Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?  ( 66151 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:39:55

Samo:

ozbekistonda talim sohasi moddiy va manafiy fidokorlikda songgina kotarilishi mumkin nimaga desagiz> bishqa sohalarda shu fidokorlikni qilmoqdalar...
oylik kam undan avval farosat kam hamma ozim deydi. ey ahmoq shu sinfda shu maktabda shu shaharda ilmi kuchlik ahloqi yuksak insonlar yetishib chiqsa ozinga avlodingga 1 chi orindaz foydaliku

uzoqni kormaydigan qilib qoyishdi. tayyor lazzatdan olib qoling ajnabiy reklamasiga uchib ketishmnoqda eshelonni yuqori qismi? boshqa qanday yol bor eshelonni past qismi tishini tishiga qoyib yemay ichmay qilishiga togri kelmoqda ammo biz faqat bilamiz nima qilishlikni ammo qilishlikni ANGLAYOTGANIMIZ yoq...
eh bilish va anglash...
oqiyotganlar iloji boricha osha ANGLASHDAN mahrum boolib qolmanglar...
ozimga qaraganimda qorqib ketgandim. eh samo bilish bilaman ha bilasan ammo haligacha anglamagansan

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:40:34

kamol:
Assalomu alaykum!
Yuqoridagi ko`p fikrlarga qo`shilaman. Lekin horijda o`qishning o`zi bo`lmaydi. Horijda biznikiday bormay turib, o`qimay turib baho olishlar yo`q. U yerda "ishlagan tishlaydi". Imtihonlardayam domlalarga qistirishlar, yana boshqa narsalar yo`q. Shuning uchun effect kuchli.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:40:43

<<< CHUNG-ANG UNIVERSITETIDA XORIJLIK TALABALAR... >>>
Xorijdagi yetakchi ta'lim maskanlarida bilim olish har bir talabaning orzusidir. Bunday orzularning ro'yobga chiqishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Xorij ilm dargohlarida xalqaro almashuv dasturi mavjud. Unga ko'ra, shartnoma tuzgan Universitetlar ma'lum miqdordagi talabalar almashuvi orqali dasturni amalga oshirishadi.
Koreya ta'lim tizimida ham xorijlik talabalarning bilim olishi uchun qator imkoniyatlar mavjud. Koreys Universitetlari muntazam ravishda xalqaro dasturlari orqali xorijdan talabalar taklif etib turadi. Bu avvalo Universitetning obro'-e'tiborini oshiradi. Universitetlar bitiruvchi talabalarning ishga joylashishini imkon qadar kafolatlash maqsadini ham nazarda tutadi. Koreyada bakalavr diplomini olgan talabalar ishga joylashish uchun imtihon topshirishlari kerak bo'ladi. Imtihon jarayonida talaba tamomlagan Universitetning qanchalik obro'ga egaligi, reytingi naqadar yuqoriligi e'tiborga olinadi.
Chung-Ang Universiteti nafaqat Koreys yarimorolida , balki butun jahonda nomdor ta'lim maskani hisoblanadi. Zero, Universitet hozirga kelib dunyoning 24 mamlakatidagi 95 institut bilan hamkorlik rishtalarini bog'lagan. Universitet Xalqaro bo'limi bir qator muhim dasturlarni amalga oshirib keladi. Bundan tashqari hamkor Universitetlar bilan birgalikda xalqaro anjumanlar tashkillashtiradi. Xorijlik talabalarning barcha xarajatlari Universitet hisobidan qoplanadi.
Chung-Ang Universitetining asosan quyidagi xalqaro dasturlari mavjud: 1.Xalqaro talaba almashuv dasturi. Bunda darslar ingliz va koreys tillarida olib boriladi. 2. Bitiruvchi talaba dasturi. Bu ingliz tiliga mo'ljallangan.
Bu yilgi xalqaro talaba almashuv dasturiga muvofiq, Chung-Ang Universiteti o'z tarkibidan O'zbekiston, Qozog'iston, Indoneziya talabalari uchun 6tadan, Fransiyaga 5ta,Tailandga 4ta, Rossiya va Xindistonga 2tadan, Qirg'iziston talabalari uchun 1ta o'rin ajratdi.
Koreya oliygohlarida qo'shni - Xitoy va Yaponiyadan kelgan talabalar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Ular mahalliy koreys talabalari bilan mashg'ulotlarda qatnashadi.
Koreys Universitetlari talabalarini xorijga o'qishga yuborishni ham yo'lga qo'ygan. Talabalar asosan AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya, Fransiyadagi mashhur oliygohlarda malaka oshirib qaytadilar. Bundan tashqari ular xalqaro talaba almashuv dasturiga ko'ra, hamkor universitetlarda bilim oladilar.
Koreyada ko'pchilik oliygohlar har tomonlama o'z-o'zini ta'minlaydi. Universitetlarga tegishli do'konlar, restoranlar, kombinatlar, kutubxonalar mavjud. Qo'shimcha daromad topishni istagan talabalar darsdan bo'sh vaqtlarida Universitetning mahobatli kutubxonalarida ishlashlari mumkin. Bunga yaxshigina maosh to'lashadi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan keng va shinam auditoriyalar barcha talabalarning chuqur bilim olishlarini ko'zlaydi.
Internetdan foydalanishga ixtisoslashgan alohida darslar olib boriladi. Bularning barchasi Koreya Universitetlarini jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi Universitetlar bilan bir qatorda tilga olishimizga asos bo'la oladi.

OTABEK YO'LDOSHEV

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:41:05

Dilshod Zoirov:

Salom azizlar! Men sizlarning fikrlaringizni eshitib to’g’risi ancha o’ylanib qoldim ya’ni o’z oyog’imizga o’zimiz bolta urib o’zimizni cho’chityapmiz. Mana Otabek aka siz Koreyada o’qiysiz va siz Koreya
Mustaqil bo’lganiga 14 yil bo’lgan qaytdagi o’zgarishlariga hech qiziqib ko’rganmisiz? Yo’q, albatta. Donishmandlar aytadi ko’p o’ylab oz so’zlamoq muminning ishidir. Bizning yurt ozodlikka erishganiga bor-yo’g’i 14 yil bo’ldi bu esa SSSRdan qolgan qoldiqlarni yo’qotish uchun
Juda oz vaqt. Xalqda shunday gap bor <Eskini yamab esing ketadi>
Umuman olganda yangitdan qurish uchun bizda kadrlar masalasi ko’ndalang. Kadrlar kim siz-u biz ya’ni o’zimizni qurt yegan somonga
Chiqaruvchilardir. Shu gaplar noto’g’ri deb hech kim buni rad eta olamedi. Rost so’z tuqqaningga yoqmaydi deganlari shu bo’lsa kerak.
Biz bu yerda yaxshi yomonligini aytish uchun emas balki bizning ona vatanimizni qanday rivojiga hissa qo’shishimiz mumkinlig haqida otamlashsak ma’qulmidi? Agarda bu gaplarim kimgadir yomon ta’sir ko’rsatgan bo’lsa oldindan uzr. Men faqatgina har birimizda mavjud bo’lgan vatanga muhabbat sodiqlik hislarimizni uni yuksaltirishga jalp qilsak yaxshi bo’lishini ta’kidlab o’tmoqchi edim holos!!!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:41:18

ozoda:

AQSHda o'qish qiziq??
Ha men ham bosahida rosa qiziqqandim, VOy AQShga boryapman, zo'r bo'lsa kerak deb....yaxshi yomon emas, o'qish yomin emas...........lekin o'zmizniki baribir YAXSHI

Qayd etilgan


cheekyboy  22 Dekabr 2006, 02:21:11

U YERDA O'QISHNI HAMMMA ORZU QILADI. MASALAN MAN HAM. U YERDA QOLISH UCHUN SABAB PUL BULSA KERAK. U YERDA OYLIK KO'P BERADI DEYISHADI LEKIN UZIMIZNI HOLATIMIZGA SOLISHTIRADIGAN BO'LSAK BERDIGAN OYLIGI HECH NARSA BO'LAMY QOLADI. CHUNKI HAMMA NARSA QIMMAT. UZIMIZDA ESA OLADIGAN MAOSHIGA USHA NARSA LARNI BEMALOL XARID QILADI.L

Qayd etilgan


sultonxon  23 Dekabr 2006, 01:59:57

Dilshodni gapida jon bor,ba'zida kulib turadi lekin biroz utmay orqangizdan gapiradi.Islomimizda mayda odamlarning mayda gaplariga e'tibor berilmaydi.Ammo musulmon bulsangiz aytishim mumkin albatta bir pog'ona past munosabat kutaverng.

Qayd etilgan


shoir  03 Yanvar 2007, 18:07:58

1 pogóna past munosabat aynan nimalarda seziladi?

Qayd etilgan


sultonxon  06 Yanvar 2007, 02:15:01

Man sizga misol keltiraman.Misol uchun biror joyda ishga joylashish uchun murojat qilsangiz,sizni emas sizdan keyin kelgan bulsada evropalikni (musulmon bilan evropalikni bir qarashda ajratib olish qiyin emas) qabul qilishlari yoki atrofingizdagi kishilar sizga sovuqroq muomala qilishlari odatiy holatdir.

Qayd etilgan


trans_for_man  07 Avgust 2007, 19:17:07

hammaga salom meni fikrimcha juda qiziq chunki u yerda hayot boshqacha va o'qish ham zamonaviy shunga fikirash darajasi ham yangicha bo'ladi menga shu tamonlar yoqadi.

Qayd etilgan