Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?  ( 45458 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:37:23

Noza:

Salom hammaga!
Muloxazalringizni o'qib juda ta'sirlanib ketdim.
To'g'ri bu qoloqlikni sabablari ancha.
Lekin hamma narsa pulga borib taqalayabdi desak notog'ri bomidi. Hozir ishonsangiz kollejimdagi oddiy o'qituvchilarning ayrimi mandan kam oylik oladilar.
Bo'lmasa ular mandan og'ir ish qiladilar.
Butun kuchlarini har soatda 25-28 o'qituvchiga jalb etish...... bu albatta oson ish emas!
Lekin shunda ham o'z ishlariga sodiq o'qituvchilarimiz kam emas!
Ularga yahshi oylik to'lash yoki yordam berish bu avvalo o'z yolini topgan boylarni vazifasi emas, balki davlat ishi.
Axir davlatimizda kuniga qaerdadur qurilish, remont.
Naxot shularga topilgan pul oddiy bir ustozlarimiz oyligi bo'la olmasa.
O'zbekiston keng imkoniyatli davlat deyishadi. qani o'sha imkoniyatlar? Qaerga sarflanayabdi bu imkoniyatlarimiz?.............................

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:37:35

AbdulAziz:

Albatta, domlalarning oyliklari bilan bog`liq muammolar ham talaygina. Oylik oz bo`lgandan keyin domlalar ham boshqa yo`llardan mablag` topishga harakat qiladilar. Ana sekin-sekin boshlanadi, poraxo`rlik, yana boshqa narsalar.
Pora berib o`qigan bola, albatta o`sha bergan pullarini boshqa joydan undirib olishga harakat qiladilar...
Ko`p narsa moddiy farovonlikka bog`liq, baribir.
O`qituvchini qorni to`ymas ekan, uning dars berishda halovati bo`lmaydi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:38:04

Otabek:

Noza, Hozirgi o'qiyotgan joyingiz haqida gapirib bering.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:38:17

Noza:

Man hozir Mirzo Ulug'bek informatika kasb-hunar kollejining 3 kursida tahsil olmoqdaman. Soham kompyuter grafikasi. O'qishimiz umuman olganda yomon emas. Lekin bizga malakali o'qituvchilar etishmaydi. Ular juda kam. Ayniqsa hozirgi paytda bizda o'qituvchilar etmasligidan o'quvchilarga dars o'tmaslik hollari ko'p. Man 3 kurs bo'lsam ham haligacha bizda "EXM va tarmoq" fanidan o'qituvchi yoq. Holbuki bu fan bizda 2 kurs 2 semestr da bo'lishi kerak edi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:38:31

AbdulAziz:

Ha, bizda texnika sohasida mutaxassislar yetishmaydi. Borlari ham baxtlarini boshqa davlatlardan izlab ketib qolishgan. Bunga sabab esa moddiy farovonlikning kamligidir.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:38:48

To'ychiyeva Dilnoza:

SALOM AZIZLAR MEN SIZLARNI FIKR MULOHAZALARINGIZNI O'QIB TASIRLANIB KETDIM.XORIJDA O'QISYAHSHI BUNI TAN OLISH KERAK,LEKIN O'ZBEKISTONDAGI O'QISHLARNI HAM PASTGA URISH YAHSHI EMAS MENIMCHA. NIMA BO'LGANDA HAM SHU YERDAGI O'QISHDA O'QIGANLAR HAM NONINI TOPIB YEYABDIKU.UZOQNI BUG'DOYIDAN YAQINNI SOMONI YAHSHI.DEGAN MAQOLGA NIMA DEYSIZLAR?
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:39:03

Abdulaziz:

Hech kim o`zbekistondagi o`qishlarni pastga urgan yo`q.
Sizga savol: Agar yaqiini somoniga qurt tushgan bo`lsa nima qilish kerak? Uzoqqa borib yaxshi don olish kerakmi, yoki qurt yegan somonni chaynayverish kerakmi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:39:15

Gareeb:

Noza! Siz chet elda o'qiyotgan talabalarga unchalik ham havas qilmang, chet elda oson emas. Agar imtihondan o'ta olmasangiz hech kim sizga yordam bermaydi. Yiqilib qolaverasiz, kelgusi yili qaytadan oqiysiz. Qolaversa hozir chet elga ketayotganlarning o'ntadan bittasi o'qigani ketyapti, qolganlari ishlash uchun.Hamma narsa pulga taqalmasa ham , eng zarur narsalarni bajarish uchun pul ham kerak bo'lyapti, buniminkor qilib bo'lmaydi. Masalan o'sha bechora domlaning ham oila bola chaqasi bor, ular non deb turgandan keyin qanday qilib yahshi dars berishi mumkin. Avvalo o'qituvchilarning oyligini ko'tarish kerak, ana shunda hammasi iziga tushib ketadi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:39:26

Samo:

bir tdbiorkorni gapi "oqiyveringlar mutahassis bolib kelinlar keyin menga va men kabilarga ishlaysizlar"

galati ammo haqiqat gaplardan nima deysizlar :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:39:41

Margilanets:

Mana sizlar kopni korganakansilar.

Hozirgi sharoitni hisopka olib,
- o`qish kere, keyin biron ish topilsa ishlash kere
- hunar o`rganish kere, hunardan tirichilik o`lmeydi
- yo`q, biron tanka topib srazu ishka kirish kere
- ham o`qib ham ishlasb bola-chaqa boqish kere
- va hokazo ...

?????????????????????????????

Qayd etilgan