham ozimni kuchinga ishonganman, siz ham qorqmang. Westministega kirsangiz ham boladi eng yahshi oqish hozir osha yer hisoblanadi nisbatan olganda, qolgan oqishalar hammasi bir go'r! Harakatga Ollohim har doim barakat beradi, harakatizni qiling. Omadingizni bersin!
   

Ziyo:
AbdulAziz:
Bonu, judayam to`gri fikrlarni bildirgansiz.
Kottalarning aytishicha avvallari agar yoshlarga savol bersangiz, kim bo`lasan deb 40 foizi o`qituvchi, 30 foizi shifokor bo`laman der ekan. Sababi o`zingizga ayon. Hozirgi yoshlardan so`ran ko`ringchi? San kim bo`moqchisan deb? Birontasi o`qituvchi bo`laman, bollarni o`qitaman deydimi? Agar bitta ikkita aqllisi chiqib qolmasa, boshqasiga garrantiya yo`q. Nega? Buning ham sababi ayon!
Natijani esa hozirdanoq ko`ryapmiz. Uje maktablarda domlalar yetishmaydi, ayniqsa erkak domlalar. Studentlar dars beyapti bollarga. Maktab ta'limi degan ham tarbiya, ham ma'rifat. Talaba yoki o`zi ham hech narsani bilmaydigan. o`lganini kunidan maktabda tirikchilik qilib yuradigan o`qituvchidan bola na tabiya oladi, na ilm. Avvallari biz maktabda dars qilib kelmaslikdan cho`chardik. Kechalari uxlamay bo`lsa ham o`qituvchimiz bergan vazifani bajarardik. Hozirgi yoshlarchi? Ularda na o`qishga qiziqish bor (qiziqtirish bo`lmagandan keyin Qiziqish qayoqda?), na ilm olishga intilish...
Xullasi kalom, hamma kuchni hozirdanoq maktabga tashlash kerak. Zero, biz qilgan xatoni kichik yoshlar qilmasin!!!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version