Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?  ( 44714 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  25 Avgust 2009, 21:08:52

Yuqoridagi fikrlarni bazilariga qo'shilaman bazilariga esa yo'q. Hamma joyda ham o'ziga yarasha ta'lim-tarbiya uslubi bor. Men 5 yillik o'qishni tugatib, aspirantura uchun Turkiyaga kelganimda eng ko'p qiynalgan tarafim Turkiyadagi talabalarning yodlash asosida imtihonlardan o'tishlari bo'ldi. Bu yerda to 1. sinfdan e'tiboran, hamma narsani o'quvchilarga yodlata boshlaydilar. Bechora bolalar o'zlarining shahsiy fikrlarini ayta olmay, umrlari imtihonlar bilan o'tib ketaveradi. Tabiiki, yodlash, hofiza mudhish qobiliat, aniq fanlarda bu qobiliyat juda muhim hisoblanadi. Lekin men til va adabiyot fakultetida o'qiganim uchun vaqti kelganda adabiyot bo'limi talabasi holatida bir sherni maromiga yetkazib o'qishingiz ham kerak, deb o'ylayman. İlgari aytishardi, asosan til va adabiyot bo'limiga talaba olinayotganda abituriyentning (abituriyent so'zini hech yoqtirmayman, insonni tili sinib ketaman deydiya) nutqiga jiddiy e'tibor berilgan ekan. U paytlar sinovlar bilet asosida edi tabii. Mening aspirantura sinfimdagi bir talabaning nutqi juda yomon, hatta kasallik ham deya olishim mumkin. Uning kabi insonlarni kamsitayotganim yo'q, lekin bir so'zni aytish uchun 1-2 daqiqa sarflagan o'qituvchidan bola 45 daqiqa ichida nima oladi. Kursdoshim bu yergacha test sinovlari soyasida yetib kelgan. Aspiranturada Alisher Navoiy davri bilan bog'liq darsimiz bor edi. Darsda g'azal o'qiyapmiz, navbat menga keldi, men ham vaznga solib, Nizomiy Und-da domlamizning stolga chertib, vaznlarni o'rgatgani holda o'qidim. Hamma hayron bo'lib qoldi, aytdimki bizda g'azal shunday o'qiladi, o'rgatiladi. Bu misol bilan shuni aytmoqchiman, har bir joyda o'ziga yarasha o'qitish tarzi, sistemasi bor. Balki bizdagi o'qishlarda bazi bo'limlar juda tez rivojlanayotgan dunyodan orqada bo'lishi mumkin, lekin bazi bo'limlar orasida esa haliyam juda haxshi bilim berishyabdi. Keyin yana bir narsa, Turkiyada har bola ÖSS (Öğrenci seçme ve yerleştirme sınvı) ga kiradi, keyin qancha bal olganligiga qarab qaysi o'qish, fakultet kelsa shunda boradi. Talabalar hohlagan bo'limlaridan ziyoda bali qaysi o'qishga yetgan bo'lsa shu yerda o'qiyveradi. Bu menga hech to'q'ri kelmaydi. Sevmagan bo'limimda o'qish keyin bu sohada ishlash. Xudo saqlasin. Ha yana bir narsa, 4 yillik o'qishni tugatgandan keyin talabalar yana bir bora imtihonga kirishadi, olgan baliga qarab, davlat ularni qayerga jo'natsa shu yerda ishga boshlaydi. Qo'shnimizni o'g'li o'qituvchilikni bitirdi, olgan bali bo'yicha davlat uni hech joyga ishga olmagaligi sababli 3 yildan beri uyda o'tiribdi. Yani umr bo'yi imtihon, sinov.
Yani bizdan ha badtar joylar, sistemalar bor, unutmanglar azizlar:)

Qayd etilgan


FazliddinFM  16 Dekabr 2009, 14:20:09

Gareeb:

Noza! Siz chet elda o'qiyotgan talabalarga unchalik ham havas qilmang, chet elda oson emas. Agar imtihondan o'ta olmasangiz hech kim sizga yordam bermaydi. Yiqilib qolaverasiz, kelgusi yili qaytadan oqiysiz. Qolaversa hozir chet elga ketayotganlarning o'ntadan bittasi o'qigani ketyapti, qolganlari ishlash uchun.Hamma narsa pulga taqalmasa ham , eng zarur narsalarni bajarish uchun pul ham kerak bo'lyapti, buniminkor qilib bo'lmaydi. Masalan o'sha bechora domlaning ham oila bola chaqasi bor, ular non deb turgandan keyin qanday qilib yahshi dars berishi mumkin. Avvalo o'qituvchilarning oyligini ko'tarish kerak, ana shunda hammasi iziga tushib ketadi.
unaqada bolam-chaqam deb shunaqa ishlani qilib yuraverish kerakmi? Sizningcha imtihondan o'tolmasa pul bilan hal qilish kerakmi? Keyin yana pul bilan hal qilib qo'ya qogisi kemaydimi? Imtihondan yiqilsa o'zini aybi.

Qayd etilgan


uzboy  09 Fevral 2010, 03:38:07

O'zbekiston va chet elda oq'ish farqlari:

O'zbekistonda o'qishga kirish uchun 1 yilda 1 ta imkoniyat buladi, unda ham juda raboqat kuchli. Chet elda yilida 1 yilda bir nechta imkoniyat buladi va bir vaqtni uzida bir qancha universitetlarga harakat qilsangiz buladi.
O'qish sifatini gapirsa ham buladi. Uzb.da faqat porahurlik va yuzaki uqish. Har yili yangi reyting tizimi chiqadi, lekim samarasiz, amalda hech qanday uzgarish yuq.
O'qish muddati O'zbekistonda 4 yil belgilab quyilgan, yaxshi o'qigan ham yomon o'qigan ham bir vaqtda bitiradi. Chet elda, kim kuhcli oq'isa 2-3 yilda ham tugatib ketadi muddatidan oldin
O'qish mobaynida ishlash mumkin chet elda, O'zbekistonda esa hech kim ishga olmaydi talabani. Beradigan stipendiyasi proezdniyga yetmaydi, chet elda esa 1 oylik kun kechirishga yetadi
Bitirgach ishlahs imkoniyatini hamma bilsa kerak endi. Man shaxsiy tajribamdan shularni aytdim, yana faqrlari juda ko'p!

Qayd etilgan


JaviK  16 Iyun 2010, 17:26:46

manimcha chet elda o'qitish standarti biznikidan ancha ilg'orlab ketgan va o'qituvchilari haqqoniy, bu bilan bizning o'qituvchilar haqqoniy emas deb o'ylaman. chunki o'qituvchi hech qachon shogirtini bilimsiz bo'lishini hohlamaydi. u qo'lidan keganicha shogirdiga bilim o'rgatadi. lekin chet el o'qishlarini ta'lim standarti baribir biznikidan kuchli deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Nazrul Islom  17 Sentyabr 2011, 23:05:39

Avvalo, ishontirib aytamanki, O`zbekiston dunyoning eng yaxshi joylaidan biridir!!! Men xorijda o`qiyman/ ishliman, O`zbekistonni JUDAYAM sog`inaman...
Nega xorijda o`qish va yoshlik davringizni xorijda, ayniqsa turli megapolislarda o`tkazish yaxshi, degan savolga quyidagi hikoya yaxshi javob bo`ladi, inshaAlloh:
Bir tomchi bor ekan, dengizning tub - tublarida sovuuuuq va qop - qorong`u muhitda boshqa tomchilar bilan juda zerikarli hayot kechirar, har zamonda g`ira - shira namoyon bo`lib qoluvchi quyosh nurlariga havas va qiziqish bilan boqarkan... Hayot unga juda zerikarli va bir xildek tuyularkan.
Bir kuni ne sabab bo`libdi-yu, bizning tomchi boshqa tomchilarga urilib - surilib teparoqqa ko`tarila boshlabdi, ko`tarilgan sayin ko`zlari qamashib, yuragida hadik quyosh nuri taftida yana ko`tarilarmish... Ko`tarilib, ko`tarilib suv yuzasiga chiqib qolibdi, quyosh tafti tanasini rohatbaxsh iliqlik bilan eritib uni bug`ga aylantirib qo`yibdi! Bizning tomchi endi bug` o`laroq osmonga ucha boshlabdi!!! Yuragi shuvvvv etib mazzzza qilib uchib borib bulutlarga -- uzooq uzooqdagi hamyurtlariga qo`shilibdi, ular bilan asta - sekin birlashgach, tanasi go`dakligidan o`rgangan sovuq haroratini his qilib, yangi taassurotlar shavqi eski xotiralar zavqiga aralash - quralash bo`lib, boshi aylangancha QULAY BOSHLABDI! QULASH UCHISHDAN HAM YOQIMLI EKAN!!! Tezlikni aytmaysizmi! eeeehhhhhheeeeeyyyyyyy!!! deb baqirib, uchiiiib bir bargga "tap" etib qo`nibdi. Barg uni asta sirpantirib irmoqqa qo`shibdi, irmoqdagi sho`x - shodon tomchilar teeezzz oqib, toshlarga urilib, o`ynab - kulib dengizga quyilibdi! Tomchi yana dengizga qaytibdi! AMMO ENDI DENGIZUNGA UMUMAN BOSHQA DUNYO BO`LIB KO`RINA BOSHLABDI!!! U DENGIZNI SEVA BOSHLABDI! ENDI ONDA SONDA KO`RINIB QOLUVCHI QUYOSH NURLARI UNGA AJOYIB XOTIRALARINI ESLATADIGAN BO`LIBDI!!! ENDI U HAR BIR TOMCHINI YUQORIGA KO`TARISHGA HARAKAT QILADIGAN, ULARGA AJOYIB SARGUZASHTLAR HIKOYA QILIB BERADIGAN BO`LIBDI!!!
Xorijda yashash/o`qish taxminan shunaqaroq ;) ... .
!!! Hikoyani asli boshqa tilda o`qigandim, ozgina badihago`ylik(improvizaciya) qildim!


Qayd etilgan


Nazrul Islom  18 Sentyabr 2011, 14:11:09

Yoshlikni xorijda o`tkazishning yaxshi/ kerakli / muhim tomonlaridan yana biri shundaki, yoshlikda odam o`ta tez, o`ta qiziquvchan, sodda, his-u hayajonlarga berilgan bo`ladi va ko`p xatolar qiladi. O`zbekiston hukumati esa, afsuski azbaroyi ko`p bosimlar va muammolar ko`raverib keskinlashib ketgan huquqni muhofaza qilish tizimiga ega, bu tizim yoshlarning ko`p xatolarini kechirmaydi...
Men tarmoqli marketing bilan shug`ullanishga qiziqib qolib 11 yilga qamalgan 24 yoshli bolani bilaman(159 bilan!)!!! Bunga o`xshash holatlar juda ko`p. Gap faqat jazolanish ehtimolida emas, bu yerda jazodan qo`rqib yashash natijasida paydo bo`ladigan jur`atsizlik, qo`rqoqlik, tor va bir yoqlama fikrlash(hatto umuman fikrlamaslik), yolg`onchilik(o`zi e`tiqod qilmagan g`oyani himoya qilish, maqtash), laganbardorlik, o`ta egiluvchanlik kabilar xavfi juda yuqori bo`lib, xozirgi paytda bu kuzatilyapti ham, afsuski...

Qayd etilgan


كوثر  26 Iyul 2013, 10:01:34

assalomu alaikum
Chet elda oqiw bn uzbda oqiw farqlari judayam kotta.
Albatta chet elda oqiganni samarasi va imkoniyatlari kop,
mana manam uzbda oqiganim bn chetta oqiganimda kotta farq kordim.
uzbda yarim yilda qancha narsa organamanu, chetta wu vaqtda qancha narsa organishim va albatta keng imkoniyatlar bn qiziqishlarim oshishi ham.
uzbda qancha oqigan bosamam foydasi yomasu lekin rasa kam.
chet elda busa alhamdulillah foydalari talaygina.
bu bn uzbni yomonlawmas - Bor Haqiqat.

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Iyul 2013, 17:15:15

xorijda o'qiydigan do'stlarim uyiga kelganda yoki o'qishiga ketayotganda qarab havas qilardim, qachon menam xorijda o'qirkinman, deb. Niyat xolis bo'lsa, yaxshi niyat qilaversa, kutmagan joyizdan berarkan. Alhamdulillah, musofirchilikkayam yetkazdi, talabalikkayam.
Chetga chiqqach odam allbatta o'zgararkan, kimdir "plyus" tomonga kimdir "minus" tomonga. Bunda tarbiya, imon va e'tiqod katta rol öynarkan. Iloyim, barchalarimizni nafsga qul bölib qolishdan, riyo amallardan va behudalikdan asrasin. Omin

Qayd etilgan


NANO  30 Iyul 2013, 21:10:50

Ashi gapizzi kutib yuruvdim! (Be xazil)


Bu ustani kutib ogani chiqmela, :) soat 4 da keladigan samanotni soat 6 da keladi dip aldab ayraportta devor ushatib ketadigan odatlari borakan. :)


P.S
Ayraporttda ana chiqadi mana chiqadi dip utiribmana

Qayd etilgan


azizbek_mx  30 Iyul 2013, 23:01:44

Ashi gapizzi kutib yuruvdim! (Be xazil)


Bu ustani kutib ogani chiqmela, :) soat 4 da keladigan samanotni soat 6 da keladi dip aldab ayraportta devor ushatib ketadigan odatlari borakan. :)


P.S
Ayraporttda ana chiqadi mana chiqadi dip utiribmana
bu safar aka aeroporttan chiqib töri oldizga ötaman aka. Ana ketaman, mana ketaman deb, oxiri ketishim naqd böganda hayajonlandimmi xullas chaqmadida. Uzr lekin yana. Ertaga toshkenga ketyapman, anov omonatizi ovoldim. Agentdan xabar obqöyarsiz

Qayd etilgan